Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.6K subscribers
34.8K photos
4.46K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#yoshlar_bilan_uchrashuv

“Stipendium Hungaricum” dasturining 2025/2026-o‘quv yilgi stipendiatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Vengriya Hukumati stipendiyalari (“Stipendium Hungaricum”) dasturi doirasida 2025/2026-o‘quv yilida Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Yojef Roja, tanlov komissiyasi a’zolari hamda stipendiatlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mamlakatimiz uchun xorijda malakali kadrlar tayyorlashning ustuvor maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berildi, chet elda ta’lim olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha talabalarga zarur tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, mazkur uchrashuv davomida stipendiat-tengdoshlari bilan o‘zaro yaqindan tanishish, jonli muloqot qilish va tengdoshlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, atrof-muhitni asrab-avaylash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Hashar davomida volontyor yoshlar ishtirokida ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar hamda kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar olinadi. Shuningdek, ularning uy-joylari atrofi obodonlashtirilishida ko‘mak ko'rsatiladi.
👍3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GinnesRekordi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 1946 nafar iste’dodli yosh muhandis bir vaqtning o‘zida 1946 ta kichik robotni yig‘ib, tarixiy natijaga erishgan unutilmas lahzalar


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥4👍1
#tafakkur
#tarbiya

Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.

✍️ Shavkat Mirziyoyev
🔥5👍4
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2025

⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha birinchi kun natijalari e’lon qilindi

📣 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2025-yil 18-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat) Natija“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

Izoh: Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#dolzarb_90_kunlik
#Huquq_bilimdoni

📌"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida Tarix fakulteti Huquq ta'limi kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan "Ilg'or" MFY hududidagi 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida "Huquq bilimdoni" тадбири tashkil etildi.

Tadbir davomida bilimdon maktab o'quvchilari taqdirlandilar.

👉на русском
👉in english
👍2🔥1👏1
🏛Hurmatli talabalar! Fargʻona davlat universitetida oʻtkazilgan Kitobxonlik tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Tanlovda faol ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorlik bildiramiz. Quyida g‘olib va sovrindorlar ro‘yxatini taqdim etamiz:

🥇 1-o‘rin – Fizika-matematika fakulteti talabasi Bo‘ribekova Donoxon
🥈2-o‘rin – Tarix fakulteti talabasi Yo‘ldashaliyeva Mushtariy
🥉 3-o‘rin – Filologiya fakulteti talabasi Abduboqiyeva Gavharoy

🔖 Eng ko‘p e’tirof etilgan ijodiy ish – Murodova Dilnavoz (Tarix fakulteti)
📸Eng yaxshi jamoaviy surat – Karimova Gulsanam, Agrar qo‘shma fakulteti
⚡️ Eng faol talaba – Yakubova Shoxsanam (Tarix fakulteti)
🏛Eng kitobxon yo‘nalish – Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari

🎗G'oliblarni esdalik sovg'alar bilan taqdirlash o'quv yili boshiga belgilangan.
👏8🎉6👍5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sen kurashmasang, kimdir unga yo‘l ochadi.
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!


Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006
👍1
⚡️“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar

O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'play olmagan bo'lsa ham talabgorlar super kontrakt asosida o'qishni ko'chirishlari mumkin.

💰Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

– o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

– 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
– 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
– 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.


💬 Eslatma: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. O'tish ball chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan talabalar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

🏢 Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qaysi muddatgacha ariza berishi kerak?

Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach onlayn berasiz.

Talabgorlarga super kontrakt miqdori to‘plangan ballga qarab hisoblanadi.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?


💻 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.
👍2
#qaror_ijrosi

💠O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O'zbekiston respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining "Ichki ishlar organlari inspektor - psixologlari bilan oliy ta'lim muassasalari bazasida o'quv yig'inlarini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Farg'ona davlat universitetida Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxslar masalalari bo‘yicha (katta) inspektor-psixologlar uchun “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi” hamda “Bola psixologiyasi” modullari bo‘yicha o‘quv mashg'ulotlar tashkil etildi

➡️ O‘quv mashg‘ulotlari sohaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘qitishning zamonaviy metodlariga asoslangan ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan bo'lib, mashg‘ulotlarni universitetning tajribali va ko‘p yillik ish stajiga ega malakali professor-o‘qituvchilari hamda psixolog mutaxassislari olib bormoqdalar.

👉на русском
👉in english
👍7