Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.6K subscribers
34.8K photos
4.46K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro muvofiqlashtirilgan va kelishilgan yondashuvlari mintaqada taraqqiyot va farovonlik maqsadlariga erishishga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan maxsus tadbirda ishtirok etdi.

#Mirziyoyev #tadbir #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
#Akademik_harakatchanlik

“Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi doirasida ilmiy loyihalar qabuli davom etmoqda!

Dastur yosh olimlarga ilmiy tashkilot va OTMlarning noyob ilmiy obyektlari, zamonaviy laboratoriyalaridan bepul foydalanish imkonini beradi.

Ilmiy loyihalar 2025-yil 1-oktabrgacha “Akademik harakatchanlik” dasturining maxsus elektron platformasi (
akadem.ilmiy.uz) orqali onlayn tarzda qabul qilinadi.

🌐 Batafsil

❗️Eslatma, tanlov 2025-yil hisobida 4-marotaba e’lon qilindi.

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi. Asosiy tavsiyalar ushbu videorolikda taqdim etilgan.
———
Приближается осенне-зимний сезон. МЧС призывает граждан принять все необходимые меры, для того чтобы избежать случаев отравлений угарным газом, вспышек газо-воздушной смеси и пожаров. Основные рекомендации представлены в данном видеоролике.

Web sayt|Telegram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!!! 🇺🇿

“O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 10.07.2025-y.) qabul qilindi

👉 Qarorga ko‘ra, milliy istiqlolimizning 34 yillik shonli sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlanadi.

☀️Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.

🔹Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi ta’minlanadi.

👉на русском
👉in english
🔥2
#DOLZARB_90_KUN
#Work_and_travel

⚡️Filologiya fakulteti o'zga tilli guruhlarda rus tili yo'nalishi talabalari ayni paytda Work and travel dasturi asosida Germaniya davlatida bo'lib turibdi.

👉 Germaniyada ishlab davlatining tarixiy va diqqatga sazovor joylarida sayohat qilib o'z bilimlarini oshirmoqdalar.

👉на русском
👍3🔥1
#Dolzarb_90_kunlik
#innovatsion_loyihalar

Farg‘ona yoshlar texnoparki — g‘oyalar amaliyotga aylanishi mumkin bo‘lgan makon!


👉 Farg‘ona Yoshlar Texnoparkida “Yoshlar Ventures” tadbiri bo‘lib o‘tdi!

🔍 Tadbirda Pedagogika - psixologiya va san'atshunoslik fakulteti talabalari tomonidan bir qator istiqbolli va kreativ loyihalar taqdim etildi.

🚀 Bu — Farg‘onada innovatsion g‘oyalar va yoshlar startaplarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.


👉на русском
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida nutq so‘zladi va muhim tashabbuslarni ilgari surdi

📌 2025-yil 5-avgust kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z nutqida global tenglik va barqaror taraqqiyot masalalarida ilg‘or takliflarni ilgari surdi. Jumladan, quyidagilar alohida ta’kidlandi:

🔹 O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xususiy sektor ishtirokida zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, savdo jarayonlarini raqamlashtirish va logistikada ochiqlikni ta’minlash borasida tizimli choralar amalga oshirilmoqda;

🔹Savdo tizimining liberallashuvi va investitsiya muhitining yaxshilanishi natijasida raqobatbardoshlik va innovatsion taraqqiyot darajasi oshmoqda;

🔹 Prezidentimiz agrotarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Innovatsion xab yaratish taklifini ilgari surdi. Bu xab suvni tejovchi texnologiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi va agrar sohadagi innovatsiyalarni joriy etish uchun muhim platforma bo‘ladi;

🔹 Shuningdek, dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Xalqaro tahlil markazi faoliyatida O‘zbekistonning ishtirok etish niyati bildirildi — bu ilmiy tahlil va mutaxassislar hamkorligini mustahkamlashda muhim qadamdir.

📣 Prezidentimiz ta’kidlaganidek:
"Global bozorlarga chiqish barcha uchun teng bo‘lishi kerak. Bu – nafaqat iqtisodiy zarurat, balki birinchi galda, barqaror rivojlanishning muhim omili, xalqaro munosabatlarda ishonch va hamkorlik shartidir".


🔗 Davlatimiz rahbari ilgari surgan tashabbuslar xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat beradi va mintaqaviy hamkorlikda ta’lim, fan va innovatsiyalarning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.

Facebook | Instagram | Telegram
👍2
#dolzarb_90_kunlik
#dual_ta'lim

📌Yozgi amaliyot davrida Agrar qo'shma fakulteti talabalari Toshloq tumanidagi "Vakkas" korjoma ishlab chiqarish korxonasida oʻz amaliyotlarini olib bormoqdalar.

👉на русском
👍5