Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.6K subscribers
34.8K photos
4.46K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#DOLZARB_90_kun
#Amaliyot

📚Tarix fakulteti ijtimoiy ish va sotsiologiya yo'nalishi talabalari va mazkur mutaxassislik magistrantlariga bugun Farg'ona viloyati Quva tumanidagi "TALXA" MCHJ qo'shma korxonasida tanishuv amaliyoti tashkil etildi.

➡️ Amaliyot jarayonida kafedra professor-o'qituvchilari va tyutorlari tomonidan korxona ish faoliyati yaqindan tanishtirildi.

👉на русском
👉in english
🔥4👍3
REKTOR VA OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIM INSTITUTI IZLANUVCHILARI UCHRASHUVI

🔵Bugun FarDUda rektor Bahodirjon Shermuhammadovning tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

👉 Uchrashuvda olimlik maqomining mas'uliyati va unga erishish yoʼlida mashaqqatli mehnat faoliyati, ilmiy-tadqiqotni toʼgʼri tashkil etish kabi masalalarda tadqiqotchilarga zarur tavsiyalar berdi.

🎤Ilm bu tahlil, ilm bu tizimli mehnat, bu igna bilan quduq qazishdir, ilm dunyosiga kirgan, bilishning, o'rganishning zavqini his qilgan olim ilmga bog'lanib boraveradi, eng yaxshi kashfiyotlar shunda ro'yobga chiqadi. Ilm qilgan inson avvalo, o'ziga yaxshilik qiladi, qolaversa, yurtiga, jamiyatiga foyda keltiradi. Ammo mas'uliyatsizlik, dangasalik ziyoli insonga xos xislat emas, zero, ilmda kech qolish kechirilmas xatodir, olim bo'ladigan odamning xulq - atvori olimlikka xos bo'lishi lozim, - deya ta'kidladi universitet rektori.

👉на русском
👉in english
👍7🔥2
#rektor_uchrashuvi

🔰Uchrashuvda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning doktorantura institutiga oid muhim masalalari qamrab olindi.

🔹Ta’kidlash joizki, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi "Ilm- fanni 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda vazirlikning tegishli hujjatlari asosida yoʼlga qoʼyilgan.

🔹Bu tizimida olib borilayotgan islohotlarning samarasi universitetimizda ilmiy salohiyatning sezilarli ravishda yuqorilab borayotganida ham ko'rinmoqda. Natijalarni oliy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan 70% ga koʼtarish - bevosita yosh tadqiqotchilar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Shuningdek, birdamlik, hamjihatlikning foydalari, xalq manfaatining ustunligi, Vatanga daxldorlik hissini tarbiyalash, ogohlik, uyg'oqlik, atrofdagi voqea - hodisalarga befarq bo'lmaslik, shukronalik kabi muhim insoniy fazilatlar eslatib o'tildi.

👉на русском
👉in english
👍7🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Pedagog kadrlar malakasini oshirish bo'yicha ilmiy - amaliy anjuman
#24jun

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
👍4