Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
10.9K subscribers
34.9K photos
4.47K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#DOLZARB_90_kun
#Kitobxonlik

📚 Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalari bilan "Bir haftada - bir kitob"  loyihasi asosida Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" asari muhokama qilindi.

➡️ Mashhur o'zbek shoiri va yozuvchisi - Oybekning hayotini yoritib beruvchi ushbu asar nafaqat adabiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo’lib, o’quvchilarga sadoqat, muhabbat va insonparvarlik kabi qadriyatlarni o’rgatishi haqida talabalar o'z fikrlarini bildirdilar.

👉на русском
👉in english
👍4
🔹REKTOR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI

🔰 Bugun FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov Magistratura bo'limida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, samimiy suhbat olib bordi.

💠Uchrashuvda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar masalasi - davlat siyosati darajasiga ko'tarilgani, ayniqsa, qizlar ta'limiga e'tiborning kuchaygani, imkoniyatlar kundan - kunga ortib borayotgani e'tirof etildi.

🎤Ayol kishi ziyoli bo'lsa, ilmli bo'lsa, uning farzandlari olim bo'ladi, lider bo'ladi, buyuk onalar buyuk farzandlarni dunyoga keltiradi. Yigitlarimiz esa, mamlakat qudrati, Vatan ravnaqi yo'lida har sohada peshqadam bo'lishlari lozim. Shunday ekan, bugungi imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish, o'zingizni rivojlantirish, bilimlaringizni mustahkamlash bilan barobar zamonaviy bilimlarni o'rganish va davlatimiz, jamiyatimiz ravnaqiga munosib hissa qoshishingiz eng oliy burchdir! - deya ta'kidladi universitet rektori.

👉на русском
👉in english
🔥4👍3🥰1😍1😎1
#rektor_uchrashuvi
#magistratura

Uchrashuv davomida ⤵️

➡️Ilm olishda tarbiyaning o'rni, yoshlar muammolari bilan ishlashda ma'rifatning kuchi, globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan davrda o'z kasbida yetuk bo'lishning ahamiyati haqida zarur ma'lumotlar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbirda "Dolzarb 90 kunlik" doirasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar, yoshlar bandligini ta'minlash, bo'sh vaqtini unumli o'tkazishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida ijobiy fikrlar bildirildi. Magistrantlar tomonidan bir qancha yangi, istiqbolli loyihalar oliygoh rahbariga taqdim qilindi va ijobiy baholandi.

👉на русском
👉in english
👍8🔥2🥰2💯1
💐G'ALABA MUBORAK CHEMPIONLAR!!!
#iftixor

🔥Joriy yilning 18-23-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi, Tatariston respublikasi Qozon shahrida bo'lib o'tgan sportning "Belbog‘li kurash" turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Jahon chempionati musobaqasida Sport faoliyati fakultetining professor - o'qituvchilardan iborat jamoasi ishtirok etib faxrli 🥇- o'rinni egalladi👏.

👉на русском
👉in english
👍22🔥3🤩2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎮🃏 Virtual qimor – yutqazilgan orzular o‘yini!

Onlayn qimor, dastavval, ko‘ngil yozish vositasidek ko‘ringan bu illat ayrim yoshlar hayoti va taqdirida o'zining salbiy izlarini qoldirmoqda. U asta-sekin aqlni egallaydi, vaqtni va hayotni yemirib boradi.

❗️Onlayn qimor o‘yinlariga qaramlikning oqibati nima?
– Dars va ishga befarqlik;
– Moliyaviy muammolar va qarzlar;
– Oila, do‘stlar bilan aloqalarning uzilishi;
– Ruhiy tushkunlik va yolg‘izlik;
– Eng og‘iri – o‘z joniga qasd qilish holatlari ham kuzatilmoqda.

🎯 Bu o‘yin emas – bu tuzoq. Unda g'olib bo‘lishning yagona yo‘li – o‘ynamaslik!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
KUN HIKMATI:

O'z vaqtida, me'yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo'lamaydi.

Abu Ali ibn Sino
👍4🔥2💯1
💠OMMAVIY SPORT

#sport_salomatlik
#tonggi_badantarbiya

06:00

Oʻz oldiga ulugʻvor maqsadlarni qoʻygan xalq faqat sogʻlom va baquvvat boʻlgan taqdirdagina koʻzlagan maqsadiga erisha oladi.

✍️ Shavkat Mirziyoyev.

🏃Farg'ona davlat universitetida "Yurish - yugurish" ertalabki badantarbiya an'anasi davom etmoqda!

👉на русском
👉in english
👍4😎1