Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.34K subscribers
34.3K photos
4.38K videos
207 files
10.5K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#dolzarb_90_kun

🎥Filologiya fakulteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kino, teatr, adabiyot va madaniyat sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida kinofilmlar namoyishi tashkil etilmoqda.
👍4
🌐Ayni damda universitetda Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan tashkillangan “FARG‘ONA VODIYSI BIOLOGIK XILMA-XILLIGINI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT TAMOYILLARINI JORIY ETISHDA BIOLOGIK TADQIQOTLARNING ROLI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda

#fsu_international

🔰Unda "Markaziy Osiyo bioxilma-xillik markazi va undagi Tulipa L. turkumi", “O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob qisqichbaqasimonlar: Kessler qisqichbaqasi (Pontastacus kessler) va Orol yonsuzari (Turcogammarus aralensis) ning tarqalishi va taksonomiyasi”, "Биология вредители хлопчатника в Средней Азии и Меры борьбы с ними", "Проблемы охраны фитобиоты Туркестанской области", "Biodiversity's Role in Combating Climate Change: Innovations and Sustainable Solutions in Medicine, Food Systems, Drug Development, and Biofuel Technologies", "Global iqlim o‘zgarishlari sharoitida tangachaqanotli hasharotlarning tarqalish xususiyatlari" kabi qator dolzarb mavzularda ma'ruzalar tinglanmoqda.
👉на русском
👍6💯1
#FDU_CONFERENCE

🌎Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi - Xamzayev Abdushukur Xudoyqulovich;
Farg‘ona viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig‘i Jumanov Baxromjon Azimovich;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori, akademik Tojiboyev Komiljon Sharofiddinovich;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti professori - Kuchboyev Abdurahim Ergashovich;
Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti biologiya kafedrasi mudiri - Asiya Duysengalievna Maimamatova;
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetining biologiya va geografiya kafedrasi mudiri, dotsent - Isaev Erjan Bolysbekovich;
Islomobodning Quaid-i-Azam universiteti Biologiya fanlari fakulteti Palinologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi direktori Muhammad Zafar, shuningdek, universitet rahbariyati, fakultet professor - o'qituvchilari, tadqiqodchilar va talabalar ishtirok etmoqdalar.
👉на русском
🔥3
Forwarded from Edu.uz
#SoʻraganEdingiz #Qabul2025

SAVOL: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini qayerdan bilsa bo‘ladi?


JAVOB: my.uzbmb.uz saytining “Statistikabo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar sonini bilish mumkin. Bunda ularning umumiy soni, jinsi va ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti real vaqt rejimida yangilab boriladi.

Ma’lumot uchun, 18-iyun 12:35 holatiga ko‘ra my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan jami abituriyentlar soni — 272 537 nafarni tashkil qiladi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 O‘zbek tili — 239 799 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 27 304 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 4 598 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 836 nafar.

📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

👦🏻 erkaklar — 124 547 nafar
👧🏻 ayollar — 147 990 nafar.

📣 Bu foydali postni abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying.

🔹 Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#dolzarb_90_kun
#Karyera_kuni
#biznes_marafon

❇️ Fargʻona viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Iqtisodiyot fakultetida "Karyera kuni va biznes marafon" tashkil qilindi.

Jarayonda Fargʻona viloyati statistika boshqarma boshligʻi oʻrinbosari - Sh. Zokirov, Inson resurslari bosh mutaxassisi - M. Valiyeva, axborot xizmati bosh mutaxassisi - B.Maqsumovalar ishtirok etib, talabalarga biznes, karyera faoliyati yuzasidan ko'plab ma'lumotlarni berib o'tdilar.
👉на русском
👍4
#magistratura
#himoya

🎓Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (70112201) mutaxassisligi bitiruvchi bosqich magistrlarining magistrlik dissertasiya ishlarini himoyasi bo'lib o'tdi.
👍5