Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.37K subscribers
34.1K photos
4.33K videos
206 files
10.3K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
💠FDU - 24 | Rektor yig'ilishi

#tanqidiy_tahlil

Bugun universitetda Filologiya fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

❗️Yig'ilish kun tartibidan fakultetdagi kafedralar faoliyati, ilmiy tadqiqod ishlarini tashkil etilishi, fakultet ilmiy salohiyati, Нemis dasturidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaxsiy ish rejalar,ma'naviy- ma'rifiy ishlarni olib borilish holati, to'garaklar faoliyati, tyutorlar faoliyati, ichki turizm, iqtidorli yoshlarni qo'llab - quvvatlash, nomdor stipendiatlar tayyorlash, talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.

Shuningdek, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 43-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida universitetda giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish, axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish, ta’lim sifati va tarbiyani kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
👉на русском
👍3
#filologiya_faoliyatini_o'rganish

🔹Yig'ilish davomida fakultet talabalari orasida o'tkazilgan anonim so'rovnoma natijalari tahlil qilindi. Fakultet jamoasi birdamlikda olg'a borishi va yuqori natijalarga erishish uchun bir - biriga ko'mak berishi lozimligi uqtirildi.

🎤Har bir ziyoli, ayniqsa, filologlar tafakkur me'mori, insoniylikni eng yaxshi anglaydigan, ma'naviyatni yaratadigan xalqdir. Talabalarni yuksak marralarga ilhomlantirish, kitob o'qishga rag'batlantirish tilshunos va adabiyotshunos olimlar oldida turgan vazifalardan biridir. Zero, bugungi o'tish davrida ko'p kitob o'qigan millat, o'z ustida ishlaydigan ziyoli, ilmga chanqoq, intiluvchan yoshlar mamlakatni farovon, yurtni obod qiladi, - deya ta'kidladi universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o'z so'zida.


Yig'ilish yakunida ishchi guruh maʼlumotnomasida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha fakultetda yo'l xaritasi tuzish va tegishli chora - tadbirlarni amalga oshirish ishlari belgilab qo'yildi.
👍3🔥2
#karyera_kuni
#dolzarb_90_kun

🔰O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik va yoshlar bilan ishlash departamenti boshqarma boshlig‘i polkovnik Artikov Jasur Muxammedovich hamda FarDUning Harbiy ta’lim fakulteti bilan hamkorligida "Karyera kuni" o‘tkazildi.
👍7🔥1
#dolzarb_90_kunlik
#Karyera_kuni
#biznes_marafon

❇️“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchilarni bandligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida "Karyera kuni va Biznes marafon" tashkil qilindi.

Tadbirda FERGANA SCHOOL xususiy maktabi ta'sischilari - Xurshid Tolipov, Mirmuxsin Maxmudov, "Ideal" xususiy maktabi direktori - Sardorbek Elchiyev, "Allergomed" xususiy klinika direktori - Abduqahhor Abdumulibov, Talaba amaliyoti bo‘limi boshlig‘i - Azizbek G‘ofurov, fakultet jamoasi hamda talabalari ishtirok etdilar.

на русском
👍2