Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.41K subscribers
34K photos
4.31K videos
206 files
10.3K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#dolzarb_90_kun
#universitet_maktab_mahalla

➡️Navbatdagi manzil Farg‘ona viloyati Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi musiqali drama teatri bo'ldi. Bu yerda yoshlarning madaniy hordiq olishlari uchun G'ofur G'ulomning "Shum bola" asari asosida sahnalashtirilgan sahna ko'rinishi taqdim etildi.

на русском
👍4🤩2😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴Farg'ona 24
12.06.2025

Farg‘ona davlat universitetida 2025-2026-o‘quv yili uchun onlayn qabul jarayonlari boshlandi.

🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook
👍3
#dolzarb90kun
#tanlov

🇺🇿 Farg‘ona davlat universiteti yoshlar kengashi tomonidan yana bir loyihaga start berildi.

"Tabiat bilan bir kun" loyihasida ta'til kunlaringizni dam olish bilan birgalikda foydali o‘tkazishga nima deysiz?

🗣 "Tabiat bilan bir kun" onlayn loyihasida ishtirok etib, o‘z kuningizni boshqalarga ilhom manbai qiling!

💬 Shartlari:

▫️1. Ta'til kunlarida tabiat bilan hamohang yashang (tog‘, bog‘, qishloq, oilaviy piknik,daraxt ekish ).
▫️2. Ushbu kuningizni aks ettiruvchi foto/video lavha tayyorlang (1-2 daqiqa yoki 3-5 surat).
▫️3. Qisqa matn yozing: "Bu kunimni qanday o‘tkazdim?", "Tabiatdan nimani o‘rgandim?"
▫️4. Materialni @fardu_metsenatlik manziliga yuboring!

🗓 Tanlov 13-iyundan 30-iyungacha davom etadi.
🏅 G'oliblar sovg‘alar bilan taqdirlanadi va sahifamizda e’lon qilinadi!

✅️Unutmang: Tabiat — bizning kuchimiz, tinchligimiz va ilhomimiz manbai. Uni his qiling, qadrlab dam oling, boshqalarni ham shunga undang!

⚡️Siz ham biz bilan birga boʻling!
🚀 https://t.iss.one/FDU_yoshlari
👍2
#Dolzarb 90 kun
#ilmiy_amaliy


🔹Tarix fakulteti O‘zbekiston-Xitoy arxeologiya qo‘shma kafedrasi tomonidan arxeologiya va muzeyshunoslik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Madaniy merosni muhofaza hamda restavratsiya qilish” nazariy va amaliy tajriba beruvchi dastur amalga oshirilmoqda.

➡️ Xususan, universitet olimlari va Loyang Arxeologiya instituti tadqiqotchilari hamkorlikda 2025-yil 12-iyundan 3 iyulgacha bo’lgan muddatda Quva shahrida joylashgan “Shahriston Kubosi” arxeologiya yodgorligi va Xonobod qabristonida qazishmalar, topilmalarni tahlil, konservatsiya va zamonaviy usullarda restavratsiya qilish hamda talabalar uchun madaniy merosni muhofaza qilish, arxeologik topilmalarni qayta ishlash va saqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

💠Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” davomida nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, balki O‘zbekiston va Xitoyning arxeologiya, umuman madaniy aloqalarini mustahkamlaydi.

на русском
👍4
#dolzarb_90_kunlik
#Karyera_kuni
#biznes_marafon

❇️“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bitiruvchilarni bandligini ta'minlashga ko'maklashish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida karyera kuni va biznes marafon tashkil qilindi.

Tadbirda Farg‘ona gidrometeorologiya markazi xodimi - Abduxoliq Teshaboyev, Farg‘ona shahar 6-maktab direktor o‘rinbosari - Feruza Mirzaolimova, Talaba amaliyoti bo‘limi boshlig‘i - Azizbek G‘ofurov, fakultet jamoasi hamda talabalari ishtirok etdilar.

Mazkur "Karyera kuni"da mehmonlar tomonidan talabalarga kasb mahorati, salohiyatli kadr bo'lish shartlari, mas'uliyat va jamoa bilan ishlash layoqatiga ega bo'lish borasida kerakli tavsiyalar berildi.

на русском
👍25🤩2🔥1😍1💯1
#Dolzarb_90_kunlik
#ARMga_tashrif

♻️Farg‘ona shahridagi Ideal xususiy maktabi o‘quvchilari oliygoh axborot-resurs markaziga tashrif buyurdilar.

Ular kutubxonadagi kitoblar fondi, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar.

на русском
👍8