Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
9.64K subscribers
34.7K photos
4.44K videos
208 files
10.6K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#dolzarb_90_kunlik
#universitet_mahalla_maktab

🏢Bugun Farg'ona davlat universitetida muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Dolzarb 90 kunlik" loyihasidagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Farg'ona shahrida joylashgan mahallalar raislari, Farg'ona yoshlari va maktab o'quvchilar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

🪇Bunda tashrif buyurgan ishtirokchilarga sportning volleybol, basketbol, tennis, kurash, futbol, mini futbol turlaridan tashkil etilgan sog'lomlashtirish to'garaklari, yangi, zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan trenajor zallari, suzish havzasi va futbol maydoniga ega, barcha sharoitlarni o'z ichiga olgan muhtasham sport sog'lomlashtirish majmuasi faoliyati tanishtirildi.

🌅Universitetning "Qatag'on qurbonlari" muzeyiga sayohat qilgan maktab o'quvchilari va mahalla yoshlari mazkur muassasaning bir asrlik tarixi, farg'ona ziyolilari, ilm - ma'rifat fidoiylari haqida qiziqarli bilimlarga ega bo'ldilar.

на русском
👍3
💐BIZ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!💐

#iftixor

🇺🇿 O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Neftchi” jamoasi futbolchilari – Jamshid Iskandarov, Farruh Sayfiyev va Botirali Ergashev Farg‘onada tantanali tarzda kutib olindi!


🎤Marosimda so'zga chiqqan viloyat hokimi - Xayrullo Bozorov asosiy jamoa tomonidan qo'lga kiritilgan tarixiy g'alabada “Neftchi” jamoasining ham alohida xizmatlari borligini e'tirof etdi.


🎗Tantanali qismda futbolchilarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Raqib darvozasiga ikkita golni kiritgan Abror Ismailovga viloyat hokimligi tomonidan Jentra rusumli avtomashina taqdim etildi👏!

на русском
👍5🔥3
#dolzarb_90_kunlik
#universitet_maktab_mahalla

Tadbir davomida ⤵️

🔰Harbiy ta'lim fakultetiga tashrif buyurgan mehmonlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib o'ringa ega bo'lib kelayotgan fakultet faoliyati, moddiy texnik bazasi, ko'rgazmali qurollari, harbiylashtirilgan chiqishlari bilan yaqindan tanishdilar.

📌Ushbu tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad "Dolzarb 90 kunlik" loyihasida aytib o'tilganidek, yozgi ta'til vaqtida yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va shahrimizdagi har bir yoshni faollikka chorlashdan iboratdir.

на русском
👍2🔥2