Bahodirjon Shermuhammadovich Shermuhammadov
22.8K subscribers
35.3K photos
4.52K videos
211 files
10.8K links
Farg'ona davlat universiteti rektorining rasmiy telegram sahifasi
Download Telegram
#munosabat

💠 REKTOR MINBARI:

🇺🇿BAHODIRJON SHERMUHAMMADOV:

"FERGANA VADISINDEKI ILK YÜKSEKÖĜRETIM KURUMU"


🔰«Farg'ona haqiqati» gazеtasining 2025-yil 13 - iyun kungi 23 - sonida mutolaa qiling.
👍5🔥3
#FarDU_MM

📡 Xalqaro online seminar: Informatika – global taraqqiyot asosi!

🗓 Joriy yilning 12-iyun kuni FarDU mintaqaviy markazida “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi tinglovchilari uchun navbatdagi xalqaro darajadagi online seminar tashkil etildi.

👨‍🏫 Seminar mehmoni — Qirg‘iziston Respublikasi Osh Davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari oliy maktabi o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, “Turkiy tilli mamlakatlar integratsiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. O‘rozov Maqsadbek O‘murbekovich bo‘ldi.

🧠 Mavzu: “Informatika fanining jahon miqyosidagi o‘rni va uni rivojlantirish g‘oyalari”

🔍 Seminarda informatika fanining bugungi kundagi global ahamiyati, zamonaviy texnologiyalarning ta’limga integratsiyasi, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro tajribalardan foydalanish masalalari yoritib berildi.

💬 Tinglovchilar faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

🔗 t.iss.one/fardu_mm
🔥4
#dolzarb_90_kun

⚜️Filologiya fakulteti talabalarining bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ" shiori oatida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.
🔥3
#dolzarb_90_kun
#Kitobxonlik

📚Bugun universitet Axborot resurs mazkazi va Tabiiy fanlar fakulteti hamkorligida biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabalari ishtirokida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish, ularni ma'naviyatini yuksaltirishga ko'maklashish maqsadida yangi nashr etilgan kitoblar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.
👍3
#kitobxonlik
#Dolzarb_90_kun

🌿Agrar qo'shma fakultetining talaba yoshlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, milliy g'urur va o'zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish maqsadida "Men sevgan asar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
👍4
#teatr
#dolzarb_90_kunlik

🏵Farg'ona viloyat musiqali drama teatrida Chet tillari fakulteti talabalari uchun G'ofur G'ulomning “Shum bola” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bo'lib o'tdi.

☘️Unda 320 nafar universitet talabalari ma'naviy dam oldilar.
👍5🔥1