Sheʼriston
88 subscribers
44 photos
5 links
Baʼzida shunchaki sheʼrga ehtiyoj tuyasan

@usmonosphere
@sanduvoch_uz
@ohangzor
Download Telegram
Qoʻlingni qoʻliga berma,
U kulsa boʻlmagil xursand.
Bu gullar zaharli terma
Unutma faqat sen hursan!

U sening qoshingda toʻnka
Kel mening yonimga oʻltir…
Jon ato etguncha unga
Yaxshisi, kel meni oʻldir!

Baribir qoʻlingni berma,
Qoʻlimga bermagil xursand.
Bu gullar zaharli terma
Unutma, faqat sen hursan!

Muhammad Solih

@sheriston
1👍1
Sen, jonim, mana shu bogʻlarnikisan!

Bogʻlarda xazonlar sipohi
Azaldan muzaffar bir lashkar...
Bugun menga qarshi anduhlar
Birlashgan... birlashgan... birlashgan...

Biron-bir mehribon koʻrinmas
Navoiy kuylagan saf aro.
Yaproqlar toʻkilar tinimsiz —
Zaʼfaron... zaʼfaron... zaʼfaron...

Asta-sekin qosh ham qoraydi,
Hamrohdirman yolgʻiz menga man.
Bir kuyni kuylayman tinimsiz —
Yengaman... yengaman... yengaman...

Sokinlikdan qattiq dimiqqan
Borligʻim shahd tilar, gʻulu tilar.
Yogʻib yogʻmas, tarqab tarqamas
Bulutlar... bulutlar... bulutlar...

Hali yulduzlardek charaqlarim bor
Bordir bulutlardek boʻzlarim.
Boʻlgim kelayotir osmonning
Koʻzlari... koʻzlari... koʻzlari...

Matnazar Abdulhakim

@sheriston
1
Аввали ишқ – бӯсаю оғӯш,
Охири ишқ – хонавайронӣ.

Лоиқ Шералӣ

@sheriston
👍1🔥1
GINA

Men sendan nima deb gina qilayin?

“Qul edik” desam ham boshing silkiysan,
“Kul edik” desam ham silkiysan boshing,
“Ozodmiz” desam ham boshing silkiysan,
“Bunyodmiz” desam ham silkiysan boshing –
Men Sendan nima deb gina qilayin?

“Taxtlimiz” desam-da, “Baxtlimiz” desam-da,
“Jasorat” desam-da, “Matonat” desam-da
“Xiyonat” desam-da boshing silkiysan.

Ba’zida boshingni ushlagim kelar,
Bo‘yningdan bo‘g‘izlab tashlagim kelar,
Qora ko‘zlaringga termilsam lekin,
Qadoq qo‘llaringga termilsam lekin
O‘zimning boshimga mushtlagim kelar.

Men Sizdan nima deb gina qilayin?

QUTLIBEKA

@sheriston
​​Yillarni bir kosa suvday sipqordim,
Tosh kunlar ayamay boshimni yordi.
Yasholmayman, dedim — Xudoga bordim,
Xudo yana meni Senga yubordi.

O‘zimni ko‘nglingda adashtiraymi,
Sen meni o‘zingga o‘zing topib ber.
Umrimni ko‘zingga almashtiraymi,
Ko‘zing to‘la orzu — ko‘zing to‘la she’r.

Borimcha ko‘nglimga o‘ralgan edim,
Men bugun taqdirga yutqazib yutdim.
Avvalimda Ishqdan yaralgan edim,
Oxirda ham Ishqqa aylanib ketdim...

Behzod Fazliddin

@sheriston
6
ALAMLI QOʻSHIQ

Oʻzgani sevsang, sevgin,
Men ham senga zormasman!
Kel, yonimga, kela qol deb,
Chorlasang ham bormasman!

Oʻzi seni nega sevdim?
Buncha boʻlmasam ojiz.
Goʻzalmassan, sen shunchaki,
Nayrang-makri koʻproq qiz.

Rostin aytsam, arzimaysan,
Na she’rim, na sevgimga.
Men balandman! Qoʻling yetmas!
Ketavergin tenging-la...

Nima deding! Aslo, hech ham
Koʻzimdagi yosh emas.
Yosh boʻlsa ham sening uchun,
Toʻkmayapman... Boʻldi... Bas...

Ketgin endi. Sevmayman-ku,
Meni qoldirgin yolgʻiz!
Tugayapti sabrim... Tagʻin –
Oyogʻingga choʻkmay tiz...

Usmon Azim

@sheriston
👍2
OTAM, JORQIN MOMO, POYABZAL VA SHEʼR

Arslonning bolasi musicha, kaptar,
Choʻrtkesar otadan bitta lapashang.
Nima jin urdi meni,
Sen-la bir safda
Turmadim,
nuqsini yuqtirdi hasham.

Tuprogʻi sovidi Jorqin momoning —
Qoʻlimdan qum kabi ketdi javohir:
Endi biror kimsa ovulda meni
Chaqira bilmaydi:
“kichina Yoqub”.

Engimda chopon-u,
qoʻllar orqada,
Qadam tashlar edim senga taqlidan.
Oʻsha muqalliding topmadi sadaf,
Irga-tirgalarda ozdi aqlidan.

Tobim qochgan edi,
boʻlsang-da emchi
Nina sancholmading,
Ilk bor yalinding.
Yalangoyoq chopding,
Axir, men quchib
Uxlardim oʻshanda poyabzalingni.

Ravon koʻchalardan yurdim dovdirab,
Ortingdan bormadim,
sen bosgan yoʻl – sang.
Duxtir boʻlolmasdim sendek dovyurak,
Mendan zoʻr yozarding sen shoir boʻlsang,

Chaynaldim,
Ichimdan oʻtdi qirindi,
Sen dangal soʻzlaysan.
Soʻzingga teng bir
Misra bitolmadim.
Barcha sheʼrimdan
Menga poyabzaling afzaldir endi.

Nurmuhammad Abduzoir

@sheriston
SOʻROQ

Boʻsh yelkamga bosh izlaymi,
Bosh urarga tosh izlaymi,
Tosh diydamga yosh izlaymi,
Neni izlay, onajon?

Sevgi desam, titrogʻi yoʻq,
Bahor desam, yaprogʻi yoʻq,
Gard tegmagan tuprogʻi yoʻq,
Qayga tizlay, onajon?

Bilmam, kimga oʻrni lozim,
Bilmam, kimga qorni lozim,
Kimga boʻlib koʻr mulozim,
Kimni sizlay, onajon?

Ezgin chaling, tanbur qani,
Koʻzi mungli, purnur qani,
Qani, ogʻo Mansur qani,
Qancha boʻzlay, onajon?

Savolim koʻp, javobi qarz,
Sheʼrim chala, davomi qarz,
Olovman, ki yonishim farz,
Nechun muzlay, onajon?

Shohrux Usmonov

@sheriston
4❤‍🔥1
SAS

Soya solmish sabrimga sogʻinch,
Saratonda sensiz sovqotdim.
Sohillarda sargʻaydi sevinch,
Sirlarimni soʻzlarga sotdim.

Soching silab sabolar sarxush,
Sezmaysanmi, sezdirmaysanmi?
Savol sonsiz, sitamlar serpusht,
Sevmaysanmi, sevdirmaysanmi?..

2010-yil

Behzod Fazliddin
1
KARTINA

1.

Simyogʻochning qulogʻiday dik —
Sezgir osmon,
Yomgʻirli hafta.
Soyabonsiz (goʻl) odamlarni
Minib olgan bir koʻcha avto.
Gavjum kafe,
Sutli qahva.
Ajnabiy qoʻshiq:
“You are not alone”.
Oyna yaqinida ikki sevishgan,
Koʻzlarida lim-lim havas
Va…
Biri uchun sevgi muqaddas,
Biri uchun — paytava.

2.

Har galgidek derazang ochiq,
Axir yomgʻir!
(mendir ehtimol)
Sovuqqon tomchilardan qochib,
Kirib oldi xonanga shamol.
Koʻzlarimiz toʻqnashdi gulru,
Qarashlaring oʻtli, ishq talab.
Tushunsang-chi
“Men seni sevaman” bu —
Hamma ayta oladigan gap.

3.

Yurak rasmin chizib havoda,
Men tomonga puflading uni.
Erib ketdi qaynoq taftimdan,
Titrab turgan labimga qoʻnib.
Soʻng ortimga qayrildim magʻrur,
“Sevmaysizmi?” deya soʻrading.
Bilmaysanki koʻzlari billur,
Koʻksimdagi sening yuraging.

4.

Bolaning qoʻrquvidek haqqoniy,
Taʼsirli —
Jon chiqar mahal
pichirlangan kalima misol
Ilk bor Momo Havoni koʻrib
Dong qotgan Odam Ato
Hayratiday izhor
Topmaguncha to
Tilimga osilgan qulfni
Ochmaslikka ichganman qasam.
…Qonib ishq hoʻplaymiz hali labo-lab.
Faqat hozir…
Axir tushunsang-chi
“Men seni sevaman” bu —
Hamma ayta oladigan gap!

5.

Yomgʻir…

Jontemir
3
Men xudo emasman,
Menga baribir,
Shart emas qarshimda bermogʻing javob.
Oʻzim vasl jannatin tilanib axir,
Ishq degan doʻzaxda chekyapman azob.

Balki koʻp dillarga bergandirsan zeb,
Avvalgi gunohlar oʻzing bilgan sir.
Ishontir yaxshisi farishtaman deb,
Men xudo emasman,
Menga baribir...

Anvar Obidjon

@sheriston
❤‍🔥42
Urushga qarshi

Birorta urushda qatnashmay turib,
Hech kimni oʻldirmay,
Asirga tushmay ham,
Oltmish yoshga kirishi mumkin odamzod.

Hech qachon harbiyga bormagan,
“Til” tutib kelmagan bobo bilan ham
Faxrlanishi mumkin nabira.

Bayroqni oʻpmay ham,
Qasam ichmay ham,
Vatanni sotmaslik mumkindir.

1981

Muhammad Solih

@sheriston
2
BIR TOMCHI YOSH

Cho‘qqidan bir kichik tosh yumalasa,
Tog‘ni qulatgudek suron qiladi.
Ko‘zingdan bir tomchi yosh yumalasa,
Tog‘day yuragimni vayron qiladi.

Agar ko‘ksim uzra qulasa birdan,
Tutmoqqa qodirman tog‘lar toshini.
Hayhot, ko‘tarolmam kipriklaringdan
Uzilgan bir qatra qayg‘u yoshini…

Erkin Vohidov

@sheriston
4
SIRTQI SABOQ

“Imlo xatolarim boʻlsa kechiring, hozir parishonroqman...”
Maktubdan

Men seni sevaman... o, qursin esim,
Nahotki “Men” — ega?.. “Sevaman” — kesim?..
Qoidaga mahkummiz buncha nega biz?
Muhabbat emasmi, axir, egamiz?
... Sen boʻlsang maktabda — mashaqqatdasan,
Ruhimda xavotir gʻalayon boshlar.
Seni toliqtirib qoʻymadikmikin
Har xil undalmalar, otlar, olmoshlar?
“Ni”ni emas, seni sevaman oʻzim,
Diydoringga yetmoq umidim ming-ming,
Sening koʻzlaringni sogʻindim, koʻzim,
Koʻzim yoʻq koʻrishga turqini “ning”ning.
Yuragim kim, oʻzi yuragim nima?
Yuragim zanjirband — zulfingga bogʻliq.
Yuragim boʻm-boʻsh uy, fayzli qilmasang,
Ochmasang berk uydir, mahkam qulflogʻliq.
Qulflar sinsinlar, kel, eshiklaring,
Uyiga oʻt tushsin kelishiklarning.
Qaratqichning oʻzi sensiz qaratqich,
Sensiz tushumni men tush koʻribmidim?!
Sen boʻlsang shu qadar kelishgansanki,
Muhabbatdan boshqa kelishiging yoʻq...
Na bir darak gap bor maktublaringda,
Na bir ergash gap bor maktublaringda,
Faqat yurak gap bor maktublaringda,
Faqat tergash gap bor maktublaringda.
Ruhimga hech tinmas gʻamdan taʼqiblar,
Maktublar ishq dardin mahzun iloji.
Oʻqir, konvert yirtib, xatim raqiblar,
Yurakni olgandek koʻksimni ochib.
O, yuragim mening — maktab bolasi!
Tahlikaga tushmay, choʻkmay sevadi.
Yuragim indamay sevadi seni.
Quchoqlamay sevar, oʻpmay sevadi.
Men sevmoq baxtiga ming dardda yetdim,
Biroq bu ne hikmat, biroq bu ne sir?
Lablarimda sensiz boʻsalar yetim,
Lablaringda mensiz boʻsalar yesir.
Sening yoʻqlovingsiz hislar ham sagʻir,
Xohi gar ishonma, xohi gar ishon.
Meni unutmabsan, xayriyat, axir,
Maktublar bitibsan xotirparishon.
Biroq sendan xat yoʻq kechadan beri,
Zor etding koʻzlarim — gadolaringni,
Meni sogʻinsayding sogʻinganimdek
Jondan aziz imlo xatolaringni.
Baxt va kulfat bilan sevaman seni,
Sevaman zararlar va foydalarsiz.
Koʻzlarim yoʻlingga termula berar
Hech qanday bir imlo qoidalarsiz.
Sen esa omon boʻl bosh kelishikda,
Sarviqad va qalamqosh kelishikda.
Maktublar bitaver, mayli, parishon,
Taʼna kelishikda, tosh kelishikda.
Sen faqat unutma, faqat unutma,
Koʻzlarim koʻp yomon sogʻindi seni
Qaygʻu kelishikda... yosh...
kelishikda...

Matnazar ABDULHAKIM

@sheriston
Агар сад сол ҳам ҷӯӣ, маро дигар намеёбӣ,
Шабу рӯзон худо гӯӣ, маро дигар намеёбӣ.

Ба роҳи ман чу пойандози махмал ҳар саҳаргоҳе
Ба сони сабза ҳам рӯӣ, маро дигар намеёбӣ.

Ман он якроҳу якрӯ будаму бо роҳи худ рафтам,
Ту, ки садроҳу садрӯӣ, маро дигар намеёбӣ.

Сабукроӣ, сабукпоӣ, муҳаббатро намешоӣ,
На ҳам аҳли такопӯӣ, маро дигар намеёбӣ.

Саропо чашм ҳам бошӣ, маро дигар намебинӣ,
Агар сеҳриву ҷодуӣ, маро дигар намеёбӣ.

Ҳама доғе, ки дар оинаи дил дорам аз ишқат,
Агар бо ашк ҳам шӯӣ, маро дигар намеёбӣ.

Ба худ ҷӯшида мехушкам мисоли чашмаи куҳсор,
Агар дарёи Омуӣ, маро дигар намеёбӣ.

Биҳиштизода ҳам бошӣ, биҳиштатро биҳиштам ман,
Агар аз чархи минуӣ, маро дигар намеёбӣ.

Лоиқ Шералӣ

@sheriston
Boq kapalak himmatiga umr boʻyi gul deb oʻtar,
Qoʻyma koʻngil gʻam yukiga, oʻyna, quvon, kul deb oʻtar.

Koʻrgani bir kungina-yu, bahra olar borligidan,
Yetmasa olamga malolim, tilagim shul deb oʻtar.

Endi nazar sol mana bu quzgʻuni serdabdabaga,
Panjani ishlat va birov toʻmasini yul deb oʻtar.

Shon-u nasabga tayanib zulm qilar burgut agar,
Aqli salim: “Pashsha uning oʻrnida maqbul!” deb oʻtar...

Boqma, odam boʻlmas ekan nafsi buzuq,
Mullaquduq ― toʻlmas ekan nafsi buzuq.
El masali ojiz emish baʼzi mahal:
Iyd oʻtar, oʻlmas ekan nafsi buzuq!

...Din-u diyonat deb, ajab, oʻylaki, Sabriy, bu guruh
Pul deya olamga kelib, ham yutoqib pul deb oʻtar!

Alisher Sabriy

@sheriston
🔥2
Qasam ich,
Osiyo,
Soro,
Maryam,
Fotimatuz Zahro,
Robiya
va Laylo haqqi...

Qasam ich,
bulgʻanmagan daryolar,
erimagan qorlar,
ochilmagan gʻunchalar,
toʻkilmagan yaproqlar,
ichilmagan buloqlar haqqi...

Qasam ich,
qindagi qilichlar,
teshilmagan zirhlar,
egilmagan yoylar,
otilmagan oʻqlar haqqi...

Qasam ich,
ochilmagan goʻrlar,
yirtilmagan qafaslar,
qonga belangan jasad ila
janoza oʻqilgan shahidlar haqqi...

qasam ich,
ismat hijobi ortidagi pokiza yuzlar,
iffatdan egilgan jannatiy boshlar,
haq sari bosilgan mustaqim qadamlar
va zangor kimxob yopingan tobutlar haqqi
“Xiyonat qilmadim”, deb qasam ich!..

Asqar Mahkam

@sheriston
👍2
Ketishim shart edi

Ketishim shart edi. Na iloj, ketdim,
yolg‘izlik qa’rida qoldirib seni.
Shu ma’yus ko‘zlarga jo bo‘lar endi
tun degan azobning bo‘yi va eni.

Xush damlar hamdaming — ko‘zgu bu kecha
tikka turgan ko‘ldek yutishga tayyor.
Bir paytlar baxtingdan shahodat bergan
yulduzlar bu oqshom olis va bekor.

Oq yostiqqa boshni g‘amgin bosasan,
oqlikda ilinjsiz to‘lg‘anar gavda.
Sochlaring yuzingga aylana tortar,
tutilgan quyoshdek qora, bezovta.

Soat birmi-ikki.
Turib yurasan
yostiq sezmasin deb qalb sanchig‘ini.
Kulib, jim quchasan haligina men
o‘tirgan kursining suyanchig‘ini.

Ko‘nglim, o‘zingdan ko‘r: endi hech tinmay
ta’qib etar seni ul ma’yus nigoh —
ayolni tun bilan yolg‘iz qoldirmoq
gunohlar ichida eng ogir gunoh!

Omon Matjon

@sheriston
#sheʼrparcha

Men seni sheʼr kabi uzoooq sogʻindim...

Nozima Habibullayeva

@sheriston
Ishq kitobi

Oʻqib chiqdim, ajib ekan
Muhabbatning kitobi.
Quvonch toʻla varagʻi kam
Lekib bisyor azobi.

Oʻqib chiqdim varaq-varaq,
Hijron ​​— bisyor, visol ​​— oz.
Tugamaydi agar yurak,
Sharhini etsa ogʻoz.

O, Nizomiy! Ishq ganjiga
Sen oxir topding kalit:
Chiday olsa kim ranjiga
Visoldan etsin umid.

Gyote, “Gʻarb-u Sharq devoni”

@sheriston
GULZOR

Sening qoʻling guldir,
Shul sababdan ham
Hovli-yu xonangda oʻstirasan gul.
Sendaylar bisyorroq boʻlsaydi, olam
Gulzorga aylanib ketardi butkul.

Oʻstirgan gullaring ajib, muattar,
Rangorang, xilma-xil, chiroyli bari.
Nomlarin bilmayman, aytsam muxtasar,
Bor bunda yer yuzin turfa gullari.

Gullaring anjuman tuzibdi goʻyo,
Inja goʻzallikning mashgʻuloti bu.
Shu kichik gulzorda jam boʻlmish dunyo,
Birlashgan Gullarning Tashkiloti bu.

Abdulla Oripov,
2009


@sheriston