Shavkat Xo‘jaqulov
3.16K subscribers
216 photos
126 videos
26 files
667 links
TRM bo‘lim boshlig‘i, Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi (2019-2023)
ta’lim haqidagi yangiliklar, fikrlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://myurls.co/shavkatxujaqulov
Download Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi Toʻxtamurod Jumayev vafoti munosabati bilan hamdardlik

Mamlakatimizning taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi “Qorakoʻl maktabi” asoschisi Toʻxtamurod Jumayev 76 yoshida vafot etdi.

Toʻxtamurod Jumayev qariyb 60 yil davomida mohir pedagog va tajribali rahbar sifatida umrini yosh avlodga bagʻishlab keldi. Bolalarga bilim berishni, yosh qalblarda ilmga mehr uygʻotishni hayotining mazmuni deb bildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kunlardan boshlab birinchilardan boʻlib ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internatini tashkil qildi. Uzoq yillar isteʼdodli oʻquvchilar bilan ishlash, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirib, Respublikamizda alohida oʻringa ega boʻlgan Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Qorakoʻl maktabi” asoschisi sifatida taʼlim muassasasini jahonga tanitdi.

Hozirga qadar litseyning 3114 nafar bitiruvchisi, respublika oliy oʻquv yurtlarida, 56 nafari esa xorijiy davlatlar universitetlarida tahsil olgan. Litseyning oʻquvchilari jahon va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli oʻrinlarni egallab Vatanimiz nomini dunyoga tanitmoqdalar.

T.Jumayevning taʼlim-tarbiya tizimini isloh qilish, rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan edi.

Marhumning oila aʼzolariga, yaqinlariga, taʼlim sohasidagi barcha hamkasblariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mahoratli pedagog, samimiy va kamtarin inson, yoshlarning mehribon va talabchan ustozi Toʻxtamurod Jumayevning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.

Taʼlim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi
Forwarded from Edu.uz
#Эълон | #Ўқишни_кўчириш

⚡️Республика ОТМга ўқишни кўчириш учун онлайн ариза юбориш бошланди

🔘 2021/2022 ўқув йили учун республика олий таълим муассасаларига талабалар ўқишини кўчириш бўйича аризалар қуйидаги электрон тизимлар орқали рўйхатдан ўтказилади:

➡️ республиканинг бир олий таълим муассасасидан бошқа олий таълим муассасасига ёки бир олий таълим муассасаси доирасида – “transfer.edu.uz”;

➡️ хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларидан – “transfer.dtm.uz”.

▶️ Ушбу электрон “transfer.edu.uz” тизими орқали аризаларни қабул қилиш бошланди.

⚠️ transfer.dtm.uz орқали аризаларни 15 июль 22.00 дан бошлаб рўйхатдан ўтиш имконияти яратилади.
———
👀 Eduuz ни кузатишда давом этинг!

👉 @eduuz
Hududlarda faoliyat olib borayotgan attestatsiya komissiyalari tomonidan malaka toifalari berilgan pedagoglarni belgilangan muddatlarda sertifikatlar bilan taʼminlanishda eng faol hududlar sifatida Xorazm, Buxoro, Fargʻona va Jizzax viloyatlari koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, orqada qolayotgan hududlar Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari ekanligi taʼkidlandi.
2022 йилда 4-синф ўқувчиларининг матнни ўқиб тушуниш даражасини баҳолаш бўйича PIRLS халқаро тадқиқотларининг навбатдаги натижалари эълон қилинади.

Ушбу тадқиқотларда Ўзбекистон ҳам илк маротаба иштирок этди. Таълим соҳасидаги ютуқларни баҳолаш халқаро ассоциацияси (IEA) томонидан амалга оширилаётган жараёнлар орқали мамлакатимиз таълим тизими дунёнинг 60дан ортиқ давлатлари натижалари билан қиёсий таҳлил қилинади.

Жорий йилнинг баҳор ойларида ўтказилган тадқиқотларда 180 та мактабда таҳсил олувчи 5 948 нафар 4-синф ўқувчилари ҳамда уларнинг ота-оналари, мактаб директорлари ва синф раҳбарлари иштирок этди.

Жараёнга доир батафсил тафсилотлар билан "Ўзбекистон24" телеканали ижодкорлари томонидан тайёрланган махсус репортаж орқали танишишингиз мумкин.

📹Youtubeда кўриш: https://youtu.be/SjaCZ9n7cSk

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
#Diplomlarni_tan_olish

[O‘Z] Xorijiy diplomlarni tan olish boʻyicha imtihonlar internet tarmogʻida jonli efirga uzatila boshlandi

Batafsil: https://tdi.uz/news/922/

— — — — — — — — — — —

[РУ] Экзамены на признание иностранных дипломов начали транслировать в прямом эфире в Интернете

Подробно
: https://tdi.uz/ru/news/921/

— — — — — — — — — — —

[EN] Exams for recognition of foreign diplomas began to broadcast live on the Internet

More
: https://bit.ly/372UINl
Forwarded from Ta'lim nazorati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ҳафтадайжести

Таълим инспекцияси фаолиятидаги ҳафтанинг энг муҳим воқеалари | 26–30.07.2021

📹 Youtube
(HD)да кўриш: https://youtu.be/jpA1ksZRbAg

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#Diqqat_eʼlon

Hurmatli ota-onalar!

Davlat test markazi tomonidan joriy yilning 29-30-iyul kunlari oʻtkazilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul saralash tanlovi natijalari ertaga 10-avgust kuni soat 10:00 dan soʻng eʼlon qilinadi.

Siz natijalarni my.maktab.uz sayti yoki hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati orqali bilib olishingiz mumkin.

Saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtganlar belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida ixtisoslashgan maktablarga qabul qilinadi.

Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish 👇
@sh_xujaqulov
⚡️ХОРИЖДА ЎҚИШ ИСТАГИДА БЎЛГАН ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЧИЛАР ВА УЛАРНИНГ УСТОЗЛАРИ БИЛАН ОНЛАЙН МУЛОҚОТ ЎТКАЗИЛАДИ

Хабарингиз бор, “Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан 2021 йил 20 июлдан бошлаб бакалавриат, магистратура ва докторантура дастурлари асосида нуфузли хорижий университетларда таълим олиш учун 272 ўринга мўлжалланган учинчи очиқ стипендия танловлари эълон қилинган эди.

Бугун, 10 август куни соат 16:00да Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси, Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Фанлар академияси ҳамда "Эл-юрт умиди" жамғармаси ҳамкорлигида мазкур танловларга бағишланган очиқ мулоқот ташкил этилмоқда.

Мулоқот давомида иштирокчилар қуйидаги масалалар бўйича ўзларини қизиқтирган саволларга жавоб олишлари мумкин:

🔹Танловда қатнашадиган хорижий университетлар рўйхати;
🔹Танлов шартлари;
🔹Талаб этиладиган ҳужжатлар;
🔹Имтиҳон муддатлари;

Саволларга “Эл-юрт умиди” жамғармаси мутасаддилари жавоб беради.

🔰 Стипендиатларнинг қуйидаги харажатлари тўлиқ молиялаштирилади:

ўқиши билан боғлиқ барча харажатлар;
хорижий давлатда яшаш
турар жой;
халқаро ва ички транспорт;
суғурта, виза ва адабиётлар харид қилиш.

Очиқ мулоқот бугун соат 1️⃣6️⃣:0️⃣0️⃣ дан бошлаб ўтказилади.

ZOOM дастури орқали видеоконференция форматида ўтказиладиган ОЧИҚ МУЛОҚОТ Таълим инспекциясининг FACEBOOK ижтимоий тармоғидаги расмий саҳифаси орқали ҳам тўғридан-тўғри эфирга узатиб борилади.

Саволларни очиқ мулоқот ташкил этилаётган вақт давомида изоҳларда қолдириш мумкин.

Таълим инспекцияси Facebookдаги саҳифаси 👇
https://www.facebook.com/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#haftadayjesti

Taʼlim inspeksiyasi faoliyatidagi haftaning eng muhim voqealari | 9–13.08.2021

📹Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/6ukNBpTJEJ0

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Joriy yilda attestatsiyada ijobiy natija qayd etgan pedagoglarning malaka toifa sertifikatlari bugungi kunga qadar barcha hududiy xalq taʼlimi boshqarmalariga yetkazilgan.

Kelasi yildan malaka toifasi sertifikatlarini elektron koʻrinishga oʻtkazish rejalashtirilgan. Yaʼni kimlardandir sertifikat keldimi ? qachon keladi ? deb soʻrashga ehtiyoj qolmaydi. Har kim QR kodli elektron sertifikatini o‘zi yuklab olaveradi.

Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish 👇
@sh_xujaqulov
#Qabul2021 #Ovozli_chat #Live
Test sinovlarining dastlabki yakunlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙 Ovozli chatda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ishtirok etmoqda.

Unda quyidagi mavzular bo‘yicha barchani qiziqtirgan savollarga javob beriladi:

👉 test sinovlarining dastlabki yakunlari;
👉 koronavirusga chalinganlar uchun qo‘shimcha test sinovlari;
👉 test sinovlarining yakuniy natijalarini e’lon qilish;
👉 xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari.

🙋‍♂️ Ishtirokchilar ovozli chat davomida qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda mavzu yuzasidan o‘z savollarini berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.iss.one/dtmuzb?voicechat

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish 👇
@sh_xujaqulov
Ўзбекистонда 19 та нодавлат олий таълим ташкилоти лицензияга эга (рўйхат)

Янги ўқув йили олдидан абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарига қулайлик яратиш ва ишончли маълумот тақдим этиш мақсадида Таълим инспекциясидан лицензия олган нодавлат олийгоҳлар рўйхати эълон қилинмоқда.

Батафсил: https://bit.ly/2Wifzdg

Таълим инспекцияси матбуот котиби каналига уланиш 👇
@sh_xujaqulov
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Diplomlarni_tan_olish

⚡️ Xorijiy diplomlarni tan olish boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Joriy yilning 28-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar Taʼlim inspeksiyasining telegramdagi rasmiy kanali (@uztdi) orqali xorijiy diplomlarni tan olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari boʻyicha inspeksiyaning masʼul xodimlari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌 Ishtirokchilar navbat bilan inspeksiya xodimlariga mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

❗️Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Yaqin daqiqalar ichida xorijiy diplomlarni tan olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari boʻyicha inspeksiyaning masʼul xodimlari ishtirokida onlayn muloqot boshlanadi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌 Ishtirokchilar navbat bilan inspeksiya xodimlariga mavzu doirasida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

❗️Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
Onlayn muloqot boshlandi.

❗️Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.iss.one/uztdi?voicechat
Forwarded from Ta'lim nazorati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!”

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi jamoasi eng ulugʻ, eng aziz bayram – Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Forwarded from Ta'lim nazorati
⚡️ Aбитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

📣 Мамнуният билан шуни маълум қиламизки, 2021/2022 ўқув йили учун олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича танлов натижалари 3 сентябрь куни эълон қилинади.

Натижалар қуйидаги жадвалга мувофиқ эълон қилинади:

👉 15:00 дан – Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм, Навоий, Бухоро, Сурхондарё ва Қашқадарё вилоятлари;

👉 16:00 дан – Фарғона, Aндижон ва Наманган вилоятлари;

👉 17:00 дан – Самарқанд, Жиззах, Сирдарё, Тошкент вилояти ва Тошкент шаҳри.

Давлат тест маркази

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Forwarded from Ta'lim nazorati
#Брифинг

Бугун Президент Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Таълим сифатини назорат қилиш инспекцияси ахборот хизмати раҳбари Шавкат Хўжақулов иштирокида нодавлат ва хорижий олий таълим ташкилотларида ўқиш билан боғлиқ масалалар юзасидан брифинг бўлиб ўтади.

Соат 15:00да бошланадиган тадбирда нодавлат олий таълим муассасаларидаги қабул жараёнлари, хорижий давлатларда олинган дипломларнинг Ўзбекистонда тан олиниши ҳамда яна шу каби бир қатор масалаларга тўхталиб ўтилади.

Брифингни "UzReport" телеканали орқали тўғридан-тўғри эфирда томоша қилишингиз мумкин.

Таълим инспекцияси телеграм каналига уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

🎙 Ta’lim inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ishtirokida brifing

👉 00:21 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan beriladigan diplom davlat oliygohlari diplomi bilan bir xil kuchga egami ya’ni tan olinadimi?

👉 03:04 Xorijiy oliy ta’lim muassasasining diplomi O‘zbekistonda tan olinishi uchun nimalarga e’tibor qaratishim lozim?

👉 04:39 Xorijiy davlatda o‘qishni davom ettirish uchun diplomimga apostil qo‘ydirish qanday amalga oshiriladi? Va ushbu jarayon qancha vaqt oladi?

👉 06:07 Qaysi holatlarda xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi O‘zbekistonda tan olinmaydi?

👉 07:28 Oliy ta’lim muassasiga o‘qishga kira olmadim. Endi yaqinlarim kollej yoki texnikumga hujjat topshirishni maslahat berishyapti. Ushbu muassasalar haqida ma’lumot bersangiz?

Taʼlim inspeksiyasi matbuot kotibi kanaliga ulanish 👇
@sh_xujaqulov