ШАҲРИХОН ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ АХБОРОТ ХИЗМАТИ
4.37K subscribers
24.1K photos
2.32K videos
3 files
7.32K links
Мурожаат учун: @Xalq_va_Hokimiyat
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun men Prezident Farmoniga ko‘ra asos solingan “Rahbar ayollar maktabi” o‘quv dasturi to‘rtinchi mavsumining ochilish marosimida ishtirok etdim.

Ushbu muhim loyiha rivojlanishda davom etayotgani va yuzlab yosh, istiqbolli hamda iste’dodli ayollar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar eshigini ochayotgani juda quvonarli.

Har bir ishtirokchining O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan lider bo‘lish imkoniyati bor.

Ishonchim komilki, bu dasturda orttirilgan tajriba va bilimlar bebaho qiymatga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv jarayoni har bir qatnashchini katta yutuqlar sari undaydigan muhim boshlang‘ich nuqtaga aylansin!

_

Сегодня я приняла участие в открытии четвёртого сезона «Школы женщин-лидеров», созданной на основе указа Президента.

Замечательно, что этот важный проект продолжает своё развитие, открывая двери к новым знаниям и навыкам для сотни молодых, перспективных и талантливых женщин.

У каждой из них есть уникальная возможность внести свой вклад в развитие Узбекистана, став лидером, способным изменить мир к лучшему.

Уверена, что полученные здесь опыт и знания будут бесценны. Пусть это обучение станет отправной точкой для больших достижений каждой участницы!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
UYCHI TAJRIBASI AMALDA

"Yoshlar daftari" orqali yordam olib, o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yayotgan yoshlar bugun o'zi, oilasi va mahalladoshlariga ko'makchi bo'lmoqda.

Shahrixon tuman, Buvaydo mahallasida yashovchi Sharofiddinov Ulugʻbek ham "Yoshlar daftari" orqali subsidiya asosida asbob-uskuna olib, hunarmandchilik qilayotgan hunarmand yoshlarimizdan.

@shahrixonyoshlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Шаҳрихон тумани Яккатут маҳалласида 200 ўринга мўлжалланган 5 сонли давлат мактабгача таълим ташкилоти тўлиқ қуриб битирилиб фойдаланишга топширилди.

Қишлоққа кўрк бағишлаган болалар боғчасини фойдаланишга топшириш тадбирида туман масъул мутасаддилари, жамоатчилик вакиллари, ота-оналар йиғилдилар. 

Алвон лента қирқилгач, меҳмонлар ва маҳалла аҳли муҳташам мактабгача таълим ташкилотида яратилган шарт-шароит билан яқиндан танишдилар. (Видео)


Шаҳрихон тумани ҳокимлиги
Матбуот хизмати
Forwarded from Shahrixon tumani MMTB
Bugun Shahrixon tumanining Yakkatut mahallasida joylashgan 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanada tuman hokimligi, mahalla faollari hamda bog‘cha jamoasi ishtirok etdilar.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti investitsiya dasturi doirasida “Andijon beton quruvchi” MCHJ quruvchilari tomonidan zamon talablari asosida qayta qurilib, bolajonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Bu maqsadlar uchun davlat budjetidan 4 milliard 284 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Shahrixon tumani MMTB
Matbuot xizmati

Telegram |Facebook|
Президент Шавкат Мирзиёев паррандачиликни ривожлантириш ва яйловлардан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по развитию птицеводства и эффективному использованию пастбищ.

#Mirziyoyev #taqdimot #parrandachilik #chorvachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги (JICA) президенти Акихико Танака бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Японии во главе с президентом Японского агентства международного сотрудничества (JICA) Акихико Танакой.

#Mirziyoyev #qabul #JICA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X