Sanepidqo'mita Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
98 subscribers
3.04K photos
243 videos
2 files
352 links
Mirzo Ulug'bek tuman bo'limining eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'ling.
Download Telegram
Iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ullari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida ovqatdan zaharlanish kasalligini oldini olish, mahsulotlarning sifati va sotish qoidalarigavrioya etilayotganligi yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.

🐟O'rganish ishlari olib borilayotgan vaqtda, bozor rastalarida sotilayotgan 45 kg xom baliq, 6 kg dudlangan baliq mahsulotlari hidlanganligi sababli, iste'molga yaroqsiz holatga kelib qolganligi uchun belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

🔸Ushbu holatlar yuzasidan sotuvchilarga ogohlantirish choralari qo'llanildi va tushuntirish ishlari berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
👏2👍1
7 APREL BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI

⚡️ Har yili 7 aprel Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.
Dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning sog‘lig‘iga bo‘lgan huquqi tobora ko‘proq tahdid ostida qolmoqda.
Turli yoqilg‘ilarni yoqish iqlim inqirozini keltirib chiqaradi va bizni toza havodan nafas olish huquqidan mahrum qiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida har besh soniyada bir inson vafot etadi.

Batafsil:

Sanepidqo'mita Axborot xizmati

Тelegram| Instagram| Facebook| YouTube
Mahallalarda ochiq suhbat jarayonlari tashkil etildi

Mahallalarda o'tkazilayotgan targ'ibot tadbirlarini amalga oshirish davomida mutaxassislar kaslliklar haqida to'liq va tushunarli tarzda aholiga foydali bo'lgan maslahatlarini berib kelishmoqda. Targ'ibot tadbilarini o'tkazilishidan asosiy maqsad esa yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hisoblanadi.


📌Bugun, Yangi Kamolot MFY da Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman mutaxassislari ishtirokida emlash tadbirlarini o'z vaqtida amalga oshirish hamda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo'yicha soha mutaxassislari tomonidan aholiga tushuntirishlar berildi.

🔸Har bir yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlarini amalga oshirish juda muhimdir. Yuqumli kasallikning oldini olish uchun vaksina reja asosida, boshqa hollarda esa epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha yuboriladi. Vaksinani keng qoʻllash tufayli bakterial va virusli infeksiyalarning oldini olishga muvaffaq boʻladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
1👍1
#rasman

⚡️Ramazon hayiti 10 aprel kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotgani haqida qaror qabul qildi. Bayram munosabati bilan xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

Telegram | Instagram |Web sayt
Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan laborator tahlillar olindi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 153-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida o'rganish ishlari olib borildi va oziq-ovqat hamda ichimlik suvlaridan namunalar olindi.

🔸Ta'lim muassasaning shifokor, oshpaz hamda tarbiyachilariga sanitariya-gigiyena qoidalariga doimiy ravishda amal qilinishi to'g'risida kerakli ko'rsatma va tavsiyalar berib o'tildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olindi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi Bolalar gigiyenasi bo'linmasi mas'ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 193-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidagi oziq-ovqat mahsulotlaridan laborator tahlillar olindi.

🔸Har bir ta'lim tashkilotidagi bolalarning sog'lom ovqatlanish ratsioniga e'tiborli bo'lish lozim. Zeroki, mamlakatimiz yoshlari jamiyatimizning poydevoridir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
👏1