Sanepidqo'mita Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
76 subscribers
2.62K photos
162 videos
2 files
197 links
Mirzo Ulug'bek tuman bo'limining eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'ling.
Download Telegram
Sanminimum qoida va me'yorlari bo'yicha o'quv jarayonlari tashkil etildi

Sanitariya minimumi qonun bilan tartibga solinadigan profilaktika chora-tadbirlarining yagona majmui hisoblanadi. Gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tish fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan kasb egalari uchun majburiydir. Sanitariya minimumi davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida o‘qitiladi. Gigiyena va epidemiologiya fanlaridan tasdiqlangan dastur asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa o‘quv kurslarida xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida rioya qilishlari kerak bo‘lgan normalar va qoidalar o‘rgatiladi.


📌Bugun, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limida Bolalar va o'smirlar gigiyenasi mutaxassisi tomonidan ''Vestminster catring'' maktab va bog'cha ta'lim muassasalaridagi oshxona xodimlariga SanQvaN 0017-21-sonli qoida va me'yorlariga asosan ovqatlanishni tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bo'yicha o'quv jarayonlari tashkil etildi.

O'quv jarayonlari davomida:

-barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ovqatlanishni tashkillashtirilishi
- mavsumiy taomnomani tuzilishiga oid talablar
-keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarning sifati
-ta'lim muassasalaridagi ovqatlanish xonalarini joylashtirish, texnologik jarayonlarda ishlatiladigan xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlarning, toza va ishlatilgan idishlarning, xodimlar va o'quvchilar oqimining bir-biriga to'qnashishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-epidemiologik talab va me'yorlariga
muvofiq bo'lishi kerakligi yuzasidan tushunchalar berilib, o'quv jarayonlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Alisherobod mahallasidagi noqonuniy savdo rastalari bartaraf etilmoqda

Tumanda joylashgan ko'plab vaqtinchalik qurilmalar va savdo rastalari, savdo-sotiq ob'yektlari tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, noqonuniy savdo rastalari, ko‘cha savdosi odat tusiga kirib ulgurgan. Bu esa piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘diribgina qolmasdan, balki piyodalar hayotiga xavf ham tug‘dirishi mumkin.

📌Shu tufayli ham bugun, Sanepidqo'mita Toshkent shaahr boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Alisherobod mahallasida tashkil etilgan noqonuniy savdo rastalari bartaraf etilmoqda.

🔸Qayd etish joizki, aholi turar joylariga tutash holda barpo etilgan qurilmalar oraliq masofasi nuqtai nazardan ham, tashqi ko'rinishi va jihozlanishi bo'yicha ham qurilish normalariga zid bunyod etilganini anglash qiyin emas. Shahar barchamizniki, uni ko'rkamlashtirish ham go'zalligini saqlash ham o'z qo'limizdadir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Nonvoyxona va qandolat mahsulotlarini tayyorlash shoxobchalarida o'rganish ishlari olib borildi

Barcha kishi qandolat va non mahsulotlarini sevib iste'mol qiladi. Lekin ular tayyorlanayotgan joyda sanitariya holatlari qay darajada ekanligi esa bizga qorong'u. Shuning uchun har doim sotib olayotgan mahsulotlaringizni sifatiga alohida e'tibor bering.

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Alisherobod mahallasidagi nonvoyxona hamda qandolat mahsulotlarini tayyorlash shoxobchalarida sanitariya-gigiyena holatlari yuzasidan o'rganish ishlari o'tkazildi.

🔸Nonvoyxona va qandolat shoxobchalarida o'rganish ishlarini olib borish davomida xodimlarning mahsulotlardan foydalanishayotganda sanitariya talab va me'yorlariga to'laqonli ravishda amal qilib faoliyat olib borilayotganligi kuzatuvdan o'tkazildi hamda sotuvchilar maxsus kiyimlardan foydalanib, aholiga xizmat ko'rsatishi haqida kerakli ko'rsatmalar va tushintirish ishlari berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi
Iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi

📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mas'ullari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida ovqatdan zaharlanish kasalligini oldini olish, mahsulotlarning sifati va sotish qoidalarigavrioya etilayotganligi yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.

🐟O'rganish ishlari olib borilayotgan vaqtda, bozor rastalarida sotilayotgan 45 kg xom baliq, 6 kg dudlangan baliq mahsulotlari hidlanganligi sababli, iste'molga yaroqsiz holatga kelib qolganligi uchun belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

🔸Ushbu holatlar yuzasidan sotuvchilarga ogohlantirish choralari qo'llanildi va tushuntirish ishlari berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi