"Bismillahir Rohmanir Rohim" blog faoliyatimni boshladim.
Assalomu alaykum qadrli obunachilar. Men Zayirkulova Nozima Ilyasovna logoped va bo'lajak dasturchiman.
Blogimda:
-IT,
-Ta'lim,
-Ota onalar va bolajonlar uchun logopedik maslahatlar,
-Talabalar uchun ilmiy xalqaro va respublika jurnallar, konferensiyalarda maqolalar yozish va ishtirok etish,
- Ilmiy va badiy kitoblar,
-O'zim qiziqqan barcha sohalar bo'yicha shaxsiy fikrlarim va hayotiy tajribalarim bilan bo'lishaman.
Agar sizga qiziq bo'lsa kanalni kuzatishda davom eting...
@senioritta_coder 🧕

Vatanning vayronasi — Umrning gʼamxonasi.
Bugungi postim vatanparvarlik haqida. To'g'risini aytsam, men bilgan hozirgi insonlar Vatandan tezroq ketishni va o'zga yurtlarda "yallo" qilib yashashni orzu qilishadi. Juma kuni darsda "Osmonimiz mussafo" degan gaplar bo'ldi, norozlik bildirdim, bu norozilikka esa kamolotchi, Yoshlar ittifoqida ko'p yurgan degan so'zlar bilan olqishlandi. Meni bu so'zlar juda hafa qildi.Nahotki, inson yurti bilan shunday faxrlanadi, shunday g'ururlanadimi dedim. Siz ketsangiz, men ketsam,boshqalar ketsa,kim bu yurtni obod qiladi. Siz istagandek faqat "Musaffo osmon"dan iborat bo'lmagan O'zbekistonni kim yaratadi, kim barpo qiladi. Vatan -tuyg'usi, vatanparvarlik qani?! Bejizga Vattani onaga tenglashtirilmaydi, ona bitta bo'ladi xuddi Vatan kabi, yoki siz onangizni boshqasiga almashtirasizmi?!
Sizga bir voqeani aytib beraman. Xullas bu voqea men uchun juda tasirli edi. 1-kursda tarix fanidan maruza payti, maruza zerikarli boshlandi, hamma zerikkan shunda ustozimiz o'zbeklar xalq-u, nemislar millat dedi. Hamma nimaga dedi birdan hayron bo'lib, men esa demak xalq millatdan kuchliroq ustozimiz o'zbeklarni maqtayapdi dedi.Ustozimizga qarata albatta buyuk xalqmiz dedim, lekin javoban afsus millat emas dedilar😔. Shunda ustozdan xalq va millat o'rtasida nima farq borligini biz tushunadigan tilda tushuntirib bering dedim. Ustozimiz sodda ya'ni biz chunadigan til terminologiyadan foydalanmasdan va hammaga ta'sir qiladigan ohangda gapirishni boshladilar. Hamma xalq va elatlarningning eng qashshoq qatlamdagi kishilarida tajriba o'tkazishibdi.Tajribaning maqsadi esa kim millatu, kim elat, kim xalq ekanligini bilish ekan. Ko'p xalqlar va millatlarga borib katta miqdorda pul taklif qilib qadimiy qadamjonlarni portlatishni so'rashibdi. Ruslarga borib, -1000$ beraman cherkovingni portlat debdi, rus yoq hech qachon hozir seni portlataman deb javob beribdi. Nemisga borib -10000$ beraman qadimiy maydonga borib bomba qo'yib kel debdi, nemis o'sha odamni adabini berib ,qonun ximoyachilariga tutib beribdi. Vanihoyat ko'pgina xalqa va elatlardan so'ng navbat o'zbekka kelibdi,unga kamroq aytay chunki, buning ota bobolari buyuk o'tgan, yana meni do'pposlamasin deb -100$ beraman qadamjoga borib portlatish kerak debdi, o'zbek esa hammani hayratga solib, -hop bo'ladi aka, yana xizmat bo'sa aytavering debdi. Shu joyiga keldiyu, mazmuni ayon bo'ldi xalqning birlashmasligi millat bo'la olmasligidan dalolat edi. Bu bo'lgan yoki bo'lmagan voqea bunisidan xabarim yoq lekin, ustozimiz bizga vatanparvarlik, millat, xalq, elat nima ekanligini tushuntirib bo'lgan edi. Agar, biz birlashmasak albatta yoq bo'lib ketishimiz anniq degan qarorga keldim.
Hozirda kim O'zbekistondan nolishni boshlasa ko'zimga xuddi o'sha 100$ga portlatib yuboradigan insondek ko'rinadi. Ey yurtdoshlar kelajak bizning qo'limizda, biz harakat qilsakkina buyuk natijalar bo'ladi. Chet elni orzu qilgan insonlar "Har yerni qilma orzru, har yerda bor toshu tarozu". Yana bunga yaxshi bir misol Zahiriddin Muhammad Bobur. U shoir bo'lib, shohlik libosini kiygan Hindiston sultoni bo'ldiyu, ammo butun umr Andijonning gadosi bo'lishiga ham rozi edi. Vatan gadosi-kafan gadosi bo'ldi sulton. Hatto o'zi ulg'ayib o'sgan yurtga ham dafn qilinmadi, yurtini shabodasi keladigan yurtgacha qabri yetdi xolos. Siz ketishni istarsiz, ammo men kelajagi buyuk yurt O'zbekistonda qolaman, Zero Vatan gado bo'lish o'z yurtida gado bo'lishdan og'iroqdir. Lekin unutmang xalq hech qachon o'z qahramonlarni unutmaydi, ularning ismlarini manguga muhrlaydi. Xuddi vatan uchun jonini fido qilgan buyuk bobokalonlar kabi.
@senioritta_coder 🧕🏻

Forwarded from Najot Ta'lim
Oʻzbekistonda ayol dasturchilar nega kam?
Bundan bir necha yillar avval ayollar avtomashina boshqarayotganini koʻrganlar ularga ishonchsizlik bilan qarashgandi. Lekin ular buni aʼlo darajada uddalashdi.
👩💻 Bugun esa dasturchi ayol-qizlar safi koʻpaymoqda. Ularning oʻta masʼuliyatliligi muvafaqqiyat qozonishidagi muhim omil sanaladi. Faqat bunga baʼzi sabablar toʻsiq boʻlishi mumkin.
Koʻp hollarda ayollarning kasb tanlashi ota-onasi yoki turmush sharoitidan kelib chiqadi. Shu bois dasturlash erkaklarga xos degan tushuncha paydo boʻlib qolgan.
📊 Lekin bugungi kunga kelib, ayol-qiz dasturchilarning koʻpayotgani bizni quvontiradi. Masalan, Najot Taʼlim markazida 2020-yilda tahsil olgan xotin-qizlar soni 70 nafarga yaqinni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda bu raqamlar 100 nafardan yuqoriga almashganligini koʻrish mumkin.
5-10 yildan soʻng dasturlash sohasi yurtimizda ham juda rivojlanib ketadi. Tabiiyki, uni oʻrgangan qizlar faqatgina yutishadi.
☝️Yana bir muhim jihat shundaki, daromadli ish topishda til bilish darajasi soʻralgan bandga endilikda dasturlash tilini bilish talabi ham qoʻyiladi.
🔥 Bu ayollar ham IT sohasini zabt etish vaqti kelganligini anglatadi. Bunga qiziqish va qobiliyat bor ekan, nega endi ular ham oʻzlari qiziqqan kasb bilan shugʻullanmasliklari lozim?
Axir u jismoniy kuch talab etmaydi, koʻp hollarda onlayn ishlashga ruxsat beriladi, ayollar detallarga juda eʼtiborli va eng muhimi farzandlariga ham oʻrgatishlari mumkin!
🚀 Shunday ekan, bu sohada oʻz kelajagingizni sinab koʻring! Najot Taʼlim markazi ayol-qizlarning qiziqishlarini hamisha qoʻllab-quvvatlaydi.
Bundan tashqari, Najot Ta'lim markazi tomonidan shu yilning 21-oktyabriga qadar faqat ayol-qizlarga IT kurslari uchun umumiy summadan 10 foizli chegirma ham e'lon qilingan.
Najot Ta'lim kurslariga ro'yxatdan o'tish
🧑🏻💻 Administratorga yozish
📞 Tel: +998712001123
🔴 YouTube sahifa