Senioritta Coder
46 subscribers
17 photos
2 videos
1 file
13 links
Mumkin bo'lmagan narsalarga erishishning yagona yo'li bu mumkinligiga ishonishdir
Download Telegram
Alloh!
Sendan so'rayman sen Rabbimsan, Sendan o'zga iloh yo'q, Sen yagonasan, o'zing qodirsan, Sen tug'magan va tug'ilmagansan va senga teng keluvchi hech narsa yo'qdir.

Alloh!
Sendan go'zal ismlaring va yuksak fazilatlaring va buyuk isming ila so'rayman ularni o'z panohingda asra. Sening quling Rasulimiz, uning oilasi va barcha sahobalariga salomlar bo'lsin.

Alloh!
Islomni va musulmonlarni ulug' qil, shirk va kufrni, mushriklarni va zolimlarni xor qil!
Ey olamlar Robbi, dinga, sening kaloming bo'lmish kitobimga, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sollolohu alayhi vasalamning sunnatiga va mo'min qullarga g'alaba ber. Islom, musulmonlarga qarshi fitnalarni rejalashtirgan zolimlarga qarshi tur ularni azob ila siyla.

Alloh!
Biz senga shukr qilamiz, barcha maqtovlar sengadir, sendan o'zga ibodatga loyiq iloh yoq,sen yagonasan, butun dunyo musulmonlariga yordam ber va ularning ahvolini to'g'irlab qo'y.

Alloh!
Rabbim sen yaratgan barcha narsani yomonligidan panoh so'rayman, himoyangga muhtojmiz.

Alloh!
Qalbimizga Qur'oni Karimga bo'lgan muhabbatni singdirgin va bizni mehr-oqibatimiz uni hatto bir parcha chang uchun bosishiga yo'l qo'yma.
Ushbu hikmatli oyatlaringni sirini biz uchun ochib ber va ularning ma'nolarini anglash quvonchidan bizni mahrum qilma! Qur'an Karimni yer yuzidagi bizning najotimizga, qabrdagi nurimizga va qiyomat kuni bizni shafoatchimizga aylantir. Amin

Alloh!
Sendan ruhimizga, eshitishimizga, ko'rishimizga, butun vujudimizga, fe'l-atvorimizga, oilamizga, hayotimizga, o'limimizga va amallarimizga baraka tilayman. Jannatlar bilan siyla bizni. Amin

Allah!
Barcha musibatda qolgan musulmon birodarlarimizga o'zing yo'ldosh bo'l ularni o'z panohingda asra. Zero bizning qo'limizdan sengagina ibodat qilish keldi xolos. Ularni barchasini Jannatning yuqori qismiga olib borishingni so'rayman! Amin!

@senioritta_coder
Senioritta Coder pinned «Alloh! Sendan so'rayman sen Rabbimsan, Sendan o'zga iloh yo'q, Sen yagonasan, o'zing qodirsan, Sen tug'magan va tug'ilmagansan va senga teng keluvchi hech narsa yo'qdir. Alloh! Sendan go'zal ismlaring va yuksak fazilatlaring va buyuk isming ila so'rayman…»
Forwarded from Shamsuddin Sadruddin
#Quddus

(1) Quddus haqida muxtasar ma’lumot

Quddus
(arabiy talaffuzda “Quds” - القدْس) - Falastin hududida joylashgan besh ming yillik tarixga ega muqaddas shahar. Lug‘atda: “baraka”, “poklik”, “muqaddaslik” degan ma’nolarni anglatadi.

Davrlar va davlatlar o‘zgarishiga qarab ushbu shahar turlicha atalgan. Eng avvalgi nomi - Yabus. Boida arablaridan bo‘lgan Yabusiylarga nisbat berilib shunday nomlangan. Keyin “Dovud shahri”, “Iyerusalim”, “Iliyo”, ilk Islom davrlarida “Baytul maqdis” yoki “Quds”, Usmoniylar paytida esa “Quddusi sharif” deb atalgan.

(2) Musulmonlar uchun qadrli joylari

1. Masjidul Aqso (uzoq masjid) - Masjidul Haromdan keyin qirq yil o‘tib qurilgan yer yuzidagi ikkinchi qadimiy masjid. Uch haramning uchinchisi. Musulmonlarning ilk qiblasi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 13 yil Makkada, 17 oy Madinada unga qarab namoz o‘qiganlar.

Uning atrofida payg‘ambarlardan Ibrohim, Is’hoq, Ya’qub, Zakariyyo, Dovud, Sulaymon, Iso hamda u zotning onalari Maryam (barchalariga Allohning salomi bo‘lsin) yashaganlar.

2. “Qubbatus saxro” (qoyatosh gumbazi) masjidi - aksariyat insonlar Masjidul Aqso sifatida ko‘rsatadigan sariq gumbazli masjid. Aslida u Masjidul Aqsoning bir qismi. Ibrohim alayhissalom ibodatgoh va qurbolik keltiradigan joyni, Ya’qub alayhissalom masjidlarini, Dovud alayhissalom mehroblarini aynan uning oldida bino qilganlar. Banu Isroilning surgunlik davrida ham Muso alayhissalomning chodirlari bugungi “Qubbatus saxro”ning yonida bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam undan me’rojga ko‘tarilganlar.

3. Marvoniylar namozgohi
(المصلى المرواني) - xalifa Marvon ibn Abdulmalik tomonidan Islom fiqhini o‘rgatish maqsadida qurilgan masjid. Salibchilar davrida otxonaga aylantirilgan. Salohiddin Ayyubiy Quddusni qaytarib olgach uni avvalgi holiga keltirgan.

4. Buroq devori - Nabiy sollallohu alayhi vasallam me’rojga ko‘tarilishlaridan oldin Buroqni bog‘lagan devorlari.

(3) Masjidul Aqsoni sevishga Qur’on va sunnatdan 7 sabab

1. Alloh O‘z Kalomida uning atrofini barakali qilganini aytgan (Isro:1).

2. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamni tunda u yerga sayr qildirgan (Isro:1).

3. Alloh taolo Muso alayhissalomning tillari bilan uni “muqaddas” ekanini zikr qilgan (Moida:21).

4. Unda o‘qilgan bir rakat namoz 250 rakat namozga teng (Hokim: 4/509).

5. Dajjol Baytul Maqdisga kirmaydi (Ahmad: 19665; Ibn Xuzayma: 2/327; Ibn Hibbon: 7:102).

6. Dajjol Baytul Maqdis yaqinidagi “Lud”da qatl qilinadi (Muslim: 2937).

7. Masjidul Aqso ko‘ch bog‘lab boriladigan uch masjiddan biri (Buxoriy: 1132; Muslim: 827).

(4) Salafi solihlardan iqtibos

Umar ibn Xattob Baytul Maqdisda turib shunday degan edilar:
“Sizlar odamlarning eng xori, eng haqiri va eng ozi edingiz. Alloh sizlarni Islom bilan aziz qildi. Qachon azizlikni u (Islom) dan boshqasidan izlasangiz Alloh sizlarni xor qiladi”.

“Baytul Maqdis naqadar yaxshi maskan! Unda turuvchi Alloh yo‘lida jang qiluvchi kabidir. Hali shunday zamon keladiki, kishi: “Qani edi Baytul Maqdisdagi bir bir g‘isht bo‘lsam”, deydi”.
(Umar ibn Xattob roziyallohu anhu)

“Payg‘ambarlar Baytul Maqdisni bino etib, uni maskan tutdilar. Unda bir dona qarich yer yo‘qki, u yerda nabiy namoz o‘qimagan yoki farishta turmagan bo‘lsa”.
(Anas ibn Molik roziyallohu anhu)

“Masjidul Aqsoni Odamning o‘zi qurgan. Ibrohim va Sulaymon (alayhimussalom) larning qurishi esa ulardan boshqasining poydevor qurib, boshlab qo‘yganini yangilashdir”.
(Imom Suyutiy)

“Payg‘ambarlar vataniga yaqin bo‘lish uchun Masjidul Aqsoda e’tikofda o‘tirishni yaxshi ko‘raman”.
(Imom Shofe’iy)

“Baytul Maqdis - gunohlardan poklaniladigan joy. Kim unga faqat namoz o‘qishni istab borsa onadan yangi tug‘ilgandek qaytadi”.
(Ibn Qoyyim Javziyya)

“Alloh Vaki’ga rahm qilsin! U (Makkaga ketishda) ehromni Baytul Maqdisdan bog‘lagan edi”.
(Abu Dovud)

“Ey Alloh, diningning nusratida sabablarim uzildi. (Ishni) Senga topshirish, arqoningni mahkam tutish va fazlingga suyanishdan boshqa hech vaqo qolmadi. Sen menga yetarlisan va Sen naqadar yaxshi vakilsan!”
(Salohiddin Ayyubiy)

@Muhammadoshiq
Forwarded from Mutavakkil
Masjidul Aqso - bizning sharafimiz, izzatimiz va iffatimizdir.

Yahudlar va boshqa dinimiz dushmanlari har qancha harakat qilishmasin, har qanday bitimlar imzolashmasin, har qanaqasiga birlashishmasin, biz mo’minlar Aqsodan also va aslo voz kechmagaymiz!

Kerak bo’lsa qonlar daryo bo’lib oqsin, jonlar soniyasiga qurbon bo’lsin, biz yana va yana kuch to’plab qaytib kelaveramiz, kelaveramiz!

Agar biz buni uddalay olmasak, farzandlarimiz, agar ular ham uddalay olmasa nabiralarimiz va ularning farzandlari Alloh muborak qilgan bu diyorni egallash uchun bostirib kelaveradi!

Biz farzandlarimiz qalbiga bu muhabbatni qon bilan quyamizki, siz musulmonlarni Aqsodan aslo uzoqlashtira olmaysiz!

Sizlar Allohning diniga qarshi turib bera olmaysiz! Sizlar Allohning oldida mag’lubsizlar!

Qasamki, siz hali mo’minlardan tortib olingan har bir qarich yer uchun birma-bir javob berasiz!

Oramizga istagancha ixtilof soling, istaganingizcha firqaga, moturudiy, salafiy va boshqa istagan firqangizga bo’lishga harakat qiling, biz baribir qayta birlashib Aqso tomon yurish qilaveramiz!

O’shanda siz, har bir badandan to’kilgan qon, har bir ko’zdan chiqqan tomchi yosh, har bir yetim bola, har bir beva ayol va har bir zulm ko’rgan kishi uchun, alohida-alohida oldimizda tiz cho’kkan holda hisob berasiz!

Agar biz yengsak, Aqso bizniki. Agar biz yengilsak, shahid bo’lamiz.

Har ikki holatda ham biz - g’olib, siz esa - mag’lubsiz!

Biz sizlarni omon qo’ymaymiz!

(C) Bir Turk blogeri

———
O’qib juda ta’sirlandim. Vallohi U haq gapirdi. Aqso - bizning sharafimiz!
Forwarded from Mutavakkil
Agar Falastin davlati o’rnida O’zbekiston bo’lib qolganda nima qilgan bo’lar edik?

Bu haqida o’ylash, kishini chuqur o’yga soladi. Mahzunlik.

Alloh musulmonlarni hifzida saqlasin.
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Falastinlik bolalar uchun xayriya!

Barchamizga ma'lumki, ayni paytda Sharqiy Quddusda vaziyat keskin tus olgan. Dunyoda hech qachon urush bo'lmasin. Urushda doim eng ko'p zararni bolalar ko'radi...

Ushbu holatni shunchaki kuzatib tura olmaymiz, azizlar! Oz bo'lsa-da yordamimiz tegishini xohladik. Falastinlik begunoh bolajonlar uchun himmat qilaylik. Mehrimizni ayamaylik. Zero, berganga qaytarilur!

Quyidagi karta raqamiga qo'limizdan kelgancha mablag' yig'ishni niyat qildik. Imkoningiz bo'lsa, bizga qo'shiling!

Karta raqami: 8600310402533624

Karta AKHMADJONOV TEMURBEK nomida
Bilasizmi, Qur'onni tinglash inson jismida saraton tayoqchalarining tarqalishini kamaytiradi, hatto ularni yo‘q qiladi.

Sajdani uzoqroq qilish xotirani kuchaytirib, tomirlarda qon qoldig‘i (tromb) paydo bo‘lishining oldini oladi.

Tashahudda ishorai sabboba qilish yurakni baquvvat bo‘lishiga yordam berish uchun qonning oqimini, harakatini ziyoda qiladi.

Ko‘p sajda qilish tanadan manfiy zaryadni ketkazadi. Chunki, yerning zaryadi musbat bo‘lib, sajda paytida tanadagi manfiy zaryad yerga o‘tadi.

┈┈┈•• ❁ ✿ ❁ ••┈┈┈•

@senioritta_coder 🧕🏻
Assalamu alaykum qadrli kanal obunachilarim.
Uzoq vaqt kanal faoliyati to'xtab qoldi, bu uchun siz azizlardan uzr so'rayman. Sababiga qiziqayotgan bo'lsangiz, Universitetda oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik Najot ta'limdagi frontend kursi tugashi va ishga kirishim, va shu 10kun davomida Covid va boshqa dardlar bilan og'rib qolishim bo'ldi. Lekin obunachilar sizlarga judayam ko'p foydali kontentlar va yangiliklar bilan yana kanal faoliyatini davom etirishimni ma'lum qilmoqdaman. Alhamdulillah ahvolim yaxshi hammasi joyida.

Kutib oling @senioritta_coder yana qaytdi. 🧕🏻
Assalamu alaykum kech bo'lsa ham sizlarni Juma bilan tabrikliman
Jumaning xayri va barokati sizlarga bo'lsin.

@senioritta_coder
Dor ostidagi odam

Amina Sheniko'g'li qalamiga mansub ko'plab asarlarni o'qib chiqganman va bugun ham bir asarni o'qib tugatish nasib qildi. Asar boshida kulgudan o'zimni to'xtata olmadim, shunchalik ham bemani bo'ladimi bu deb kuldim,lekin asar oxirida 1soat yig'ladim va so'nggi ko'z yoshlarimni artib, shu kitob uchun post yozyapman. 2soat vaqt uchun arzigulik asar.

Asardan parcha:

Ishonish aqlni taqazo qiladi.
Ishonish uchun fikr zarur,tafakkur lozim. Ishonish uchun ajoyib va kuchli qalb kerak.
Shoir aytganidek:
Ko'ngil eshigi yetmas ishonish uchun,
Aql ham eshiklarin ochmog'i zarur.
Aqlingni shamollarga sovurma hargiz,
Negani topmoq uchun yugurmoq zarur.

Haq taolo oyati karimada shunday deydi: "... Faqat aql egalarigina eslarlar"


@senioritta_coder 🧕🏻
URL nima va u qanday tuzilgan?

URL bu turli xil fayllarni (hujjatlar, rasmlar, video, audio va hk) o'z ichiga olgan Internet-resursga yo'lni ko'rsatadigan manzil..

👉👉👉URL qisqartmasi (ing Uniform Resource Locator) - Universal resurs qidiruvchisi degan ma'noni anglatadi.

URLning bir nechta qismlari bor va buni soddaroq tushintirishga harakat qilaman.

-Protokol
-Sub domain
-Domain nomi
-Yuqori darajadagi domain
-Port
-Yo'l
-So'rov
-Parametrlar
-Fragmentlar

Keling buni pochta manzili misolida ko'rib chiqamiz.

1. Sxema-bu foydalanmoqchi bo'lgan pochta xizmati
2. Domain-jo'natilishi kerak bo'lgan shahar yoki qishloq.
3. Port-pochta kodi kabi tassavur qiling.
4. Yo'l- pochtangiz yetkazib berilishi kerak bo'lgan bino.
5. Parametrlar- bino ichidagi xonadon nomeri kabi qo'shimcha ma'lumot
6. Fragment- pochta orqali murojat qilingan shaxs.

@senioritta_coder 🧕🏻
Cssni o'ynab o'rganamiz

Pedagog sifatida shuni ayta olamanki bola uchun o'yin kelajakka zamin yaratuvchi yo'llardan biri bo'lishi anniq. Keling endi o'yinni sizni hayotingizdagi roli haqida ozgina gaplashamiz. Postni o'qiyotgan insonlarning 75% albatta PUBG, gtaV, Clash of Clans, Mobile Legends,Brawl Stars, Clash royale,
Counter Strike Global Offensive (CS:GO) kabi o'yinlarni 3-4partiya o'ynab o'zidagi charchoq hissini chiqaradi. Bazida shu qadar o'yinnlarga sho'ng'ib ketgandan 3-4 soat vaqt qanday o'tib uyga vazifa bajarilmagan holda soat 3da uxlab tongda darsga kech qolib bahonani qatorlatib qo'yishgan vaziyatlar ham bo'lgan. Hozir sizga tavsiya qiladigan o'yinnlarim gta pubg kabi o'yinlardek lazzat bera olmasa ham ancha foydaliroq albatta, dasturlashga kirib kelgan insonlar uchun. O'qib izlab qidirib o'rgangandan o'ynab dam olib o'rgangan ancha foydaliroq.

Css grid va flexbox uchun 5ta foydali o'yinlar ro'yxati:

1) Flexbox Froggy www.flexboxfroggy.com - bu o'yin Flexboxga tegli bo'lib 24 leveldan iborat.

2) Flexbox Zombies www.flexboxzombies.com - bu o'yin hikoyalar asosida olib boriladi, bu ham flexboxga tegishli, bunda siz zombilarni ovlaysiz. Ro'yhatdan o'tish shart.

3)Flexbox Defense www.flexboxdefense.com - bu o'yin ham flexboxga tegishli 12 leveldan iborat oxirgi 4 leveli albatta o'ynab ko'rishizni maslahat beraman.

4)Css Dinner flukeout.github.io - o'zingizni och qolgan odamdek his qilib 32 leveldan o'tsangiz albatta qorningiz ham aqllingiz ham to'yib css selektorlarini master darajada o'rganib olasiz

5)Grid Garden www.cssgridgarden.com - dehqon bobo obraziga kirib css grid layoutlarini 28ta levelda o'rganish uchun juda yaxshi o'yinlardan bittasi. Ha aytgancha sabzi qimmat bob ketgani eshitgandan keyin ja yaxshi o'ynaladigan o'yinlardan.


O'yinlarni yaratgan yaxshi amakilarga raxmat aytamiz va albtta shu o'yinlarni o'ynab ko'ramiz.

@senioritta_coder 🧕🏻
Dasturchilar bilishi kerak bo'lgan Git buyruqlari

Ish faoliyatimni boshlaganimda Git bilan bog'liq muammolarga ko'p duch kelganman va shunaqangi muammoli vaziyatlarda #cheatsheet yozib qo'yishga odatlanganman. Siz azizlarim bilan bularni bo'lishmoqchiman.Bu postni qo'ldan kelgancha o'zbekcha so'zlardan foydalanib yozishga harakat qildim. Foydali bo'ladi degan umiddaman.

Dasturchilar bilishi va ishlata olishi kerak bo'lgan Git buyruqlar ro'yxati:

Git config
Bu buyruq muallifni ismi va elektron pochta manzilini vazifalaringizda foydalanishga mos ravishda o'rnatadi.

git config -global user.name "[name]"
git config -global user email "[email adress]"


Git init
Ushbu buyruq yangi repository yani omborni boshlash uchun ishlatiladi.

git init [repository name]


Git clone
Ushbu buyruq mavjud URL manzilidan repository (omborni) olish uchun ishlatiladi.

git clone[url]


Git push
Ushbu buyruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltirilgan bo'ladi.

git push <remote_URL/remote_name> <branch>
#agarda hammasini belgilamoqchi bo'lsak
$git push -all


Git merge
Bu buyruqda belgilangan filal tarixini joriy filalalga birlashtiradi.

git merge[branch name]


Git pull
Ushbu buyruq boshqa serverdagi o'zgarishlarni sizning ish katalogingizga olib keladi va birlashtiradi.

git pull [Repository Link]


Git commit
Bu buyruq faylni doimiy ravishda versiya tarixiga yozib oladi.

git commit -m "[commit xabar yozilsin]"


Git add
Bu buyruq faylni qo'shib beradi.

git add [file]


Git Branch
Ushbu buyruq faqat sizni tizimingizda yangi fililal yaratadi.

git branch <branch-name>


Git Checkout
Bu buyruqda buyruqqa asoslanib sizni avtomatik filal nomiga o'zgartiradi.

git checkout <branch-name>


Git status
Bu buruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltiriladi.

git status


Git Tag
Ushbu buyruq belgilangan majburiyatlarga teglar berish uchun ishlatiladi.

git tag [commitID]


Git remote
Bu buyruqda sizni mahalliy repositoryngizni masofaviy serverga ulash uchun ishlatiladi.

git remote add [variable name] [Remote Server Link]


Git Diff
Bu buyruq ikkita filial orasidagi hamma fayllarni farqini ko'rsatib beradi.

git diff branch1..branch2

@senioritta_coder 🧕🏻
Musulmonlikni davo qilgan kishi Payg‘ambarimizni o‘z Ota onasini tanigandek tanishi zarur !

Payg‘ambarimiz Rasululloh sollollohu alayhi va sallam, 6-asrda melodiy 571- Fil yilida bahor fasli dushanba kuni tong vaqtida tug'ilganlar. Bu kun milodiy 20- yoki 22- aprelga to'g'ri keladi. Qamariy rabbiul-avval oyining 12-kuni Makka shahrida tug‘ilganlar. 40 yoshda nabiy bo‘lganlar. Payg'ambarimiz vafot etishlari hijratning 11-yili, rabbiul avval oyining o'n uchinchisi ya'ni dushanba kuni (milodiy 632-yil 6-oyning 8-kuniga to'g'ri keladi). Payg'ambar alayhis-salomning yoshlari qamariya yili hisobi bo'yicha 63 yoshu 3 kun, shamsiya hisobi bo'yicha esa 61 yoshu 84 kunni tashkil etadi.
99 ta ismlari bor shundan 4 tasini albatta bilishimiz kerak: 

1-Muhammad 
2-Mustafo 
3-Mahmud 
4-Ahmad.

Jami 11 ta ayollari va 2 ta joriyalari bo‘lgan.
Rasululloh ayollarining ismlari:

1-Xadicha binti Huvaylit 
2-Savdo binti Zama 
3-Oisha binti Abu Bakr 
4-Hafsa binti Umar 
5-Zaynab binti Huzayma 
6-Ummu Salama binti Abu Umayya 
7-Zaynab binti Jahsh 
8-Juvayriya binti Horis 
9-Ummu Habiba binti Abu Sufyon 
10-Safiya binti Huyay 
11-Maymuna binti Horis 
Joriyalari:
12-Rayhona
13-Moria Qibtiyya

Payg‘ambarimizning  otalarining ismi Abdulloh. 
Onalarining ismi Omina.  Dodalarining ismi Abdulmuttalib(Shayba )

9ta amakilari bo‘lgan, shundan 5 tasi Payg‘ambar bo‘lmaslaridan avval vafot etgan, 4 tasi Payg‘ambarlik vaqtlarida yashab o‘tgan, ismlari:
1- Abu Tolib.(mushrik bo‘lgan)
2- Hamza. (mo‘min bo‘lgan)
3- Abbos. (mo‘min bo‘lgan)
4- Abu Lahab (mushrik bo‘lgan)

6 ta ammalari bo‘lgan
1- Sofiya
2- Ummu Hakim
3- Arvo
4- Barra
5- Otika
6- Umayma

Payg‘ambarimizning 7 farzandlari bo‘lgan: 4 ta qiz 3 ta o‘g‘il. Qizlarining ismi:
1- Ummu Kulsum 
2- Ruqayya 
3- Zaynab 
4- Fotima 
O‘g‘illarining ismi:
1-Qosim 
2-Toxir
3-Ibrohim.
faqat Ibrohim o‘g‘illarini Moria joriyalaridan ko‘rganlar, qolgan farzandlarini Hadicha Onamizdan ko‘rganlar.

Tahminan 33 ming saxobalari bo‘lgan, ulardan
10 tasi (asharai mubashshara) tiriklik vaqtida jannat bashoratini olgan sahobalar:
1-Abu Bakr Siddiq
2-Umar ibn Hattob
3-Usmon ibn Affon
4-Ali ibn Abu Tolib
5-Abdurahmon ibn Avf
6-Zubayr ibn Avvom
7-Talhatul Ubaydulloh
8-Saad ibn abi Vaqqos
9-Abu Ubayda ibn Jarroh
10-Said ibn Zayd..

@senioritta_coder 🧕🏻
VS code da 5️⃣ta kerakli pluginlar


O'zingizning kodingizni yozing👩‍💻

Visual Studio Code-ning eng yaxshi tomoni shundaki, siz uni kodingiz uslubiga mos ravishda sozlashingiz mumkin, lekin sizda buning uchun bo'lishi kerak bo'lgan ba'zi plaginlar mavjud va men sizlarga shu plaginlar ro'yxatini aytib o'taman.

Prettier

Bu eng muhim plagin! Prettier har safar faylingizni saqlaganingizda kodingizni formatlaydi (garchi siz uni sozlashingiz mumkin bo'lsa ham). Agar siz aniq formatlash parametrlariga ega bo'lsangiz, konfiguratsiyani sozlashingiz mumkin.

ESLint

Agar siz JavaScript da yozsangiz, bu ikkinchi muhim plagin. U Prettier bilan yaxshi kombinatsiyalangan bo'lib, javascript-ni bog'lash va clodeni toza saqlash uchun konfiguratsiyani o'rnatishga imkon beradi. Ayniqsa, hammasini moslashtirish uchun umumiy kod bazalarida yaxshi qo'llaniladi.

Better Comments

Ushbu plagin sizga har xil turdagi izohlarni o'rnatishga va ularni kodingizda turlicha formatlashga imkon beradi. Muayyan turdagi izohlarni qidirishda bu juda yaxshi natija beradi, chunki ular kodda ajralib turadi.


GitLens

Agar siz gitdan foydalansangiz - GitLens to'g'ridan-to'g'ri VS kodi ichida ko'proq Git funktsiyasini berish uchun juda yaxshi plagin.

Live Share

Masofaviy yoki gibrid ishchilar uchun jonli ulashish sizga o'zingizning jamoangizdagi kimdir bilan dasturni deyarli juftlashtirishga imkon beradi. Ushbu vositaning qulayligi shundaki, siz boshqa odam nima qilayotganini ko'rishingiz mumkin, shuningdek siz bir nechta turli xil usullarda hamkorlik qilishingiz uchun alohida fayllarga kod yozish imkonini beradi.

@senioritta_coder 🧕🏻
JSni qo'llab o'rganish uchun top 6️⃣ loyiha

Amaliyotda davom eting!

Amaliyot har qanday narsani yaxshilash uchun eng yaxshi usuldir va JavaScript ham bundan mustasno emas. Amaliyot bilan siz kelajakdagi loyihalarda sizga yordam beradigan va sizni ishonchli ishlab chiqaruvchiga aylantiradigan usullarni tanlaysiz.

Loyihalarni qurish - bu amaliyotni yanada qiziqarli qilishning bir usuli hisoblanadi. Sizda amaliyotni boshlash uchun 6 ta eng top loyiha fikri bilan tanishtiraman. Va albatta JS ni o'rganganda shu loyihalar asosida loyiha yaratib portfolioni boyitganman.

1. Form validation

Formani yaratish va uni shakllantirishdan boshlash oson, so'ngra mijoz tomonidan tasdiqlashni qo'shib qo'ying. Foydalanuvchilar tomonidan kiritilgan ma'lumotlarni tasdiqlashning turli usullari bilan mashq qilish uchun har xil turdagi maydonlardan foydalanishga harakat qiling.

2.Image gallery

Interaktiv rasmlar galereyasini yarating. Siz buni oddiy - kichraytirgan rasmni kattalashtirish yoki keyingi- oldingi tugmachalarni qo'shish va kattalashtirish funktsiyasini bajarish orqali yanada murakkabroq qilishingiz mumkin. Osonidan boshlang va qo'shimcha qiladigan narsa yo'qligini sezmaguningizcha murakkablikni oshiring.

3.Viktorina

Qisqa 10 savolli viktorina yarating, bu foydalanuvchiga oxirida qancha savolga to'g'ri javob berganini aytib beradi. Bir vaqtning o'zida bitta savolni yoqimli o'tishlar bilan ko'rsatish orqali qiyinlashtiring yoki javoblar asosida bir nechta dinamik savollarni bering.

4.Kalkulyator

Ajoyib mantiqiy loyiha. Matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun JS dan foydalanadigan oddiy kalkulyatorni yarating. Qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishni o'z ichiga olgan holda quring. Qo'shimcha murakkablik uchun uni klaviaturada kiritish bilan ishlashiga erishing.

5.Ob-havo ma'lumoti

Ob-havoni ko'rsatish uchun API-dan foydalaning. Bitta joy uchun joriy kundan boshlang va bir nechta joylarni dinamik ravishda tekshirish imkoniyatiga ega bo'lgan bir haftalik prognozni tuzing.

6.To do list

Vazifalar ro'yxatini yarating. Asosiy narsalar yoki narsalarni qo'shish va olib tashlash bilan boshlang. Elementlarni tahrirlash qobiliyatini qo'shing va uni yanada qiyinroq qilish uchun muddatlar, toifalar va arxivlarni qo'shib boyiting.

@senioritta_coder 🧕🏻
Bilishingiz kerak bo'lgan CSS birliklari

CSS-ni yozishda siz foydalanishingiz mumkin bo'lgan birliklar uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud. Bu postda bilishingiz kerak bo'lgan ba'zi asosiy birliklar va ularni qachon ishlatishingiz to'g'ri bo'lishi haqida yozaman.

PX

Piksellar eng mashhur va taniqli CSS birligi. Ular statikdir va masshtabga ega emas, shuning uchun ekranning o'lchamlari chegaralar o'lcham elementlari kabi o'zgarmas har qanday qiymat uchun mos keladi.

.button {
border-radius: 4px;
border: 2px solid #fc87da;
}

Foiz%

Foiz birliklari ham mashhur bo'lib, ular responsive dizayn uchun yaxshi tanlovdir. Biroq, balandliklarni o'rnatishda% birliklari har doim kutilganidek ishlamaydi, chunki ularni faqat kengliklarda ishlatish to'g'ri bo'ladi

.wrapper {
width: 100%;
padding: 0 2%;
}


VH va VW

Ko'rinish balandligi(view height) va ko'rinish kengligi(view width) birliklari ekranning ma'lum qismini egallashi kerak bo'lgan joylar uchun juda yaxshi mos keladi.

.hero--fullscreen { 
width: 100vw;
height: 100vh;
}

EM & REM

Em va Rem birliklari shrift o'lchamiga qarab hisoblanadi. Odatda Rem birliklari bilan bog'lanish qulayroqdir, chunki ular ildiz shrift hajmiga asoslangan va oldindan taxmin qilish mumkin.

.heading {
font-size: 2rem; /* 32px */
line-height: 1.4;
}

CH

Character birligi matn bloklariga kengliklarni o'rnatish uchun juda yaxshi. Siz elementning kengligi qancha belgi bo'lishini cheklashingiz mumkin va bu matnning shrift o'lchamiga qarab har xil bo'ladi.

.article__text {
max-width: 70ch;
}

.headline {
width: 15ch;
white-space: nowrap;
overflow: hidden;
text-overflow: ellipsis;
}


❗️Eng yaxshi birlik yo'q!

Bitta birlikdan doimiy foydalanmang va faqat loyiha davomida dizaynga va elementga qarab uslubni yaratmoqchi bo'lgan har bir narsani baholang va ish uchun eng yaxshi birlikni tanlang! Bunday tanlov 📲💻🖥📺 qurilmalarda ishlaydigan juda ko'p qirrali va professional dizaynni yaratishda foyda beradi.

@senioritta_coder 🧕🏻