Oliy Majlis Senati
10.5K subscribers
29.7K photos
2.66K videos
7 files
10.2K links
Veb-sayt: senat.uz
Facebook: www.fb.com/senatuzb
Instagram: www.instagram.com/senatuzb
Youtube: www.youtube.com/
Murojaat uchun: (78) 238-2645
Download Telegram
Saylov yuqori saviyada, ovoz berish jarayoni xalqaro andozalarga to‘la mos shaklda o‘tdi
———
Выборы прошли на высоком уровне, процесс голосования полностью соответствовал международным стандартам

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo‘shma majlisi to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 2023-yil 14- iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
_______________________

О совместном заседании Законодательной палаты и Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан

Совместное заседание Законодательной палаты и Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, посвященное вступлению в должность избранного Президента Республики Узбекистан, состоится 14 июля 2023 года.

Законодательная палата Олий Мажлиса
Республики Узбекистан

Сенат Олий Мажлиса Республики Узбекиста
н

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
O‘zbekiston va Turkiya: parlamentlararo aloqalar izchilligi va bardavomligi taʼminlanadi
———
Узбекистан и Турция: последовательность и стабильность межпарламентских отношений будут обеспечены

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Odiljon Iminov, Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi:

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha bo‘lib o‘tgan parlament palatalari qo‘shma majlisidagi o‘z nutqida mamlakatimizning kelgusi 7 yildagi strategik reja va maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan aniq maqsad va vazifalar xususida so‘z yuritdi.

Xususan, taʼlim tizimida istiqboldagi islohotlarga alohida eʼtibor qaratildi. Chindan ham, bugun istaymizmi-yo‘qmi, taʼlim-tarbiya sohasini dunyo tajribasi asosida keskin o‘zgartirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

Shu maʼnoda, qo‘shma majlisda Prezident tomonidan kelgusi yetti yilda maktablarda qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rnini yaratish, taʼlim sifatini tubdan yaxshilash masalasiga alohida urg‘u berildi.

Batafsil

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Erkin Gadoyev, Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi:

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham kecha bo‘lib o‘tgan parlament palatalari qo‘shma majlisida hamda saylovoldi hududlarda o‘tkazgan uchrashuvlarida ushbu masalaga ahamiyat qaratib, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikni, kelgusida yangi marralarni zabt etish kerakligiga alohida urg‘u berdi.

Xususan, 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 2 barobar ko‘paytirib, 160 milliard dollarga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirish asosiy strategik maqsadlarimizdan biri bo‘ladi.

Avvalo, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish va bu orqali mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘riladi.

Batafsil

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Farhod Boqiyev, Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash qo‘mitasi raisi o‘rinbosari:

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi yiliga 2 foizga o‘smoqda. Va 2030-yilga borib 40 millionga yetishi kutilayotir. Bunday katta davlatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalqqa munosib sharoit yaratish uchun iqtisodiyot ham, boshqaruv ham, taʼlim va tibbiyot ham yangicha bo‘lishi, barcha sohalarda o‘sish, rivojlanish bo‘lishi kerak.

Kecha bo‘lib o‘tgan parlament palatalari qo‘shma majlisida Prezident so‘zga chiqib, Yangi O‘zbekiston, bu — avvalo, inson qadri ulug‘langan, millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan mamlakat ekanligini qatʼiy taʼkidladi.

Darhaqiqat, respublikamizda xalqimiz bugun hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha imkoniyat ishga solinmoqda.

Batafsil

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Qobul Tursunov - Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari:

Endilikda oldimizda O‘zbekistonning mavjud noyob sanoat salohiyatini yana-da rivojlantirish, qudratli industriya makoniga aylantirish, yuqori texnologiya va innovatsiyalar, jahon bozorida raqobatdosh bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradigan, nafaqat mohir paxtakor va bog‘bonlar o‘lkasi, balki IT bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, injener va energetiklar, konchi va metallurglar, fizik va kimyogarlar mamlakatiga aylantirish vazifasi turibdi. Albatta, ushbu maqsadlarga birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz orqali erishamiz.

Batafsil

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Qutbitdin Burhonov - Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi:

Maʼlumki, bugun dunyo ayvonida vaziyat o‘ta murakkab. Barchamiz turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar, kerak bo‘lsa, to‘qnashuvlar guvohi bo‘lib turibmiz. Mana shunday sharoitda O‘zbekiston qanday yo‘l tutishi kerak, degan tabiiy savol tug‘iladi. Majlisda davlatimiz rahbari aniq va lo‘nda qilib aytganidek, bosh maqsadimiz — O‘zbekistonning davlat mustaqilligi, uning sarhadi daxlsizligi va hududiy yaxlitligini yana-da mustahkamlashdan iborat bo‘ladi. Chunki har qanday davlat uchun, har qaysi xalq uchun tinchlik va osoyishtalik eng aziz neʼmat hisoblanadi.

Mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ham aniq-tiniq belgilab berildi.

Qurolli Kuchlarimizning qudrati, mudofaa qobiliyatimiz va harbiy salohiyatimizni yana-da oshirish maqsadida milliy armiyamizni 2030-yilga qadar eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan taʼminlash vazifasi belgilandi.

Batafsil

Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat