Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
​​​​#yangi_kitob_sotuvda

«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

❗️Kitob 23-iyul kunidan sotuvga chiqariladi.

Oldindan to‘lov qiling va kitobni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiriting!

Narxi: 50 000 so‘m
Muqova: qattiq
Buyurtma berish: @akademsavdo

📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Xizmat narxi: 10 000 so‘m.

Kuzatib boring: @akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
👍5
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar. Ko'pchilik Telegram bot kursi haqida so'rayapti.

Inshaalloh, shu hafta kursni boshlaymiz. Darslarning sifatiga baho berishingiz uchun, birinchi darslar (3 ta bot) bepul bo'ladi.

Kurs bugungi kunda Pythonda bot yozish uchun eng kuchli va shu bilan birga ishlatish oson boʻlgan aiogram frameworki asosida boʻladi.

Kurs narxi 250 000 so'm, kanal obunachilari va "Pythonda Dasturlash Asoslari" kitobini harid qilganlar uchun 50 000 so'm chegirma 😎.

Qolgan maʼlumotlari kurs boshlanganda bilib olasizlar.

Hurmat bilan, @sariqdev
👍2
Assalom alaykum hurmalti do'stlar. Mukammal Telegram bot kursimizning birinchi darslari mohirdev.uz saytiga yuklandi.

Birinchi darslarimiz hammasi ochiq va bepul. Bu darslar davomida 3 ta bot yasab, serverga yuklashni ham o'rganamiz. Agar darslarimizdan qanoatlansangiz, davomini xarid qilishingiz mumkin.

Qurbon hayiti munosabati bilan kurs narxini 25-iyulga qadar 200000 so'm qilib belgiladik. Undan keyin chegirma faqat Dasturlash asoslari kitobni 📗xarid qilganlarga beriladi.

Marhamat, ko'ring va baho bering: https://mohirdev.uz/courses/telegram/

YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=oRSa8NXWMXQ&list=PLwsopmzfbOn8x3CJKdQLtqDKhaF8n2r_7

E'tiboringiz uchun rahmat.
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, bu hafta juda ish ko'p bo'ldi. Universitetda sessiya, 90 ta talabadan yuzma-yuz imtihon oldim (loyihalarini prezentasiya qilishadi). Kamiga bitta ilmiy jurnalga maqola ham topshirib yubordim. Shu sabab darslar biroz to'htab qoldi.

#Django darslarni o'tgan hafta yozib qo'ygan edim, inshaalloh endi dushanba hammasini joylayman.

#Telegram darslar ham ancha avval birinchi qismini tayyorlagan edim, mana kecha joylay oldim.

#Algoritmlar ham to'xtab qolgani yo'q, inshaalloh keyingi haftadan davom etamiz.

Xullas shunaqa gaplar, bu hafta juda qattiq ishladim. Endi shanba-yaskhanba dam olmasam bo'lmaydi. Keyingi haftadan yana gazni bosamiz.

Darvoqe, agar Telegram kursini birinchi videolarini ko'rgan bo'lsangiz, fikringizni izohda kutaman.
👍1
Forwarded from Kanal Hack Pack qilindi !
Dasturchi bo'lmoqchiman lekin buning iloji yo'q

Kel, sen bilan nega hali ham dasturlashni boshlay olmaganing haqida gaplashamiz. Odatda senda turli xil sabablar bo'ladi va ularni hozir birma-bir ko'rib chiqamiz:

- Dasturlashni nimadan boshlashni bilmayman - Internetga kirsang dasturlash bo'yicha juda ko'p ma'lumot topishing mumkin, ular yordamida bemalol boshlay olasan

- Chet tillarini bilmayman - hozir o'zbek tilida ham sifatli resurslar yetarli: Mohirdev, @sariqdev, @mayoquz va bir qancha vloggerlarning sifatli videolari yordamida bemalol dasturlashni boshlab olishing mumkin

- Matematikam juda yomon - dasturlashni boshlab olish sendan chuqur matematik bilim talab qilmaydi. Birinchi boshlab ol, kerak bo'lsa yo'l-yo'lakay o'rganib olasan

- O'rganay desam o'quv markazlari juda qimmat - tepada aytganimdek tekin resurslar ham talaygina, ular yordamida o'rgan

- Noutbukim kuchsiz - boshida senga kuchli noutbuk kerak emas, oddiysidan boshla, keyin yaxshilab olasan

- Har kuni 8 soat ish, vaqtim yo'q - bir kunda 24 soat vaqt bor, 8 soatni ishga sarflasang senda 16 soat qoladi. Vaqtingni TikTok, Instagram, futbol yoki seriallar uchun sarflamasdan dasturlashni o'rganishga yo'naltir. Aytgancha, ishlab qo'shimchasiga dasturlashni o'rganyotganlar ham yo'q emas

- Yoshim kattalik qiladi - sizdan kattalar ham dasturlashni o'rganishyabdi

- Hech narsani tushunmayabman - tushunishga harakat qilib ko'rdingmi? Internetdan savolinga javob izladingmi? Hozirda savollarga bemalol Internetdan javob olsang bo'ladi

- O'rganganim bilan ishga olishmaydi - Internetda juda ko'p ish e'lonlari berilgan, o'zi ish topish uchun nima qilib ko'rding? Kuchli bilim va boy portfolio'ga ega bo'lsang albatta ish topasan

- Tekinga ishlatishmoqchi - hech kim boshida seni o'rganishing uchun oylik to'lamaydi. Ozgina ishlab, loyihaga o'z hissangni qo'shsang, albatta rozi qilishadi

- Bugun kayfiyatim yaxshi emas, ertaga boshlayman. Yo'q, undan ko'ra kelayotgan hafta dushanba albatta boshlayman. Eng yaxshisi baribir yilni boshida boshlash bo'ladi - chin dildan xohlagan yo'lini qidiradi, xohlamagan esa bahona

Birovni aldash yomon, o'zini aldash esa undanda yomonroq

@ulugbeksamigjonov
👍3
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Mukammal #Telegram Bot kursimizning navbatdagi darslari mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanaliga yuklandi.

Ushbu darsimizda API nima hamda qiziqarli va foydali bot yasash uchun API qayerdan topishni ko'ramiz.

Eslatib o'taman, ushbu kursimiz 25-Iyulga qadar 200 000 so'm, undan keyin esa 250 000 so'm bo'ladi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/telegram/
👍1
Forwarded from Deleted channel (Mukhammadyusuf Abdurakhimov)
👋 Assalomu alaykum ahli dasturchilar! Xayrli tong!

Odatda dasturchi qachon erta tongdan post yozadi? Albatta kechasi bilan uxlamaganida 😅

Bugun sizlar uchun ajoyib material tayyorlashga ulgurdik) yaʼni javascript.info vebsaytini o‘zbek tiliga tarjima qila boshladik.

Endilikda siz ham jsdocs-uz GitHub sahifasiga contributor bo‘lishingiz va bu bepul loyihamizda qatnashishingiz mumkin.

Hozircha loyihaning alpha versiyasini eʼtiboringizga taqdim qilmoqchimiz.

Loyiha bo‘yicha yangiliklardan boxabar bolib turish uchun @jsdocs_uz sahifasiga obuna bo‘lib qo‘yishni unutmang!
👍1
Darvoqe, men imi-jimida #Django darsini ham yangilab ketayapman. Yana 3 4 ta video dars sahifaga va YouTube kanalga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django
YouTube: https://www.youtube.com/Sariqdev

💻 Kodlar: https://github.com/anvarnarz/django-darslar
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaksinada chip bormi?

Tanishlarga tarqatinglar.
👍2
Assalom alaykum Aziz do'stlar, barchangizga Qurbon hayiti Muborak bo'lsin.

Alloh oilangizga qut-baraka bersin, qurbonliklar qilganlarni ibodatlarini qabul qilsin.
👍1
Oxirgi #Telegram darsimizdan keyin ba'zilar chat_id qayerdan olamiz deb so'rabdi.

Eng oson yo'li @userinfobot ni ochib /start bossangiz o'zingiz id raqamingizni ko'rsatadi, boshqa odamning id raqamini bilish uchun undan kelgan xabarni botga forward qilasiz.

Brauzerda biror foydalanuvchiga url request orqali xabar yuborish uchun foydalanuvchi bir marta bo'lsa ham botingizni ishlatgan bo'lishi shart.

p.s. @showjsonbot ham bor (yomonam xit qildinglarda izohda 😂)
👍2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, mabodo ko'rmay qolgan bo'lsangiz, #Django kursimizning 1-qismi tugadi.
Kecha oxirgi, 25-darsni yukladim.

Endi navbat yangi turkum darslarga: Django Rest Framework va Professional Django.

Link: mohirdev.uz/courses/django

Telegram: @sdvideolar

GitHub: github.com/anvarnarz/django-darslar
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Mukammal #Telegram Bot kursimizning navbatdagi darslari mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanaliga yuklandi.

Ushbu darsimizda Pythonda APIga ishlov berishni o'rganamiz.

Eslatib o'taman, ushbu kursimiz 25-Iyulga qadar 200 000 so'm, undan keyin esa 250 000 so'm bo'ladi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/telegram/
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Mukammal #Telegram Bot kursimizning navbatdagi darslari mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanaliga yuklandi.

Ushbu darsimizda speakEnglishBot yaratishni koʻramiz.

🟢 Eslatib o'taman, ushbu kursimiz 25-Iyulga qadar 200 000 so'm, undan keyin esa 250 000 so'm bo'ladi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/telegram/
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, #Algoritmlar turkumidagi navbatdagi darsimiz ham mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

Mavzu: Murakkab muammolarni Dynamic Programming yordamida yechish

LINK: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/
YouTube: https://www.youtube.com/sariqdev
GitHub: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar StartDroid - Android ilovalar tuzish kursimiz haqida gaplashamiz.

Bugun soat 25 - Iyulda soat 21.00da StartDroid - Android ilovalar tuzish kursimiz muallifi Javohir Yakubov bilan Mohirdev Youtube kanalida suhbat uyushtiramiz.

Kurs haqida barcha savollarga javob olish uchun yaxshi imkoniyat.

Eslatib o'tamiz Qurbon hayiti munosabati bilan 26.07.2021gacha kurslarimiz uchun chegirma e'lon qilganmiz. Chegirmalar tugashiga 1 kun vaqt qoldi.

@mohirdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Eslatib o'taman, bugun Mukammal Telegram bot kursimizni 200ming so'mga xarid qilishning oxirgi kuni.

Ertadan (26-Iyul) kursimiz 250 000 so'm bo'ladi. Kursga baho berishingiz uchun shu paytgacha qo'yilgan darslar barchasi ochiq turibdi.

Marhamat, obuna bo'ling: mohirdev.uz/courses/telegram
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, #Django Full stack kursimizni tamomlagan bo'lsangiz, kursning mantiqiy davomi bo'lgan Django Rest Framework darslarini boshlashni tavsiya qilaman.

Ushbu darsda Django yordamida minimal kod yozish orqali RestAPI qurishni o'rganasiz.

Kursni tugatib 0 dan boshlab mustaqil ravishda Djangoda API qurishingiz mumkin bo'ladi.

Kursni djangoDarslari kanali muallifi, dasturchi Muhammad Ermatov olib bormoqda.

Marhamat: mohirdev.uz/courses/django-rest-framework-darslari/
👍1