Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Alhamdulillah, Dasturlash asoslari kitobi ham bosmadan chiqib, sotuvga chiqish arafasida.

Kitob Dasturlash Asoslariga oid O'zbek tilidagi eng mukammal qo'llanma bo'ldi desam xato qilmayman.

Kitobning har bir bo'limi uchun maxsus video darslar yozildi va YouTube kanalimizga joylandi. Bundan tashqari har bir mavzuga oid kodlar, dasturlar, amaliy mashg'ulotlar va ularning javoblari onlayndagi GitHub sahifamizga yuklandi.

Kitobni yozishda Python dasturlash tilidan foydalangan bo'lsakda, darsligimiz dasturlash sohasiga ilk qadam qo'ygan barcha ixlosmandlar, yoki Python tilini osonlik bilan o'rganaman deganlar uchun tavsiya qilinadi.

Kitobimiz nafaqat mustaqil o'rganuvchilar, balki o'quv markazlari tinglovchilari, maktab o'quvchilari va oliygoh talabalari uchun ham foydali qo'llanma bo'lib xizmat qiladi deb umid qilamiz.

Kitob tez kunlarda Akademnashr onlayn va oflayn do'konlarida sotuvga chiqadi.

Ulgurji buyurtma uchun esa @akademsavdo profiliga yoki +998994331677 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Assalamu alaykum, Mohirlar!

2-3 oy oldin boshlangan bir yaxshi loyihani MVP ko'rinishda sizlarga taqdim qildik, Alhamdulillah!

Buning uchun ustozlar mehnati, siz azizlar qo'llab-quvvatlashingiz sababi o'laroq shu natijalarga erishdik.

Mohirdev.uz ta'lim platformamiz kundan-kunga darslik, blog, materiallar bilan boyitilib borilmoqda.

Endi belni mahkam bog'lab START berishni ham vaqti keldi. 4-iyul kuni Mohirdev.uz platformasini katta ochilish kuni deb e'lon qilamiz!

Bunda LIVE ko'rinishda barcha ustoz, mentorlar bir joyda yig'ilib, platformadan qanday foydalanish kerak? Kurslar ketma-ketligi, yo'l xaritasi, Mohirlar pullik kurslari, va birqancha boshqa mavzularda savol-javob ko'rinishda ma'lumot berishni joiz deb bildik.

4 - iyulda Mohirlar bilan birga bo'ling!

Soat 17.00
boshlanishi rejalashtirilgan bu LIVE ochilish marosimimiz Youtube, Telegram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarida bo'lib o'tadi!

Bizni kuzatib boring, barcha savollaringizni shuyerda yozib qoldiring.

Telegram | Website
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Python Full-stack Web Dasturchi boʻlish uchun yoʻl xaritasi.

So'nggi yillarda Python dasturlash tili eng mashhur tillar qatoriga kirib keldi va 2021-yil ko'rsatkichlariga ko'ra turli reytinglarda JavaScript bilan bir qatroda eng yuqori o'rinlarni egallab turibdi.

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida Full-stack Web dasturchi bo'lish uchun yo'l xaritasini tuzamiz. Batafsil

Telegram | Website
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. "Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi" degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev
👍3
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar. Ikki tomonlama (ustoz-shogird) aloqani yaxshilash, kanal obunachilari orasida muloqotlarni tartibga keltirish uchun discord ijtimoy tarmog'ida ochilgan Mohirlar hamjamiyatiga taklif qilamiz.

Rasmlarda ko'rib turganingizdek, bu yerda turli mavzularda guruhlarga bo'linib suhbat qilish mumkin.

Obunachilirimiz orasida o'z sohasi mohirlari bo'lsa, biror yo'nalishdagi kanalda boshqalarga yordam berib tursa juda xursand bo'lar edik.

Discord kanalimizni test qilish uchun ertaga, 3-Iyul kechqurun 17:00da (Toshkent vaqti) qisqa audio/video suhbat o'tkazamiz.

Xullas obuna bo'ling: https://discord.gg/3E9JJ4TRMv

Android / iOS / Windows / Mac uchun Discord dasturlarini o'rnatishni unutmang.
👍2
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar yig'ilishiga 2 kun qoldi.

Eslatib o'tamiz 4-iyulda soat 17.00 da Mohirdev.uz hamjamiyatining katta ochilishi bo'lib o'tadi.

O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkoniyati.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram | Website | Facebook | YouTube
👍2
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from MohirDev.uz
Mohir dasturchi, injiner, arxitektlar soni 2600+ dan oshdi

Bugungi kun hisobi bilan Mohirdev.uz platformasidan foydalanuvchilar soni 2600+ dan oshdi.

Eslatib o'tamiz, 4 - iyul, bugun soat 17.00da katta ochilish marosi bo'ladi. O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish uchun eng yaxshi imkoniyat!

Telegram | Website | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Alhamdulillah, taqdimotni ham o'tkazdik. Aytdimku, yaxshi odamlar yomon narsani ustida birlashmaydi deb.
Endi dasturchi bo'laman deganini mohirdev.uz ga yuboraverasizlar. Barcha yo'nalishda kurslarimiz bor.

Oxirgi yangilklarni telergamda @mohirdev kanaliga joylab boramiz.
Ustozlar va boshqa talabalar bilan esa mohirlar hamjamiyati orqali doimiy bog'lanib turishingiz mumkin: https://discord.gg/YVZdwGgt6G
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar #Django darslarimizning navbatdagi ikki qismi mohirdev.uz saytiga va YouTube kanaliga yuklandi:

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django
GitHub: https://github.com/anvarnarz/django-darslar
YouTube: https://www.youtube.com/Sariqdev
👍1
Forwarded from Gʻurbatda Gʻarib
Атрофимизни қумдан қурилган саройлар ўраб олаётгандек туюляптими сизга ҳам?

Ҳамма нарса турфа хил иллюзияларга боғланиб бизга тақдим этиляпти.

Ҳатто ривожланиш ва муваффақият сўзларини эшитган ёшлар тасаввурида пули ҳаддан зиёд кўп, мансабдор, амалдор ёки ҳамманинг кўнгил торларини чертувчи сўзларни топиб гапира оладиган сўзамоллар гавдаланадиган бўлиб қолди.

Бир ойлик даромадингизни 1000 долларга етказинг, сизга лидерликни ўргатамиз, деган баландпарвоз гаплар камдек, энди мансаб эгалари китоблар битиб, Гарвардда бошқалар меҳнати эвазига ўқиганларини муваффақият, деб кўрсата бошлашяпти.

Қачон ёшларга Стив Жобсни мақтаётганимизда, унинг пулига эмас, ишга нисбатан масъулияти ва талабчанлигига урғу бера бошлаймиз?

Қачон Билл Гейтс ҳақида гапираётганимизда унинг бойлиги ёки қайсидир ўқишни ташлаб кетганига эмас, изланувчанлигига кўпроқ эътибор қаратамиз?

Қачон Илон Маск ҳақида тўлқинланиб гапираётган чоғимиз, унинг ҳозирги бойлиги қанчалигига эмас, ихтироларига, кашфиётларига диққат қиламиз?

Қачон?

Қачон ютуб каналларимизда олди-қочди гаплар эмас, ихтирочилик қобилиятини шакллантиришга қаратилган видеолар пайдо бўлади?

Қачон биз чинакам интилувчан, техник ва технологик кашфиётларга қизиқувчи, таҳлилий, танқидий фикрлай оладиган ёшларни ривожлантиришни бошлаймиз?

Қачон ёшларимизга муваффақият пулдор, мансабдор ё амалдор бўлишда эмас, ҳеч бўлмаганда биргина одамни оғирини енгил қила олишда эканлигини ўргата бошлаймиз.

Кузатиб кўрсангиз баландпарвоз гаплар билан сизга бизнес юритишни ўргатаман, маркетингдан сабоқ бераман деяётган кўплаб спикерлар ўзлари негативлар билан ишлай олишмаётганини сезасиз.

Ахир маркетинг ва реклама билан шуғулланар экансиз, сизга нисбатан негативлар бўлиши мумкинлиги аввалдан ҳисобга олинади. Ҳатто маркетингни ўрганаётган ҳар бир бўлажак маркетологларга "негативлар билан ишлаш", деган алоҳида дарслар ўтилади.

Бироқ биздаги "муваффақият эгалари" ўзлари ҳам айнан мана шу услубни билмасликларининг ўзиёқ, уларнинг муваффақиятлари иллюзиядан бошқа нарса эмаслигини исботлаётгандек гўё.

Шу ўринда ҳамиша ўзимга, яқинларим ва фарзандларимга такрорлаб юрадиган сўзларим:

Чинакам муваффақият — бир бурда нон есанг ҳам, уни ҳалол пулга сотиб олаётганингдир. Чинакам муваффақият — аввал ўзинг илм ўрганишинг, сўнг уни бошқаларга ўргатишинг. Чинакам муваффақият — кўнгил хотиржамлиги, севимли ишингни қила олишинг, борингга қаноат, неъматларга шукр қила олишдир!

Пул, машҳурлик, обрў-эътибор — булар ҳаммаси биз инсоният учун қила олишимиз мумкин бўлган холис ишларимиздаги бир ёрдамчи воситалар, холос.

Йўлак охирига етганингда, суратдаги шардек катталашиб кетасан, деб уқтиришади. Бироқ қанча югар-югур, харажату ҳаракатлар билан охирига етиб бориб қарасанг, ҳали ҳам ўша-ўша турган бўласан.

✍️ Gavhar Nasrulloh
👍1