Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
👍1
Yuqoridagi iqtibosni qanday tushundingiz? Javobingizni izohda qoldiring 👇
👍1
Sariq Dev
Yuqoridagi iqtibosni qanday tushundingiz? Javobingizni izohda qoldiring 👇
Demak, ertalabki iqtibosni aksariyat odam to'g'ri tushunibdi. Dasturlashda bevosita kod yozishga kirishishdan avval muammoni atroflicha o'rganish, katta muammoni kichik qismlarga bo'lib olish, reja tuzish, muddatlarni belgilab olish o'ta muhim ekan. Ana shundan keyin kodlashni boshlashimiz mumkin. Mana shunday yondoshuv bilan vaqtimizni samarali sarflaymiz.

Bu narsa aslida metodologiya deyiladi va oliygohlarda alohida fan sifatida o'tiladi. Loyihaga yondashishda to'g'ri metodologiyani tanlash ham juda muhim hisoblanadi.
👍2
Ko'pchilik GitHub Desktop dasturi kompyuterga o'rnata olmaganini yozibdi.
Aslida git bilan to'g'ridan-to'g'ri konsolda (terminalda) ishlasa ham bo'ladi. Lekin bu yangi dasturchilar uchun biroz noqulay bo'lgani sababi GitHub Desktop dasturini tavsiya qilgan edim.

Xullas agar kimga bu dastur tushmagan bo'lsa, quyidagi linkda muqobil dasturlar berilgan ekan. Hammasi bitta vazifani bajaradi, GitHubda loyihani boshqarish.

Marhamat, yuklab oling:

"Git - GUI Clients" https://git-scm.com/downloads/guis
👍1
#ЭЪЛОН! 📣

“ТАРИХ ОМОНАТДИР ВА ДУНЁ”
телеграм каналимизда “Ўзбекистонда таълим тизими: муаммо ва ечимлар” мавзусида суҳбат бўлиб ўтади.

Суҳбат бугун – 27 март куни Тошкент вақти билан 20.00 да бошланади.

🔻Суҳбатимизнинг асосий иштирокчилари:

1. Алишер Эркабоев (Англия) – Англиядаги Университет ўқитувчиси, доктор.

2. Анвар Нарзуллоҳ (Малайзия) – Малайзия Ислом Университети ўқитувчиси, IT соҳаси бўйича доктор.

3. Файзиддин Мўмин (Англия) – инглиз тили ўқитувчиси.

4. Зиёуддин Раҳим (Ўзбекистон) – араб тили мутахассиси, таржимон, бир неча китоблар муаллифи.

5. Раҳматуллоҳ Дониёр (Туркия) – филолог, тарихчи.

🔹Каналимизга қуйидаги ҳавола орқали боғланишингиз мумкин: ⬇️

https://t.iss.one/tarixomonatdir

Алишер Эркабоев - Фарғона вилояти Бешариқ туманида туғилган. Аввал Қўқондаги ўзбек-турк лицейида, кейин 1997 йилда Ўзбекистон Миллий Университетида таҳсил олган. Тил ўрганиш мадсадида 2002 йилда Англияга чиққан. Бу ерда бугалтерия соҳасида бакалавр, магистр ва докторантурада ўқиган. Ҳозирда Англиядаги Университетлардан бирида ўз мутахассислиги бўйича дарс бериб келмоқда.

Анвар Нарзуллоҳ - Тошкент шаҳрида туғилган. Тошкент Ахборот Технологилари Университетининг Телекоммуникация бўлимида таҳсил олган. Кореянинг Еунгнам Университетида Докторлик унвонини ҳимоя қилган. Ҳозирда Малайзия Ислом Университетида Ахборот Хавфсизлиги кафедрасида ўқитувчи бўлиб ишлаб келмоқда, илмий унвони – доцент.

Файзиддин Мўмин - Тошкент Давлат Шарқшунослик Институтида араб тили ўқиган. Ундан сўнг Британияда тарих ва сиёсатшунослик йўналиши бўйича Брадфорд Университетини битирган. Ҳозирда инглиз тили ўқитувчиси бўлиб фаолият юритмоқда.

Раҳматуллоҳ Дониёр – Миллий Университетининг ўзбек филолoгияси бўлимини тугатган. Истанбул Сабоҳиддин Заим Университети тарих бўлими магистратурасида ўқиган.

Зиёуддин Раҳим - Тошкент шаҳрида тиғилган. Тошкент Давлат Шарқшунослик Университети (бакалавр) ҳамда Халқаро Ислом Академиясида (магистратура) таҳсил олган. 10 дан ортиқ китоблар муаллифи. Араб тили, таржима ва болалар тарбияси бўйича етук мутахассис.

❗️Азизлар! Баъзи қоидаларни эслатиб ўтмоқчимиз:
Асосий маърузачиларга 10 дақиқадан вақт берилади.
Ҳар бир маърузадан кейин 3 киши фикр-мулоҳаза билдириш имконига эга бўлади: фикр-мулоҳаза учун 3-5 дақиқа орасида вақт берилади.
Саволларни каналнинг изоҳ қисмида ёзиб қолдиришингиз ҳам мумкин.
Суҳбатни тинглаётган пайтингизда микрофонни ўчириб қўйишингизни илтимос қиламиз.
Асосий маърузачилардан ташқари бошқа барча иштирокчилар икки мартадан ортиқ сўзга чиқа олмайдилар.
Сўз олишда ҳам навбат ва тартибга риоя қилишингиз сўралади.
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ko'p sonli takliflarga ko'ra Pythonda Dasturlash Asoslari darslarimizga oid barcha videolar alohida kanalga yuklandi: @sdvideolar

Marhamat, endi istalgan videoni Telegramning o'zida ko'rishingiz mumkin!

LINK: t.iss.one/sdvideolar
👍2
Ushbu kanalda ham darslarimiz HD sifatda qo'yib kelinayotgan ekan. Kanal adminiga behisob minnatdorchilik bildiramiz.
https://t.iss.one/joinchat/C931ao_y6gRkOTEy
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
👍1
Ingliz tilini bilish kerakmi? Dasturlashga yangi kirganlar eng ko'p so'raydigan savol.

Visual Capitalist portali Internetdagi 10 million web saytlarni tahlil qilib, rasmdagi reytingni tuzibdi.

Sahifalarning 60.4% Ingliz tilida, 2-o'rinda turgan Rus tilidagi sahifalar esa bor-yog'i 8.5% ni tashkil qilgan.

O'zbek tilini gapirmasa ham bo'ladi.

Demak, yangiliklardan xabardor bo'lib turaman desangiz, albatta Ingliz tilini o'rganing.

@sariqdev
👍1
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari "Kelajak yoshlari" nomli ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi

Najot Ta'lim va Cambridge o'quv markazlari o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida, "Kelajak yoshlari" nomli umumiy qiymati 1 mlrd so'mlik ta'lim grantini yo'lga qo'yganini ma'lum qiladi.

🤩 Ta'lim aksiyasi orqali 60 nafar yoshlarga ingliz tili hamda IT sohalarini, jumladan: grafik dizayn va dasturlash yo'nalishlarida, 1 yil davomida mutlaqo bepul ta'lim berish reja qilingan.

Ushbu xayriya aksiyasi har yili Ramazon oyida boshlanib, Ramazon oyida tugaydi.

"Kelajak yoshlari" ta'lim grantida 15 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

⚡️ Talabgorlar Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari HR bo'limi a'zolari tomonidan motivatsion xat va boshqa omillar orqali saralab olinadi. Loyihada qatnashish uchun arizalar aprel oyining 13-sanasigacha qabul qilinadi.

Najot Ta'lim va Cambridge jamoalari ushbu xayrli ishni o'z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.

👉 "Kelajak yoshlari" loyihasida ishtirok etish

👨🏻‍💻 Administratorga bog'lanish

📞 Telefon raqam: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
👍1
"Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlar" darslarimizni ertaga boshlaymiz.
1-darsni jonli (Zoom va Telegram audio chat orqali) qilishga qanday qaraysiz?
Anonymous Poll
80%
👍
12%
😑
8%
👎
👍1
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar.
Sizlarni barcha dasturchilar uchun dolzarb boʻlgan "Maʻlumotlar Tuzilmasi va Algoritmlar" turkum darslarimizga taklif qilamiz.

Bepul onlayn darslar bir necha hafta davomida @sariqdev Telegram va YouTube kanallarida qoʻyib boriladi.

1-darsimiz ertaga, 8-Aprel, Toshkent vaqti bilan 20:00 da YouTube (video) va Telegram (audio) kanallarimizda jonli boʻladi.

LINK:
YouTube.com/SariqDev
t.iss.one/SariqDev
👍1
Channel photo updated
Live stream started
Live stream finished (1 hour)