Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Tailandlik yigit e'tiborsizlik qilib iPhone telefon o'rniga iPhone stol sotib olibdi. Bu voqeani o'qib, o'zimni Koreaga ilk borgan kunlarim esimga tushib ketdi.

Yangi borgan kunlarim, yostiq olaman deb onlayn do'konga kirdim. Sayt koreys tilida, amallab google orqali "yostiq" so'zining tarjimasini topdim. Mana yostiqlar, hajmiga, rangiga, guliga qarab tanlar ekansiz.

Xullas bittasini tanladim. Ertasi kuni kichkinagina quti keldi. Ochsam, yostiq jildi ekan 🤦‍♂️.

Shuning uchun faqat dasturlash emas, chet tillarini ham o'rganinglar 🙂.

@sariqdev
👍2😁1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Inshaalloh yangi darslarimiz boshlanguncha oz qoldi. Ungacha sizlarni oddiy masalalar bilan yuklab turaman.

Yoshlikda bir o'yin o'ynar edik: bitta uzun so'z berilgan, mana shu so'zning tarkibidagi harflardan yangi so'zlar tuzish kerak.

Bugungi topshiriq: mana shunday so'zlarni topib beruvchi funksiya yozish. Buning uchun GitHubdagi uzwords.py modulidan foydalanasiz: https://github.com/anvarnarz/uzwords

Sizning vazifangiz findMatches(word,uzwords) funksiyasini yozish. Ushbu funksiya argument sifatida bitta so'z (word) va bitta so'zlar ro'yxatini qabul qiladi (uzwords) va berilgan so'z tarkibidagi harflardan iborat ro'yxat qaytaradi.

Dasturning boshi va natijasi (qisman) yuqoridagi rasmlarda berilgan.

Vazifani bajarib bo'lgach, kodingizni GitHubga yuklab, bog'lamasini izohda qoldiring!
👍1
testFindMatches.py
1.6 KB
Ertalab berilgan vazifani tekshirib ko'rish uchun quyidagi test dasturni yozdim.
Funksiyangiz to'g'ri ishlashini tekshirib ko'rish uchun:

1️⃣ findMatches() funksiyangizni findMatches.py faylida saqlang

2️⃣ Quyida berilgan testFindMatches.py fayli, GitHubdan yuklab olingan uzwords.py moduli va o'zingiz yaratgan findMatches.py fayllarini bitta papkaga joylang

3️⃣ testFindMatches.py dasturini RUN qiling

Agar funksiyani to'g'ri yozgan bo'lsangiz, Ran 1 test in ... OK degan natija chiqishi kerak
👍3
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
📖 PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
🖼 JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
👍1
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
👍1
Yuqoridagi iqtibosni qanday tushundingiz? Javobingizni izohda qoldiring 👇
👍1
Sariq Dev
Yuqoridagi iqtibosni qanday tushundingiz? Javobingizni izohda qoldiring 👇
Demak, ertalabki iqtibosni aksariyat odam to'g'ri tushunibdi. Dasturlashda bevosita kod yozishga kirishishdan avval muammoni atroflicha o'rganish, katta muammoni kichik qismlarga bo'lib olish, reja tuzish, muddatlarni belgilab olish o'ta muhim ekan. Ana shundan keyin kodlashni boshlashimiz mumkin. Mana shunday yondoshuv bilan vaqtimizni samarali sarflaymiz.

Bu narsa aslida metodologiya deyiladi va oliygohlarda alohida fan sifatida o'tiladi. Loyihaga yondashishda to'g'ri metodologiyani tanlash ham juda muhim hisoblanadi.
👍2
Ko'pchilik GitHub Desktop dasturi kompyuterga o'rnata olmaganini yozibdi.
Aslida git bilan to'g'ridan-to'g'ri konsolda (terminalda) ishlasa ham bo'ladi. Lekin bu yangi dasturchilar uchun biroz noqulay bo'lgani sababi GitHub Desktop dasturini tavsiya qilgan edim.

Xullas agar kimga bu dastur tushmagan bo'lsa, quyidagi linkda muqobil dasturlar berilgan ekan. Hammasi bitta vazifani bajaradi, GitHubda loyihani boshqarish.

Marhamat, yuklab oling:

"Git - GUI Clients" https://git-scm.com/downloads/guis
👍1
#ЭЪЛОН! 📣

“ТАРИХ ОМОНАТДИР ВА ДУНЁ”
телеграм каналимизда “Ўзбекистонда таълим тизими: муаммо ва ечимлар” мавзусида суҳбат бўлиб ўтади.

Суҳбат бугун – 27 март куни Тошкент вақти билан 20.00 да бошланади.

🔻Суҳбатимизнинг асосий иштирокчилари:

1. Алишер Эркабоев (Англия) – Англиядаги Университет ўқитувчиси, доктор.

2. Анвар Нарзуллоҳ (Малайзия) – Малайзия Ислом Университети ўқитувчиси, IT соҳаси бўйича доктор.

3. Файзиддин Мўмин (Англия) – инглиз тили ўқитувчиси.

4. Зиёуддин Раҳим (Ўзбекистон) – араб тили мутахассиси, таржимон, бир неча китоблар муаллифи.

5. Раҳматуллоҳ Дониёр (Туркия) – филолог, тарихчи.

🔹Каналимизга қуйидаги ҳавола орқали боғланишингиз мумкин: ⬇️

https://t.iss.one/tarixomonatdir

Алишер Эркабоев - Фарғона вилояти Бешариқ туманида туғилган. Аввал Қўқондаги ўзбек-турк лицейида, кейин 1997 йилда Ўзбекистон Миллий Университетида таҳсил олган. Тил ўрганиш мадсадида 2002 йилда Англияга чиққан. Бу ерда бугалтерия соҳасида бакалавр, магистр ва докторантурада ўқиган. Ҳозирда Англиядаги Университетлардан бирида ўз мутахассислиги бўйича дарс бериб келмоқда.

Анвар Нарзуллоҳ - Тошкент шаҳрида туғилган. Тошкент Ахборот Технологилари Университетининг Телекоммуникация бўлимида таҳсил олган. Кореянинг Еунгнам Университетида Докторлик унвонини ҳимоя қилган. Ҳозирда Малайзия Ислом Университетида Ахборот Хавфсизлиги кафедрасида ўқитувчи бўлиб ишлаб келмоқда, илмий унвони – доцент.

Файзиддин Мўмин - Тошкент Давлат Шарқшунослик Институтида араб тили ўқиган. Ундан сўнг Британияда тарих ва сиёсатшунослик йўналиши бўйича Брадфорд Университетини битирган. Ҳозирда инглиз тили ўқитувчиси бўлиб фаолият юритмоқда.

Раҳматуллоҳ Дониёр – Миллий Университетининг ўзбек филолoгияси бўлимини тугатган. Истанбул Сабоҳиддин Заим Университети тарих бўлими магистратурасида ўқиган.

Зиёуддин Раҳим - Тошкент шаҳрида тиғилган. Тошкент Давлат Шарқшунослик Университети (бакалавр) ҳамда Халқаро Ислом Академиясида (магистратура) таҳсил олган. 10 дан ортиқ китоблар муаллифи. Араб тили, таржима ва болалар тарбияси бўйича етук мутахассис.

❗️Азизлар! Баъзи қоидаларни эслатиб ўтмоқчимиз:
Асосий маърузачиларга 10 дақиқадан вақт берилади.
Ҳар бир маърузадан кейин 3 киши фикр-мулоҳаза билдириш имконига эга бўлади: фикр-мулоҳаза учун 3-5 дақиқа орасида вақт берилади.
Саволларни каналнинг изоҳ қисмида ёзиб қолдиришингиз ҳам мумкин.
Суҳбатни тинглаётган пайтингизда микрофонни ўчириб қўйишингизни илтимос қиламиз.
Асосий маърузачилардан ташқари бошқа барча иштирокчилар икки мартадан ортиқ сўзга чиқа олмайдилар.
Сўз олишда ҳам навбат ва тартибга риоя қилишингиз сўралади.
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ko'p sonli takliflarga ko'ra Pythonda Dasturlash Asoslari darslarimizga oid barcha videolar alohida kanalga yuklandi: @sdvideolar

Marhamat, endi istalgan videoni Telegramning o'zida ko'rishingiz mumkin!

LINK: t.iss.one/sdvideolar
👍2