Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
💡 Yuqori daromadli kasb egasi bo'lishni xohlaysizmi? Web dasturlash bo'yicha bilim va konikmalaringizni maksimal darajaga olib chiqmoqchimisiz?

💡 Unda sizga quyidagi kanalni tavsiya qilaman, bu kanal bilan web dasturlashga bo'lgan qiziqishlaringizga javob topasiz.

💡 Kanalda quyidagi texnologiyalarga oid real loyihalar videodarslar va zoom meetinglar bo'lib o'tadi:

Front-End: HTML 5, CSS 3, Sass, Bootstrap 4, JavaScript, jQuery, ReactJs, Git\Github;

Back-End: PHP 7, Oop, Sql, MySql, Yii 2, Laravel;

Bonus: Wordpress, Joomla.

Albatta hammasi tekin o'rgatiladi 😊

LINK: 👉 @webkurs_fullstack
👍1
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul 💻 "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
👍1
👍1
Ishga kirish suhbatida so'ralgan savolga javob bera olasizmi?

Kodingizda birorta raqam (son) ishlatmasdan 1 dan 100 gacha bo'lgan sonlarni konsolga chiqaruvchi dastur yozing.

Javoblaringizni izohda kutaman. Googledan so'ramasdan javob topishga harakat qiling.

upd: Javoblarni https://carbon.now.sh/ sahifasi yordamida rasm qilib yuklang. Kod qaysi tilda ekanini kodning 1-qatorida izoh ko'rinishida qoldiring.

#jumboq
👍2
Demak, ertalabgi savolga juda ko'p to'g'ri javoblar berildi. Ba'zilarini postda keltirdim. Birinchisi men o'zim taklif qilgan yechim. Lekin undan ham originallari borligi uchun juda xursandman.
👍1
Bugungi tavsiya – kompyuterlar, operatsion tizimlar, foydali dasturlar va layfxaklar haqidagi @Kompyuterlar_uz kanali.

Aloqa tarmoqlari muhandisi sifatida tasdiqlayman, rasmdagi layfxak haqiqatdan ham ishlaydi.

LINK: https://t.iss.one/kompyuterlar_uz
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Insoniyat virtual olam tomon ketmoqda.

Facebooking Codec Avatar nomli loyihasi odamlarni virtual olamga ko'chirish ustida ish olib bormoqda.

Loyiha odamning to'liq 3D modelini yaratadi, odamlar esa maxsus ko'z oynaklar yordamida 3D olamda dunyoning boshqa chekkasidagi yaqinlari bilan yuzma-yuz o'tirib gaplashadilar. Manbalarga ko'ra hozirda bu loyihaga FBning 10000 dan ortiq ishchisi jalb qilingan.

Agar kelajakda qaysi sohalar dolzarb bo'ladi desangiz, ikkilanmasdan 3D design, o'yinlar va dasturlash deb javob beraman.

@sariqdev
👍1
Mana ishga kirishdagi suhbatlarda ko'p uchraydigan yana bir savol:

1 dan 100 gacha sonlar ro'yxatidan bitta tasodifiy son tushib qoldi. Mana shu sonni topuvchi dastur yozing.

Rasmdagi
kodda bitta tasodifiy son olib tashlangan ro'yxatni yaratish ko'rsatilgan. Kodni davom ettirib ana shu sonni toping.

Javobni @rextester_bot yordamida tekshirib, izohda qoldiring.

🚫 Google amakidan so'rash yo'q!

p.s. 100 ni o'rnida istalgan n soni bo'lishi mumkin.

upd: 2-ro'yxatni yaratmasdan topganlarga 5 baho 😀

#jumboq
👍1
Ertalab berilgan masalaning yechimi haqida video tayyorladim. Ko'ring, foydali bo'ladi deb umid qilaman.

LINK: https://youtu.be/VwluCqwHHN8
👍3
Redmonk Portali oxirgi 10 yilda dasturlash tillarining reytingi qanday o'zgarganini tahlil qilibdi (GitHub va StackOverflow asosida).

Top-5 talikda katta o'zgarishlar yo'q. JavaScript, Python, Java ga talab hali ham katta. Bir vaqtlar adashib kirib qolgan Ruby esa pozisiyalarini yo'qotishda davom etmoqda.

Reytingni pastida esa aksincha, o'zgarishlar katta. Jumladan, TypeScript, Kotlin, Swift va Rust tezlik bilan ko'tarilib kelayapti. Perl esa reytingning tubiga qarab yo'l olgan.

Umuman olganda, asosiy xulosa shuki, dasturlash tillarining reytingi juda sekinlik bilan o'zgaradi. Katta ehtimol bilan, bugun talab katta bo'lgan tillar yana kamida 10 yil shunday qoladi.

Demak, dasturlashga yangi kirayotganlarga qo'rqmasdan Python va JavaScriptni o'rganish tavsiya qilinadi. Bu tillar "eski" bo'lsa ham, hali beri topdan tushmaydi.

Yosh tillarga esa topga chiqquncha yillar talab qilinishi mumkin.

@sariqdev
👍2
DJI FPV droni va komplektida keluvchi maxsus ko'zoynaklar yordamida endi osmonda qushdek parvoz qilishingiz mumkin.

Quyidagi videoni imkon qadar eng yuqori sifatda ko'ring: https://www.youtube.com/watch?v=LLcREAZYmIE
👍1