Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Bugun Mohirdev Raqamli Texnologiyalar Vazirligi tomonidan Oʻzbekistondagi IT taʼlimda yetakchi oʻquv markazi deb topildi.

Biz bu oʻrin uchun 500 dan ortiq oflayn markazlar va onlayn platformalar bilan raqobatlashdik.

Albatta bunday eʼtirofga eng avvalo bizning bitiruvchilarimiz va ular erishgan natijalari sabab boʻldi. Shuning uchun eng katta minnatdorchiligim Mohirdevda qunt va intizom bilan tahsil olib, kurslarni yakunlab, AyTida oʻz oʻrnini topayotgan talabalarga boʻladi.

Lekin bularning hammasi Mohirdev ortida tinimsiz mehnat qilayotgan jamoasiz boʻlmaydi. Bu xoh taʼlim boʻlimi boʻlsin, xoh marketing, xoh mijozlar bilan ishlash, yoki platforma toʻgʻri ishlashiga javobgar dasturchilar, support va texnik xodimlar, ustozlar va mentorlar, barcha-barchasining hissasi cheksiz.

Mohirdevda bizning maqsadimiz taʼlimda yetakchi boʻlish, sifatli taʼlim orqali insonlarning hayotini yaxshi tarafga oʻzgartirish.

Xullas, endi AyTi sohasiga kirishda kimdan tahsil olishni bilmay, ikkilanib turgan boʻlsangiz, javob aniq — Mohirdev.
🔥176👍7116🎉8🥰5👏5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hayotim davomida ustozlarim koʻp boʻlgan. Lekin koʻpchilik singari, negadir, birinchi oʻqituvchim — Munira opa xotiramda oʻchmas iz qoldirgan ekan.

Aslida hayotim davomida erishgan barcha yutuqlarimda menga ustozlik qilgan yuzlab odamlarning hissasi katta.

Barcha ustozlarga bayram muborak 🎉
👍180🎉3619🔥6👏6🤩1
Maqtanmasdan boʻladimi?

Mohirdev Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan Startup Battle musobaqasi gʻolibi.
🔥303👍98🎉41👏226
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da AI kuni esingizdami?

📆 26-oktabr, shanba kuni Toshkent shahri, Muminov ko'chasi 4A, (eski Mohirdev ofisi) "UzGeeks October2024 AI Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣ "Data Preparation" - Aziz Abdumalikov
2️⃣ "Biznesda Sun'iy Intellekt" - Muhammadali Salohiddinov
3️⃣ "Tavsiya qilish tizimlari ijtimoiy tarmoqlarda qanday ishlaydi?" - Mohinur Abdurahimova
4️⃣ "Thinking Machines: Understanding the Rise of AI" - Zarifjon Naxalov
5️⃣ "AI plus You" - Adham Zohirov

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(eski Mohirdev ofisi)

Hamkorlar:
- O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
- Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
- Thinkland - Mohirdev - UIC Group

Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
👍38🔥94👏1
Sun'iy Intellektdan qanchalik foydalanayapsiz?

Ofisdagi kutubxonamda anchagina kitoblar yigʻilib qolgan. Xodimlar ham oʻqishga olib turishadi. Muammo – baʼzida kerakli kitobni topa olmay qolaman. Kimdir olgan, kim olgani nomalum.

Yechim – onlayn jadval qilib, biror kitob ijaraga berilganda xodim ismini yozib qoʻyish. Buning uchun avval barcha kitoblarni jadvalga kiritib chiqish kerak.

Qoʻlda kiritishga kamida 2-3 soat vaqt ketadi. Nima qilamiz? Kitob javoni rasmini ChatGPT beramiz, natijani esa rasmlarda koʻrib turibsiz.

1 daqiqda hamma kitoblar roʻyxati tayyor. Endi ChatGPTga bularni jadval koʻrinishiga olib kelishni aytsak uni ham qilib beradi.

Siz kundalik hayotda SIdan foydalanayapsizmi? Izohlarda layfxaklar bilan ulashamiz.

@sariqdev
🔥105👍47👏87😁6🥰3🤩3👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baʼzida shunaqangi savollar kelib qoladi...

Hazil-hazil bilan, bugun ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarni jamlab, har biriga oʻzim javob berib chiqdim.

Toʻliq videoni kechroq Mohirdevda chiqaramiz. Kuzatib boring.
😁94👍13🔥7🤔21😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mohirdev ofisi NestOne'dami?
Telegram orqali ishga joylashib boʻladimi?
QA yoki Frontend? Rus tili yoki Ingliz?


va boshqa antiqa savollarga videoda javob berdim.

Toliq videoni koʻrish.

Keyingi safar qanday savollarga javob berishimni istaysiz, izohlarda qoldiring 👇
😁76👍331🤯1😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kunimizni yaxshi motivasion video bilan boshlaymiz.

Kuningiz xayrli oʻtsin! 😎
😁116👍28🤔6👏5🔥4
Google DevFest yana qaytdi.

DevFest bu – soha mutaxassislaridan maʼruzalar, qiziqarli suhbatlar va eng muhimi networking.

Dasturlash olamiga endi qadam qoʻyapsizmi yoki tajribali dasturchimisiz, tadbirdan albatta foyda olasiz deb oʻylayman.

Xullas, yilning eng muhim tadbirlaridan birini oʻtkazib yubormang.

Ha aytgancha, MohirDev jamoasidan Oʻzbekistonda yagona Google AI expert Adham Zokhirov ham oʻz tajribasi bilan ulashadi.
👍416🔥5👏3😢2
Kelayotgan juma kuni Qudrat aka bilan AMA (ask me anything) formatida suhbat qilamiz.

Qudrat aka uzoq yillik tajribaga ega dasturchi, hozirda siz tanigan va tanimagan senior dasturchilarning katta ustozi.

Suhbat Mohirdev Telegram va Instagram kanallarida jonli bo’ladi.

Batafsil ma’lumot uchun @mohirdev kanalini kuzatib boring.
🔥63👍454😁4👎1👏1
Kechagina Tokiodan, Jahon banki tashkil qilgan Raqamli akademiyadan qaytdim. Asosiy mavzu Sun'iy intellektning davlat rivojidagi oʻrni.

Koʻp davlatlarning tajribasini eshitar ekanman, hayolimdan faqat bitta gap aylandi - biz ortda qolayapmiz.

Holatni oʻzgartirish uchun nima qilish kerak?

Javob maqolada: LINK
🔥98👍5410😁3🤔3😢3🤯1
Forwarded from MohirDev.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistonda data sayns va sunʼiy intellektga talab bormi oʻzi? Uni oʻrganish kerakmi? Bu yoʻnalish hali bizga yetib kelmagan boʻlsa-chi?

😀 Shu kabi savollar qiynayotgan boʻlsa, 14-dekabr, 18:00 dagi onlayn uchrashuvda sizni kutamiz.

Unda quyidagilarni bilib olasiz:
— qanday kompaniyalarda data sayns mutaxassislariga talab bor?
— ular qancha maosh oladi?
— sohadagi birinchi ishni qayerdan izlash mumkin?


Hech kimga kerak emas” degan gapni inkor qilib, sohada karyera qurganlarning real misollarini keltiramiz.

Onlayn uchrashuvda qatnashish uchun ushbu guruhga aʼzo boʻling.

@mohirdev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥30👍173🥰1
Sariq Dev
Qani, yangi yilga rejalar qanday? Kim oldiga nimani maqsad qildi, izohlarda qoldiramiz va yil oxirida tekshiramiz. ‼️Izohda faqat 2024 yil uchun maqsadlarni yozamiz. Ortiqcha gaplar o’chiriladi. Esingizda tursin, rejasiz maqsad bu - xomxayol. Ketdik!…
Shu soʻrovda qatnashganlar, maqsadingizga erishdingizmi?

Javob "ha" boʻlsa, nimalarni toʻgʻri qildingiz va boshqalarga nima tavsiya qilasiz?

Javob "yoʻq" boʻlsa, nima sabab boʻldi va boshqalarga nima maslahat berasiz?
👍378