Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
16:00 Rasul aka bilan ekologiyaga oid katta loyiha haqida gaplashib oldik. Yurtimiz va muhimi tabiat uchun manfaatli boʻladi deb umid qilamiz.

Loyiha haqida kelgusida batafsil maʼlumot beramiz.
👍176🔥3314🥰2👏1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍99🔥21🤔32😁2😢2
17:00 Ingliz tilidagi kitoblarni qayerdan olaman? (Kutilmagan reklama, mabodo biznes egasi keyingi buyurtmalarga chegirma qilib bersa yoʻq demayman 😎. Situation marketing, guys).
👍114😁15🔥9👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18:15 Ish vaqti tugadi (lekin ish 24/7 davom etadi).

Bugun reja qilgan, lekin sizlarga koʻrsata olmagan videolar:
1. Bevosita Mohirdevdagi ish jarayonlar.
2. Xodimlar va ular nima bilan band?
3. Sumkamda nima bor?
4. Sizlar bilan jonli savol javob.

Bularning barchasini Alloh nasib qilsa ertangi kunga qoldiramiz.

Agar sizni qiziqtirgan savollar boʻlsa izohda qoldiring, ertaga jonli efirda javob olasiz 👇
👍176🔥20😁196🤔1
Siz nega uxlamayapsiz? 😅

Upd: Boʻldi, tungi suhbat tugadi. Hammaga xayrli tun!
😁159👍27🔥24😢8🤔7👎4🥰2
Bugungi kunim mana shu joydan boshlandi. Ertalabdan 3 ta uchrashuv shu yerda.

Alisher Sadullayev Yoshlar Ishlari Agentligi rahbari boʻlganidan beri bu joyga fayz kirdi. Agentlik va uning yonidagi Kitob Olami hozir jamiyatning faol va kreativ insonlarini bir joyda jamlaydigan, millat uchun manfaatli ajoyib gʻoyalar tugʻilib, unib-oʻsadigan joyga aylangan.

Bu yerga adashib kelib qolsangiz ham, albatta biror mashhur inson yoki qiziqarli tadbir va loyihalar ustidan chiqib qolasiz.

Aytgancha, bizning Ibrat Farzandlari loyihasiga qoʻshilib qolishimiz ham mutlaqo tasodifan, mana shu kafeda Alisherni uchratib qolishdan boshlangan. Hozir bu loyihada foydalanuvchilarimiz soni 1 milliondan oshdi. Ingliz tilini oʻrganayotganlarning oʻzi 490ming 🤯. Va bularning hammasi mutlaqo bepul.

Bugun ham Agentlik homiylik qilayotgan yangi loyihaga qiziqish bildirib, keldim. U haqida alohida.

Xullas, kun yaxshi boshlandi.
👍164🔥399👎2👏1
Mohirdevda ish jarayoni bilan tanishamiz.

Ushbu videoda taʼlim boʻlimi bilan tanishamiz. Bu boʻlimda 10 kishidan ortiq xodim doimiy ofisda, yana bir nechta mutaxassislarimiz masofadan ishlashadi.

Mohirdevda chiqayotgan har bir kurs malakali metodistlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Oʻquv rejalar, kontent va materiallar, ekspertning darsga yondoshuvi, mavzuni toʻgʻri yetkazib berishi, barchasi nazorat qilib boriladi.

Bu Mohirdev uchun ham aslida yangi tajriba. Darslarimiz sifatini yanada oshirish uchun, ekspertlar bilan yelkama-yelka ishlayapmiz.

Yangi maxfiy kursimiz metodistlar nazorati ostida ishlandi va tez orada sizlarga taqdim qilinadi.

Videoda Mohirdevning yana bir sirli loyihasi — maktablar uchun informatika dasturi koʻrsatilgan.

Loyiha haqida koʻproq bilishni istasangiz postga 👍 bosing.
👍278🔥167😁1