Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Kod yozishni bilmasdan ham dasturchi bo'lish mumkinmi?

Internetdagi barcha websaytlarning 65% bir qator ham kod yozmasdan yaratilganini va bu son faqat o'sib borayotganini bilasizmi? AyTi sohasiga kirish uchun texnik bilimlar ham talab qilinmay qo'ydi. Misol uchun, 2024 yilda IT mahsulotlarning 80% IT-dan yiroq odamlar tarafidan yaratilishi kutilayapti. Bularning barchasiga esa Low-code/No-code ya'ni minimal yoki umuman kod yozmasdan dastur yaratish imkoniyatini beruvchi platformalar sabab bo'ldi.

Codeless kompaniyasi tadqiqotiga ko'ra bunday platformalar dastur yaratish vaqtini 10 barobarga kamaytiradi. Microsoft kompaniyasi esa keyingi 5 yilda yaratiladigan 500 million dasturlarning 450 millioni aynan no-code platformarlarda yaratilishini ta'kidlaydi.

No-code platformalar yordamida istalgan qiyinlikdagi dasturlarni yaratish mumkin:
- Web sahifalar
- Yangiliklar sayti, bloglar
- Online savdo do'konlari
- Mobil ilovalar
- Sun'iy intellekt dasturlar
- Telegram botlar
va hokazo.

Mohirdev ta'lim paltformasining ilk versiyasi ham kod yozmasdan, Wordpress yordamida yaratilgan va bu platforma orqali 50mingdan ortiq talaba tahsil olgan (old.mohirdev.uz).

Mohirdev saytining yangi frontend qismi ham (new.mohirdev.uz) Tilda dasturi yordamida kod yozmasdan yaratildi.

No-code platformalar o'z g'oyasini sinab ko'rmoqchi bo'lgan startuplarga ham, xakaton ishtrokchilariga ham, o'z saytini yasamoqchi bo'lgan lekin texnik bilimga ega bo'lmagan boshqa soha vakillariga ham, dasturlash orqali tez daromad qilishni istagan dasturchilarga ham, murakkab loyhalarni kam resurs bilan amalga oshirmoqchi bo'lganlarga ham juda qo'l keladi.

Bugun biz Mohirdevda O'zbek tilidagi ilk No-code kursini taqdim qilamiz. Bizning kursimiz har doimgidek sohada ishlab yurgan, no-code orqali doimiy daromad qilib kelayotgan mutaxassislar tomonidan yozilgan.

Kurs taqdimoti bugun 20:00 da @mohirdev kanalida bo'lib o'tadi. Taqdimot davomida co-code haqida batafsil ma'lumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Taqdimotni o'tkazib yubormang, no-code dastruchilar qatoriga qo'shiling!
👍54👎21😢9🔥21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонга киберҳужумлар: бунинг ортида кимлар турибди, мақсад нима? Мутахассислар билан интервю

Ўзбекистондаги давлат ташкилотлари сайтларига сўнгги ярим йилликда 2 миллиондан ошиқ киберҳужум турлари аниқланган. Мутахассисларга кўра, бутун дунёда ортаётган бу тенденция ортида асосан соҳани янги ўрганаётганлар турган бўлиши мумкин. Kun.uz Ўзбекистондаги киберхавфсизликка туғилаётган таҳдидлар ва унга қарши чоралар ҳақида Киберхавфсизлик маркази вакили ва мутахассислар билан суҳбатлашди.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ КЎРИНГ
🔥32👍263
Bugun Mohirdevda bitiruvchilar bilan uchrashuv. Keyingi bosqich, ishga kirish, portfolio, rezyume boʻyicha amaliy mashlahatlar berayapmiz.

Sardor Dushamov va Ulugʻbek Samigjonov bitiruvchilar rezyumelarini koʻrib, xato va kamchiliklari haqida izoh berishayapti.
👍71🔥15👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rezyume review
🔥62👍11👏32😁1🤔1
Sardor ogʻa uyoqqa deydi, Anvar ogʻa buyoqqa deydi, juniorlarga ham osonmas.
😁608👍22🤯14👎6👏6🤔6🔥42😢2
Forwarded from JR TwitGram 🥂
😁240👍11👏5🔥4🤔3🤩3👎1🥰1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Онлайн фирибгарликларда асосий сабаб инсон омили бўлиб қолмоқда — мутахассислар

Ўзбекистондаги онлайн тўлов тизимлари қулай, лекин бу қулайлик хавфсизлик ҳисобига қурилган. Агар бу тизимлардан бирортасига ҳужум бўлса, унга уланган барча карталар “кетади”, дейди киберхавфсизлик мутахассиси Анвар Нарзуллаев. Унинг айтишича, хорижда банк карталари фақат ўша банкнинг иловаси орқали бошқарилади. Қолаверса, инсонлар ҳам ўз карталарини тўғри келган дастурга улайвермаслиги керак.

📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
👍515🔥4👏2🥰1
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Midjourney-da AI tasvirini yaratish va uni Runway Motion Brush yordamida videoga aylantirish.

@naxalov
👍138🤯51🔥22👏3🤔3🤩3
ChatGPTdan arzimagan narsalarda foydalanib ham vaqt tejash mumkin. Misol uchun men qaydlarni Notion dasturida olib boraman, qaydlar ajralib turishi uchun esa emoji (smaylik) qo'shish kerak. Har bir qayd uchun emoji tanlash ham vaqt oladi, bu vazifani men ChatGPTga yukladim.

Siz ChatGPTdan qanday maqsadlarda foydalanayapsiz?

@sariqdev
👍157🔥33😁9👏6👎31
9-6 ishdan qochib, 24/7 ishga tutilishning ham oʻzgacha gashti bor.

Upd.: Silikon vodiysida “Life is too short to not to do a startup” deyisharkan. Hecham afsuslanmayman.
😁191🔥46👍3911👏10🤔1
Шунчаки дахшат:

Мавжуд хавфсизлик ва текшириш тизимлари жиноятчиларнинг техник тайёргарлик даражасига бардош бера олмаслиги аниқ. Янги чора-тадбирларни, жумладан, биометрикани жорий этиш зудлик билан зарур. Барча Ўзбекистон фуқаролари ўта ҳушёр бўлишлари, икки факторли аутентификацияни ўрнатишлари ва шубҳали ҳаволаларни босмасликлари керак.

деб таъкидлаган блогер.
👍81😱34🔥62🥰1
Rejissyorimiz Jaloliddin bilan kiberxavfsizlik boʻyicha hujjatli film ustida ish boshladik. Bir nechta expertlar va jabr koʻrganlar bilan intervyu qildik.

Agar sizlarda ham kiberhujum haqida shaxsiy tajriba boʻlsa (pul oʻgʻrlashgan, shaxsiy maʼlumotlarni sizdirishgan va hokazo), izoh qoldiring, aloqaga chiqamiz 👇
👍172😁16🔥52🎉2
Forwarded from Tahrirchi | Tilmoch
Bugundan hammaga bir oylik Premium sovg‘a!

Nega? Tahrirchiga yordamingiz kerak! Biz o‘zbek tilini raqamlashtirish va xalqimiz orasida savod darajasini oshirishga bel bog‘lagan ijtimoiy loyihamiz. Shu sabab u doimiy moliyaviy ko‘makka muhtoj. Tanlovda yutsak, Prezidentimiz tomonidan bizga 100 000 dollar grant beriladi!

Qo‘llanma:

1. MyID ilovasini o‘rnating: Android | iOS
2. Avtorizatsiyadan o‘ting.
3. Keyin awards.gov.uz saytiga kirib, “Ovoz berish” tugmasini bosing.
4. “Sun’iy intellekt texnologiyalar” yo‘nalishida “Tahrirchi” loyihasini tanlang.
5. Mezonlar bo‘yicha baholab, ovoz bering.
6. Bo‘ldi!

Videoqo‘llanma | Yana qo‘llanma

Ikki daqiqa vaqtingiz ketadi. Ammo bergan ovozingiz juda muhim!

O‘zbek tilining yorqin raqamli kelajagiga o‘z hissangizni qo‘shing!
👍70🔥175🤔3
Tahrirchi | Tilmoch
Bugundan hammaga bir oylik Premium sovg‘a! Nega? Tahrirchiga yordamingiz kerak! Biz o‘zbek tilini raqamlashtirish va xalqimiz orasida savod darajasini oshirishga bel bog‘lagan ijtimoiy loyihamiz. Shu sabab u doimiy moliyaviy ko‘makka muhtoj. Tanlovda yutsak…
Tahrirchini Oʻzbek tilini raqamlashtirishga katta hissa qoʻshayotgan loyihalardan deb bilaman.

Loyiha rahbari Muhammadsaid bilan ham yaqindan tanishman, aynan til gʻamida yonayotgan, ilm-fanga shoʻngʻigan yigit.

Bunday yoshlarni va loyihalarni albatta qoʻllash kerak. Bitta ovoz bilan, Oʻzbek tili rivojiga ulkan hissa qoʻshishimiz mumkin.

Men ovozimni Tahrirchiga berdim va boshqalarga ham tavsiya qilaman.
69👍60🔥17