Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu ketishda dizaynerlar ham ishsiz qolmasaydi...
👍1
Malayziyada ham qovun hokimlar bor.

Kedah viloyati sudyasi (malaychada sudya hakim bo'ladi), Ariff Md Noor yangi stadionga mutlaqo tushunarsiz, Ffira Mikah deb nom beribdi.
Odamlar ma'nosini so'raganda esa "ffira" grekchada "buyuk", "mikah" esa arabchada Mikoil farishtaning ismi debdi (ikkisi ham yolg'on).
Odamlarning e'tirozidan so'ng stadion nomi olib tashlandi.
Qovun nimadaligini tushunmagan bo'lsangiz stadion nomini teskarisiga o'qing 😂.
👍5
Video darslarimizni ham bo'limlari borligini bilasizmi? Dars davomida istalgan bo'limni ochib ko'rishingiz mumkin.
👍1
Capella Space kompaniyasi yer sharining istalgan nuqtasini katta aniqlik bilan "suratga" oluvchi sputnik xizmatini taklif qilyapti.

Boshqa xizmatlardan farqli ravishda Capella Space sputniklari tasvirni kamera yordamida emas, maxsus radio to'lqinlar bilan oladi. 9.65GHz chastotalik to'lqinlar bulut, tuman, yomg'irni ham bemalol "yorib" o'tib, hatto tim qorong'uda ham yuqori sifatli (50sm anqilikdagi) tasvirni jonli efirda ko'rsatib turadi. Ba'zi holatlarda esa devor ortidagi (tom ostidagi) narsalarni ham ko'rish mumkin (rentgen kabi).

Xizmat pullik bo'lib, istalgan odam yerning istalgan nuqtasini jonli rejimda kuzatishni buyurtma berishi mimkin.

@sariqdev
👍2
Forwarded from PYTHON DASTURLASH TILI
​​🐍Python🐍

🔺Python oddiy tuzilgan dasturlash tili bo'lib, aniq sintaksisga;
🔸Barcha platformalarda bir xil ishlaydigan interfeysga;
🔻Hamda 200 mingdan ortiq to'plamdan iborat kutubxonaga ega;
🔺Python dasturlash tilini o'qish, o'rganish, yozish va testdan o'tkazish oson va qulay;
🔸Python katta dasturlarga yanada yaxshi tuzilish va qo’llab-quvvatlash imkonini beradi;

Shuncha afzalliklarni bilgandan so'ng sizni ham "Python dasturlash tiliga" bo'lgan qiziqishingiz oshdimi?😍
Lekin qayerda qanday qilib yoki kimdan o'rganishni bilmaysizmi? O'zbek tilida bu dasturlash tili haqida kerakli maqola, kitob va qo'llanmalarni topishda qiynalayabsizmi?

👨‍💻 Unda ishbu kanal siz uchun !!! 👩‍💻

𝗣𝗬𝗧𝗛𝗢𝗡 𝗗𝗔𝗦𝗧𝗨𝗥𝗟𝗔𝗦𝗛 𝗧𝗜𝗟𝗜 kanali sizga xuddi biz sariq.dev platformasi kabi mana shunday imkomiyatni taqdim etadi. Kanalda siz Python dasturlash tiliga oid O'zbek tilida maqola, qo'llanma va kitoblarni topishingiz mumkin. Sizga ushbu kanal judayam yoqadi degan umiddaman !!! 🤗
👍2
TechGig portali 2021-yilda o'rganish uchun eng zo'r 5 ta dasturlash tillari ro'yxatini chop qildi:
1️⃣🏆 Python
2️⃣🥈 C++
3️⃣🥉 Kotlin
4️⃣ Java
5️⃣ JavaScript
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Telegramga ovozli chatlar ham qo'shilibdi. @sariqdevchat guruhga qo'shamizmi? 😁
👍1
Kanalga ovozli chat kerakmi?
Anonymous Poll
63%
Ha
16%
Yo'q
21%
Farqi yo'q
👍3