Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Dam olib ham turish kerak. Bugun kichik guruh bilan Chimyonni ishgʻol qildik. Afsus, choʻqqiga yeta olmadik, 2km dan keyin qor odam boʻyi barobar boʻlib, soʻqmoq ham tugadi. Kofe ichib qaytdik.
👍286🤩42🔥29👏10🤯43😱2👎1😁1
Day 18
⚖️ 92.7
🍛 1600
🥾 14657
#loser
😎
🤔77👍45🔥16👏9😁4
Sariq Dev
Day 18 ⚖️ 92.7 🍛 1600 🥾 14657 #loser 😎
Ko’pchilik anglab yetganidek bu mening kundalik vazn, kaloriya va qadamlarim soni.

Nega bu statistikani kanalimga joylab boshladim?

Uzoq yil davomida men juda semiz bo’lganman, vaznim 100+ kg da yurgan. 2018 yili esa Malayziyadagi Universitetim xodimlar orasida “Biggest loser” musobaqaini tashkil qildi. Maqsad - 6 oyda eng ko’p ozgan xodimlarni rag’batlantirish edi.

Men bu vaqtgacha ham bir necha bor ozishga harakat qilgan edim, turli dieta va ozish usullarini o’rganib yurgan davrlar edi. Musobaqa bahona, o’zim bilgan eng oson yo’lni tanladim va 6 oyda 108kg dan 78kg ga ozdim (-30kg 😎) Musobaqada 2-o’rinni egalladim.

Sog’lig’imda ancha oz’garishlar sezdim, qorin ketdi, uyqu zo’r bo’ldi, umuman terlamaydigan, hansiramaydigan bo’ldim.

Uzoq muddat o’zim uchun komfort bo’lgan 80-85kg vaznda yurdim. Keyin esa pandemiya boshlandi va 3 yil uyda o’tirib qoldim. Ortiqcha vazn qaytdi.

Toshkentga qaytib kelganim ham juda “ijobiy” ta’sir qildi. Osh, somsa, norin, qozonkaboblarni so’ginib qolgan ekanman…. Xullas birpasda. yana 100 ga qarab ketib qoldim.

Orada vazn tashlash uchun bir necha bor urindim, 2018 yilda qilgan hamma ishlarimni takrorladim, lekin natija kutgandek bo’lavermadi. Aniqrog’i o’zim ozish yo’lida sobitqadam bo’la olmadim va 2018-yilda eng katta turtki bo’lgan omilni hisobga olmaganimni tushundim: MUSOBAQA!

Demak ozish uchun irodaning o’zi kam, tashqi “nazorat” muhim omil ekan. Shundan keyin kunlik natijani 14000 odam kuzatib boradigan kanalimga joylashni lozim topdim.

Minglab odam seni kuzatib turishi, psixologik tomondan zo’r bosim bo’ldi. Oxirgi 18 kunda 5 kg ga ozdim (97.8➡️92.7). O’zimning rejam haftasiga 1kg dan ozish, marra 85kg. Hozircha yomon emas.

So’raganlar uchun, mening ozish usulim juda oddiy: Kamroq kaloriya, ko’proq harakat. Bu haqida Youtubeda ham ancha avval video qilgan edim. Qiziq bo’lsa ko’ring.

Xullas endi savollarga o’rin qolmadi deb o’ylayman. Kuzatishda davom eting, bu men uchun muhim.

p.s. Mabodo challengega qo'shilaman degan blogerlar bo'lsa, undan ham zo'r. Onlayn bellashamiz 🙂.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👏113👍61🔥11😁9🤩5👎1
Izohlarda ovqatlarni kaloriyasini qanday hisoblaysiz deb soʻrashibdi. Buning uchun maxsus dasturlar bor, men Lifesum ishlataman.

Agar qidirgan ovqatim dasturda topilmasa, Yandexdan qidirib topaman (yandexda Oʻzbek ovqatlari Googledan koʻproq).

Muhimi har bir yegan narsani yozib borish, bir dona hurmo, limon choy, bir boʻlak non, hammasini yozish kerak. Mayda-chuyda ham yigʻilib, kechga ancha kaloriya boʻlib qoladi.

Savollar boʻlsa, marhamat, izohda qoldiring 👇
👍84🤯2🔥1
Bugun men anchadan beri orzu qilib yurgan tadbir, dizaynerlar jangini o’tkazamiz.

Bitta loyiha, bitta sxema, ikkita dizayner. Ularning ishini esa jonli efirda kuzatamiz.

Xullas, bugun soat 15:00 da Mohirdev youtube kanalida dizaynerlar jangini tomosha qiling va sizga yoqqan dizaynga @mohirdev kanalida ovoz bering.
👍60🔥8
Forwarded from MohirDev.uz
Sizga qaysi dizayn ma'qul bo'lyapti?
Final Results
53%
Hayrulloh
47%
Mirjalol
👍23🤔12
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Robototexnika sohasida yangi inqilobga tayyor turing! 🤖

Videoda Boston Dynamicsning "Atlas" humanoid roboti qurilish ishlarida yordam bermoqda. Uning harakatlari, chaqqonligi, nozik ishlarni ham bemalol bajara olayotganini aqlga tasavvur qilish qiyin.

Menimcha, "humanoid" (inson sifat) robotlar bilan bir zamonda yashash juda hayajonli bo'lsa kerak!

Boston Dynamics robotlariga OpenAI-ning GPT-4 modelini ham integratsiya qilishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi........

PS: Oxirida saltoni juda chiroyli amalga oshirdi )

@asadbekdev
👍133🔥27😁10😱9👎7😢3🤩3
⚡️ Sun'iy intellekt haqida barchasini bilib oling

Innovatsiyalar kuni munosabati bilan tashkil qilinayotgan tadbirda @mohirdev asoschisi Anvar Narzullaev Sun'iy intellekt bo'yicha taqdimot qiladi

Ushbu taqdimot davomida qatnashuvchilar sun'iy intellekt nimaligi, uni o'rganish va turli sohalarda qo'llab bo'yicha qimmatli ma'lumotlar olish va sohaga qiziqishi bor insonlar bilan tanishish imkoniga ega bo'lishadi

📅 Tadbir 16-fevral, soat 10:00 da INNO TEXNOPARKda bo'lib o'tadi

👉 Ro'yxatdan o'tish

Sohaga qiziquvchi barcha yoshlarni tadbirda kutib qolamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍47🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tadbir zoʻr boʻldi. INNO Technopark men uchun yangilik boʻldi. Uyimga yaqin bino, har oʻtganda "Bu nima ekan?" deb oʻtardim.

Innovatsion startuplar uchun tayyor co-working va accelerator, ixtirochilar uchun esa haqiqiy laboratoriya ekan.

IT parkdan farqli ravishda, bu yerda robototexnika qurilmalar, metal, plastik, daraxtga ishlov beruvchi maxsus stanoklar ham bemalol foydalanishga mavjud.

Technopark rezidentlariga esa soliq imtiyozlari ham berilgan. Xullas muhit zoʻr, sharoitlar a'lo, faqat kelib, foydalanish kerak.
👍113🔥5🤩3🥰1👏1
Forwarded from Zed News
Президент Zed News каналини ўқийди☺️

Гап шундаки, кеча биз Анвар Нарзуллаев билан уюштирган суҳбатимизда янграган кўплаб таклифлар бугун президент Шавкат Мирзиёев имзолаган қарорда акс этган.

Бу қарор соҳани инсон омилидан халос қилишда муҳим қадам бўлиши мумкин ахир.

Суҳбатда нафақат ток ва газ бўйича, балки шаҳарсозлик, жарималар, мактабдаги зўравонлик ҳақида ҳам таклифлар бор, дастурчиларга эса теп-текин маслаҳатлар берилган.

Суҳбатни тўлиқ қуйида кўришингиз мумкин: https://www.youtube.com/watch?v=JFu6ouWl-Kk

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok | Aloqa
👍48🔥11🤯5
Day 21
⚖️ 92.6
🍛 1600
🥾 5823
#loser
🙂
👍94🤔18👏11😢2
Bugun biz uchun katta bayram, Mohirdev xalqaro maydonga birinchi qadamini qoʻydi: mohirdev.tj sayti ishga tushdi.

Birinchi kursimiz Tojik tilidagi Fullstack PHP dasturlash boʻldi. Inshaalloh tez kunlarda boshqa kurslarimizni ham eʼlon qilamiz.

Bu marraga erishish uchun katta xizmat qilgan Mohirdev jamoasiga alohida minnatdorchilik bildiraman.
👍258🔥61👏13😁9🤩4🎉3