Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Ko'pchilik Data Science va Sun'iy Intellekt yaratish uchun qanday kompyuter olishim kerak deb so'raydi. Keling shu haqida gaplashamiz.

Avvalo shaxsiydan bu savolni so'rashganida mening javobim: "Alohida kompyuter olmang, biz onlaynda Googlening maxsus, bepul kompyuterlaridan foydalanamiz" bo'ladi. Va bu eng to'g'ri javob.

Sababi...

Sun'iy Intellekt modellarni yaratishda katta ma'lumotlarga (big data) ishlov beriladi shuning uchun quyidagi ikki narsa juda muhim:
1. Operaiv xotira (RAM)
2. Ma'lumotlarga parallel ishlov berish

1-ko'rsatkich tushunarli, operativ xotira qancha katta bo'lsa shuncha yaxshi, lekin ma'lumotlarga parallel ishlov berish nima degani?

Gap shundaki, katta ma'lumotlar bilan ishlashning eng tez usuli, ma'lumotlarni kichik bo'laklarga ajratish va bir vaqtda bir nechta bo'laklarga (parallel) ishlov berish. Ya'ni buyerda processor tezligi (GHz) emas, yadrolar soni muhimroq. Afsuski, eng zamonaviy processorlarda ham yadrolar soni juda chegaralangan.

Shuning uchun ham Data Science loyihalarni bajarishda processor emas, grafik kartalardan (GPU) foydalanish urfga aylandi. Grafik kartalar yuzlab yoki minglab kuchsizroq yadrolardan iborat bo'ladi va ma'lumotlarga parallel ishlov berishda processorlardan bir necha yuz barobar tezroq ishlaydi.

Solishtirish uchun, intel i7 processori 6-8 yadrodan iborat bo'lsa, Nvidia RTX2060 2176ta yadroga ega.

Yana bir muhim jihati, Data Science uchun har qanday grafik karta to'g'ri kelavermaydi, to'g'ri grafik kartani tanlash uchun Nvidia saytiga murojaat qilasiz.

Demak, Data Science uchun maxsus kompyuter olaman desangiz shu ko'rsatkichga ahamiyat bering.

Endi to'g'ri javobga qaytamiz 😁. Gap shundaki, yuqoridagi parametrga ega kompyuterlar juda qimmat bo'lib ketadi. Masalan, men juda havasim keladigan lamba tensorbookning narxi 3700$ dan boshlanadi.

Shuning uchun ham biz kursimiz davomida ham, hayotda ham Google Colab yoki Kaggle kompyuterlaridan foydalanamiz.

Solishtirish uchun, Google bizga quyidagi parametrdagi kompyuterni taqdim qiladi (ha, BEPUL):
GPU: Nvidia K80/T4 (narxi, K80 - 40000$, T4 - 9000$)
GPU xotirasi: 12/16GB
RAM: 12-26GB
Ma'lumotlar uchun joy: 358GB

Shuning uchun, Data Science uchun alohida kompyuter olaman demang, o'rtacha kompyuter va yaxshi internet aloqa bilan narxi 50000$ kompyuterda bepul ishlashingiz mumkin.
πŸ‘172🀩32πŸ”₯18😱12😁8πŸŽ‰3😒1
Forwarded from rume.up
Artificial intelligence- Sun’iy Intellekt nima?

Hozirgi kunda biz kinolarda ko’rgan o’sha robotlarning intellekti - aqliy salohiyati aslida real bo’lishi mumkin ekanligining isbotini ko’rib borayapmiz. Xush o’sha biz ko’p marta qaytaradigan sehrli jumlalar - Artificial intelligence - sun’iy intellekt so’zlari nimalarni anglatar ekan? Bugungi postimiz shu haqida. Boshlang’ich tushuncha πŸ˜ŠπŸ‘πŸ»

Postimiz ustozimiz Anvar Narzullohning ( @sariqdev ) ( @mohirdev ) ma’ruzalariga asoslanib collab qilib tayyorlandi. Sizga manzur bo’lsa, fikrlaringizni bildiring β˜ΊοΈβ˜•οΈ


Rustam Shamelov
@rumeup
πŸ‘155πŸ”₯38🀩10πŸŽ‰7❀4😱4πŸ‘Ž1πŸ‘1
Sun'iy Intellekt haqidagi ma'ruza slaydlarini so'raganlarga LINK
πŸ‘173πŸ”₯28❀21πŸŽ‰13🀩9😱7😁5😒3πŸ‘Ž2πŸ‘1
KoΚ»p so'rashgani uchun, javob beraman: baraka topgurlar, chegirmalar jamlanmaydi. Eng kattasini tanlab, shuni ishlatinglar.

Bu bitta bizda emas, boshqa joyda ham chegirmalar odatda shunday ishlaydi.

Bu ketishda jamlab-jamlab, bizni qarz ham qilib qo'yasizlarku πŸ˜…
😁386πŸ‘38😒16πŸ”₯14🀩11😱7πŸŽ‰6πŸ‘2
6 oyda eng ilg’or zamonaviy kasbni egallang, Data Science va Sun’iy Intellekt muhandisi bo’ling.

Mohirdev Data Science praktikumda Google, IBM va Kaggle kompaniyalari o’quv dasturlari asosida tuzilgan eng mukammal kurslarda tahsil oling. Praktikum 30 hafta (6+ oy) va 8 ta kursdan iborat..

Kursni bitirib siz nimalarga ega bo'lasiz:

βœ… Junior dasturchi bo'lib yetishish:
βœ… Anvar Narzullayev bilan bilan birga real proyektlar ustida ishlash
βœ… O'z portfolioga ega bo'lish
βœ… Eng yaxshi o'qigan o'quvchilar ishga tavsiya etiladi

Kurs davomiyligi: 6 oy
Umumiy kurs narxi: 1.500.000 so'm
1.125.000 so'm

Kurs sahifasi: ai.mohirdev.uz

Xarid qilish uchun πŸ‘‰ @mohirdevrobot

Chegirma amal qilish muddati: 7- yanvar, soat 23:59 gacha
πŸ‘141πŸ”₯50🀩8❀6πŸŽ‰5πŸ‘Ž4😱4😒3πŸ‘1
Mukammal telegram bot kursi, muallif Anvar Narzulllaev

Ushbu darsimizda siz barcha talablarga javob beradigan, zamonaviy Telegram bot yaratishni oΚ»rganasiz.

Umumiy kurs narxi: 250.000 so'm
187.000 so'm

Kurs sahifasi: mohirdev.uz/courses/telegram

Kursni xarid qilish uchun @mohirdevrobot ni ishga tushuring.

Chegirma amal qilish muddati 7-Yanvar, 23:59 gacha
πŸ‘135πŸ”₯36πŸŽ‰10🀩6❀5πŸ‘Ž3
Ba'zi ko'p so'ralayotgan savollarga javoblar:

1) Chegirma faqat 1 marta to'lagandagina amal qiladi

2) Bo'lib to'langanda chegirmadan foydalanib bo'lmaydi

3) Bu chegirma bilan oldin Telegram Bot uchun berilgan kupon kodlari birga ishlamaydi

4) Praktikum kurslarini bo'lib to'lash imkoniyati mavjud: IMAN Invest orqali 4 oy davomida. @islomnematt orqali ma'lumot olishingiz mumkin

5) Sotib olingan kurs har doim ochiq turadi. Foydalanish muddati cheklanmagan

6) Chet eldagi foydalanuvchilar @islomnematt bilan bog'lanib to'lov qilishlari mumkin. O'zbekiston uchun CLICK va PAYME ishlab turibdi

7) @MohirdevRobot orqali 1tadan ortiq kursga chegirma kuponini olmoqchi bo'lsangiz, 1-kuponni olib bo'lib /start buyrug'ini qaytadan bering.


#FAQ
πŸ‘111πŸ”₯25😁7πŸŽ‰7🀩7πŸ‘Ž5❀1
2022 yilda top trend texnologiyalar, bozor hajmi va qo'llanilishi.
Ba'zi e'tiborimni tortgan sohalar:

1. SunΚΌiy intellekt, 400 milliard dollar
2. Data Science, 81 milliard dollar
...
5. Virtual reallik, 454 milliard dollar
...
8. Kiberxavfsizlik, 593 milliard dollar
9. Buyumlar interneti, 1.39 trillion dollar
...
20. Kodsiz dasturlash, 125 milliard dollar

@sariqdev
πŸ‘131🀩64πŸ”₯49😱20❀15πŸŽ‰4😁3😒2
Yangi Samsung Odyssey Arc 55" monitori. Mazza qilib ishlashlik ekan.

@sariqdev
πŸ‘305πŸ”₯100🀩60😁16πŸ‘Ž14❀11😱11πŸŽ‰10😒3