Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from Progress Academy
🔴06-avgust kuni 20:00da Malaysiyada IT sohada universitet o'qituvchisi Anvar Nazrulloh(Sariq Dev) bilan online suhbatni tomosha qiling!

Mavzu: Zamonaviy kasblar va ularning imkoniyatlari

Online suhbat Progress Academyning Youtube kanalida namoish etiladi: www.youtube.com/progressacademyuz?sub_confirmation=1

Vebinar boshlanishi haqida esa quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:
https://t.iss.one/joinchat/QDDXin738JhpdAhx
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum darslarimiz taqdimoti kuni aniq bo'ldi!


Shanba kuni, 7 - avgust soat 20.30da Ustozlarimiz Anvar Narzullaev va Mansurbek Abdullaevlar bilan Mohirdev Praktikum taqdimoti bo'lib o'tadi.

Suhbat davomida, praktikum kurslar qanday tashkillashtirilayotgani, nimalar o'rgatilishi va qancha vaqt davom etishi haqida to'liq ma'lumot beriladi.

Ma'lumot o'rnida, Data Science va Sun'iy Intellekt praktikum kursimizda Numpy, Pandas, Matplotlib & Seaborn, Machine Learning, Supervised learning, Unsupervised learning, Deep learning va boshqa ko'pgina texnologiyalarni qamrab olishi kutilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Mohirdev.uz - ko'plab insonlarning texnologiyaga bo'lgan munosabati va qarashini o'zgartirishiga ishonch bildirilayotgan onlayn ta'lim platformasi.


@mohirdev
#mohirdev
👍1
Oxirgi yillarda No-Code/Zero-Code platformalari ancha odimlab ketganidan xabaringiz bormi?

Bu platformalarda hech qanday kod yozmasdan web, mobil, desktop ilovalar yoki o'yinlarni bemalol yarartish mumkin.

Agar 3-4 yil avval bunday platformalarning imkoniyatlari juda chegaralangan bo'lsa, bugunga kelib, bir qator ham kod yozmasdan bemalol frontend, backend, full-stack va sun'iy intellekt asosidagi dasturlar yaratish mumkin bo'lib qoldi.

Gartner Magic Quadrant kompaniyasining hisobotiga ko'ra, 2024 yilga borib barcha dasturiy ta'minotlarning 65% no-code va low-code dasturlar tashkil qilar ekan.

Keyingi maqolalarda shunday platformalarning ba'zilari bilan tanishamiz.

@sariqdev
👍4
Bugun, 20:30 da. O'tkazib yubormang.

LINK: https://www.youtube.com/watch?v=Cep2cA-Psyg
👍2
Taqdimot davomida ko'rgan no-code AI platforma:

https://teachablemachine.withgoogle.com/
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Telegram bot kursimizning navbatdagi qismlari mohirdev.uz sahifasiga yuklandi.

Ushbu 2 qismdan iborat darsimizda Xabarlarga biriktirilgan tugmalar (Inline Keyboards) haqida batafsil tushuncha beramiz.

Dars so'ngida, nihoyat, kursimiz uchun yopiq kanal va u bilan ishlashni o'rganamiz.

LINK: mohirdev.uz/courses/telegram
👍1
Ko'pchilik yangi dasturchilar qayerdan ish topsa bo'ladi deb so'raydi. Shunday bosh og'riqda yurganlarga @teamwork_uz kanalini kuzatib borishni tavsiya qilaman.

Freelance, tajriba oshirish va portfolioga qo'shish uchun ko'pgina loyihalar e'lon qilib turishadi.
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Data Science va Sun'iy intellekt Praktikum haqida ko'p savollar tushayapti. Quyida ularning ba'zilariga javob beramiz.

Boshlanish sanasi: 15/09/2021

0️⃣ Praktikum davomiyligi
Praktikum 30 hafta (7+ oy) va 8 ta kursdan iborat. Birinchi kursimiz Pythonda Dasturlash Asoslari (1 oy) bepul va ochiq bo'lgani uchun, to'lov faqatgina 6 oy uchun olinadi.

1️⃣ Praktikum narxi
Praktikum uchun 1 marta 1.5 million soʻm yoki oyma-oy, 6 oy davomida 300mingdan to'lov qilish mumkin.

2️⃣ Praktikum tarkibidagi kurslar
Python Dasturlash Asoslar (4 hafta)
Data Sciencega kirish va DS metodologiyasi (2 hafta)
Maʻlumotlar tahlili (Data Analysis) (4 hafta)
Maʻlumotlarga ishlov berish (4 hafta)
Vizualizasiya (2 hafta)
Machine Learning (6 hafta)
Deep Learning (4 hafta)
Natural Language Processing (4 hafta)

3️⃣ Darslar formati
Yozib olingan video darslar, amaliy qo'llanmalar, mashqlar, loyihalar

4️⃣ Darslarga yozilish: https://cli.co/praktikum

Batafsil: https://t.iss.one/sariqdev/696
👍1
Gigant IT kompaniyalarda faqat erkaklar ishlay oladimi?

So'nggi yillarni ko'z oldimizga keltirsak, ayollar har bir jabhada muvaffaqiyat qozonib kelishmoqda, xoh u sport bo'lsin, xoh siyosat.

Qiziq bir statistikaga qaraydigan bo'lsak, 2020-yilda IT sohasining eng yirik kompaniyalaridan bo'lgan Facebookning 37% xodimlari, Google kompaniyasi xodimlarining 32% ini esa ayol-qizlar tashkil etgan ekan.

Yurtimizda ham ayol-qiz dasturchilarning birin-ketin ko'payib borayotgani quvonarli hol, albatta. Aslini olganda, ayol-qizlarning bu sohani o'rganishlarida bir talay afzalliklar bor.

Uydan chiqmagan holatda, o'z g'oyalarini raqamli ko'rinishda ommaga taqdim qilish, yaxshi daromadli, xalqaro kompaniyalarda ishlay olish — bularning barchasi dasturlashda mujassamlashgan.

Ushbu sohada ayol-qiz kadrlarni ko'paytirish maqsadida, Najot Ta'lim markazida faqatgina ayol-qizlar uchun mo'ljallangan dasturlash guruhlari tashkil etilayotganini eshitish yana bir quvonarli hol bo'ldi.

Kurs faqat ayol-qizlar uchun mo'ljallanganligini hisobga olib, darslar ham ushbu sohada 6 yildan ortiq tajribaga ega ayol ustoz tomonidan olib borilar ekan.

Dasturlashni o'rganish niyatida yurgan opa-singillaringiz bo'lsa, ushbu o'quv kursini tavsiya qilaman.

Kurs haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi so'rovnomani to'ldirishingiz yoki raqamlar bilan bog'lanishingiz mumkin.

👉 Ayol-qizlar uchun dasturlash kursiga ro'yxatdan o'tish

Tel: +998995150011
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, #Algoritmlar turkumidagi navbatdagi darsimiz ham mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

Mavzu: K-nearest neighbour algoritmi va Klassifikasiya muammosi

LINK: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/
YouTube: https://www.youtube.com/sariqdev
GitHub: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
IT sohasining kelajagi bormi?

Sun'iy intellektning rivojlanishi va dasturlashning to'liq avtomatlashishi qanday oqibatlarga olib keladi?

Kelajakda qanday mutaxassislarga talab katta bo'ladi?

Bugungi yoshlar ertangi kun uchun qanday tayyorgarlik ko'rishi kerak?

Bu va boshqa mavzular haqida mehmonimiz, iqtisodchi, biznes-konsultant, Moskvadagi xalqaro audit firmasi mutaxassisi, @subnazar kanali muallifi Jamshid aka Muslimov bilan bo'ladigan suhbatimizda bilib olish uchun yaxshi imkoniyat.

13-Avgust, soat 20.00 bizning Facebook va Youtube sahifalarimizda bo'lib o'tadigan jonli muloqotni o'tkazib yubormang!

Mohirlar hamjamiyati a'zolarini jonli suhbatda kutib qolamiz!

Suhbatni tomosha qilish uchun link https://postly.app/Eh

@mohirdev
#mohirdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Telegram bot kursimizning navbatdagi qismlari mohirdev.uz sahifasiga yuklandi.

Ushbu darsimizda foydalanuvchiga yuboriladigan matnlarni formatlashni o'rganamiz.

LINK:
mohirdev.uz/courses/telegram

🟢 DIQQAT! Aksiya davom etmoqda, Mukammal #Telegram Bot darsimizning birinchi, bepul qismini tugatgan va quyidagi uchta shartni bajargan foydalanuvchilarga kurs uchun 50000so'm chegirma beriladi:

0️⃣ Istalgan API yordamida yangi bot yaratish
1️⃣ Botni heroku serverida ishga tushirish
2️⃣ Bot kodini GitHub sahifasiga yuklash

Botingizga va GitHub sahifaga bog'lamani izohda qoldrishingiz mumkin (meni tag qilishni unutmang) 👇
👍2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Telegram bot kursimizning navbatdagi qismlari mohirdev.uz sahifasiga yuklandi.

Ushbu darsimizda guruhlarda ishlaydigan bot yaratishni ko'ramiz hamda guruh uchun moderator bot yaratamiz.

LINK:
mohirdev.uz/courses/telegram
👍1
🟢 Bugungi suhbatni o'tkazib yubormang!

IT sohasining kelajagi bormi?

Sun'iy intellektning rivojlanishi va dasturlashning to'liq avtomatlashishi qanday oqibatlarga olib keladi?

Kelajakda qanday mutaxassislarga talab katta bo'ladi?

Bugungi yoshlar ertangi kun uchun qanday tayyorgarlik ko'rishi kerak?

Bu va boshqa mavzular haqida mehmonimiz, iqtisodchi, biznes-konsultant, Moskvadagi xalqaro audit firmasi mutaxassisi, @subnazar kanali muallifi Jamshid aka Muslimov bilan suhbat qilamiz.

👉 Demak, bugun,13-Avgust, soat 20.00 mohirdev Facebook va Youtube sahifalarimizda! 👈

Mohirlar hamjamiyati a'zolarini jonli suhbatda kutib qolamiz!

Suhbatni tomosha qilish uchun link https://postly.app/Eh

@mohirdev
#mohirdev

Savollaringizni izohda qoldiring 👇
👍1
Ko'pchilik Kiberxavfsizlik darslari haqida so'ragan edi. Menimcha, O'zbek tilida hozircha yagona kontent Saud Abdulwahed @saudabdulwahed kanalida qo'yib borilayapti.

Hozirgacha Ethical hacking va Tarmoq xavfsizligi bo'yicha anchagiba darslar qo'yilibdi.

Sohaga qiziqqanlar uchun zo'r boshlash nuqtasi deb bilaman.

Youtube: https://yt.sv/lLWqZN
Telegram: @saudabdulwahed
👍1
Mohirlar uchun yana bir foydali masterklass.

"IT sohasida oliy ta'limning o'rni" mavzusida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalolov bilan jonli suhbat tashkillashtirildi.

Ertaga, 15-avgust soat 20.00da bizning Youtube va Facebook sahifalarimizda jonli bo'lib o'tadigan suhbatni o'tkazib yubormang!

Suhbatni ko'rish uchun link https://postly.app/Ei

Ustozlardan foydali maslahatlarni olish uchun, o'z savollaringizni Youtube va Facebook izohlarida qoldirishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting!

@mohirdev
#mohirdev
👍2
IT mardi maydoni bormi?
Mohirdev
00:28 Жамшид Муслимов ким?
02:06 ИТ соҳасининг келажаги борми?
14:44 Келажакда қандай мутахассисларга талаб катта бўлади?
17:23 Бугунги ёшлар келажакка қандай тайёргарлик кўриши керак?
24:24 Қайси кўникмаларга кўпроқ эътибор қаратиш керак?
35:47 Келажакда дастурчиларга талаб тушиб кетадими?
41:09 Ҳақиқий муваффақият нимада?
47:21 ОТМ да ўқиш аҳамияти
52:02 Мутахассис бўлмаган соҳасида гапириш ҳақида
55:05 Қўрқув билан бирор касбга интилиш
59:18 Блокчейн ҳақида
1:00:48 Қанча кўп ўргансам ҳам камдек туюлади. Нима қилай?
1:04:14 Врачликда ИТ ни қўлллса бўладими?
1:12:36 Квант технологияси ҳақида
1:14:15 Мутахассисликни танлашда ёш аҳамиятга эгами?
1:18:36 Дастурлашни қандай ўрганиш мумкин?
1:21:57 „Чўнтакдан тушиб қолмаган“ китоблар тавсияси
1:24:33 Билимли ёшлар нега йўқ бўлиб қолади?

@subnazar
👍1