Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar, #Django web dasturlash turkumidagi navbatdagi darsimiz matn koʻrinishida mohirdev.uz sahifamizga yuklandi.

Ushbu darsda maʼlumotlar bazasi haqida gaplashamiz. Video darslarni davom etishdan avval ushbu darsni albatta oʻzlashtirib oling.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/ma%CA%BClumotlar-bazasini-loyihalash/
👍1
pip install orqali tashqi paketlarni yuklab olishda paket/modul nomini to'g'ri yozishga ahamiyat bering.

Sonatype axborot xavfsizligi kompaniyasining hisobotiga ko'ra, pip paketlar joylashgan PyPi.org sahifasida bir nechta cryptomining viruslar python moduli sifatida yashiringan.

Bu viruslar pythonning mashhur paketlarining nomiga juda o'xshash qilib (imloviy xato bilan) yozilgan. Masalan, matplotlib o'rniga matplatlib, yoki numpy o'rniga numpi va hokazo.

Demak, modul nomini yozishda ehtiyot bo'lamiz, o'z qo'limiz bilan kompyuterga virus o'rnatib qo'ymaylik. @sariqdevchat guruhimizda ham bir necha bor virtualenv o'rniga vertualenv deb yozganlarni guvohi bo'ldim.

@sariqdev
👍1🔥1
Forwarded from GDG Tashkent (Azamat)
Community Talks #2 - Self-study: Dasturlashni mustaqil o'rganish

Mehmonlar: Muhammadjavohirbek Sur'atov, Ulugbek Samigjonov, Anvar Narzullaev

Moderator: Azamat Majidov
👍1
#Django web dasturlash darslarimizni o'zlashtirish uchun HTML va CSS haqida minimal tushunchaga ega bo'lish kerak.

Keyingi darsimizning boshida bu ikkisi haqida qisqa to'xtalaymi yoki yo'q?
Anonymous Poll
62%
Yaxshi bo'lar edi
20%
Shart emas
8%
👨‍💻 O'zimiz qarab olamiz
4%
😑 Farqi yo'q
6%
🤗 Menga faqat javoblar qiziq
👍1
Assalom alaykum, yana bir savol, 30-40 minutlik darslarni yaxlit chiqargan afzalmi, yoki 10-15 minutlik qismlarga bo'lib chiqarganmi?
Anonymous Poll
55%
Bitta, yaxlit bo'lsin
39%
Qismlarga bo'lgan afzal
6%
Menga javoblar qiziq xolos 😑
👍2
Assalom alaykum, #Django turkumidagi navbatdagi darsimiz mohirdev.uz sahifamizga va YouTube kanaliga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/lesson/blog-yaratamiz-1-qism/
👍2
Forwarded from Bir kuni men...
O'zbek yoshlariga shaxsiy va professional rivojlanishda xalal beruvchi jihatlar:

- aniq maqsadning yo'qligi yoki noaniqligi; "men nimani istayotganimni bilmayman, lekin juda ham istayapman" qabilida yashashadi. Asosiy maqsading nima deb so'rasangiz aniq javob bera olmaydi, chunki o'sha maqsad ishlab chiqilmagan, bo'lsa ham odatda o'ta abstrakt holatda.

- eksperimentlardan o'lgudek qo'rqish; biror o'qishga kirib, bir yil o'qib o'zini topa olmasa ham oilasi, do'stlari, jamiyat bosimidan qo'rqib o'qishni tashlab keta olmaydi. Tavakkal qilishdan juda qo'rqadi.

- sabrsizlik. Natijaga juda erta erishish shart deb biladi. Natija qanday bo'lishining ahamiyati yo'q, tezroq erishsam deydi.

- juda tez yengiladi. 30 ga kirmasdanoq qarilikni bo'yniga oladi. Hayot hali oldinda, kurashishim, harakat qilishim kerak deb o'ylamaydi. Mening hayotim endi shu deb hamma narsaga rozi bo'ladi. Buni meni tabriklayotganlarning tabrigidan bilsa bo'ladi, o'zi mendan 5-6 yosh kichik, lekin menga qarab "biz yetisha olmadik, farzandlarimizga nasib qilsin" deb tilak bildiradi. Qanaqadir qariyalik sindromi))

- mashhur bo'lish, tanilishga o'chlik, qisqasi shuhratparastlik. Bu eng, eng va eng salbiy illatlarimizdan bittasi. Mukofotlar, faxriy, maqtov yorliqlariga o'lgudek o'chmiz. Bu illat ayniqsa ilm-fanda juda pand beradi. Hali ilmiy tadqiqot qilishga kirib kelmasidan avval maqola chiqarish, kitob, qo'llanma yozish kasaliga chalinishadi.

- ota-onaga moliyaviy jihatdan to'la qaramlik. Bu ham jamiyatdagi stereotiplar bilan bog'liq bo'lsa kerak. Ota-onalar bolaning kindigini uzib, o'zini erkin qo'yib yubormaydi. Uylanib bola-chaqali bo'lsa ham uni nazorat qilishga harakat qiladi. Bolaning o'zi ham bunga rozi bo'lib yashaydi.

Hozircha mening kuzatganlarim, o'ylaganlarim mana shular, siz balki boshqa jihatlarni ham bilarsiz.

@birkunimen
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Algoritmlar turkumidagi yangi darsimiz mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

Mavzu: Ochko'z (greedy) algoritmlar, knapsack problem va set-covering problem.

LINK:
https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/lesson/greedy-algorithms-knapsack-problem-set-covering-problem/
👍1
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar #Django web dasturlash turkumidagi navbatdagi darsimiz ham mohirdev.uz sahifamizga va YouTube kanaliga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/lesson/blog-yaratamiz-2-qism/

Dars kodlari: https://github.com/anvarnarz/django-darslar
👍1
Alhamdulillah, Dasturlash asoslari kitobi ham bosmadan chiqib, sotuvga chiqish arafasida.

Kitob Dasturlash Asoslariga oid O'zbek tilidagi eng mukammal qo'llanma bo'ldi desam xato qilmayman.

Kitobning har bir bo'limi uchun maxsus video darslar yozildi va YouTube kanalimizga joylandi. Bundan tashqari har bir mavzuga oid kodlar, dasturlar, amaliy mashg'ulotlar va ularning javoblari onlayndagi GitHub sahifamizga yuklandi.

Kitobni yozishda Python dasturlash tilidan foydalangan bo'lsakda, darsligimiz dasturlash sohasiga ilk qadam qo'ygan barcha ixlosmandlar, yoki Python tilini osonlik bilan o'rganaman deganlar uchun tavsiya qilinadi.

Kitobimiz nafaqat mustaqil o'rganuvchilar, balki o'quv markazlari tinglovchilari, maktab o'quvchilari va oliygoh talabalari uchun ham foydali qo'llanma bo'lib xizmat qiladi deb umid qilamiz.

Kitob tez kunlarda Akademnashr onlayn va oflayn do'konlarida sotuvga chiqadi.

Ulgurji buyurtma uchun esa @akademsavdo profiliga yoki +998994331677 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Assalamu alaykum, Mohirlar!

2-3 oy oldin boshlangan bir yaxshi loyihani MVP ko'rinishda sizlarga taqdim qildik, Alhamdulillah!

Buning uchun ustozlar mehnati, siz azizlar qo'llab-quvvatlashingiz sababi o'laroq shu natijalarga erishdik.

Mohirdev.uz ta'lim platformamiz kundan-kunga darslik, blog, materiallar bilan boyitilib borilmoqda.

Endi belni mahkam bog'lab START berishni ham vaqti keldi. 4-iyul kuni Mohirdev.uz platformasini katta ochilish kuni deb e'lon qilamiz!

Bunda LIVE ko'rinishda barcha ustoz, mentorlar bir joyda yig'ilib, platformadan qanday foydalanish kerak? Kurslar ketma-ketligi, yo'l xaritasi, Mohirlar pullik kurslari, va birqancha boshqa mavzularda savol-javob ko'rinishda ma'lumot berishni joiz deb bildik.

4 - iyulda Mohirlar bilan birga bo'ling!

Soat 17.00
boshlanishi rejalashtirilgan bu LIVE ochilish marosimimiz Youtube, Telegram, Facebook ijtimoiy tarmoqlarida bo'lib o'tadi!

Bizni kuzatib boring, barcha savollaringizni shuyerda yozib qoldiring.

Telegram | Website
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Python Full-stack Web Dasturchi boʻlish uchun yoʻl xaritasi.

So'nggi yillarda Python dasturlash tili eng mashhur tillar qatoriga kirib keldi va 2021-yil ko'rsatkichlariga ko'ra turli reytinglarda JavaScript bilan bir qatroda eng yuqori o'rinlarni egallab turibdi.

Ushbu maqolada Python dasturlash tilida Full-stack Web dasturchi bo'lish uchun yo'l xaritasini tuzamiz. Batafsil

Telegram | Website
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha juda ko'pchilik Microsoft va GitHub birgalikda yaratgan Copilot AI haqida so'rabdi. "Bu dastur kodni o'zi yozar ekan, endi dasturchilar ishsiz qoladimi" degan savollar bo'ldi.

Avvalo dastur nomiga e'tibor bering, co-pilot, ya'ni "yordamchi pilot". Copilot kodni osmondan olib yozmaydi. Dasturchi sifatida siz yoki kodni boshlab berishingiz kerak yoki qanday funksiya (klass) yaratish kerakligini izoh/docstring ko'rinishida aniq ta'riflashingiz kerak. Copliot esa sizning ta'rifingizga ko'ra funksiya yaratib beradi.

Demak dasturning mantiqiy qismi, ya'ni qanday funksiyalar va klasslar kerakligi, ular o'zaro qanday bog'lanishi va munosabatda bo'lishini baribir dasturchi belgilaydi.

Shuning uchun, agar siz muammolarga yechim berishni, mantiqiy va muhimi kreativ fikrlashni biladigan dasturchi bo'lsangiz, xavotirga o'rin yo'q. Lekin, faqat birovlar chaynab, o'gzingizga solib qo'ygan tayyor yechimga kod yozib beradigan koder bo'lsangiz, bu AI sizni ishsiz qoldirishi aniq.

@sariqdev
👍3
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar. Ikki tomonlama (ustoz-shogird) aloqani yaxshilash, kanal obunachilari orasida muloqotlarni tartibga keltirish uchun discord ijtimoy tarmog'ida ochilgan Mohirlar hamjamiyatiga taklif qilamiz.

Rasmlarda ko'rib turganingizdek, bu yerda turli mavzularda guruhlarga bo'linib suhbat qilish mumkin.

Obunachilirimiz orasida o'z sohasi mohirlari bo'lsa, biror yo'nalishdagi kanalda boshqalarga yordam berib tursa juda xursand bo'lar edik.

Discord kanalimizni test qilish uchun ertaga, 3-Iyul kechqurun 17:00da (Toshkent vaqti) qisqa audio/video suhbat o'tkazamiz.

Xullas obuna bo'ling: https://discord.gg/3E9JJ4TRMv

Android / iOS / Windows / Mac uchun Discord dasturlarini o'rnatishni unutmang.
👍2