Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from To'garak
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Biz Farg‘onaga yo‘l oldik!

Ochiq darsda IT sohasiga qiziqqan, o‘z ustida ishlab muvaffaqiyatga erishishni istagan barcha yoshlar qatnashishlari mumkin
__

🎓 Islomjon Tursunov – Internet marketolog, internet-marketing va SMM o‘qituvchisi, Progress Academy asoschisi.
🔎 Mavzu: "Internet-marketing", SMM targeting haqida
__

🎓Javohir Tursunov – dizayn sohasining mutaxassisi
🔎 Mavzu: "Arxitektura, interyer va eksteryer dizayn"
__

🎓Sardor Qodirov – grafik dizayner, motion darslari o‘qituvchisi.
🔎 Mavzu: Grafik va veb-dizayn

10:00 dan 17:00 gacha

Tez orada ko‘rishguncha ✋🏻

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani, Uch ariq MFY- Ahillik koʻchasi 15-uy

📞 +998911088822
📞 +998996117611
📞 +998916651665
👍1
​​42 Maktab haqida eshitganmisiz?

42 - bu frantsuz milliarderi Xaver Niel, Nikolas Sadirac, Kwame Yamgnane va Florian Bucher kabi bir nechta sheriklar tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtiriladigan xususiy, notijorat va tekin kompyuter dasturlash maktabi. Maktab Parijda birinchi marta 2013 yilda ochilgan.

42 dunyoning turli joylarida bepul ta'lim texnologiyalari bo'yicha ta'lim dasturlarini taklif etadi. 42-da o'qituvchilar yoki an'anaviy darslar yo'q. Buning o'rniga, ular texnologik ish joyiga tayyor bo'lgan qat'iy jamoatchilikni tarbiyalash uchun loyihalarga asoslangan va muammoli ta'limdan foydalanib, tengdoshlarning kodlarini ko'rib chiqishdan foydalanadilar. Talabalar kerakli ko'nikmalar, ijodkorlik, muammolarni hal qilish, hamkorlik, muloqot va jamoada ishlash usullarini o'rganadilar. 42 o'quv dasturi to'liq veb-saytlarni ishlab chiqish, kiberxavfsizlik, ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish va boshqalarni o'z ichiga oladi.

Istiqbolli talabalar 42 ga kirish uchun ilmiy daraja yoki aniq texnik ma'lumotlarga ega bo'lishlari shart emas. Qabul qilish bir qator mantiqiy testlar orqali raqobatdoshlar havzasini ("Piskin") faqat eng malakali nomzodlarga tushirish uchun belgilanadi. Abituriyentlar kunlik kodlash mashqlari va qiyinchiliklari bilan intensiv 28 kunlik asosiy mashg'ulotlarda qatnashishlari shart.

42-ning turli xil davlatlarda filiallari mavjud, shu jumladan AQSh, Germaniya, Frantsiya, Abu-Dabi va boshqalar.

Men 2-3 oy oldin 42 Abu-Dabiga topshirgandim. Ikkita testdan o'tdim, ya'ni xotira va mantiqiy testlar, chunki bular 42ga o'qishga kirish uchun talablardir. Xususan, men 28 kun davom etadigan Iyun Pitsiniga boraman.

Biz viza masalasida qiynalmadik, chunki 42ning o'zi biz uchun 30 kunlik Visit Visa taqdim etishdi. Men 19 iyun kuni Dubayga uchaman. Bizga Dubaydan airport pickup va Abu-Dabiga transport xizmatlari ko'rsatiladi. Eng muhimi, ta'lim bepul, bepul turar joy va yarim pansion bilan ta'minlanamiz.

Maslahatim hotirangizni rivojlantiring va dasturlash asoslarini puxta o'rganing. Masalan, shartli bayon (conditional statement) if/elif/else, sikl (loop), funksiya (function). Shu kabi dasturlashning eng fundamental tushunchalarini o'rganib oling, asosiy tushunchalarga ega bo'lsangiz va bularni qanday ishlashini tushunsangiz 42ga topshirsangiz bo'ladi.

Hozircha shu, davomini kuzatib boring...

@bunyodabdusaidovuz
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, mohirdev.uz platformamizga oid yangiliklar, maqolalar, yangi kurslarning anonslari uchun alohida Telegram kanal ochdik.

Kanalda bevosita instruktorlar bilan ham aloqa o'rnatishingiz mumkin.

LINK: https://t.iss.one/mohirdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Dasturlash Asoslari darsimiz to'liqligicha mohirdev.uz sahifasiga qo'yildi.

Darsimizning matn qismi Jupyter notebook texnologiyasi yordamida interkativ ko'rinishda qayta yuklandi. Endi har bir dars ichidagi kodlarni bevosita brazuerda ishga tushurib, kodlarga istalgancha o'zgartirish kiritishingiz mumkin.

Marhamat, darslarimizni Dasturlashga qiziqqan barcha tanishlaringiz bilan ulashing.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/python/
👍1
Assalom alaykum hurmlati Do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTube kanaliga yuklandi.

Mavzu: Dijkstra Algoritmi

LINK: https://youtu.be/W7U4OVjVMx0

Kechroq mohirdev.uz sahifasini ham yangilaymiz.
👍1
Matematikadan bilimlarini kuchaytiraman deganlar uchun yaxshi kanal ekan:

https://t.iss.one/Oliy_matematika_kanali

p.s. Reklama emas. Iltimos, shaxsiydan "rekalama necha pul" deb yozmanglar. Kanalda reklama yo'q.

Yaxshi kanal bo'lsa va eng muhimi original, o'zingiz yaratayotgan kontent bo'lsa bepul tavsiya qilaman.
👍2
Assalom alaykum Hurmatli do'stlar, navbatdagi darslarimiz mohirdev.uz sahifamizga yuklandi.

Ushbu darsda birinchi modelimizni yaratish va Admin panel bilan ishlashni o'rganamiz.

LINK
: https://mohirdev.uz/courses/django

DARSIMIZ KODLARI: https://github.com/anvarnarz/django-darslar

upd. Amaliyotlarni bajarishni ham unutmang: https://mohirdev.uz/courses/django/lesson/amaliyot-2/
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. mohirdev.uz sahifamizga Zokir Rakhimovning @zokir_rakhimov "45 minutda HTML5" darsligi yuklandi. #Django darsimizni kuzatib borayotgan talabalarga qattiq tavsiya qilaman.

Frontend, xususan HTML qanday ishlashi, taglar va elementlar haqida tushuncha hosil qilasiz.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/45-minutda-html5/
👍1
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar.
Dijsktra Algoritmining kodi sahifamizga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/lesson/dijkstra-algoritmi-kodi/
👍1
Forwarded from Sammi
Mohirdevda JavaScript mahoratingizni oshiring!

Ustozimiz Samar Badriddinov bilan sizlarga yangi “Javascript: From 0 to Hero” onlayn kursini taqdim qilamiz!

Bu kursda siz front end va back end JavaScriptda qanday ishlashini o'rganip olasiz.

Kursning maqsadi sizni 0 dan bemalol turli murakkablikdagi Javascript dasturlarni yoza oladigan darajaga olib chiqish.

Kursimiz har haftalik yuzma-yuz Zoom uchrashuvlar, video darslar va muhimi amaliyotdan iborat bo’ladi.

Bu kursimiz, Mohirdev.uz saytida yuklanadi, va kusrni sizlar xoxlagan vaqt, istalgan joyda o'rganishingiz mumkin.

Kursga royhatdan o'tish uchun va darsliklar royhati ko'rish uchun:
👉🏻https://bit.ly/35NZltR

Batafsil
👍1🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vanihoyat telegramga videochat ham qo'shildi.
👍1
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar, #Django web dasturlash turkumidagi navbatdagi darsimiz matn koʻrinishida mohirdev.uz sahifamizga yuklandi.

Ushbu darsda maʼlumotlar bazasi haqida gaplashamiz. Video darslarni davom etishdan avval ushbu darsni albatta oʻzlashtirib oling.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/ma%CA%BClumotlar-bazasini-loyihalash/
👍1
pip install orqali tashqi paketlarni yuklab olishda paket/modul nomini to'g'ri yozishga ahamiyat bering.

Sonatype axborot xavfsizligi kompaniyasining hisobotiga ko'ra, pip paketlar joylashgan PyPi.org sahifasida bir nechta cryptomining viruslar python moduli sifatida yashiringan.

Bu viruslar pythonning mashhur paketlarining nomiga juda o'xshash qilib (imloviy xato bilan) yozilgan. Masalan, matplotlib o'rniga matplatlib, yoki numpy o'rniga numpi va hokazo.

Demak, modul nomini yozishda ehtiyot bo'lamiz, o'z qo'limiz bilan kompyuterga virus o'rnatib qo'ymaylik. @sariqdevchat guruhimizda ham bir necha bor virtualenv o'rniga vertualenv deb yozganlarni guvohi bo'ldim.

@sariqdev
👍1🔥1
Forwarded from GDG Tashkent (Azamat)
Community Talks #2 - Self-study: Dasturlashni mustaqil o'rganish

Mehmonlar: Muhammadjavohirbek Sur'atov, Ulugbek Samigjonov, Anvar Narzullaev

Moderator: Azamat Majidov
👍1
#Django web dasturlash darslarimizni o'zlashtirish uchun HTML va CSS haqida minimal tushunchaga ega bo'lish kerak.

Keyingi darsimizning boshida bu ikkisi haqida qisqa to'xtalaymi yoki yo'q?
Anonymous Poll
62%
Yaxshi bo'lar edi
20%
Shart emas
8%
👨‍💻 O'zimiz qarab olamiz
4%
😑 Farqi yo'q
6%
🤗 Menga faqat javoblar qiziq
👍1
Assalom alaykum, yana bir savol, 30-40 minutlik darslarni yaxlit chiqargan afzalmi, yoki 10-15 minutlik qismlarga bo'lib chiqarganmi?
Anonymous Poll
55%
Bitta, yaxlit bo'lsin
39%
Qismlarga bo'lgan afzal
6%
Menga javoblar qiziq xolos 😑
👍2
Assalom alaykum, #Django turkumidagi navbatdagi darsimiz mohirdev.uz sahifamizga va YouTube kanaliga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/lesson/blog-yaratamiz-1-qism/
👍2
Forwarded from Bir kuni men...
O'zbek yoshlariga shaxsiy va professional rivojlanishda xalal beruvchi jihatlar:

- aniq maqsadning yo'qligi yoki noaniqligi; "men nimani istayotganimni bilmayman, lekin juda ham istayapman" qabilida yashashadi. Asosiy maqsading nima deb so'rasangiz aniq javob bera olmaydi, chunki o'sha maqsad ishlab chiqilmagan, bo'lsa ham odatda o'ta abstrakt holatda.

- eksperimentlardan o'lgudek qo'rqish; biror o'qishga kirib, bir yil o'qib o'zini topa olmasa ham oilasi, do'stlari, jamiyat bosimidan qo'rqib o'qishni tashlab keta olmaydi. Tavakkal qilishdan juda qo'rqadi.

- sabrsizlik. Natijaga juda erta erishish shart deb biladi. Natija qanday bo'lishining ahamiyati yo'q, tezroq erishsam deydi.

- juda tez yengiladi. 30 ga kirmasdanoq qarilikni bo'yniga oladi. Hayot hali oldinda, kurashishim, harakat qilishim kerak deb o'ylamaydi. Mening hayotim endi shu deb hamma narsaga rozi bo'ladi. Buni meni tabriklayotganlarning tabrigidan bilsa bo'ladi, o'zi mendan 5-6 yosh kichik, lekin menga qarab "biz yetisha olmadik, farzandlarimizga nasib qilsin" deb tilak bildiradi. Qanaqadir qariyalik sindromi))

- mashhur bo'lish, tanilishga o'chlik, qisqasi shuhratparastlik. Bu eng, eng va eng salbiy illatlarimizdan bittasi. Mukofotlar, faxriy, maqtov yorliqlariga o'lgudek o'chmiz. Bu illat ayniqsa ilm-fanda juda pand beradi. Hali ilmiy tadqiqot qilishga kirib kelmasidan avval maqola chiqarish, kitob, qo'llanma yozish kasaliga chalinishadi.

- ota-onaga moliyaviy jihatdan to'la qaramlik. Bu ham jamiyatdagi stereotiplar bilan bog'liq bo'lsa kerak. Ota-onalar bolaning kindigini uzib, o'zini erkin qo'yib yubormaydi. Uylanib bola-chaqali bo'lsa ham uni nazorat qilishga harakat qiladi. Bolaning o'zi ham bunga rozi bo'lib yashaydi.

Hozircha mening kuzatganlarim, o'ylaganlarim mana shular, siz balki boshqa jihatlarni ham bilarsiz.

@birkunimen
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Algoritmlar turkumidagi yangi darsimiz mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

Mavzu: Ochko'z (greedy) algoritmlar, knapsack problem va set-covering problem.

LINK:
https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/lesson/greedy-algorithms-knapsack-problem-set-covering-problem/
👍1