Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, alhamdulillah Django web dasturlash kursimizni ham mohirdev.uz sahifamizga yuklab boshladik.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django/
YouTube: https://cli.co/django
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birov yozgan dasturda tushunarsiz funksiyani ko'rsangiz, tegmay qo'yavering 😁

@sariqdev
😁10👍2
Chet el Unuversitetlarida Kompyuter muhandisligi (Computer science) yo'nalishida o'qitiladigan fanlar ro'yxati.

Hozirgi kunda IT va xususan dasturlashga qiziqqanlar juda ko'p. Yana 5-6 yilda bozor to'lib ketadi.

Bir umr qora dasturchi bo'lib yurishni istamasangiz o'zingizni ustingizda davomiy ishlashingiz kerak.

Mana shu ro'yxat sizga yo'l xaritasi bo'lsin.

@sariqdev
👍1
Har bir darsga mehr bilan yondoshish kerak 😁.

Birozdan keyin yangi dars YouTubeda.
👍1
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar, Algoritmlar turkumidagi navbatdagi darsimiz YouTube kanalimizga yuklandi.

Kechroq mohirdev.uz/courses/algoritmlar sahifasiga ham qoʻyiladi.

Mavzu: Hash jadvallari.

Link
: https://youtu.be/_BkKaTQq2aI
👍1
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
📖 PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
🖼 JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
👍2
Shaxsiy hayotdan lavhalar.

Mana shu inson mening Dadam, Mavlutdin Narzullayev bo'ladilar. Juda ko'p IT-larning ustozi.

2000-yilda Yuridik Institutga topshiraman deganimda, u vaqtlar hech kim topshirmaydigan TATUni (hali Aloqa Instituti edi) tavsiya qilganlar. Aynan tavsiya, majburlamaganlar.

Alhamdulillah, bir daqiqa ham afsuslanmadim. 20 yil avval hech kimga kerakmas Axborot Texnologiyalari, bugun dunyodagi eng ilg'or yo'nalishga aylandi.

Video 2019-yil, pandemiyadan avval olingan edi.

https://youtu.be/d_g1S_LFRGQ
👍6
Forwarded from To'garak
Assalomu Alaykum!

Yurtimiz rivojlanishiga katta hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan yoshlar bugun chet davlatlarda qurilish ishlari, yoki o‘zimizda dehqonchilik va chorvachilik bilan mashg‘ul.

Chunki turli shaharlardagi ko‘plab iqtidorli bolalarda kompyuter, Internet, qo‘shimcha pulli mashg‘ulotlarga imkoniyat yetarli emas, dunyo axborotidan bexabar qolishmoqda. Demakki, ular o‘z imkoniyatlari haqida o‘zlari ham bilishmaydi.

Ayni shu vaziyatda biz o‘z jamoamiz bilan kelajak kasblari sari qaysidir ma’noda eshik ochish niyatida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtirib, zamonaviy bilimlar haqida kichik ochiq darslar o‘tishga qaror qildik.

Darslarimiz yosh avlod, maktab va lisey o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar va umuman, zamonaviy kasblar haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lgan barchaga yo‘naltirilgan.
👍2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Django bo'yicha navbatdagi darslarimiz mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django
YouTube: https://cli.co/django
👍2
Bugungi kunda xuddi pasportingizni himoya qilgandek (aslida undan ham qattiqroq) himoya qilish zarur bo'lgan narsalar:
- Telefon paroli
- Telefon raqami (albatta o'zingizni nomingizda bo'lsin)
- Telefonning o'zi va xotirasi (fleshka)
- Apple, Google akkaunt nomi va paroli
- Ijtimoy tarmoqlar ulangan email akkaunt va telefon raqam (o'zingizniki bo'lsin)
- Noutbuk/kompyuter paroli

Hozircha esimga kelganlari. Bu narsalardan birini yo'qotish hayotingizga, shaxsiy xavfsizligingizga jiddiy zarba berishi mumkin bo'lib qoldi.

Kibersavodxonlikni maktablarga kiritish, har bir insonga uqtirish lozim. Chalasavod odamlarning "telefonga parol nega kerak, telegramga parol nega kerak? Nimadan qo'rqasiz? Allohdan qo'rqing" degan ahmoqona gaplariga aldanmang.

Yuqoridagilardan biriga tajovuz bu nafaqat sizni, balki oilangiz, qarindosh-urug' va tanishlarigizni ham xavf ostiga soladi.

@sariqdev
👍3
Assalom alaykum hurmatli doʻstlar. Algoritmlar turkumidagi navbatdagi darslarimiz mohirdev.uz sahifasi va YouTube kanalimizga yuklandi.

Ushbu darsimizda Graph maʼlumotlar tuzilmasi va Breadth-First qidirish algoritmi bilan tanishamiz.

Link: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/
YouTube: https://cli.co/algoritm
👍1
Forwarded from Kanal Hack Pack qilindi !
Assalomu alaykum,

In Shaa Allah 12-iyun, shanba, soat 20:30
da (Toshkent vaqti) navbatdagi ovozli suhbatni o'tkazishni relajalashtirdik.

Bu safar mezbon Ulugbek Samigjonovdan tashqari, hammaga yaxshi tanish bo'lgan Sariq Dev (@sariqdev) Youtube va Telegram kanali asoschisi Anvar Narzullaev mehmon sifatida ishtirok etadilar.

Suhbatimiz AI (Sun'iy intellekt), Machine Learning va Data Science mavzulariga bag'ishlangan bo'ladi. Anvar Aka o'zlarining ko'p yillik tajribalarini bizlar bilan bo'lishadilar. Suhbat davomida o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni berishingiz mumkin. Iltimos, savollar yuqorida aytilgan mavzularga oid bo'lsin.

Hurmat ila,
@ulugbeksamigjonov
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham axlatni shunday yashirasizmi? 😀

@sariqdev
👍1