Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul ๐Ÿ’ป "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
๐Ÿ‘1
Kanalimizning chatiga maxsus @rextester_bot qo'shganmiz. Bu bot yordamida istalgan tildagi sodda kodlarni telegramni o'zidayoq bajarib, natija olish mumkin.

Misol uchun Pythonda yozilgan kodni tekshirish uchun chatda /py3 (yoki /python3) deb yozasiz, va ortidan kodingizni kiritasiz.
Natija chatni o'zidayoq chiqadi.

Marhamat, izohlarda tekshirib ko'ring ๐Ÿ‘‡
๐Ÿ‘1
Bugun, meni nazdimda, O'zbek segnmentidagi Web Dasturlash bo'yicha eng zo'r kanal bilan tanishamiz.

Kanal muallifi Ulug'bekni 2016 yildan, Inhada o'qib yurgan davridan taniyman. Bir yilcha avval gaplashganimizda Standford Universitetining Dasturlash kursida Intstruktor bo'lib ishlayotgan edi. Yaqindan esa Stanfroddagi tajribasini qo'llab, o'z darslarini boshlabdi.

Xullas tanishing, Ulugbek Samigjonov โ€“ 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stack dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi. Toptal Freelance platformasi aโ€™zosi.

Ulugbek Javascript tili va u bilan boโ€™gโ€™liq boโ€™lgan TypeScript, NodeJS, Angular va ReactJS texnologiyalari boโ€™yichi chuqur bilimga ega. Bulardan tashqari, Python (Django, Flask) va PHP (Yii2) tillarini ham mukammal egallagan.

Hozirgacha Ulug'bekning Youtube kanalida HTML va CSS kurslari toโ€™liq yuklangan, tez kunlarda esa JavaScript darslari boshlanadi.

Marhamat, obuna bo'ling:
https://youtube.com/ulugbeksamigjonov
t.iss.one/ulugbeksamigjonov
๐Ÿ‘2
GeekBrains va Logitech kompaniyalari 1-3 Mart kunlari Web dasturlash bo'yicha 3 kunlik bepul webinar o'tkazishayotgan ekan.

Albatta, 3 kunda professional dasturchi bo'lib ketmaysiz, lekin Web dasturlash haqida tushunchaga ega bo'lasiz va kurs yakunda o'zingiz ham bitta web sahifa yaratasiz.

Qiziqqanlar uchun bog'lama: https://bit.ly/2ZLrAGF
๐Ÿ‘1
Pythonda kompyuter ekranindan skrinshot olish uchun juda #foydali pyscreenshot moduli mavjud.

Modul ichidagi .grab() metodi yordamida ekrandan to'liq yoki qisman skrinshot olish, .save() metdoi yordamida esa skrinlarni faylga yozish mumkin.

Ekranning bir qismidan skirnshot olish uchun .grab() metodiga bbox parametri uzatiladi. Bu parametrda ekranning skrinshot olish kerak bo'lgan qismining koordinatalari ko'rsatiladi .grab(bbox=(x1,y1,x2,y2)).

Yangi narsa o'rgandingizmi, albatta amaliyotda qo'llab ko'ring.
๐Ÿ‘3
Guruhimizdagi talabalardan biri quyidagi rasmda qanday xato borligini so'rayapti.

Bu yerda juda oddiy, lekin qo'pol xato bor. Topa olasizmi?

upd: To'gri javob: Dastur nomi va import qilinayotgan modul nomi bir hil bo'lib qolgan (pyscreenshot.py) natijada dastur tashqi modulni emas, o'zini o'ziga import qilayapti.

Fayllarni nomlashda ehtiyot bo'ling.
๐Ÿ‘7๐Ÿ‘2
Argentinalik dizayner Andres Rayzigner The Shipping deb nomlangan virtual mebel kolleksiyasini 450000$ ga sotdi.

Kolleksiyadagi eng qimmat mebel 67777 dollar. Haridorlar mebellarni istalgan virtual olamga joylashi mumkin (Decentraland, Somnium Space, Minecraft).

To'liq kolleksiya bilan dizaynerning Instagram sahifasida tanishish mumkin.

"ะ›ัŽะฑะฐั ะฑะธะทะฝะตั ั…ะพั€ะพัˆะฐ!" ยฉ
๐Ÿ‘1
DeepFake* texnologiyasi qanchalik kuchayib ketganini ko'rish uchun ushbu videoni ko'ring.

Tiktokda deeptomcruise akkaunti egasi mashxur aktyor Tom Kruzning yuzi bilan turli videolar ishlamoqda.

Bu ketishda aktyorlar "yuzi" bilan savdo qiladi xolos. Hatto o'lgan aktyorlarni ham bemalol rollarga "chaqirish" mumkin bo'ladi.

Albatta, kompyuter grafikasi yordamida yuzni almashtirish texnologiyasi avval ham bor edi, lekin juda qimmat va yakuniy natija ko'zga tashlanadigan darajada sifatsiz edi.

*DeepFake โ€” maxsus, sun'iy intellekt asosida ishlaydigan algoritmlar yordamida yuzni "almashtirish" yoki umuman mavjud bo'lmagan odamlarni "yaratish" texnologiyasi.
๐Ÿ‘2๐Ÿ˜2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/vsxJPRLXpgI

Ushbu darsimizda unittest moduli yordamida klasslarning xususiyatlar va metodlarini tekshiruvchi dastur yozishni o'rganamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/testing/37-klass-test

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
๐Ÿ‘1
#ะ˜ะผะปะพ

โŒ Phyton
โœ… Python

To'g'ri yozishni @kitaabun da, dasturlashni esa @sariqdev dan o'rganing ๐Ÿ™‚
๐Ÿ‘2๐Ÿ˜1
Eng ko'p so'ralgan savol: Qanday qilib bir nechta qatorni birdan izohga (kommentga) olish mumkin?

Javob:
Spyderda Ctrl + 1 tugmalari.
PyCharm va boshqa muharrirlarda Ctrl + / tugmalari.

p.s. izohni o'chirish ham huddi shunday.
๐Ÿ”ฅ2โค1๐Ÿ‘1
Tanishing, juda #foydali wikipedia moduli.

Bu modul yordamida Wikipedia sahifasidan qiziqarli ma'lumotlarni qidirib topishingiz va turli loyihalarda ishlatishingiz mumkin (masalan, Zakovat_bot ๐Ÿ™‚).

Modulni (boshqa modullar qatori) pip install wikipedia komandasi yordamida o'rnatasiz.

Wikipedianing Oสปzbek tilidagi sahifasiga murojat qilish uchun wikipedia.set_lang('uz') metodini chaqiring (aks holda, ma'lumotlar ingliz tilida qaytadi).

Kerakli sahifani topish uchun esa wikipedia.page() metodiga murojat qilasiz.

Wikipedia qaytargan sahifaning nomini .original_title, sahifaning qisqa mazmunini esa .summary orqali ko'rishingiz mumkin.

Modul orqali hatto sahifaning to'liq html faylini ham yuklab olishingiz mumkin (.html() metodi).

Agar sahifa haqida yanayam ko'proq ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz wikipedia.WikipediaPage('Oสปzbekiston') metodidan foydalaning.

Xullas, juda #foydali modul ekan. Ko'proq ma'lumot uchun modul dokumentasiyasi bilan tanishishingiz mumkin.
๐Ÿ‘1
Qani, yangi botni tekshirib ko'ramizmi? Sinovdan o'tsa omma bilan ulashamiz.

Marhamat, @uzimlo_bot yordamida xatolaringizni tekshirib oling.

p.s. Ushbu bot Telegram botlar yaratish bo'yicha darslar ustida ishlash jarayonida yaratildi.
๐Ÿ‘1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, avvalo bu hafta yangi darslar chiqmagani uchun barchangizdan uzr so'rayman. Malayziyada o'quv yili tugagani sababli, so'nggi o'n kunlik yakuniy imtixonlar va talabalarni baholash bilan o'tdi.

Keyingi hafta Xudo xohlasa Dasturlash asoslari darslarimizni yakunlaymiz (oxirgi mavzularning nomini sahifamizda ko'rishingiz mumkin). Lekin, bu darslar tugadi degani emas. Aksincha, hali hammasi oldinda.

Keyingi rejalar va qadamlar haqida ertaga batafsilroq post bo'ladi. Rejalar katta, shuning uchun inglizchasiga aytganda stay tuned.
๐Ÿ‘1
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar.

Avval aytagnimdek, dasturlash asoslari darsimiz yakuniga yetib qoldi. Xo'sh keyingi rejalarimiz qanday?

Dastavval reja qilinayotgan darslar bilan tanishsak:

1. Ma'lumotlar tuzilmasi va algoritmlar (Data structures and Algorithms) - har bir dasturchi bilishi shart bo'lgan mavzu.

2. Data Science - bugungi kunda eng dolzarb va kundan-kunga talab ortib borayotgan yo'nalish. Bu darslik o'z ichiga ma'lumotlar bilan ishlashdan tortib, kompyuterlarni tarbiyalash (machine learning, deep learning) mavzularini o'z ichiga oladi.

3. Django - Pythonda web dasturlar yaratish uchun framework (ko'p sonli talablarga ko'ra)

4. Pythonda mukammal Telegram botlar yaratish bo'yicha darslik. Katta ehtimollik bilan bu darslarimiz pullik bo'ladi (lekin qimmat emas ๐Ÿ˜…). Bunga sabab, darslarni tayyorlash uchun ancha vaqt va resurslar sarf qilinayapti. Evaziga esa siz tayyor hunarga ega bo'lasiz, va botlar yozish orqali daromad qilishni ham boshlab yuborishingiz mumkin.

Inshaalloh, darslar orada 1-2 hafta farq bilan, oldinma-ketin boshlanadi, parallel olib ketiladi va tempi avvalgidan tezroq bo'ladi. Sababi, endi siz dasturlash olamiga yangi emassiz (Dasturlash Asoslari darsimizni yaxshilab o'zlashtirib olgansiz) deb tasavvur qilamiz

Texnik jihatdan ham darslarimizni yangi bosqichga chiqaramiz, inshaalloh. Birinchi navbatda, bepul va chegaralangan gitbook xostingidan, maxsus, ta'lim uchun mo'ljallangan xostingga ko'chamiz. Bu o'z navbatida onlayn testlar, amaliy mashg'ulotlarni avtomat tekshirish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, har bir mavzu ostida izoh qoldirish, savol-javob, talabalar bilan ikki tomonlama muloqot va eng muhimi onlayn video muloqot qilish imkoniyati qo'shiladi.

Bularning hammasini amalga oshirish uchun biroz vaqt talab qilinadi, shuning uchun dasturlash asoslari darsimizni tugatib, texnik tayyorgarlik uchun 1 hafta-10 kun tanaffus qilamiz.

Umid qilamiz, bu orada yangi tinglovchilarimiz ham Dasturlash asoslari darslarimizni tugatib, qolganlarga yetib olishadi.

Xullas rejalar katta. Duo qiling va sahifamizni yaqinlar bilan ulashishni unutmang.

Hurmat bilan, Anvar Narzullaev @sariqdev
๐Ÿ‘2
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/tvA1QV7D1Lo

Ushbu darsimizda Pythonning standart kutubxonasidagi datetime, math, pprint, regex modullari bilan tanishamiz.
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/last-words/38-python-library

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
๐Ÿ‘1