Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Sariq Dev pinned a photo
Assalom alaykum, Hurmatli obunachilar. Sizlarga Python Dasturlash tili bo'yicha qisqa qo'llanmamizni taqdim etamiz. Qo'llanmada Python dasturlash tiliga oid muhim tushunchalar qisqa satrlarda berilgan.

Qo'llanma pdf va rasm ko'rinishida mavjud:
๐Ÿ“– PDF faylni yuklab olish (6.3MB)
๐Ÿ–ผ JPG rasmlarni yuklab olish (1.5MB)

Barcha fayllar (kodlar, rasmlar, yuqori sifatli pdf hujjatlar) GitHub sahifamizga yuklangan

Umid qilamizki, qo'llanmamiz Python dasturlash tiliga oid bilimlaringizni xotirada yangilab turishga hizmat qiladi.

@sariqdev
๐Ÿ‘6โค3
Pythondagi #foydali va dasturchilar tomonidan ko'p ishatiladigan funskyalardan biri bu uuid moduli ichidagi uuid4() funksiyasi.

Bu funksiya dastur davomida noyob (takrorlanmaydigan) ID raqam talab qilinganda ishlatilishi mumkin. Misol uchun, sahifangizdan ro'yxatdan o'tgan har bir foydalanuvchi uchun yangi ID raqam yaratishda uuid4() funksiyasi juda asqotadi.

uuid4() funskiyasi 2ยนยฒยฒ (5 undesillion) kombinasiya orasidan tasodifiy, 128-bit uzunlikdagi son qaytaradi. Ya'ni bu shunchlaik uzunki (36 ta 0 lik son) qaytgan son insoniyat hayotida hech qachon takrorlanmasligiga ishonsak bo'ladi.
๐Ÿ‘7
Mendan ko'pchilik IT sohasida magistirlik va doktorlik qilaymi yoki ishga tushib ketaymi deb so'raydi.
Mening shaxsiy maslahatim ishga kiring.

Buning bir nechta sababi bor:
1๏ธโƒฃ Magistrlik va Doktorlik bu ilmiy unvonlar va bu darajalarga ega bo'lish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi. Ya'ni siz 2 yil magistrlik qilgan davrda, 2 yil biror kompaniyada ishlagan odam sizdan ko'ra ko'proq tajribaga ega bo'ladi va sizdan ko'ra qadrliroq kadr hisoblanadi.

2๏ธโƒฃ Ilmiy unvonlar sizni tor sohada mutaxassis qiladi. Ilmiy nazariyalar amaliyotga nisbatan 2-3 qadam oldinda yurishini hisobga olsak, siz olgan bilimlar yaqin kelajakda amaliyotda qo'llanilmaydi.

3๏ธโƒฃ Magistrlik va doktorlik bu sehrli tayoqcha emas. MS yoki Doktor bo'lish sizga ish topishni mutlaqo osonlashtirmaydi. Agar ilmiy unvonga ega bo'lganlar osongina ish topadi deb o'ylasangiz juda qattiq adashasiz. Aksincha, junior (boshlang'ich) ishlarga o'zingiz topshirgingiz kelmaydi (shuncha o'qib junior bo'lamanmi), middle (o'rta) lavozimlarga esa tajribangiz yetmaydi (sababi nazariya qilib yurgansiz).

Qolaversa ish beruvchiga ham magistr yoki doktor odamni past lavozimga olishiga yoki ma'naviy (hijolatchilik) yoki yuridik (unvon uchun qo'shimcha haq to'lash) kabi to'siqlar bo'lishi mumkin.

Xo'sh, unda MS va Doktor kim uchun? Kelajakda o'z sohasida ilmiy izlanishlar, ixtiro va kashfiyotlar qilaman deganlar uchun. Magistraturada o'qish sizni amaliy jihatdan kuchli dasturchi qilmaydi, lekin boshqa ko'nikmalaringizni bir necha bor kuchaytiradi. Misol uchun tanqidiy fikrlash, masalaga yechim topish, murakkab muammolar ustida mustaqil ishlay bilish, ilmiy izlanish va kashfiyotlar qilish va hokazo.

Agar siz IT sohasida bo'lsangiz, maslahatim, sohada 4-5 yil ishlab keyin magistrlikka harakatni boshlang. Magsitraturada o'qish uchun har kuni universitetga borish talab qilinmaydi. Muhimi haftangizdan hech bo'lmasa 1 kunini ilmiy tadqiqod uchun ajrata olishingiz kerak. Pandemiya bahona esa, bemalol ish joyingizdan turib chet elda ham "o'qishingiz" mumkin.
Ham amaliy bilimga, ham yuqoridagi ko'nikmalarga ega mutaxassis oddiy dasturchidan bir necha barobar qadrli bo'ladi. Odatda bunday mutaxassislar dastur yozish bilan emas, murakkab tizimlarning arxitekturasini tuzish, loyihalar uchun texnik talablar yozish, muammolarni tahlil qilish kabi yuqori darajadagi masalalar bilan shug'ullanadi. Ularning oyligi ham bir necha barobar yuqori bo'ladi.

p.s. Yuqoridagi gaplar faqat IT sohasiga tegishli
p.p.s. O'zbekistonda magistr yoki doktorlik qilmang. Arzimaydi.

@sariqdev
๐Ÿ‘7
Microsoft Excel jadvallariga Lambda funksiyasi qo'shilayabdi. Lambda funksiyalari sodda bo'lishiga qaramasdan ular yordamida murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.

Hammasidan qizig'i, endi Excel jadvallari dasturlash tillariga qo'yilgan barcha talablarga javob beradi va rasman Dasturlash tili deb tan olinishi mumkin.

Hozircha Lambdalar Excelning beta versiyasida mavjud va yaqin kelajakda barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo'ladi.

Yana bir qiziq fakt, endi Excelni dunyodagi eng mashxur dasturlash tili deb sanash mumkin. Sababi Excel foydalanuvchilari dunyodagi barcha dasturlash tillari foydalanuvchilari yig'indisida ham ko'p.

Excelni bilsangiz, qo'rqmasdan, dasturchiman deyavering ๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป.

@sariqdev
๐Ÿ‘9
Obunachilirimizdan yana 2 ta ajoyib bot:

1๏ธโƒฃ @namazuzbot - Namoz vaqtlari, Qur'on tilovatlari va boshqa Islomiy ma'vzular

2๏ธโƒฃ @wikipedia_uz_bot - Wikipediadan istalgan mavzuga oid ma'lumotlarni topuvchi bot.
๐Ÿ‘4