Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekistondan ham dunyoni zabt etadigan startuplar chiqishi uchun nima qilish kerak?

Stanford bitiruvchisi va Silkroad Innovation Hub asoschisi Asror Arabjonovdan yoshlarga tavsiyalar.

Toʻliq video Youtubeda.
👍93🔥19👏4
Zoox - oʻzi yurar mashinalar startupi. San Francisco koʻchalarida yuribdi.
👍61🔥17
Kelajakda shu koʻrinishda boʻlar ekan, yaʼni umuman haydovchisiz, faqat yoʻlovchilar uchun.
👍110🔥28👎5🤔4🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TechCrunch Disrupt konferensiyasining birinchi kunini yakunladik. Taassurotlar bir olam. Mohirdev va mohir.ai uchun bir nechta hamkorlar topdik.

Kunni esa Halal Dastarhan restoranida Silkroad Hub va IT park tomonidan tashkil etilgan networking tushlik bilan yakunladik.
👍107🔥26🤩63👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orada koʻngilxushlik ham qilib turish kerak.
😁153👍53🔥12🤯4👎3
Amerikadan yangi oʻljalar bilan qaytayapmiz. Endi bu kitoblarni oʻqish kerak. Vaqt boʻlganda qanday qilib bir vaqtda 5 ta kitob oʻqishimni sirini aytib beraman.
👍184🔥35😁16🤩87
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz turgan uy.
👍125🔥157👏2😁2
Bugun ketar chogʻimizda juda qiziq voqea boʻldi. Rasmdagi yigit, Garvan Doyle mohir.ai loyihasi qiziq ekan deb shaxsiydan yozib qoldi. Kim ekan deb qarasak, Assembly.ai deb nomlangan juda katta Sunʼiy intellekt kompaniya rahbari ekan.

Sherigim Baxtiyor darrov qoʻngʻiroq qildi, Garvin allaqachon mehmonxonaga qaytganini, lekin biz bilan uchrashish uchun qaytishini aytib, kutib turishni iltimos qildi.

Kelganidan keyin esa, 1 soat davomida shunaqangi qiziq suhbat boʻldi. Qaniydi suhbat tugamasa deb qoldik. Garvan bizga juda koʻp maslahatlar berib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatdi, oʻzi qilgan xatolarini biz takrorlamasligimiz uchun nimalar qilishni aytdi. Eng muhimi suhbat soʻngida mohir.ai jamoasini oʻzining muhandislari bilan bogʻlab qoʻyishini aytdi. Keyingi hafta, Oʻzbekistonga qaytgandan soʻng yana gaplashadigan boʻldik.

Hammasidan qizigʻi, bularning hammasi samimiy, beminnat va begʻaraz. Shunchaki zerikkanidan, erinmasdan kelib, bizga butun tajribasini ulashib ketdi.

Tushunarli boʻlishi uchun, Assemblyai 180 million dollarga baholangan, Spotify, BBC, Dow Jones, veed.io va yana boshqa oʻnlab gigant kompaniyalarni ovozli sunʼiy intellekt texnologiyalari bilan taʼminlaydigan kompaniya.

Amerikaga kelish qimmat, lekin birgina mana shunday uchrashuv barcha harajatlarni qoplab yuboradi.
👍380🔥4926🎉10👏7🥰2😁2