Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tunggi New York Rockefeller binosi tomidan koʻrinishi.
🔥164🤩50👍37👏91👎1🥰1
Yoshlar sizlarga nima boʻlgan? Miyangiz zanglab qolganmi? Google, stackoverflow, chatGPT degan narsalarni eshitganmisizlar? Har kuni 10-20 ta shunday xabar shaxsiydan keladi. Guruhda yozganlari sanoqsiz.

Boʻldida endi, sal miyani ham ishga solinglar. Elementar narsalar uchun ham shaxsiydan yozib, javob bermasa "alooo", "...", "???" xabarlar yuborib, meni va eng yomoni oʻzingizni vaqtingizni ogʻirlab.

GOOGLE QILING!

#qalbnolasi
👍326😁162😢29🔥13👎11👏10🤯93🤔2😱2🤩2
Aslida bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biri bu — yoshlarda mustaqil oʻrganish koʻnikmasi yoʻqligi. Yaxshi dasturchining eng kuchli tomoni ham aslida mustaqil oʻrgana olishida.

Umuman olganda esa savol soʻrashdan avval quyidagi qoʻllanmani oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.

https://t.iss.one/mohirdev/1658
👍104🔥18😁3👎21👏1
Ikki haftalik AQSh safaridan qaytdim, bu orada San Francisco, Silicone Valley, New York, Washington DC va Miamiga borib ulgurdim.

Taassurotlar aralash. Qisqacha yozsam:
- Amerika tabiati juda go’zal. Haddan tashqari go’zal. Bizda unday joylar yo’q (Bunyodkor stadionini hisobga olmasa 😅).
- Kichik shaharlar, katta shaharlardan ming barobar yaxshi. Tinch, sokin, osoyishta lekin zerikarli.
- New York va San Francisco shaharlari yashash uchun yaramaydi. Magaram multimillioner bo’lmasangiz.
- Musulmonlar uchun o’ta noqulay. Tahorat qilishga, namoz o’qishga, taomlanishga joylar juda cheklangan.
- Halol ovqat faqat lavash va donerdan iborat. 2 hafta yeganimiz shu bo’ldi.
- Amerika juda qimmat. Bitta bundayroq ovqatlanish (lavash + cola) 15-20$. Shifoxonaga ishingiz tushmasin, undan o’lgan arzonroq.
- Soliqlar 🤬. Narxlar soliqsiz yoziladi, kassaga borganingizda 10-15% qimmat chiqadi. Chalg’itadi.
- Maoshlar zo’r, soliqlar esa daxshat. Tayyor bo’ling.

Shaxsan men Amerikaga yashash uchun bormasdim. Lekin sayohat uchun har yili borishni reja qildim (viza berib turishsa, albatta).

Yoshlarga tavsiyam, o’qish va ish uchun boring, o’sha yerda qolib ketish uchun esa arzimaydi.

Bularning barchasi albatta shaxsiy fikr. Mingta odam, mingta fikr.

Qolgan taassurotlarni astalik bilan kanalda joylab boraman.
👍521🔥4815😁13🎉5🤔4👎3👏3🥰2😱1🤩1
Qurbon Hayiti muborak azizlar!
🎉482👍8925🔥18👏8🤩4🥰2
Kecha juda qiziq savol bilan murojaat qilishdi, "Tarmoq messenjerlar orqali intim suratlar almashishi xavfsizmi?". Boshqacha qilib aytganda, tarmoq orqali yuborilgan suratlarni 3-shaxslar koʻra oladimi?

Umuman olganda, maʼlumotlarni 3-shaxslarga ochiqlamasdan yuborishning yoʻli bor, lekin bu jarayon ancha murakkab va oddiy odamlar uchun deyarli imkonsiz.

Telefon yordamida suratga olinganda eng avval bu surat Android yoki iOS bulut xotirasiga saqlanadi.

Endi rasmni messenjer orqali yuborsangiz rasm avval messenjer serveriga, keyin esa qabul qiluvchiga yetkaziladi.

Endi bu ikkisidan tashqari, telefoningiz xotirasiga dostup olgan yana son mingta dasturlar bor. Agar siz bu dasturlani pala-partish, shartlarini oʻqimasdan oʻrnatgan boʻlsangiz, ularga ham xotiradagi rasmlarni oʻz serveriga koʻchirib olish imkonini berib qoʻygan boʻlasiz.

Bizda aksar odamlar ilova oʻrnatishda ilova nimalarga dostup olishini oʻqimasdan oʻrnatib yuborishadi, natijada telefondagi maʼlumotlar ochiqlanib qoladi. Sizga dasturini bepul bergan ilovalar sizning maʼlumotlaringizni sotib kun koʻrishi ehtimoli bor.

Endi bulardan ham omon qoldim desangiz, sizni yana bir xavf kutayapti. Edinburgh Universiteti tadqiqotiga koʻra Oppo, Realme, Xiaomi, OnePlus kabi Xitoy kompaniyalarining telefonlari foydalanuvchi xotirasidagi maʼlumotlarni doimiy ravishda oʻz serverlariga yuborib turadi. Bunga foydalanuvchi shaxsiy maʼlumotlaridan tashqari telefon ekranidan skrinshotlar ham kirishi aniqlangan.

Va nihoyat xoh oʻzimizniki boʻlsin, xoh chet elniki, xavfsizlik xizmati xodimlarini ham unutmaylik 😅.

Xullas, keyingi safar intim suratlar yuborish emas, olishdan avval ming martta oʻylab koʻring.

@sariqdev
👍209😁91🤯145😢4🤩3🤔1😱1
Forwarded from Osmondagi bolalar
«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi sonidan ilk qisqa video «YouTube» sahifamizga joylandi!

👉 https://youtu.be/zuL540ZnlEE

Videoni hoziroq tomosha qiling!

@Osmondagibolalarr
👍68🔥116👏1
Doʻstlar!

Shoshiling, 10 iyulgacha! Mohirdev IT kompaniyasi mamlakat boʻylab chuqur matematik bilimga, mantiqiy va tahliliy fikrlashga, murakkab narsalarni sodda tilda tushuntirishga qodir, kompyuter texnologiyalarini chuqur biladigan iqtidorli yoshlarni izlayapti.

Eʼtibor bering: ushbu dastur faqat kuchli raqamli savodxonlikga ega yoshlar uchun, boshlangʻichlar uchun emas.

Biz nostandart vazifalarni nostandart grafik boʻyicha sifatli bajarish va kompaniyani rivojlantirishga tayyor shijoatli va aqlli odamni qidiryapmiz. U oʻzbek va ingliz tillarida yaxshi gapira olishi ham kerak.

Bilim bera olish qobiliyatiga ega insonlar bor. Koʻproq tajriba va qobiliyati bor odamlarga butun bir fanni ishonib topshirish mumkin, ular uni boʻlaklarga boʻladi va tushuntiradi. Eng yuqori daraja esa noyob tarzda dars oʻtish, bilimlarni ulashish va shogird oʻstirishdir. Agar siz ana shu 3 ta yoʻnalishda ham qobiliyatli boʻlsangiz, tasanno deymiz.

Nima talab qilinadi: hozirgi avlod ehtiyojlariga mos keladigan oʻquv dasturi tuzish, yoshlarni kompyuter, dizayn va texnologiya sohalariga qiziqtirish uchun dars va loyihalar ishlab chiqish, oʻqitish va tarbiyalash qobiliyatiga ega boʻlish. Samarali taʼlim berish uchun texnologik vositalar, dasturiy taʼminot va ilovalarni aniqlay olish. Hamma yoʻnalishda tajribali boʻlish shart emas, lekin siz yechim topa olishingiz muhim.

Shartlar:
Kompaniya taʼsischilari bilan ishlash
Rasmiy ishga qabul qilinish, barcha soliqlar toʻlanadigan ish haqi
Oyiga 4 000 000 soʻmdan 15 000 000 soʻmgacha daromad
Koʻplab murakkab, nostandart vazifalar va loyihalar
Siz keng koʻlamli loyihani boshlashda ishtirok etasiz
Samarali taym menejment
Dinamik ritm va juda koʻp harakat

Agar ushbu vakansiya sizga qiziq boʻlgan boʻlsa va suhbatga chaqirilishni istasangiz, havola orqali oʻting va maxsus formani toʻldiring. Siz bilan oʻzimiz bogʻlanamiz.
👍113👎27🔥43
Raqamlashtirish Vazirligi tomonidan tashkil etilgan Digital Leadership forumda qatnashayapmiz.

Rejalar katta, 2030 yilga qadar IT mahsulotlar exportini $5mlrdga chiqarish. Buning uchun esa 300 mingdan ortiq mutaxassis kerak boʻladi.

Rustam Karimjonov, Vazir oʻrinbosari
👏97👍29😁14🔥73👎2
Universitetlar, oʻquv markazlar, online ta'lim, hammaga ish yetib ortadi.
🔥75👍19😁11👎3
Imtiyozlar.

Xalqaro sertifikatlar, Ingliz tili sertifikatlari imtihonlari toʻlab beriladi.

Noutbuk uchun imtiyozli kreditlar.

Xalqaro kompaniyalarga ishga kirgan bitiruvchilar uchun oʻquv markazlarga pul toʻlanadi (shartlari ancha jiddiy).

Va boshqalar...
48👍39🔥10😁4👎2
Coursera vakili nutqi boshlandi.

Ish beruvchilarning:
- 62% isj berishda diplomga emas, bilim va koʻnikmalarga qaraydi.

- 90% diplom emas sertifikatlar muhimroq.
👍92😁122👎2
Yildan-yilga ishchilarga talab ortib borayotgan sohalar.

Top uchtalik hammasi Data science va Sunʼiy intellekt 😎
👍84🔥11🤩7😁5🤯1