Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
22-Dekabrda Inha Universutetida bo'lib o'tadigan Mohirdev tadbiriga yozildingizmi?
Anonymous Poll
21%
Ha
63%
YoΚ»q
15%
U nimaydi?
πŸ‘3❀1
Xudo xohlasa Inha Universitetida ko'rishguncha ✈️
πŸ‘13🀩2
Bugun...
πŸ‘8πŸ”₯3
Forwarded from MohirDev.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
πŸ‘6πŸ”₯1
πŸ‘12πŸ”₯2
Muallif @mayoquz
πŸ‘7🀩3
Ulugʻbek Samigjonov qancha maosh oladi? 😳
πŸ‘16
Forwarded from MohirDev.uz
Mohirlar hamjamiyati bir joyda yig'ildik.

πŸ‘‰ Fotolavhalarni ko'rish uchun bosing

Ustozlarimizdan yoshlarga juda ko'p kerakli ma'lumot va tavsiyalar berildi.

Meetupda ishtirok etgan hammaga rahmat.

Bizni kuzatishda davom eting!

@mohirdev
#mohirdev
πŸ‘11❀2πŸŽ‰2πŸ”₯1
Forwarded from Najot Ta'lim
Uzoq kutilgan master-klass: Anvar Narzulloh bilan

Ko'plab taklif va talablarni inobatga olgan holda bu gal avval TATUni, so'ngra Koreyaning Yeungnam universitetida magistrlik va doktorlik (PhD) unvonlarini himoya qilgan, hozirgi kunda University Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi va Mohirdev.uz onlayn ta'lim platformasi asoschilaridan biri Anvar Narzulloh bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik.

✨ Mehmonimiz hammuallifligidagi Mohirdev.uz ta'lim platformasi "Open Data Challenge 2021" hakatonining g'olibi va Seedstars xalqaro startap loyihalar tanlovining final bosqichi ishtirokchisi ham hisoblanadi.

Master-klass 26-dekabr, yakshanba kuni, soat 14:00 da markazimizning Chilonzor filialida bo'lib o'tadi.

Anvar Narzulloh bilan "Sun'iy intellekt" mavzusida bo'lib o'tadigan master-klassda barcha dasturlash sohasida ta'lim olayotgan markazimiz o'quvchilarini kutib qolamiz. Faqat joylar soni cheklanganligini inobatga olgan holda hoziroq ro'yxatdan o'tishni unutmang. πŸ˜‰

πŸ‘‰ Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

πŸ§‘πŸ»β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž Tel: +998712001123

πŸ”΄ YouTube sahifa
πŸ‘16πŸ”₯7πŸŽ‰1
Assalom alaykum, Instagramga kirib, like bosib yuboringlar, iltimos 😎

https://www.instagram.com/p/CYA9iYfKfl1/?utm_medium=copy_link
πŸ‘21πŸ”₯2
Shu jamoa bilan xakatonda g'olib boʻldik 😎
πŸ‘72πŸ”₯26πŸŽ‰6🀩4❀3
Forwarded from MohirDev.uz
​​Chegarasiz taΚΌlim olish imkonini beruvchi mohirdev platformasi 500 000$ investitsiya jalb qildi.

2021 yil Iyul oyida asos solingan mohirdev.uz platformasining asl maqsadi sifatli va ommabop onlayn taΚΌlim yordamida yosh mutaxassislarni tayyorlash. Hozirga qadar mohirdev.uz saytida 30 dan ortiq bepul va pullik kurslarda 15000 dan ortiq talabalar tahsil olib kelmoqda.

Oβ€˜tgan bir necha oy davomida investorlar bilan muzokaralar olib borgan Β«mohirdevΒ» loyihasi 29 Dekabr kuni "Pulse Group" Oβ€˜zbek-Turk qoβ€˜shma korxonasi bilan kelishuvga erishdi va platforma rivoji uchun 500 000$ investitsiya jalb qildi.

Shu kunga qadar sanoat va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, keng-tarmoqli β€œPulse Group” kompaniyasi uchun ham mohirdev platformasi bilan hamkorlik IT sohasidagi birinchi investitsiya hisoblanadi.

Jalb qilingan investitsiyalar kurslar soni va sifatini oshirish, talabalarga qoβ€˜shimcha qulayliklar yaratish, Markaziy Osiyo davlatlariga chiqish va eng muhimi 2023 yilda onlayn universitet tashkil etish uchun yo’naltiriladi.

mohirdev platformasi asoschilari:

Dr. Anvar Narzullayev
- Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot Texnologiyalari kafedrasi yetakchi mutaxassisi, sariq.dev loyihasi asoschisi, Axborot Texnologiyalari muhandisi.

Muhammad Xalil - Westminster International University in Tashkent BIS (Business Information Systems) bitiruvchisi. Wasaf Int. Solutions va bir nechta startup loyihalar asoschisi.

Ulugβ€˜bek Samigjanov - 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stask dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasi yetakchi dasturchi-muhandisi, hamda Toptal Freelanse platformasi aΚΌzosi. Stanford Code In Place va RSSchool maktabi mentori.
πŸ‘63πŸ”₯24❀8πŸŽ‰8🀩8😱5
Forwarded from IT Park Namangan
#yangilik πŸ“Œ

Assalomu alaykum hurmatli do'stlar!
SIzlarni @sariqdev hamda @mohirdev loyihalari asoschisi Anvar Narzullayev bilan bo'ladigan Telegramdagi ilk suhbatimizga taklif etamiz. Suhbatda kamina ham bo'ladi πŸ˜‰

πŸŽ™ Suhbat mavzusi: Koreyada IT va ta'lim.

πŸ“… Vaqti: 1-yanvar shanba kuni, 18:00 (Toshkent vaqti bilan).

Barchangizni suhbatda kutib qolamiz. Savollaringizni hozirlab turing.

Do'stlar bilan ulashing 😊

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
πŸ‘154πŸ”₯41❀16πŸŽ‰16😱12😒12🀩7😁6
Telegramni yangiladingizmi?
πŸ‘840πŸ”₯209🀩107πŸŽ‰92😁64😱51❀39πŸ‘Ž30😒30
β€œRaqamli avlod -2022” IT oromgohida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish boshlandi!

Ushbu keng ko’lamli IT tadbir 4-8-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy maktabida online tashkil etiladi.

IT oromgoh yo’nalishlari:

⁃ Dasturlash asoslari(Python)
⁃ Frontend (Javascript, react)
⁃ Backend(Django)
⁃ . NET
⁃ Grafik dizayn (Adobe Photoshop, Sketchbook)

Shoshmasdan, tez-tez harakat qiling va hoziroq ushbu sayt orqali ro’yxatdan o’ting.
πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
Digitalgeneration.uz
Telegram
πŸ‘118🀩44πŸ”₯25😁14πŸŽ‰12❀8😒6😱4πŸ‘Ž2
Ko'pchilik Data Science va Sun'iy Intellekt yaratish uchun qanday kompyuter olishim kerak deb so'raydi. Keling shu haqida gaplashamiz.

Avvalo shaxsiydan bu savolni so'rashganida mening javobim: "Alohida kompyuter olmang, biz onlaynda Googlening maxsus, bepul kompyuterlaridan foydalanamiz" bo'ladi. Va bu eng to'g'ri javob.

Sababi...

Sun'iy Intellekt modellarni yaratishda katta ma'lumotlarga (big data) ishlov beriladi shuning uchun quyidagi ikki narsa juda muhim:
1. Operaiv xotira (RAM)
2. Ma'lumotlarga parallel ishlov berish

1-ko'rsatkich tushunarli, operativ xotira qancha katta bo'lsa shuncha yaxshi, lekin ma'lumotlarga parallel ishlov berish nima degani?

Gap shundaki, katta ma'lumotlar bilan ishlashning eng tez usuli, ma'lumotlarni kichik bo'laklarga ajratish va bir vaqtda bir nechta bo'laklarga (parallel) ishlov berish. Ya'ni buyerda processor tezligi (GHz) emas, yadrolar soni muhimroq. Afsuski, eng zamonaviy processorlarda ham yadrolar soni juda chegaralangan.

Shuning uchun ham Data Science loyihalarni bajarishda processor emas, grafik kartalardan (GPU) foydalanish urfga aylandi. Grafik kartalar yuzlab yoki minglab kuchsizroq yadrolardan iborat bo'ladi va ma'lumotlarga parallel ishlov berishda processorlardan bir necha yuz barobar tezroq ishlaydi.

Solishtirish uchun, intel i7 processori 6-8 yadrodan iborat bo'lsa, Nvidia RTX2060 2176ta yadroga ega.

Yana bir muhim jihati, Data Science uchun har qanday grafik karta to'g'ri kelavermaydi, to'g'ri grafik kartani tanlash uchun Nvidia saytiga murojaat qilasiz.

Demak, Data Science uchun maxsus kompyuter olaman desangiz shu ko'rsatkichga ahamiyat bering.

Endi to'g'ri javobga qaytamiz 😁. Gap shundaki, yuqoridagi parametrga ega kompyuterlar juda qimmat bo'lib ketadi. Masalan, men juda havasim keladigan lamba tensorbookning narxi 3700$ dan boshlanadi.

Shuning uchun ham biz kursimiz davomida ham, hayotda ham Google Colab yoki Kaggle kompyuterlaridan foydalanamiz.

Solishtirish uchun, Google bizga quyidagi parametrdagi kompyuterni taqdim qiladi (ha, BEPUL):
GPU: Nvidia K80/T4 (narxi, K80 - 40000$, T4 - 9000$)
GPU xotirasi: 12/16GB
RAM: 12-26GB
Ma'lumotlar uchun joy: 358GB

Shuning uchun, Data Science uchun alohida kompyuter olaman demang, o'rtacha kompyuter va yaxshi internet aloqa bilan narxi 50000$ kompyuterda bepul ishlashingiz mumkin.
πŸ‘172🀩32πŸ”₯18😱12😁8πŸŽ‰3😒1