Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Google kompaniyasi yangi SR3 nomli Sun'iy Intellektni taqdim qildi. Bu dastur kichik hajmdagi sifatsiz rasmlarni yuqori sifatli HD ko'rinishiga olib keladi.

Yuqorida ko'rib turganingizdek, SR3 xatto mayda 32pixel rasmlarni ham 1024 (full HD) sifatida tiklab bergan.

Bu degani kelajakda eski, xira rasmlarni bemalol tiklab olish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari internet orqali ham yuqori sifatli tasvirlarni siqib, kichik hajmda yuborish va qabul qilgandan so'ng sifatini tiklab olish mumkin bo'ladi.

@sariqdev
👍5
Fikringiz qanday? 👆
👍3
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Telegram bot kursimizning yangi darsi mohirdev.uz sahifasiga yuklandi.

Mavzu: Bot orqali to'lov qabul qilish.

LINK:
mohirdev.uz/courses/telegram

🟢 DIQQAT! AKSIYA DAVOM ETMOQDA!

Mukammal #Telegram Bot darsimizning birinchi, bepul qismini tugatgan va quyidagi uchta shartni bajargan foydalanuvchilarga kurs uchun 50000so'm chegirma beriladi:

0️⃣ Istalgan API yordamida yangi bot yaratish
1️⃣ Botni heroku serverida ishga tushirish
2️⃣ Bot kodini GitHub sahifasiga yuklash

Botingizga va GitHub sahifaga bog'lamani izohda qoldrishingiz mumkin (meni tag qilishni unutmang) 👇
👍1
Forwarded from Sariq Dev
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, Data Science va Sun'iy intellekt Praktikum haqida ko'p savollar tushayapti. Quyida ularning ba'zilariga javob beramiz.

Boshlanish sanasi: 15/09/2021

0️⃣ Praktikum davomiyligi
Praktikum 30 hafta (7+ oy) va 8 ta kursdan iborat. Birinchi kursimiz Pythonda Dasturlash Asoslari (1 oy) bepul va ochiq bo'lgani uchun, to'lov faqatgina 6 oy uchun olinadi.

1️⃣ Praktikum narxi
Praktikum uchun 1 marta 1.5 million soʻm yoki oyma-oy, 6 oy davomida 300mingdan to'lov qilish mumkin.

2️⃣ Praktikum tarkibidagi kurslar
Python Dasturlash Asoslar (4 hafta)
Data Sciencega kirish va DS metodologiyasi (2 hafta)
Maʻlumotlar tahlili (Data Analysis) (4 hafta)
Maʻlumotlarga ishlov berish (4 hafta)
Vizualizasiya (2 hafta)
Machine Learning (6 hafta)
Deep Learning (4 hafta)
Natural Language Processing (4 hafta)

3️⃣ Darslar formati
Yozib olingan video darslar, amaliy qo'llanmalar, mashqlar, loyihalar

4️⃣ Darslarga yozilish: https://cli.co/praktikum

Batafsil: https://t.iss.one/sariqdev/696
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Qaysi dasturlash tilidan boshlashim kerak?

Har bir dasturlashni o’rganishni boshlayotgan inson ushbu savolga javob qidiradi. Ular notog’ri tanlov qilib qo’yishdan havotir olishadi. Bu maqolada Python Praktikumi muallifi Jahongir Rahmonov sizga shu qarorni qabul qilishda bir nechta amaliy mulohazalar orqali ko’maklashishga harakat qilib ko'radi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/qaysi-dasturlash-tilidan-boshlashim-kerak/

Python Praktikum haqida ma'lumot olish: https://youtu.be/qk-6twDKE90

Python Praktikumga ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/Mxw1UsT84Lf2rmh77

Bizni kuzatishda davom eting!

@Mohirdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, mana asta-sekin 10k marrani ham o'tibmiz.
Doimiy qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun barchangizga katta rahmat!

Keyingi marra 100k 😎
👍3
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. #Telegram bot kursimizning 4 ta yangi videosi mohirdev.uz sahifasiga yuklandi.

Mavzu: SQLite ma'lumotlar ombori.

LINK:
mohirdev.uz/courses/telegram

🟢 DIQQAT! AKSIYA DAVOM ETMOQDA!

Mukammal #Telegram Bot darsimizning birinchi, bepul qismini tugatgan va quyidagi uchta shartni bajargan foydalanuvchilarga kurs uchun 50000so'm chegirma beriladi:

0️⃣ Istalgan API yordamida yangi bot yaratish
1️⃣ Botni heroku serverida ishga tushirish
2️⃣ Bot kodini GitHub sahifasiga yuklash

Botingizga va GitHub sahifaga bog'lamani @sariqdevadmin ga yuboring!
👍1
Yaxshi bilgan va yaxshi ko'rgan sohangda dars o'tish ham mazzada. Masalan Dasturlash Asoslari va Algoritmlar darsini miriqib, yengilgina yozgan edim. Django esa ancha qiyinchilik bilan, o'zimni yengib, majburlab yozdim. Sababi Web dasturlash bu asosiy soham emas.

Telegram bot darslar ham nisbatan yaxshi ketayapti, lekin hammasidan mazzasi aynan Data Science kursi bo'layapti.

Yillar davomida qilib kelgan ishim, yaxshi tushungan soham. Darslarni yozish ham dam olishdek bo'layapti. Kechani o'zida 3 ta dars yozib tashladim.

Hayotda yaxshi ko'rgan narsamizni qilish hammamizga nasib qilsin.

p.s. Kursga yozilishni istaganlarga link: https://cli.co/praktikum
👍6
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturchi sifatida universitetda o'qish uchun 7 sabab

Hozirgi kunda ko'pchilik dasturchi bo'lish uchun universitet kerak emas, aksincha uni to'siq deb hisoblaydi. Bugungi maqolada esa Azimjon Pulatov (Backend Engineer, Super Dispatch) dasturchilar uchun uuniversitet ahamiyatli va muhimligini tushuntirib berishga harakat qiladi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/universitet-sabablar

Bizni kuzatishda davom eting!

@mohirdev
👍2🤩1
Bir soatdan so'ng yangi Android Praktikum taqdimoti bo'ladi, o'tkazib yubormang:

Link: https://youtu.be/55oXfjt44AE
👍1
Assalomu alaykum hurmatli do'stlar, barchangizni Dasturchilar kuni bilan tabriklayman.

Dasturchilar kuni har yilning (2⁸) 256-kunida nishonlanadi. Kabisa yillarda bu 12-sentabr, boshqa payt esa 13-sentabrga to'g'ri keladi.

Bayramingiz muborak 🧑‍💻
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Junior dasturchilar va frilans. Senior dasturchi Ulugbek Samigjonovning @ulugbeksamigjonov shaxsiy tajribasi va maslahati.

@mohirdev
👍1
Ko'pchilik Pythonda Dasturlash Asoslari kitobi haqida so'ragan ekan.

Kitobning birinchi nashri deyarli sotilib bo'ldi. Hozircha oxirgi qolganlari Qamar va Azon kitoblar do'konida mavjud.

Onlayda esa Kitoblar Dunyosidan xarid qilish mumkin: https://kitoblardunyosi.uz/pythonda-dasturlash-asoslari

Telegram orqali buyurtma: @Hilol_Reception
👍1
Data Science Praktikumni ham ertadan boshlaymiz. Anchagina materiallar yuklandi.
Python tilini bilmaganlar uchun alohida 4 haftalik kurs qilindi (asosiy Python kursimning qisqartirilgan varianti).

Kurs sahifasi ham ishga tushdi, batafsil ma'lumot uchun ham, to'lov uchun ham saytga tashrif buyurishingiz mumkin: ai.mohirdev.uz

Kursga baho berish uchun ayrim videolarni ochib ham qo'ydik, marhamat: ai.mohirdev.uz/courses/ds
👍2