Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Live stream finished (1 hour)
Forwarded from MohirDev.uz
Mohir dasturchi, injiner, arxitektlar soni 2600+ dan oshdi

Bugungi kun hisobi bilan Mohirdev.uz platformasidan foydalanuvchilar soni 2600+ dan oshdi.

Eslatib o'tamiz, 4 - iyul, bugun soat 17.00da katta ochilish marosi bo'ladi. O'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob olish uchun eng yaxshi imkoniyat!

Telegram | Website | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Alhamdulillah, taqdimotni ham o'tkazdik. Aytdimku, yaxshi odamlar yomon narsani ustida birlashmaydi deb.
Endi dasturchi bo'laman deganini mohirdev.uz ga yuboraverasizlar. Barcha yo'nalishda kurslarimiz bor.

Oxirgi yangilklarni telergamda @mohirdev kanaliga joylab boramiz.
Ustozlar va boshqa talabalar bilan esa mohirlar hamjamiyati orqali doimiy bog'lanib turishingiz mumkin: https://discord.gg/YVZdwGgt6G
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar #Django darslarimizning navbatdagi ikki qismi mohirdev.uz saytiga va YouTube kanaliga yuklandi:

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django
GitHub: https://github.com/anvarnarz/django-darslar
YouTube: https://www.youtube.com/Sariqdev
👍1
Forwarded from Gʻurbatda Gʻarib
Атрофимизни қумдан қурилган саройлар ўраб олаётгандек туюляптими сизга ҳам?

Ҳамма нарса турфа хил иллюзияларга боғланиб бизга тақдим этиляпти.

Ҳатто ривожланиш ва муваффақият сўзларини эшитган ёшлар тасаввурида пули ҳаддан зиёд кўп, мансабдор, амалдор ёки ҳамманинг кўнгил торларини чертувчи сўзларни топиб гапира оладиган сўзамоллар гавдаланадиган бўлиб қолди.

Бир ойлик даромадингизни 1000 долларга етказинг, сизга лидерликни ўргатамиз, деган баландпарвоз гаплар камдек, энди мансаб эгалари китоблар битиб, Гарвардда бошқалар меҳнати эвазига ўқиганларини муваффақият, деб кўрсата бошлашяпти.

Қачон ёшларга Стив Жобсни мақтаётганимизда, унинг пулига эмас, ишга нисбатан масъулияти ва талабчанлигига урғу бера бошлаймиз?

Қачон Билл Гейтс ҳақида гапираётганимизда унинг бойлиги ёки қайсидир ўқишни ташлаб кетганига эмас, изланувчанлигига кўпроқ эътибор қаратамиз?

Қачон Илон Маск ҳақида тўлқинланиб гапираётган чоғимиз, унинг ҳозирги бойлиги қанчалигига эмас, ихтироларига, кашфиётларига диққат қиламиз?

Қачон?

Қачон ютуб каналларимизда олди-қочди гаплар эмас, ихтирочилик қобилиятини шакллантиришга қаратилган видеолар пайдо бўлади?

Қачон биз чинакам интилувчан, техник ва технологик кашфиётларга қизиқувчи, таҳлилий, танқидий фикрлай оладиган ёшларни ривожлантиришни бошлаймиз?

Қачон ёшларимизга муваффақият пулдор, мансабдор ё амалдор бўлишда эмас, ҳеч бўлмаганда биргина одамни оғирини енгил қила олишда эканлигини ўргата бошлаймиз.

Кузатиб кўрсангиз баландпарвоз гаплар билан сизга бизнес юритишни ўргатаман, маркетингдан сабоқ бераман деяётган кўплаб спикерлар ўзлари негативлар билан ишлай олишмаётганини сезасиз.

Ахир маркетинг ва реклама билан шуғулланар экансиз, сизга нисбатан негативлар бўлиши мумкинлиги аввалдан ҳисобга олинади. Ҳатто маркетингни ўрганаётган ҳар бир бўлажак маркетологларга "негативлар билан ишлаш", деган алоҳида дарслар ўтилади.

Бироқ биздаги "муваффақият эгалари" ўзлари ҳам айнан мана шу услубни билмасликларининг ўзиёқ, уларнинг муваффақиятлари иллюзиядан бошқа нарса эмаслигини исботлаётгандек гўё.

Шу ўринда ҳамиша ўзимга, яқинларим ва фарзандларимга такрорлаб юрадиган сўзларим:

Чинакам муваффақият — бир бурда нон есанг ҳам, уни ҳалол пулга сотиб олаётганингдир. Чинакам муваффақият — аввал ўзинг илм ўрганишинг, сўнг уни бошқаларга ўргатишинг. Чинакам муваффақият — кўнгил хотиржамлиги, севимли ишингни қила олишинг, борингга қаноат, неъматларга шукр қила олишдир!

Пул, машҳурлик, обрў-эътибор — булар ҳаммаси биз инсоният учун қила олишимиз мумкин бўлган холис ишларимиздаги бир ёрдамчи воситалар, холос.

Йўлак охирига етганингда, суратдаги шардек катталашиб кетасан, деб уқтиришади. Бироқ қанча югар-югур, харажату ҳаракатлар билан охирига етиб бориб қарасанг, ҳали ҳам ўша-ўша турган бўласан.

✍️ Gavhar Nasrulloh
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, bugundan boshlab o'zim doimiy ravishda foydalanib keladigan va hayotimni ming karra osonlashtiradigan #foydaliDasturlar haqida yozib turaman.

Birinchi tavsiyam Launchy dasturi. Bu dastur yordamida kompyuteringizdagi istalgan dasturni bir zumda ishga tushurishingiz mumkin.

Dasturni o'rnatib, Alt+Space (probel) tugmasini bosasiz va dastur nomini kirita boshlashingiz bilan o'zi kerakli dasturni chiqaradi. Enter tugmasini bosib dasturni ishga tushurasiz.

Vaqt o'tib, eng ko'p ishlatiladigan dasturlarni 1-harfidanoq topadigan bo'lib qoladi.

Men Launchyni juda ham noqulay chiqqan Windows 8 davridan beri ishlatib kelaman va hozirgacha afsuslanmayman (o'sha davrda Windows eksperimentlar qilib Start tugmasini olib tashlagan edi).

Ekranim (rabochiy stol) toza, dasturlarim esa doim qo'l ostimda.

Xullas tavsuyu: https://www.launchy.net/download.php

@sariqdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar, #Algoritmlar turkumidagi navbatdagi darsimiz ham mohirdev.uz sahifasiga va YouTube kanalimizga yuklandi.

Mavzu: NP-complete problems (o'ta murakkab muammolar) va ularni yechish.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/algoritmlar/
YouTube: https://www.youtube.com/sariqdev
GitHub: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Assalom alaykum mohirlar jamoasi!

Kuchli dasturchini oddiy koderdan ajratib turadigan muhim koʻnikmalar bu muammolarga yechim topa bilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlashni oʻrganish.

Mohirdev.uz jamoasi taklif qilayotgan yangi "Algoritmlar: Leetcode da masala yechish" kursi aynan shu koʻnikmalar ustida ishlashga yordam beradi. Agar siz @sariqdev Anvar Narzullaevning "Maʼlumotlar tuzilmasi va Algoritmlar" kursini olgan boʻlsangiz, yangi taklif qilayotgan darslarimiz aynan siz uchun.

LINK: https://mohirdev.uz/courses/leetcode/

Olgan Ilmingiz barakali va manfaatli bo'lsin!

Telegram | Website | Facebook | YouTube
👍1
Forwarded from MohirDev.uz
Bugungi suhbatimizga ham oz qoldi.

1 soatdan keyin @samarbadriddinov Samar Badriddinov va @ulugbeksamigjonov Ulugbek Samigjonov bilan Web Dasturlash va xususan Javascript: From 0 to Hero kursi haqida suhbat qilamiz.

LINK: https://t.iss.one/samarchatgroup?voicechat=24ae3da2f9692b87f9
👍1
Rasmda bir kunda #Django kursi uchun 8 ta dars yozib tashlagan men.

Xudo xohlasa ertadan hammasini mohirdev.uz ga joylayman.

Shu bilan #Django bo'yicha kirish kursimiz tugaydi va Django Rest Framework hamda Django Professional kurslarini boshlaymiz.

Yangi kurslar ustida @DjangoDarslari kanali muallifi Muhammad Ermatov bilan birgalikda ishlaymiz.

Stay tuned...

@sariqdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar #Django darslarimizning navbatdagi qismlari (5 ta dars 🤯) mohirdev.uz saytiga va YouTube kanaliga yuklandi:

LINK: https://mohirdev.uz/courses/django
YouTube: https://www.youtube.com/Sariqdev

‼️ DIQQAT. Barcha kodlar 💻 GitHub sahifamizda: https://github.com/anvarnarz/django-darslar
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Microsoft kompaniyasining .Net platformasi haqida eshitganmisiz? Bu platforma yordamida C# dasturlash tilida Mobil, Web, Desktop, IoT dasturlar va hatto o'yinlar ham yaratish mumkin.

O'zbekistonda ham .Net texnologiyasini ilgari surish uchun .NET Uzbekistan Community @uz_dotnet asos solinibdi.

Community oldiga qo'ygan rejalari katta va bu rejalar haqida community asoschilari Muhammadkarim To'xtaboyev va Xondamir Abduxoshimov bilan jonli suhbatda bilib olishingiz mumkin.

Xullas o'tkazib yubormang, bugun, 13-Iyul, Toshkent vaqti 20:30 da Zoom platformasida.

🌐 LINK: https://us02web.zoom.us/j/88506916358?pwd=cytjeXlzVE1NcjBVaFFqbVNaNkxKQT0

🔑 Passcode: dotnetuz

p.s. Darvoqe, Muhammadkarim To'xtaboyevning C# va .Net darslari ham tez kunlarda mohirdev.uz platformasiga qo'yiladi.
👍1
Dasturlashni qiyin deganlar, meni Elektron qurilmalar asoslari (Digital Fundamentals and Logic Circuits) darsimni olmaganda.

Bu darsda talabalar eng quyi, mashina darajasida, Logic Gatelar (AND, OR, XOR, NOT) yordamida "dasturlashni" o'rganishadi.

Rasmda ko'rib turganingiz Printer va Ichimlik suvi sotadigan mashina "dasturi". Dastur deyolmayman, chunki buyerda kod yo'q, faqat elektronika.

Keyingi semester bu kursni davomi, Kompyuter Arxitekturasi o'tiladi. U yerda kompyuterning har bir komponenti (CPU, Xotiralar, kirish-chiqish qurilamalri) qanday ishlashi ikir-chikirigacha ko'rsatiladi va Assembler tilida dasturlash boshlanadi.

Bunday bilimlar bilan qurollangan muhandislar, oddiy dasturchilardan bir necha pog'ona yuqori turadi.

Shuning uchun ham sifatli oliy ta'lim bilan o'quv markazlarida beriladigan bilimlarni mutlaqo solishtirib bo'lmaydi.

Yuqoridagi qurilmalarni ishga tushirib ko'raman deganlar uchun link:
https://cli.co/Ygjk3zc
https://cli.co/aBv13jm

@sariqdev
👍1
​​​​#yangi_kitob_sotuvda

«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.

❗️Kitob 23-iyul kunidan sotuvga chiqariladi.

Oldindan to‘lov qiling va kitobni birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiriting!

Narxi: 50 000 so‘m
Muqova: qattiq
Buyurtma berish: @akademsavdo

📍 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi.
Xizmat narxi: 10 000 so‘m.

Kuzatib boring: @akademnashr

Aloqa | Instagram | Facebook
Twitter | Tiktok | Youtube
👍5
Assalom alaykum, hurmatli do'stlar. Ko'pchilik Telegram bot kursi haqida so'rayapti.

Inshaalloh, shu hafta kursni boshlaymiz. Darslarning sifatiga baho berishingiz uchun, birinchi darslar (3 ta bot) bepul bo'ladi.

Kurs bugungi kunda Pythonda bot yozish uchun eng kuchli va shu bilan birga ishlatish oson boʻlgan aiogram frameworki asosida boʻladi.

Kurs narxi 250 000 so'm, kanal obunachilari va "Pythonda Dasturlash Asoslari" kitobini harid qilganlar uchun 50 000 so'm chegirma 😎.

Qolgan maʼlumotlari kurs boshlanganda bilib olasizlar.

Hurmat bilan, @sariqdev
👍2
Assalom alaykum hurmalti do'stlar. Mukammal Telegram bot kursimizning birinchi darslari mohirdev.uz saytiga yuklandi.

Birinchi darslarimiz hammasi ochiq va bepul. Bu darslar davomida 3 ta bot yasab, serverga yuklashni ham o'rganamiz. Agar darslarimizdan qanoatlansangiz, davomini xarid qilishingiz mumkin.

Qurbon hayiti munosabati bilan kurs narxini 25-iyulga qadar 200000 so'm qilib belgiladik. Undan keyin chegirma faqat Dasturlash asoslari kitobni 📗xarid qilganlarga beriladi.

Marhamat, ko'ring va baho bering: https://mohirdev.uz/courses/telegram/

YouTube: https://www.youtube.com/watch?v=oRSa8NXWMXQ&list=PLwsopmzfbOn8x3CJKdQLtqDKhaF8n2r_7

E'tiboringiz uchun rahmat.
👍1