Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Algoritmlarni o'rganayotganlar uchun oddiy masala:
Binary search yordamida, berilgan sonning ildizining butun qismini qaytaruvchi funksiya yozing.
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ma'lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar darsimizning navbatdagi qismi kanalimizda e'lon qilindi.
Darsimiz mavzusi: Array ma'lumotlar tuzilmasi.

LINK: https://youtu.be/qP0weoTLN9E
👍1
Sun'iy intellektga asoslangan DeepFake texnologiyasi borgan sari xavfli bo'layapti.

Mana kimdur Rossiyalik oppozisioner Leonid Volkovning yuzi bilan zoom orqali bir nechta davlat vakillariga intervyu beribdi.

Bu ketishda video qo'ng'iroqlarga ham ishonmay qolasiz.

Rasmda chapda haqiqiy, o'ngda esa sohta Volkov.

@sariqdev
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ma'lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar darsimizning navbatdagi qismi kanalimizda e'lon qilindi.
Darsimiz mavzusi: Linked Lists ma'lumotlar tuzilmasi.

LINK: https://youtu.be/b_WuqCDv6mw

Barcha darslar: @sdvideolar
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ma'lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar darsimizning navbatdagi qismi kanalimizda e'lon qilindi.
Ushbu darsimizda Pythonda Linked Lists yaratishni o'rganamiz.

LINK: https://youtu.be/IjP7eU316O0
👍1
Dasturlash jarayonida tartibli ro'yxatlar bilan ishlash bir muncha qulayroq. Navbatdagi darsimizda ro'yxatlarni tartibga keltirishni o'rganamiz. Ungacha esa o'zingizni sinab ko'ring.

Pythondagi tayyor funksiyalardan foydalanmagan holda, biror ro'yxat qabul qilib, uni kattadan-kichikka (yoki aksincha) tartiblangan holda qaytaruvchi funksiya yozing:

>>> array = [3, 4, 1, 6, 10, 20, 9, 8]
>>> sortedArray = sort(array)
>>> print(sortedArray)
[20, 10, 9, 8, 6, 4, 3, 1]
👍1
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Ma'lumotlar tuzilmasi va Algoritmlar darsimizning navbatdagi qismi kanalimizda e'lon qilindi.
Yangi darsimizda Selection Sort algoritmi yordamida ma'lumotlarni tartiblashni o'rganamiz.

LINK: https://youtu.be/ZiLa_O8BQX0

Barcha darslar: @sdvideolar
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
May oyida Telegramdagi audiochatlarga video ham qo'shilar ekan. Xudo xohlasa Ramazondan keyin bir suhbat qilamiz.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ehhh, birinchi kompyuterim esimga tushib ketdi.
Faqat menda Windows 95 emas, MS DOS edi. Keyin Windows 3.1 paydo bo'ldi.
CD o'rniga disketa 💾
Ajib zamonlar edi...

@sariqdev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Python O'zbek tilida borligini bilarmidingiz? 😁
👍2
Darvoqe, darslarimiz davomida yozilgan barcha kodlar, dasturlar va amaliy mashg'ulotlarning javoblari muntazam ravishda GitHub sahifamizga qo'yiladi.

Dasturlash asoslari: https://github.com/anvarnarz/python-darslar

Algoritmlar: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar

GitHub bilan ishlash haqida video: https://youtu.be/sVsnh6xP_AY
👍1
Yaponiyalik dasturchilar doim kechikib yuradiganlar uchun Mezamee ilovasini taqdim qilishdi. Belgilangan vaqtda, belgilangan joyga yetib bormasangiz, dastur plastik kartangizdan 100¥ yechib oladi.

Pul yo'qotmaslik uchun, belgilangan manzildan maksimum 100m uzoqlikda bo'lishingiz kerak (GPS yordamida aniqlanadi).

Nima deysiz, siz o'rnatgan bo'larmidingiz?

@sariqdev
👍2
Navbatdagi darsimizda Rekursiv funksiyalar haqida gaplashamiz.

LINK: https://youtu.be/x9bCJYRTh3k

GitHub: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar
👍1
@sariqDev da yangi dars chiqqanda 😁
👍2
Katta devlarning qozoni ham katta bo'ladi. Iftorga kelinglar, azizlar 🙂
👍2👏1
Forwarded from Sariq Dev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Arxivdan. Muhammad sallalohu alayhi wasallam davri Makka xaritasi.

YouTube: https://youtu.be/ZSFMXGq-pX0
👍1
Yangi darsimizda Stack ma'lumotlar tuzilmasi bilan tanishamiz. Rekursiv funksiya va Stack o'rtasida bog'liqlikni o'rganamiz.

LINK: https://youtu.be/AQ0dZdOMmmU

Barcha darslar: @sdvideolar

GitHub: https://github.com/anvarnarz/algoritm-darslar
👍1
Forwarded from Khumoyun Codes
​​Salom do’stlar, bir necha kun oldin bo'lib o'tgan EPAM kompaniyasi bilan interviewdan savollarni sizlar bilan ulashmoqchiman:

Interview haqida qisqacha:

Interview tili: Rus & Ingiliz
Kompaniya: EPAM Systems
Kompaniya lokatsiyasi: USA
Kandidat: Khumoyun Inoyatov
Pozitysiya: Middle Frontend Developer
Stack: React, Redux
Vaqt: 1 soat 30 daqiqa

JavaScript:

- JavaScript qanday ma’lumot turlari (data type) mavjud?
- null va undefined ham ma'lumot turlariga kiradimi?
- var, let va const orqali o'zgaruvchi e'lon qilishni farqi nimada?
- hoisting haqida ma'lumot bering
- hoistingda temporary dead zone tushunchasi nima?
- Set, Map, WeakSet va WeakMap haqida ma’lumot bering
- o'qli funksiya (arrow function) va oddiy functionni farqi nimada?
- JavaScriptda context deb nimaga aytiladi?
- this kalit so'zi va uni ishlatilishi haqida ma’lumot bering
- __proto__ va prototype ni haqida ma'lumot bering va farqini ayting
- call, bind, apply metodlarini farqi nimada?
- JavaScriptda Window global obyektida qanday xususiyatlar mavjud?
- Sahifa addressini olish uchun Window global obyektini qaysi xususiyatidan foydalaniladi?
- JavaScriptda DOM dagi elementlarni olish uchun qanday metodlar mavjud?
- getElementById va getElementsByClassName ni farqi nimada?

React:

- Reactda qanday komponent turlari mavjud?
- Class kompoentlar bilan qanday ishlanadi?
- Class komponentlarda qanday hayot sikli metodlarini bilasiz?
- Hayot sikli metodlari funksional komponentlarda qanday ishlatilinadi?
- Reactda Virtual DOM haqida ma'lumot bering
- state va props ni farqi nimada?
- Funksional komponent va class komponentlarda state yozilishi farqi nimada?
- Reactda Context tushunchasi nima?
- Reactda formalar bilan qanday ishlagansiz?
- controlled va uncontrolled componentlar haqida ma'lumot bering?
- useRef dan qanday foydalaniladi?

Amaliy savollar:
- JavaScriptda array ichidagi sonlarni qo’shish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ikkita obyektni solishtirish funksiyasini yozib bering
- JavaScriptda ichma ich joylashgan obyektlarni solishtirib berish funksiyasini yozib bering
- Arrays in array strukturasidagi ma'lumotni array of object strukturasiga o'tkazuvchi funksiya yozib bering
e.g. “Khumoyun”, “Inoyatov”, … “Maqsud”, “Karimov” => {firstname: “Khumoyun”, lastName: “Inoyatov”}, ... {firstname: “Maqsud”, lastName: “Karimov”},
- obyekt ichidagi metodni turini oddiy funksiyadan o’qli funksiyaga o’zgartirganda this o’zgaradimi yo’qmi, ko’rsatib bering
- Reactda kinoportaldan ma’lumot olib uni domga chiqarib beruvchi komponent yozib bering (API ga yo’nalish berilgan)

Software Development Process:
- Code review nima, ishlagan joyingizda code review jarayoni bo’lganmi, o’zingiz code review qilganmisz?
- Dasturlashda kod yozish amaliyotini yaxshilash uchun qanday prinsip (KISS, DRY, SOLID) va qurollar (tool)dan (ESLint, Prettier) foydalanasiz?
- Qanday vazifalarni boshqarish metodologiyalarni (task managent methodologies) bilasiz (Agile, Scrum, Kanban)?
- Ishlagan joyingizda Scrum vazifalar boshqari tizimi qanday tuzilgandi?

Xulosa:
Bu suhbatda duch kelingan eng katta muammo bu hech qaysi kodni ishlatib ko’rmasdan o’zini yozib berish kerakligi bo’ldi. Amaliy savollar qismidagi savollar uchun yozilgan kodni ishlatib ko’ra olmadim va shu qismda qiynaldim.

@khumoyun_codes
👍1
Facebookda Abdulvohid Karimov yozayapti:

Коллеж давримда Имом Бухорийни ҳаётини ўқигандим, у кишини қилган ишлари 63 йиллик умрга тўғри келмаслигини олимлар таъкидлаганини эшитиб, Аллоҳ умрига берган баракага ҳавас қилгандим. Ҳозиргача дуо қилсам Аллоҳдан умримга барака беришини сўрейман,

Бундан 34 кун аввал барча ишимни ташлаб програмистликга қадам босдим деган мазмундаги пост қўйгандим. Аллоҳга шукр шу 34 кунлик қилган дарсларимдан ўзим мамнунман.

Миндеэе қарасам кунларим роса баракалик ўтибди. Кимгадир ибрат бўлиб, ёки кимгадир ҳавас қилиб, балки шунчаки ўзимга Facebook 5 йилдан кейин шу постимни эслатса, агар ўша вақт анча кучайб кетган бўлсам ))))) ўзимга эслатма қилиш мақсадида ёзятгандирман. Лекин кимгадир фойдаси бўлади иншаАллаҳ.

Хуллас, 34 кунимдан биринчи куни нотебук ва монитор олишга, яна бир куни эса нотебукга дастурларни ўрнатишга кетди, ҳисобимда 32 кун қолди. Рамазон ойига кириб кетдик, уйни ремонт қилиб қўйишимни айтишганди, уйимизни хоналарини бўяб тугатишга ва нарсаларни жойлашга 3 кун кетди. Демак, 32-3=29. Дарсларга муқим ёпишганимга эса мана 29 кун бўлибди.

29 кунда эса қуйидагиларни қилибман:

1. HTML ва CSS такрорлаш, пухта қилиш; ( лекин пухта эмас, роса такрор қилябман, Режим билан )

2. JavaScript дарсини ярмигача ўрганиш.

3. Андроидда 15 та дарс ўрганиш.

4. Бешта иш жойи билан гаплашиш ва 1 тасидан отказ олиб қолган 3 та иш жойини ўзим отказ қилиш ))))

5.Андроид дастурга Базасини улай олмаган бўлсам ҳам 4 та проект қилиш.

6. Ҳар хил веб сайтлар очиш.

7. After effect' ни 5 та ўзбекча дарсини кўриб ҳеч нарса тушунмай, рус дастурчиларни 3 та дарси билан 4 та аниматсиён видео қилиш.

8. WordPress дарсларини бошлаш. Хозирча шу экан. Ҳаммага раҳмат )))

Ўйлаб қарасам мени наздимда Аллоҳ шу кунларимга барака берибди. ким учун қанақа билмайману, мен учун катта ютуқ ))))
👍2