Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Yana bir mega noutbuk πŸ’»

Expanscape kompaniyasi Aurora 7 noutbukini ommaga taqdim qildi. Qurilma nomidagi 7 bu kompyuterning ekranlari soni. Ekranlarning 4 tasi 17' 4K UltraHD, qolgan 3 tasi esa 7' (1900x1200 pixel) panellar.

Noutbuk 8 yadrolik 4GHz intel i9 (10900K) processori, 128GB RAM va 8TB ichki xotiraga hamda Nvidia GTX grafik kartasiga ega (maksimal konfigurasiyada).

Taxlangan holatda noutbuk qalinligi 11cm, vazni 12 kg 🀯.

Asosiy mijozlar dasturchilar, analitiklar, birja savdogarlari va dizaynerlar bo'lishi kutilmoqda.

Noutbuk narhi maxfiyligicha qolmoqda, sababi, mijozlar qurilma narxini oshkor qilmaslik haqida maxsus hujjatga qo'l qo'yishlari shart.

@sariqdev
πŸ‘2😱1
Wakatime β€” Googlening sobiq dasturchilaridan o'z samaradorligingizni nazorat qilish uchun ajoyib hizmat.

Wakatime dasturlash muhitiga plagin sifatida o'rnatiladi, va kun davomida necha soat kod yozdingiz, qaysi loyihalar va dasturlar ustida ishladingiz, qaysi fayllarga o'zgartirish kiritdingiz saqlab boradi. Kunlik va haftalik tahlilni esa chiroyli grafiklar ko'rinishida ko'rsatadi.

Yana bir qiziq jihati, hizmat yordamida hamkasblar yoki boshqa dasturchilar bilan kim ko'p yozishda "bellashish" mumkin.

Wakatime Leaderboards sahifasida haftaning eng faol dasturchilari ro'yxati, necha soat ishlagani va qaysi dasturlash tillaridan foydalanishini ko'rishingiz mumkin.

Plagin deyarli barcha dasturlash muhitlari bilan ishlaydi.
πŸ‘3
Assalom alaykum hurmatli do'stlar. Navbatdagi darsimiz YouTubega yuklandi: https://youtu.be/e04nahLcJR8

Ushbu darsimizda eng muhim ma'lumot turlaridan biri JSON bilan ishlashni o'rganamiz
Bugungi dars manzili: https://python.sariq.dev/files-exceptions/34-json

YouTubedagi videolarni yuklab olish uchun @SaveYoutubeBot botidan foydalaning.
πŸ‘1
Pythondagi #foydali modullar bilan tanishishda davom etamiz.

Navbat validators moduliga.
Bu moduldagi funksiyalar yordamida foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlarning formatini tekshirishimiz mumkin.

Misol uchun, foydalanuvchidan email manzil kiritishni so'radik, kiritilgan manzil haqiqatdan ham email formatida ([email protected]) ekanini tekshirish uchun validators.email() funksiyasiga murojat qilamiz.

Yoki, biror o'zgaruvchi veb manzil ekanligini validators.domain() yoki validators.url() funksiyalari yordamida tekshirishimiz mumkin.

Agar berilgan oz'garuvchilar to'g'ri formatda bo'lsa funksiyalar True qiymatini, aks holda esa ValidationError xatoligini qaytaradi.

Validators moduli yordamida boshqa shartlarni ham tekshirishimiz mumkin, misol uchun kiritlgan son ma'lum oraliqda ekanini (validators.between()) yoki berilgan matn ma'lum uzunlikda ekanini (validators.length()) va hokazo.

Batafsil ma'lumot uchun modulning sahifasiga o'ting. O'rgangan bilimingizni esa zudlik bilan Pythonda sinab ko'ring.
πŸ‘3
Epic Games kompaniyasi kompyuter o'yinlari, kino va seriallar uchun o'ta real odamlarni "yaratishga" mo'ljallangan MetaHuman Creator dasturini taqdim qildi.

Avvallari bitta odamni "yaratish" uchun haftalab vaqt talab qilingan bo'lsa, MetaHuman yordamida natijaga bir necha soat yoki daqiqada erishish mumkin.

Dastur hozircha demo versiya ko'rinishida mavjud, va tez kunlarda to'liq ko'rinishda sotuvga chiqadi.

@sariqdev
πŸ‘2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avvalroq Augmented Reality texnologiyasi haqida yozgan edik. Rossiyada bu texnologiyadan jarrohlikda foydalanishayotgan ekan.

Bemorning ichki organlari 3D skanerdan o'tkaziladi, va jarrohlik davomida shifokorning ko'z oldida turadi.

Hozirgi kungacha bu texnologiya yordamida 30 dan ortiq jarrohliklar amalga oshirilibdi.

@sariqdev
πŸ‘2
O'tgan yili Malayziyadan bir domlamiz O'zbekistonga aylanib keldi. Fakultetda O'zbekiston safari haqida prezentasiya qildi, suratlarini ko'rsatdi. Shunda bitta Malay domla menga qarab, "Anvar nega hamma oq-qora kiyimda" deb qoldi.

E'tibor bersam, rasmlardagi domlalar ham, talabalar ham, ko'chalarda oddiy odamlar ham "formada" yurishga o'rganib qolibmiz. Hamma bir hil, yoki to'q kulrang, yoki qora kiyamiz. Sal ajralaman deganlar jigarrang.

Kamdan-kam odam rangli kiyinar ekan (yozdagi kuylak, futbolkalarni aytmasa). Hatto mashinalarimiz ham yoki oq yoki qora.

O'zi hayotimiz asabbuzarliklarga to'lib turganda, atrofimizni ham bo'g'iq ranglarga o'rab olganmiz. Ayniqsa qishda juda bilinadi.
Xullas, hayotingizga ozgina ranglar qo'shing. Kayfiyatingiz ko'tariladi. Asablaringiz biroz bo'lsa ham dam oladi.

Yangi klaviaturamga qarab, shu narsalar hayolimga keldi.

t.iss.one/sariqdev
πŸ‘3πŸ”₯1
Forwarded from Sariq Dev
Eslatib o'tamiz, bizning web sahifamiz va YouTube kanalimizda bepul πŸ’» "Dasturlash asoslari" darslari qo'yib boriladi.

Darslarimizning amaliy qismi, mashg'ulotlar va uy vazifalariga javoblar GitHub sahifamizga yuklangan.

Marhamat, obuna bo'ling.

Do'stlaringiz bilan ulashishni ham unutmang.
πŸ‘1
Kanalimizning chatiga maxsus @rextester_bot qo'shganmiz. Bu bot yordamida istalgan tildagi sodda kodlarni telegramni o'zidayoq bajarib, natija olish mumkin.

Misol uchun Pythonda yozilgan kodni tekshirish uchun chatda /py3 (yoki /python3) deb yozasiz, va ortidan kodingizni kiritasiz.
Natija chatni o'zidayoq chiqadi.

Marhamat, izohlarda tekshirib ko'ring πŸ‘‡
πŸ‘1
Bugun, meni nazdimda, O'zbek segnmentidagi Web Dasturlash bo'yicha eng zo'r kanal bilan tanishamiz.

Kanal muallifi Ulug'bekni 2016 yildan, Inhada o'qib yurgan davridan taniyman. Bir yilcha avval gaplashganimizda Standford Universitetining Dasturlash kursida Intstruktor bo'lib ishlayotgan edi. Yaqindan esa Stanfroddagi tajribasini qo'llab, o'z darslarini boshlabdi.

Xullas tanishing, Ulugbek Samigjonov – 5 yildan ortiq tajribaga ega Full-Stack dasturchi. Hozirda AQSHning EPAM Systems kompaniyasida Senior dasturchi. Toptal Freelance platformasi a’zosi.

Ulugbek Javascript tili va u bilan bo’g’liq bo’lgan TypeScript, NodeJS, Angular va ReactJS texnologiyalari bo’yichi chuqur bilimga ega. Bulardan tashqari, Python (Django, Flask) va PHP (Yii2) tillarini ham mukammal egallagan.

Hozirgacha Ulug'bekning Youtube kanalida HTML va CSS kurslari to’liq yuklangan, tez kunlarda esa JavaScript darslari boshlanadi.

Marhamat, obuna bo'ling:
https://youtube.com/ulugbeksamigjonov
t.iss.one/ulugbeksamigjonov
πŸ‘2
GeekBrains va Logitech kompaniyalari 1-3 Mart kunlari Web dasturlash bo'yicha 3 kunlik bepul webinar o'tkazishayotgan ekan.

Albatta, 3 kunda professional dasturchi bo'lib ketmaysiz, lekin Web dasturlash haqida tushunchaga ega bo'lasiz va kurs yakunda o'zingiz ham bitta web sahifa yaratasiz.

Qiziqqanlar uchun bog'lama: https://bit.ly/2ZLrAGF
πŸ‘1
Pythonda kompyuter ekranindan skrinshot olish uchun juda #foydali pyscreenshot moduli mavjud.

Modul ichidagi .grab() metodi yordamida ekrandan to'liq yoki qisman skrinshot olish, .save() metdoi yordamida esa skrinlarni faylga yozish mumkin.

Ekranning bir qismidan skirnshot olish uchun .grab() metodiga bbox parametri uzatiladi. Bu parametrda ekranning skrinshot olish kerak bo'lgan qismining koordinatalari ko'rsatiladi .grab(bbox=(x1,y1,x2,y2)).

Yangi narsa o'rgandingizmi, albatta amaliyotda qo'llab ko'ring.
πŸ‘3
Guruhimizdagi talabalardan biri quyidagi rasmda qanday xato borligini so'rayapti.

Bu yerda juda oddiy, lekin qo'pol xato bor. Topa olasizmi?

upd: To'gri javob: Dastur nomi va import qilinayotgan modul nomi bir hil bo'lib qolgan (pyscreenshot.py) natijada dastur tashqi modulni emas, o'zini o'ziga import qilayapti.

Fayllarni nomlashda ehtiyot bo'ling.
πŸ‘7πŸ‘2
Argentinalik dizayner Andres Rayzigner The Shipping deb nomlangan virtual mebel kolleksiyasini 450000$ ga sotdi.

Kolleksiyadagi eng qimmat mebel 67777 dollar. Haridorlar mebellarni istalgan virtual olamga joylashi mumkin (Decentraland, Somnium Space, Minecraft).

To'liq kolleksiya bilan dizaynerning Instagram sahifasida tanishish mumkin.

"Π›ΡŽΠ±Π°Ρ бизнСс Ρ…ΠΎΡ€ΠΎΡˆΠ°!" Β©
πŸ‘1
DeepFake* texnologiyasi qanchalik kuchayib ketganini ko'rish uchun ushbu videoni ko'ring.

Tiktokda deeptomcruise akkaunti egasi mashxur aktyor Tom Kruzning yuzi bilan turli videolar ishlamoqda.

Bu ketishda aktyorlar "yuzi" bilan savdo qiladi xolos. Hatto o'lgan aktyorlarni ham bemalol rollarga "chaqirish" mumkin bo'ladi.

Albatta, kompyuter grafikasi yordamida yuzni almashtirish texnologiyasi avval ham bor edi, lekin juda qimmat va yakuniy natija ko'zga tashlanadigan darajada sifatsiz edi.

*DeepFake β€” maxsus, sun'iy intellekt asosida ishlaydigan algoritmlar yordamida yuzni "almashtirish" yoki umuman mavjud bo'lmagan odamlarni "yaratish" texnologiyasi.
πŸ‘2😁2