Mohirdevda ajoyib blogimiz bor. Har bir maqola ustida kuchli mutaxassislar ishlaydi. Oʻquvchilar uchun eng qiziq va foydali maqolalarni saralab, chop etamiz.
Mana, kechagi tadbir yakuniga koʻra ham yaxshi maqola yozdik, albatta oʻqib chiqishni tavsiya qilaman.
Blogni esa davomli ravishda kuzatib boring, har hafta 3-4 ta sifatli maqolalar chop etamiz.

Mohirdev
Mitap: Ish yuzasidan uchrashuvlarda savol berish san'ati
Mitaplarda savol berish san'ati: Yoshlar uchun qo'llanma.
👍39🔥7❤3
Yana Oxfordga qaytdim.
Ushbu modul inqiroz vaqtida kompaniyani boshqarish va inqirozdan chiqish uchun rahbar sifatida qanday hislatlarga ega boʻlish kerakligi haqida.
Har doimgidek 1 dunyo taasurotlar va qimmatli bilimlar bilan qaytayapman.
Endi, sizlarga savol, rasmdagi auditoriyaga ahamiyat bering. Bu turdagi auditoriya nima deb ataladi, nima uchun aynan shu shaklda va ortidagi mazmuni qanday?
Shu 3 ta savolga toʻgʻri javob bergan insonga Oxforddan kichik sovgʻa bilan qaytaman.

👍127❤21🔥16🎉2
Sariq Dev
Shu boʻyicha bitta video chiqaramizmi? Qanday qilib ChatGPT da murakkab analitika qilish haqida. Kimga qiziq boʻlsa bitta like
Mana oʻsha va’da qilingan darslar.
Telegram
MohirDev.uz
Ekspertimizdan yangi bepul darslar
🔍 Adham Zohirov Google Developer Expert boʻlgani haqida xabar bergan edik.
Ikki qismdan iborat vebinarda ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish uchun zarur boʻlgan bilimlarni oʻrganasiz:
1-dars: Ma’lumotlarni to‘plash…

🔥41👍11❤2
Angliyaga kelib, Saidolim akani koʻrmasdan ketsa boʻladimi. Saidolim aka Londonda joylashgan Moneff kompaniyasida CTO, Oʻzbekistondagi juda koʻp senior dasturchilarning ustozi.
Yoshlar bilmasligi mumkin, lekin Saidolim aka UzGeeks hamjamiyati va @UstozShogird kanali kabi loyihalari bilan Oʻzbekistonda AyTi sohasi rivojiga beminnat hissa qoʻshib kelayotgan insonlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzlarining @DrAlgorithm kanallarida ham foydali maslahatlar berib boradilar.
Xullas, har tomonlama hurmatga va oʻrnak olishga sazovor inson.
p.s. Ha, aytgancha, rasmda mening yonimda turgan yigit Oxforddagi PhD talaba yurtdoshimiz Iqboljon. Medisinada Sun’iy zakoni qoʻllash boʻyicha mutaxassis.
Saidolim akaning yonidagi yigit esa - Javohir, Bloomberg Data Analitika kompaniyasining London ofisida ishlaydigan yurtdoshimiz, Business Analitika sohasi mutaxassisi.
Mana shunday insonlar bilan tanishishning oʻzi qanchalik odamga zavq bagʻishlashini soʻz bilan yetkazib boʻlmasa kerak.

🔥117👍70❤7👏2
Oxford Blackwell kitob doʻkoni, darsdan tashqarida eng koʻp vaqtim oʻtadigan sevimli joy.
Vaqting boʻlsayu, hamma kitoblarni oʻqib chiqsang. Doʻkon tashqarisidan kichkina koʻringani sizni aldamasin, ichkarisini videoda koʻring.

👍154❤33🤩17🔥14😱10
Sariq Dev
Yana Oxfordga qaytdim. Ushbu modul inqiroz vaqtida kompaniyani boshqarish va inqirozdan chiqish uchun rahbar sifatida qanday hislatlarga ega boʻlish kerakligi haqida. Har doimgidek 1 dunyo taasurotlar va qimmatli bilimlar bilan qaytayapman. Endi, sizlarga…
Avvalroq Oxforddagi auditoriya haqida 3 ta savol bergan edim, keling ularga javob olamiz:
Bunday auditoriyalar ilk bor Harvard universitetida joriy qilingani uchun “Harvard style seating” deb ataladi. Klassik ma’ruzaxonalardan farqli ravishda, bunday auditoriyada talabalar yarim aylana shaklida bir-biriga yuzlanib o’tiradi. Kursilar esa 360 gradus aylanadi.
Bundan maqsad auditoriya fokusini ma’ruzachiga emas, bir-biriga qaratish, muloqot, bahs-munozara muhitini yaratish. Istalgan odam boshqa odamga yuzlanishi, uning fikrini tinglashi, qarshi fikr bildirishi, jamoaviy muhokamalarda qatnashishi mumkin.
Harvard style seating ortidagi mazmunni tushunish uchun esa, klassik uslubdagi ma’ruzaxona bilan solishtirish kerak. Bunday ma’ruzaxonalarda sinf oldida ma’rzuachi, uning ro’parasida esa qatorlashib tinglocvhilar joylashadi. Tinglovchilarning diqqati ma’ruzachiga qaratiladi va ma’lumotlar, aniqrog’i, yagona haqiqat bir tomonlama (ma’ruzachidan tinglovchiga) yo’naltiriladi. Shuning uchun bunday xonalarda ko’pincha aniq fanlar (matematika, fizika, ximiya) o’tiladi.
Harvard uslubidagi xonalar esa ko’proq gumanitar fanlar uchun to’g’ri keladi va bu yerda yagona haqiqat bo’lmaydi. O’rtaga bahsli mavzu tashlanadi, hamma o’z fikrini bildiradi, muhokama, bahs-munozara bo’ladi, dars yakunida esa hamma o’zi uchun xulosa qiladi. Yagona to’g’ri javob bo’lmaydi.
Siz qaysi savolga to’g’ri javob topdingiz?

👍62🔥8❤4🥰1