Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Bugungi darsimiz bahs (debat) koʻrinishida boʻldi. Bir kun avval talabalar guruhlarga ajratildi va bahs mavzulari eʼlon qilindi.

Har bir mavzu uchun 2 ra guruh tanlanib, oldindan kim qaysi taraf uchun bahs qilishi ham belgilandi. Ya'ni oʻzimizga tanlash imkoni berilmadi, bu bahsni yanada qiziq qildi.

Masalan, bizga "Kelajakda tarafkashlikning oldini olish uchun aksar yechimlar toʻliq sunʼiy intellektga topshirilishi kerak" degan fikrga qarshi chiqish berildi. Kecha darsdan keyin soat 9 gacha nutqimizni tayyorladik.

Bahs ertalab 9da Oxfordning qadimiy Convocation house deb nomlangan binosida boshlandi. Bu yerda 1665-1681 yillarda Angliya parlamenti a’zolari haqiqiy bahslar o’tkazgan ekan.

Bahsning oʻz qoidalari bor:
- Har bir jamoadan 3 kishi nutq soʻzlaydi.
- Bahsni maxsus chairman (rais) olib boradi, jamoalar esa raisning ortida chap va oʻng tomonlarda joylashadi.
- Bahsni oʻrtaga tashlangan fikr tarafdorlaridan 1 kishi ochib beradi, keyin esa navbatma-navbat qolganlar soʻzga chiqadi.
- Har bir notiqqa 5 daqiqa vaqt beriladi.
- Ikki taraf ham so’zini tugatganidan so’ng auditoriyadan savollar beriladi.

Bahs oxirida auditoriya ovoz berib yutgan tarafni aniqlaydi.

Endi sizlarga 2 ta savol:
1. Ovoz berish qay ko’rinihsda bo’ladi?
2. Nima uchun bahs jarayonini videoga olish mumkin emas? (rasmlar mumkin)

Ikkala savolga birinchi bo’lib to’g’ri javob bergan insonga Oxforddan kichkina esdalik sovg’am bor (Toshkentdagi ofisdan olib ketish sharti bilan).

Javoblarni izhoda qoldiring 👇
👍163🔥157👏3
Kelgan kunimiz biz biriktirilgan Pembroke kolleji biz uchun kechki tushlik uyushtirdi. Bu ham alohida juda chiroyli, tantanali tadbir ekan.

Kollej rahbari bizni kutib olib, Pembrokening 400 yillik tarixi haqida aytib berdi.

Oxford 39 ta Kollejdan iborat va ular asosan ijtimoiy vazifani bajaradi. Bu haqida keyingi postlarda batafsilroq yozaman.

Tushlik esa ajoyib boʻldi, taomlar guruhda turli din va millat vakillari borligini hisobga olib tayyorlangan. Masalan men uchun alohida Halol ovqat tayyorlashgan. Veganlar uchun esa goʻshtsiz taom qilishgan, xullas hech kimni hafa qilishmadi.
👍223🔥4311👏9😱6😁2😢1
Ovqat haqida gap ketganda, bu tahsil olayotgan Said Business School ichidagi taomxona.

Darslarimiz ertalabdan kech 5-7 gacha boʻlgani uchun, ertalab albatta yengil nonushta, keyin esa yaxshi tushlik va orada bir necha bor kofe breyklar oʻylangan.

Bu yerda ham albatta halol, vegan, vegetarian ovqatlar saralab qoʻyilgan.

Xullas, xafa qilishmayapti 🙂
👍258🔥3022👏3😁1
Forwarded from Ikboljon Sobirov (Ikboljon Sobirov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oxfordning kechasi ko'rinishi boshqacha go'zallikka ega. Hamma joyda chiroqlar yonib, e'tiborli joylarga nur taratiladi. Juda chiroyli manzara.

Videoni Juncao_Oxford (Instagram akkounti) tayyorlagan.

Oxford, UK
1 Feb 2024
@ikboljonsobirov
👍109🤩20🔥126😢2
Apple Vision pro sotuvga chiqdi va bizni kutayotgan kelajakka nazar tashlab koʻrdik.

Fikringiz qanday, hayotingizni virtual elementlar bilan boyitishga tayyormisiz? Shaxsan siz uchun bunday aralashgan reallikning qanday ijobiy yoki salbiy tomonlari bor? Odamzot uchunchi?

Fikringizni izohlarda kutaman. 👇
👍106🔥28🤯16😢9👎43😱3🤔2👏1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Safardan qaytdim, ishga shoʻngʻidim. Jeneva haqida esa ajoyib tuygʻular qoldi.

Oxfordga esa endi bahorda qaytaman.
👍221🔥3510🤩5👏3🎉2
Sariq Dev
Photo
Sovgʻa oʻz egasiga topshirildi. Gʻolib – Mohinur ismli kuzatuvchimiz, Ajou universiteti talabasi ekanlar.

To’g’ri javob.
👍217🔥29👏18🤩75😱1
Men bugun 2 ta kanalni tavsiya qilaman. Yoshlar shu ikki kanal egalaridan oʻrnak olishlarini, ularga tenglashishga harakat qilishlarini istardim.

1️⃣ IkboljonSobirov - Oxford Universitetida Tibbiyotda Sun’iy intellektni qo’llash sohasida doktrolik ishi ustida ishlayotgan olim yigit. Iqboljon bilan Oxfordda yuzma-yuz ko’rishganda uning ilm uchun harisligi, o’z sohasini sevishi, sun’iy intellekt haqida soatlab gapira olishiga havasim keldi. Qisqa muddat bo’lsada, Iqboljon bilan suhbatimiz eng maroqli suhbatlardan bo’ldi.

2️⃣ LadyBytes - Yangi O’zbekiston Universiteti talabasi, Marjona Rahmatillayeva - tinim bilmaydigan, doimiy o’z ustida ishlab, o’sib boradigan, vaqtini behuda sarflamasdan doimiy turli tadbirlarda faol qatnashadigan yoshlardan. Marjona Mohirdevda ham bir muddat ishlab ketgan va yaxshi taassurot qoldirgan.

Bu ikki yosh unib-o’sish uchun joyning yoki ijtimoiy holatning ahamiyati yo’qligi, muhimi insonda o’sish uchun istak bo’lishi kerakligini ko’rsatadi.

Ibrat olinglar.
👍147🔥3112👏5🤔2
Bizni yoshligimizda "pragrammist" deb Nokia telefonlarga programma (musiqa, rington, oʻyin) yozib beradiganlarga aytilardi.
😁122👍12🔥42🤔2
OpenAI (ChatGPT) jamoasi tomonidan yaratilgan Sora nomli yangi text2video model istalgan mattni videoga oʻtkazib bera oladi.

Shunchaki daxshat. Bu hali birinchi versiya, 1-5-10 yilda bizni nimalar kutayapti, tasavvur ham qila olmayapman.

Siz nima deb oʻylaysiz? Bu texnologiyalardan qay yoʻnalishda foydalangan boʻlar edingiz? Kimlar ishsiz qoladi 😅
😁103👍60🔥22🤯176👏1