Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Jenevada bir narsa eʼtiborimni tortdi — odamlarning hayoti naqadar shaffofligi. Aksar binolarning oynalarida parda yoʻq, bori ham shaffof. Xoh uy boʻlsin, xoh ishxona, ichi bemalol koʻrinib turibdi. Huddi akvariumga oʻxshaydi.

Nima deb oʻylaysiz, buning sababi nimada? Siz bunday muhitda ishlay/yashay olarmidingiz?
👍102👎3620🤔6😁4🤯4👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tabiatimizni rasvo qildik. Jenevada shaharning oʻrtasidan oqayotgan suv, bizning ichimlik suvimizdan tiniq va tozaga oʻxshaydi.
😢127🔥68👍37🤯41
Musaffo osmon haqida gapirmasa ham boʻladi.
👍217😢56🔥36🤩1611😁3👎1🥰1🤔1
Mohirdev va MohirAI jamoalari IT park tomonidan oʻtkazilgan Open Data Challenge xakatonda 1 va 2 oʻrinlarni egallashdi 🎉.

Yigitlarni gʻalaba bilan tabriklayman!
👍291🔥45🎉27👏11🥰4🤔32🤯1
Hayotimdagi yana bir muhim qadam — ertadan Oxford universitetida oʻqishni boshlayapman.

Keyingi 1 yil umrim mana shu ilm dargohi bilan bogʻliq boʻladi. Universitetning Said Business School maktabida biznes boshqaruvi yoʻnalishida magistrilikni boshladim (postgraduate).

Dastur biznes egalari uchun moʻljallangani uchun, taʼlim gibrid koʻrinishda yoʻlga qoʻyilgan: yilda 4 marta Oxfordga kelish kerak, qolgan vaqt esa onlayn.

Xullas, shunaqa gaplar.
🔥640👍226🤩53🎉25👏2013😱5😁2🤔2
Forwarded from The Tech
Mohirdev — стартап, которые учит IT-профессиям.

Познакомились с основателем образовательного стартапа — @mohirdev Узнали как началась история проекта😻

Подробнее читайте по ссылке👈
👍80🔥25👏52
Nima uchun yana talaba bo’ldim?

Uch yil avval Mohirdev loyihasini boshlaganimizda, men Malayziyada Universitetda o’qituvchi-professor edim. Tinch, sokin hayot, vaqtim kunda-kunora ma’ruzalar o’qish, ilmiy ish qilib, maqolalar yozish bilan o’tar edi.

Asosiy fokusim Universitetga, undan ortgan bo’sh vaqtimni esa Mohirdevga sarflar edim. Lekin vaqt o’tib, loyihamiz ham ulg’ayib bordi va ko’proq e’tiborni talab qila boshladi.

Bir yarim yil avval hayotimdagi muhim lekin eng to’g’ri qarorlardan birini qabul qildim - 20 yillik muhojirlikdan so’ng vatanga qaytib Mohirdev loyihasi boshqaruvini o’z qo’limga oldim.

Men uchun muhandislikdan rahbarlikka o’tish oson kechmadi, kutilmagan to’siqlar va qiyinchiliklar bo’ldi, lekin jamoamizning yordami bilan kompaniya oyoqqa turib oldi. Bir yarim yil shiddat bilan o’tdi, ko’p ishlar qilindi, loyihamiz kichkinagina startupdan katta kompaniyaga aylandi. Mohirdev O’zbekistonda IT ta’lim sohasida yetakchi o’rinlarga chiqdi.

Mana endi oldimizda undan ham katta marralarni zabt qilish turibdi. Maqsadimiz Mohirdevni nafaqat O’zbekistonda, balki global maydonda ham katta o’yinchilar qatoriga kiritish. Buning uchun esa boshqaruvda chinakam yetkachi bo’lish, raqobatchilardan o’zib ketish uchun to’g’ri strategiya tuzish, mustahkam va ishonchli jamoani shakllantirish, to’g’ri qarorlarni qabul qilish va boshqa muhim ko’nikmalar talab etiladi.

Bu narsalarni endi kitobdan o’qib o’rganishning o’zi kamlik qila boshladi va tahminan yarim yil avval sohadagi eng zo’r oliygohlarni qidirib boshladim va tanlovim Oxford Universitetida to’xtadi.

Sabab esa oddiy - bu oliygoh yetakchi rahbarlarni yetishtirib chiqarishdagi eng ilg’or Universitet hisoblanadi. Oxford Universitetida Buyuk Britaniyaning 28 ta bosh vaziri, 30 dan ortiq dunyo rahbarlari va 55 ta Nobel mukofoti egalari va minglab kompaniya rahbarlari tahsil olgan.

Keyingi postlarda men oʻqiyotgan dastur, dars jarayoni va Oxford muhiti haqida alohida yozaman. Stay tuned.

@sariqdev
🔥430👍16725👏9