Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Sariq Dev
📱 Mahsulot nima?  Hayratlanarli darajada ko‘p startap loyiha asoschilari nima sotayotganini bilmaydi. Oddiy misol, bugun Pizza & Pitch tadbiri davomida bir yigit onlayn meditsina xizmati g‘oyasini taqdim qildi. Mahsulotingiz nima degan savolga esa "Onlayn…
🚖 Mahsulot nima? (Davomi)

Aslida bu savolga javob olish uchun startapga mijozning koʻzi bilan qarash kifoya.

Yuqoridagi birinchi misolda mahsulot bu – sogʻliqni saqlash (shifokor, dori, poliklinika, laboratoriya). Mijozga doktor kerak, sizning ilovangiz esa vositachi xolos.

Ikkinchi misolda mahsulot bu – taksi (A nuqtadan B nuqtaga borish). Ilova esa qoʻshimcha qulaylik xolos.

Aksar startaplarning xatosi – agar zoʻr ilova (platforma) qilsam, mahsulot oʻzi yugurib keladi deb oʻylashida. Natijada, asoschilar hamma pulini dastur yaratishga sarflaydi, dastur ishga tushadi, mahsulot esa yoʻq.

Agar YandexTaksi kabi dasturlarning bozorga kirib kelishini oʻrgansak, ular aksar pulini haydovchilarga sarflagan boʻladi. Mijozlarga raqobatchilardan pastroq narx, haydovchilariga esa koʻproq pul vaʼda qilib, oʻrtadagi tafovutni oʻz choʻntagidan beradi (demping).

Onlayn medisina ham shunday, dasturni MVP (eng sodda) koʻrinishiga olib kelib, asosiy kuchni aynan shifokorlarni jalb qilishga harakat qilish kerak.

Soʻzimni bitta yaxshi misol bilan tugataman, mohirdev kompaniyasiga asos solganimizda oʻz-oʻzidan darslarni joylash uchun platforma masalasi koʻtarildi va sherigim Muhammadxalil bosh qotirmasdan, bepul Wordpress va bitta arzon plagindan foydalanishni maslahat berdi. Asosiy urgʻuni esa mahsulotga (video darslarga) qaratdik.

Huddi shu payt, bizga miraman.uz deb nomlangan oʻquv platformasi aloqaga chiqdi va ularda platforma tayyor ekanligi va darslarimizni ularga qoʻyish taklifink berishdi. Meni hayron qoldirgani, ular platformani yaratish uchun 50000$ sarflashgan edi. Ya'ni asosiy mahsulot (darslar) qolib, hamma investisiya vositachi dasturga sarflab yuborilgan.

Oradan 2 yil oʻtdi, Miraman.uz sayti hozir ham aktiv, holatini esa kirib koʻrsangiz boʻladi (albatta, bu yerda boshqa faktorlar ham boʻlsa kerak).

Xullas, bu xatoni qilmang, resurlarni toʻgʻri taqsimlang.
👍87🔥73🎉2👎1🤩1
Mohirdev top 😎
👍313🔥79👏106🤯5🤩4🎉3😁2🤔2😱2
⚡️ Ibrat Academy dasturi yuklab olishlar soni 100mingdan oshib, bepul taʼlim kategoriyasida 1-oʻrinni egalladi.
👍265🔥37🎉8🥰5👏32
Shunaqa username uchun guruhdan ayovsiz haydayapman.
😁337👍80🤯12🔥10😢3👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IT park, AloqaBank va AloqaVentures tomonidan tashkil etilgan startaplar tanlovining final bosqichida mehmon sifatida qatnashdim. 2-3 yil oldin Oʻzbekistonda “startup”, “pitch deck”, "venchure” degan soʻzlar mutlaqo manoga emasdi, bugun esa oʻz gʻoyasida yonib yurgan yoshlarga barcha imkonoyatlar muxayyo.

Ehhh, yangilarga havasim keldi.
👍118🔥14🥰5👏41
PHP chilar kuyib oʻlsin 😎

#pythonrules

@sariqdev
😁591🔥36👍27👎216🤩5🤯4😱3🤔1
Google qidiruv tizimi turli bayramlarga moslab logotipni oʻzgartiradi, bugun yurtimiz mustaqillik kuniga bagʻishlab Oʻzbekiston bayrogʻini qoʻyibdi. Ustiga bossangiz mushak ham otadi 🎆.

Googlega hurmatim yanada oshdi.

Barchangizga bayram muborak!
👍272🎉43🔥164👎4👏2
Mohirdev kurslariga endi Paynet orqali ham toʻlov qilish mumkin.

Kurs narxini 3-6-9-12 ga boʻlib toʻlash mumkin.

PHP-lar ustozi Sardor Dushamov uyingizga "borib" dars oʻtadi. Jahongir Rahmon Germaniyadan turib sizga Pythonda Web dasturlashni oʻrgatadi. Uydan chiqmasdan Kiberxavfsizlik kursini tugatib, ishga kirib ketsangiz boʻladi.

E oyiga arzimagan 168ming soʻm bilan Data Science va Sunʼiy intellekt mutaxassisi boʻlish mumkin.

Ayting, yana nima qulaylik qilib beraylik? Nima bahona qoldi bekor yurishga?
🔥213👍62😁405👏5🤔3🎉3😱1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz va shogird. Hayotiy voqealar asosida ishlangan. 100% tasdiqlayman.

@sariqdev
😁318👍32🔥8👎42
👉 Taaaak, kanalni jonlantirmasak bo’lmaydi. Mohirdev bilan ovora bo’lib, kanalda faollik ham pasaydi. Xullas, yordamingiz kerak, 2 daqiqa vaqtingizni ayamay quyidgai so’rovnomani to’ldirsangiz ancha yordam bergan bo’lardingiz.

So’rovnomani to’ldirganlarga bonus kursga yo’llanma beramiz 😎.

👉 So’rovnomani to’ldirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍90🔥14👎2🥰2
Kompyuter savodxonligi darslarini yangicha yondashuv bilan yozayapmiz. Hamkor Mediapark.
👍175🔥28🤯114🎉3👏2👎1
Apple yangi iPhone taqdim qildi. Oxirgi yillarda deyarli oʻzgarish yoʻq. Buning oddiy sababi bor, yillar davomida sayqallanib, iPhone telefon sifatida dizayn va qurilma (hardware) tarafdan eng mukammal holatga kelgan. Ishlab turgan narsani esa oʻzgartirib, buzib qoʻyish mumkin.

Lekin ommaga shov-shuv, xayp, yangilik kerak. Shuning uchun Apple yildan-yilga majburlikdan "yangi" iPhone taqdimotini oʻtkazadi.

Oʻzim yilning boshidan iPhone ishlatib kelayapman va tan olaman dizayn judayam zoʻr. Qoʻldan tushurging kelmaydi. Uzoqdan ham iPhone bir koʻrishda boshqa barcha telefonlardan oson ajraladi. Kamera ham yaxshi, ishlash tezliklari ham, aloqa ham.

Lekin, iPhone asosiy telefonimga aylanmagani, baʼzi kunlarda uyda, baʼzida sumkamda kunlab qolib ketishiga sabab iOS boʻlayapti. Aniqrogʻi, klaviatura (men koʻp yozaman), xabarnomalar (notification) va telefon dasturi shunchaki daxshatli darajada rasvo qilingan. iPhone foydalanuvchilari yillar davomida bu narsaga koʻnikib ketgan, lekin Androiddan oʻtishda bu narsalar yaqqol koʻzga tashlanadi.

Apple yangilik qilaman desa aynan iOS ustida uzoq ishlashi kerak deb oʻylayman.
👍268🔥27😁7🤔65👏5👎2
"Siz oʻzi Apple mahsulotlarini yomon koʻrasiz" deyishganda, men:
😁323👍52🔥8👎76🎉4😱3🥰2🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Haqiqiy innovatsiyani koʻraman desangiz, biz yaratgan e-commerce botni koʻring. Koʻz quvonadiya 🤩.

Hammasidan zoʻri, siz ham bunday botni bir qator ham kod yozmasdan yarata olasiz 😱.

Botga barcha toʻlov tizimlar, muddatli toʻlovlar, turli CRMlar va mijozlarga avtomat javob beruvchi sunʼiy intellekt ham integrasiya qilingan.

Bunday botlarni bemalol 500-1000$ sotish mumkin.

Xullas, kimga qiziq boʻlsa, kelayotgan Shanba (16 Sentabr) kuni masterklassga taklif qilamiz.

Masterklass pullik, batafsil maʼlumot yopiq kanalda.

⚡️ Kanalga ulanish: https://t.iss.one/+NzvPrvtiTHo5NDJi


p.s. Mohirdev Mukammal bot kursi talabalari uchun alohida chegirma bor.
👍102👏8🔥6😁3😢3👎2😱2🤩2🤯1
Aytgancha, botning admin qismi ham tayyor: statistika, analitika, sotuvlar, xaridlar, mijozlar hammasi bir joyda.

Bundan tashqari:
- payme, click orqali tayyor toʻlov
- muddatli toʻlov
- sms xabarnomalar yuborish
- mijozlar bilan muloqot qiluvchi sunʼiy intellekt
- yetkazib berish xizmati
- promolar
va boshqa xizmatlar hammasi tayyor qilingan.

Sizga faqat botni oʻzingiz (yoki mijoz) uchun sozlab ishga tushirish qoladi.

Masterklassda bularni hammasini oʻrgatamiz. Batafsil ma’lumot yopiq kanalimizda berib boriladi: https://t.iss.one/+NzvPrvtiTHo5NDJi
👍69🔥124👎4🥰1👏1