Davron aka Tojialiyev boshchiligida Arashan togʻlarini zabt qildik. Anchagina mashaqqatli safar boʻldi, 10km ortiq masofa yurib, togʻdan tushishda qorongʻuga qolib ketdik. Tunda, yomgʻir va doʻlda faqat duo qilib tushdik.
Lekin yaxshi hamrohlar bilan mashaqqat ham esdan chiqar ekan, hamrohlar esa a’lo darajada boʻldi. Bunday suhbatlarni boshqa hech qayerda eshitmaysiz.

👏101👍55🔥25❤10🤩6😁2👎1
Aslida eng katta sayohatchi bu mening Dadam. Hozir butun yevropa bo’ylab yakka o’zlari velosipedda safar qilayaptilar.
Dadamni sayohatlari haqida yozishga ko’ndirdik, qiziqqanlar @velosafar kanalida kuzatib borishlari mumkin.

👍350🔥49😱27👏15❤10😁4🤯4👎1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng mashhur dasturlash tillari...
👍151😁62🔥13👎8❤6😢2
mohirdev.uz ga soha tanlashga yordam beruvchi soʻrovnoma qoʻshdik. 5 daqiqa vaqtingizni ayamay, sinab koʻrib, fikringizni aytsangiz minnatdor boʻlar edim.
Sizga toʻgʻri tavisya bera oldikmi?
Javoblarni (skrinlarni) izohda kutaman. Rahmat

🔥76👍37👏13👎1
Forwarded from Django darslari (Mukhammad irmatov)
Dasturlashga oid kanallarda pythonni veb dasturlash sohasi uchun o’rganish kerak yoki kerak emasligi haqida baxslar bo’lyapti. Bu bo’yicha o’zimni subyektiv fikrimni aytadigan bo’lsam, Python versatile(universal) til bo’lganligi sababli, veb uchun ham, data science va AI uchun ham birdek qulay til hisoblanadi.
Python dasturlash tilini tez emaslikda ayblash rosa urf bo’ldi. Aslida backend qismining ishlash tezligi faqatgina dasturlash tiliga bog’liq emas. Ma’lumotlar bazasiga so’rov jo’natish va uni qabul qilish ham dasturni ishlash tezligiga katta ta’siri bor. Siz oddiy API so’rovlar bilan ishlovchi servis yozmoqchi bo’lsangiz va sizda millionlab foydalanuvchilar yo’q bo’lsa, pythonda ishlaysizmi, PHP da ishlaysizmi tez yoki sekinligini sezmaysiz ham. Agar siz bir millisekund ham muhim rol o’ynaydigan loyiha ustida ishlayotgan bo’lsangiz, unda python tezroqmi yoki php mi deb bosh qotirsangiz bo’ladi (Go va Rust bularni hammasidan tezroq). Bu haqida Jakhongir Rakhmonov yaxshi maqola yozgan ekan.
Pythonni afzalligi nimada?
Python(django) yordamida qisqa vaqt ichida loyihani xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda sifatli yaratish mumkin(o’rganish osonligi, community ko’pligi, kutubxona va packagelarga boyligi vahokazolar haqida gapirmadim). Agar sizga dastur tezligi kerak bo’lsa FastAPI ni sinab ko’rishni tavsiya qilaman. FastAPI asinxron tarzda, async va await dan foydalanganligi uchun so’rovlar bilan ishlashda juda tez va samarador hisoblanadi.
Python (django) ni o’rganib ish topa olamanmi?
Vakansiyalar ko’p, vakansiya talablariga javob bera oladigan, pichoqqa ilinadigan dasturchi kam. Bir qarashda minglab o’quvchilar pythonni o’rganishayotgani va tez orada bozor python dasturchilariga to’lib ketadigandek tasavvur uyg’otadi. Lekin o’rganayotganlarning hammasi ham kursni(mustaqil o’rganishni) oxirigicha yetkazolmaydi. Va ularni barchasi ham professional darajaga chiqa olmaydi.
Python dasturchilariga talab bormi?
Python dasturlash tiliga bizning bozorda ham talab yetarli. May oyida kattaroq loyiha uchun 1 oy davomida middle dasturchi qidirdik va topilmagach tajribasi kamroq bo’lsa ham, bilimi yaxshi bo’lgan strong junior dasturchi oldik. O’zbekistondagi bir necha IT kompaniyalardagi tanishlar bilan gaplashganimda, aksariyat loyihalarini python da qilayotganini chunki PHP dasturchilari kamayib ketganligini va AI loyihalar backend qismini ham Django va FastAPI bilan yozish qulay ekanligini aytishdi.
Qanday qilib python dasturchisi sifatida ishga kirish mumkin?
O’quv markaz va onlayn platforma materiallari bilangina cheklanib qolmang. O’zingiz mustaqil tarzda yangi bilimlar, yangi texnologiyalar o’rganishga, mustaqil tarzda katta loyihalar(ko’rganda vaauv deydigan) qilishga harakat qiling. Networking ham juda muhim. Turli xil konferensiya va seminarlarda ham ishtirok etib, do’stlar-tanishlar orttiring. Ijtimoiy tarmoqlarda ham borligingizni bildiring. Linkedin va telegramda o’z tajriba va taassurotlaringizni yozib boring. Bu ham brand awereness uchun juda foydali.
Pythonni o’rganayotganlarga qanday maslahat berardim?
— Faqatgina Python bilan cheklanmang. Mustaqil tarzda algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganib, algoritmik masalalar yechib boring.
— Djangoni o’rganyapsizmi, uni yoniga Flask yoki FastAPI ni ham qo’shing.
— SQL ni o’rganyapsizmi? uni yoniga birorta NoSQL tilini(MongoDB) ni ham qo’shing.
— Task queue uchun celery ni o’rganyapsizmi, uni yoniga Redis va RabbitMQ ni ham qo’shing.
— Deploy qilish uchun faqatgina bepul hostinglar bilan cheklanmasdan, Docker bilan servis ko’tarib, uni AWS ga deploy qilishni ham o’rganing.
Bularni o’rgansangiz, python dasturchisi sifatida bemalol ish topa olasiz.
@djangodarslari

👍176🔥23👎4👏4😁4❤2🤯2
Forwarded from MohirDev.uz
⚡️ Maxsus tadbirda ishtirok eting
UzGeeks Community va Thinkland kompaniyasi bilan hamkorlikda "UzGeeks July 2023 Meetup" bo'lib o'tadi
Tadbirda soha mutaxassislar quyidagi mavzularda taqdimot qiladilar:
1. “PHP 8 bilan tanishuv. O'zgarishlar” - Sobirjonov Sanjarbek (Backend developer, Genesis Innovation);
2. “OOP va uning tamoyillari, design patternlar” - Ibragimov Diyorbek (Backend developer, Agrobank ATB).
3. "Introduction to GSAP" - Asliddin Hamrayev (Frontend developer, UIC Group)
🎁 Meetup davomida qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi
📅 Qachon: 15-iyul, soat 14:00
📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mo'minov ko'chasi 4A
Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi
UzGeeks Community va Thinkland kompaniyasi bilan hamkorlikda "UzGeeks July 2023 Meetup" bo'lib o'tadi
Tadbirda soha mutaxassislar quyidagi mavzularda taqdimot qiladilar:
1. “PHP 8 bilan tanishuv. O'zgarishlar” - Sobirjonov Sanjarbek (Backend developer, Genesis Innovation);
2. “OOP va uning tamoyillari, design patternlar” - Ibragimov Diyorbek (Backend developer, Agrobank ATB).
3. "Introduction to GSAP" - Asliddin Hamrayev (Frontend developer, UIC Group)
📅 Qachon: 15-iyul, soat 14:00
Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥9😢2🥰1
Imloviy xatolar bilan yozish men uchun ikki narsaga dalolat qiladi:
1. Kishi hali aqlan ulgʻaymagan va chalasavod boʻlishni ayb sanamaydi.
2. Kishida muloqot koʻnikmasi (communication skills) shakllanmagan. Ertaga ichki va tashqi (mijozlar) bilan aloqada qiynaydi.
Mohirdevda ham imloviy xato bilan yozganlarni qattiq ogohlantiraman.

Telegram
MJ
Qanday qilib o'zingizni noprofessional ko'rsatishingiz mumkin?
Rasmdagiga ko'ra "beknch" "backendchi" yoki "backend dasturchi"ga to'g'ri kelyaptimi?
Oramizda "beknch"lar bormi?
Hazilni chetga surib aytadigan narsam:
Imlo xatolarsiz yozing! Hech bo'lmasa…

👍107😢13😁11❤8👎7🔥3
Forwarded from MohirDev.uz
Dasturlashni o'rganishga qiynalyapsizmi?
😵💫 Dasturlashga endi qadam qo'ygan bo'lsangiz sizda ham ko'pchilik dasturchilar kabi "bu soha menga emas ekan, dasturlash qiyin ekan, zerikib qolyabman..." kabi hayollar o'tayotgan bo'lsa kerak?
Unda sizni Azimjon Pulatov ishtirokidagi "Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rganar edim?" deb nomlangan tadbiriga taklif etamiz.
Hozirda Amazon kompaniyasida ishlab kelayotgan Azimjon Pulatov tadbirda dasturlashni qanday o’rganganligi va agar bugun boshlaganida qanday o’rgangan bo’lishi haqida gapirib beradilar.
🎁 Hamda savol-javob qismi bo'lib, faol qatnashgan ishtirokchilarga maxsus sovg'alar ham taqdim etiladi.
📍 26-iyul, chorshanba kuni, soat 09:30'da Mohirdev ofisida sizni kutib qolamiz
⚡️ Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling:
👉 Ro'yxatdan o'tish
Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul va hamma uchun. Do'stlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang
Unda sizni Azimjon Pulatov ishtirokidagi "Dasturlashni endi boshlaganimda qanday o’rganar edim?" deb nomlangan tadbiriga taklif etamiz.
Hozirda Amazon kompaniyasida ishlab kelayotgan Azimjon Pulatov tadbirda dasturlashni qanday o’rganganligi va agar bugun boshlaganida qanday o’rgangan bo’lishi haqida gapirib beradilar.
👉 Ro'yxatdan o'tish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍86❤7👎6🤔2😱2
Forwarded from Nuruddin Blogs
🔊 GMWx Tashkent
🗓 5th August 2023
If you have an idea or startup addressing pressing issues of humanity, join our event to learn how to participate in the Continuum Spark Award contest, where the winning idea will be awarded $100,000 in cash 💰.
During the 3-hour event, you will learn:
📌 How to build a sustainable business from Nabeel Shariff, Director of GMW Network (UK), and
📌 How to attract investors and secure funding for your ventures from Iskandar Kurbanov, Venture Associate at Plug&Play.
☕️ And enjoy networking and coffee break with likeminded folks.
🗓 Date: 5th of August
⏱ Time: 2PM
📍 Venue: IT Park, Makhtumkuli street, 1A
🔗 Reg-n: https://gmw.network/tashkent
🆓 Attendance

The GMW Network
Tashkent — The GMW Network
👍27🔥7
Nuruddin Blogs
🔊 GMWx Tashkent 🗓 5th August 2023 If you have an idea or startup addressing pressing issues of humanity, join our event to learn how to participate in the Continuum Spark Award contest, where the winning idea will be awarded $100,000 in cash 💰. During the…
Oʻz startup loyihasini boshlayman yoki boshlab investor qidirayotganlar uchun ajoyib tadbir.
👍55🔥8👎1
Forwarded from Texnoman.uz - O‘zbekistonda Axborot Texnologiyalari
Assalom alaykum.
Bugun 20:00 da "Scrum metodologiyasini qo’llash - Texnoman Vebinar #16" mavzusida Sardor aka Dushamov bilan suhbatlashamiz.
Suhbat uchun havola kanalda yuboriladi.
@texnoman

👍59🔥3👎2👏1
Nihoyat kiberxavsizlik bo’yicha kursimiz tayyor bo’ldi. Hozir oxirgi o’zgartirishlar, testlar, vazifalar qo’shilayapti. Bu kurs ustida uzoq ishladik, ustozimiz ham sohada tajribasi bor, xalqaro kompaniyada kiberxavfsizlik bo’limida ishlaydigan kuchli mutaxassis.
Kamiga, kursni kiberxavfsizlik sohasida ishlayotgan tashqi ekpertlardan ham tasdiqdan o’ktazdik.
Bugungi kunda kiberxavfsizlik eng dolzarb sohalardan bo’lib turibdi va afsuski O’zbekistonda ham, dunyo miqyosida ham mutaxassislar juda kam. Muammolar esa juda ko’p.
Kursimiz aynan shu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan. Lekin, mohirdev tarihida ilk bor, kursga yozilishda qat’iy cheklovlar qo’yiladi. Eng avvalo kurs yosh bolalarga sotilmaydi (faqat 18+). Talabalarga kiberhujumlar uchun jinoiy javobgarlik tushuntirladi va maxsus shartnoma imzolanadi. Shundan keyingina kurs to’liq ochiladi.
Bizning maqsadimiz buzg’unchilarni emas, himoyachilarni tayyorlash.
Xullas, kuzatib boring, kelgusi kunlarda kiberxavfsizlik haqida ko’p gaplashamiz.

👍267🔥33😁11❤4👎1🤩1