Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Bugun Mohirdevda ajoyib bir loyiha taqdimoti boʻldi. Loyiha ilm yoʻliga chiqqan yoshlarni kelajakka sarmoya qilaman degan homiylar bilan bogʻlaydi.

Tafsilotlarini tez kunda eʼlon qilamiz...
👍131🔥229🥰1👏1🤩1
Davron aka Tojialiyev boshchiligida Arashan togʻlarini zabt qildik. Anchagina mashaqqatli safar boʻldi, 10km ortiq masofa yurib, togʻdan tushishda qorongʻuga qolib ketdik. Tunda, yomgʻir va doʻlda faqat duo qilib tushdik.

Lekin yaxshi hamrohlar bilan mashaqqat ham esdan chiqar ekan, hamrohlar esa a’lo darajada boʻldi. Bunday suhbatlarni boshqa hech qayerda eshitmaysiz.
👏101👍55🔥2510🤩6😁2👎1
Aslida eng katta sayohatchi bu mening Dadam. Hozir butun yevropa bo’ylab yakka o’zlari velosipedda safar qilayaptilar.

Dadamni sayohatlari haqida yozishga ko’ndirdik, qiziqqanlar @velosafar kanalida kuzatib borishlari mumkin.
👍350🔥49😱27👏1510😁4🤯4👎1😢1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eng mashhur dasturlash tillari...
👍151😁62🔥13👎86😢2
mohirdev.uz ga soha tanlashga yordam beruvchi soʻrovnoma qoʻshdik. 5 daqiqa vaqtingizni ayamay, sinab koʻrib, fikringizni aytsangiz minnatdor boʻlar edim.

Sizga toʻgʻri tavisya bera oldikmi?

Javoblarni (skrinlarni) izohda kutaman. Rahmat
🔥76👍37👏13👎1
Dasturlashga oid kanallarda pythonni veb dasturlash sohasi uchun o’rganish kerak yoki kerak emasligi haqida baxslar bo’lyapti. Bu bo’yicha o’zimni subyektiv fikrimni aytadigan bo’lsam, Python versatile(universal) til bo’lganligi sababli, veb uchun ham, data science va AI uchun ham birdek qulay til hisoblanadi.

Python dasturlash tilini tez emaslikda ayblash rosa urf bo’ldi. Aslida backend qismining ishlash tezligi faqatgina dasturlash tiliga bog’liq emas. Ma’lumotlar bazasiga so’rov jo’natish va uni qabul qilish ham dasturni ishlash tezligiga katta ta’siri bor. Siz oddiy API so’rovlar bilan ishlovchi servis yozmoqchi bo’lsangiz va sizda millionlab foydalanuvchilar yo’q bo’lsa, pythonda ishlaysizmi, PHP da ishlaysizmi tez yoki sekinligini sezmaysiz ham. Agar siz bir millisekund ham muhim rol o’ynaydigan loyiha ustida ishlayotgan bo’lsangiz, unda python tezroqmi yoki php mi deb bosh qotirsangiz bo’ladi (Go va Rust bularni hammasidan tezroq). Bu haqida Jakhongir Rakhmonov yaxshi maqola yozgan ekan.

Pythonni afzalligi nimada?
Python(django) yordamida qisqa vaqt ichida loyihani xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda sifatli yaratish mumkin(o’rganish osonligi, community ko’pligi, kutubxona va packagelarga boyligi vahokazolar haqida gapirmadim). Agar sizga dastur tezligi kerak bo’lsa FastAPI ni sinab ko’rishni tavsiya qilaman. FastAPI asinxron tarzda, async va await dan foydalanganligi uchun so’rovlar bilan ishlashda juda tez va samarador hisoblanadi.

Python (django) ni o’rganib ish topa olamanmi?
Vakansiyalar ko’p, vakansiya talablariga javob bera oladigan, pichoqqa ilinadigan dasturchi kam. Bir qarashda minglab o’quvchilar pythonni o’rganishayotgani va tez orada bozor python dasturchilariga to’lib ketadigandek tasavvur uyg’otadi. Lekin o’rganayotganlarning hammasi ham kursni(mustaqil o’rganishni) oxirigicha yetkazolmaydi. Va ularni barchasi ham professional darajaga chiqa olmaydi.

Python dasturchilariga talab bormi?
Python dasturlash tiliga bizning bozorda ham talab yetarli. May oyida kattaroq loyiha uchun 1 oy davomida middle dasturchi qidirdik va topilmagach tajribasi kamroq bo’lsa ham, bilimi yaxshi bo’lgan strong junior dasturchi oldik. O’zbekistondagi bir necha IT kompaniyalardagi tanishlar bilan gaplashganimda, aksariyat loyihalarini python da qilayotganini chunki PHP dasturchilari kamayib ketganligini va AI loyihalar backend qismini ham Django va FastAPI bilan yozish qulay ekanligini aytishdi.

Qanday qilib python dasturchisi sifatida ishga kirish mumkin?
O’quv markaz va onlayn platforma materiallari bilangina cheklanib qolmang. O’zingiz mustaqil tarzda yangi bilimlar, yangi texnologiyalar o’rganishga, mustaqil tarzda katta loyihalar(ko’rganda vaauv deydigan) qilishga harakat qiling. Networking ham juda muhim. Turli xil konferensiya va seminarlarda ham ishtirok etib, do’stlar-tanishlar orttiring. Ijtimoiy tarmoqlarda ham borligingizni bildiring. Linkedin va telegramda o’z tajriba va taassurotlaringizni yozib boring. Bu ham brand awereness uchun juda foydali.

Pythonni o’rganayotganlarga qanday maslahat berardim?
— Faqatgina Python bilan cheklanmang. Mustaqil tarzda algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalarini o’rganib, algoritmik masalalar yechib boring.
— Djangoni o’rganyapsizmi, uni yoniga Flask yoki FastAPI ni ham qo’shing.
— SQL ni o’rganyapsizmi? uni yoniga birorta NoSQL tilini(MongoDB) ni ham qo’shing.
— Task queue uchun celery ni o’rganyapsizmi, uni yoniga Redis va RabbitMQ ni ham qo’shing.
— Deploy qilish uchun faqatgina bepul hostinglar bilan cheklanmasdan, Docker bilan servis ko’tarib, uni AWS ga deploy qilishni ham o’rganing.

Bularni o’rgansangiz, python dasturchisi sifatida bemalol ish topa olasiz.

@djangodarslari
👍176🔥23👎4👏4😁42🤯2
Forwarded from MohirDev.uz
⚡️ Maxsus tadbirda ishtirok eting

UzGeeks Community va Thinkland kompaniyasi bilan hamkorlikda "UzGeeks July 2023 Meetup" bo'lib o'tadi

Tadbirda soha mutaxassislar quyidagi mavzularda taqdimot qiladilar:

1. “PHP 8 bilan tanishuv. O'zgarishlar” - Sobirjonov Sanjarbek (Backend developer, Genesis Innovation);

2. “OOP va uning tamoyillari, design patternlar” - Ibragimov Diyorbek (Backend developer, Agrobank ATB).

3. "Introduction to GSAP" - Asliddin Hamrayev (Frontend developer, UIC Group)

🎁 Meetup davomida qiziqarli savol bergan ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshiriladi

📅 Qachon: 15-iyul, soat 14:00
📍 Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mo'minov ko'chasi 4A

Tadbirda qatnashish bepul. Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥9😢2🥰1