Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Kechagina Google ChatGPTga muqobil ravishda oʻzining Bard dasturini taqdim qilgan edi, bugun esa Microsoft kompaniyasi yangilangan va ChatGPT ga ulangan Bing qidiruv tizimini eʼlon qildi.

Umuman olganda, ChatGPT ixtiro qilinishi, oxirgi 20 yilda qidiruv tizimlari bozorida peshqadamlik qilgan Googlega qattiq zarba boʻldi.

Xullas bu yil Sunʼiy intellektlar jangi qattiq ketadi.

@sariqdev
🔥174👍66🤯16😱7👎2👏2😢2🥰1🤔1
Day 13
⚖️ 93.2
🥙 1400
🚶 8409
#loser
🙃
🤔148👍81👎10👏9😁4🤯3🎉2😱1
Forwarded from MohirDev.uz
🤩 .NET dasturchisi bo'lishni maqsad qilganlar uchun tadbir

⚡️
Bu safar Mohirdevda kuchli 3 nafar mutaxassislardan .NET haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.

"Classes in C#" - mavzusida hozirda Exadel kompaniyasida .NET muhandis, shuningdek "MVP" (Microsoftning Eng Qimmatli Mutaxasissi) unvoniga ega Elbek Normurodov;

"Data Structures in C#" - haqida ayni vaqtda Uzcard kompaniyasida .NET dasturchi lavozimida ishlab kelayotgan Shukhrat Utaboev;

"Nega ko'p kompaniyalar C# ishlatishmoqda?" - savoliga esa yana bir "MVP" unvoni egasi, BARQ kompaniyasida dastur muhandisi Mukhammadkarim Tukhtaboev batafsil javob berib o'tadilar.

Tadbir 12-fevral, yakshanba kuni, soat 10:00 da Mohirdev ofisida (Mo'minov ko'chasi, 4A uy) bo'lib o'tadi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

Tadbirda ishtirok etish mutlaqo bepul, ro'yxatdan o'tib, o'z joyingizni band qiling.
👍22👏5🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi Galileo AI matndan dizayn yasab berayapti. Bu ketishda dizaynerlar ham ishsiz qoladi shekilli.
🤯148👍50😁42😱11👎7🔥6
Yildan yilga .NETga talab ortib borayapti. Dunyo boʻylab katta kompaniyalar .NETga oʻtib ketishayapti.

Nega bunday boʻlayapti, nima uchun 2023 yilda dasturlashga kiraman degan odamga aynan .NET tavsiya qilamiz?

Bu va boshqa savollarga ertaga Mohirdev ofisida boʻladigan katta .NET tadbirida javob beramiz.

Uchrashuv ertaga, 12 Fevral, soat 10 da boshlanadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun link: https://forms.gle/RoGPY1UX3DicjTPy9

📍Location

Batafsil maʼlumot @mohirdev kanalida

p.s. Roʻyxatdan oʻtib, kelaverasiz. Alohida yana xabar yubormaymiz 🙂
👍35😁7🔥3🤔1
Dam olib ham turish kerak. Bugun kichik guruh bilan Chimyonni ishgʻol qildik. Afsus, choʻqqiga yeta olmadik, 2km dan keyin qor odam boʻyi barobar boʻlib, soʻqmoq ham tugadi. Kofe ichib qaytdik.
👍286🤩42🔥29👏10🤯43😱2👎1😁1
Day 18
⚖️ 92.7
🍛 1600
🥾 14657
#loser
😎
🤔77👍45🔥16👏9😁4
Sariq Dev
Day 18 ⚖️ 92.7 🍛 1600 🥾 14657 #loser 😎
Ko’pchilik anglab yetganidek bu mening kundalik vazn, kaloriya va qadamlarim soni.

Nega bu statistikani kanalimga joylab boshladim?

Uzoq yil davomida men juda semiz bo’lganman, vaznim 100+ kg da yurgan. 2018 yili esa Malayziyadagi Universitetim xodimlar orasida “Biggest loser” musobaqaini tashkil qildi. Maqsad - 6 oyda eng ko’p ozgan xodimlarni rag’batlantirish edi.

Men bu vaqtgacha ham bir necha bor ozishga harakat qilgan edim, turli dieta va ozish usullarini o’rganib yurgan davrlar edi. Musobaqa bahona, o’zim bilgan eng oson yo’lni tanladim va 6 oyda 108kg dan 78kg ga ozdim (-30kg 😎) Musobaqada 2-o’rinni egalladim.

Sog’lig’imda ancha oz’garishlar sezdim, qorin ketdi, uyqu zo’r bo’ldi, umuman terlamaydigan, hansiramaydigan bo’ldim.

Uzoq muddat o’zim uchun komfort bo’lgan 80-85kg vaznda yurdim. Keyin esa pandemiya boshlandi va 3 yil uyda o’tirib qoldim. Ortiqcha vazn qaytdi.

Toshkentga qaytib kelganim ham juda “ijobiy” ta’sir qildi. Osh, somsa, norin, qozonkaboblarni so’ginib qolgan ekanman…. Xullas birpasda. yana 100 ga qarab ketib qoldim.

Orada vazn tashlash uchun bir necha bor urindim, 2018 yilda qilgan hamma ishlarimni takrorladim, lekin natija kutgandek bo’lavermadi. Aniqrog’i o’zim ozish yo’lida sobitqadam bo’la olmadim va 2018-yilda eng katta turtki bo’lgan omilni hisobga olmaganimni tushundim: MUSOBAQA!

Demak ozish uchun irodaning o’zi kam, tashqi “nazorat” muhim omil ekan. Shundan keyin kunlik natijani 14000 odam kuzatib boradigan kanalimga joylashni lozim topdim.

Minglab odam seni kuzatib turishi, psixologik tomondan zo’r bosim bo’ldi. Oxirgi 18 kunda 5 kg ga ozdim (97.8➡️92.7). O’zimning rejam haftasiga 1kg dan ozish, marra 85kg. Hozircha yomon emas.

So’raganlar uchun, mening ozish usulim juda oddiy: Kamroq kaloriya, ko’proq harakat. Bu haqida Youtubeda ham ancha avval video qilgan edim. Qiziq bo’lsa ko’ring.

Xullas endi savollarga o’rin qolmadi deb o’ylayman. Kuzatishda davom eting, bu men uchun muhim.

p.s. Mabodo challengega qo'shilaman degan blogerlar bo'lsa, undan ham zo'r. Onlayn bellashamiz 🙂.

Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
👏113👍61🔥11😁9🤩5👎1
Izohlarda ovqatlarni kaloriyasini qanday hisoblaysiz deb soʻrashibdi. Buning uchun maxsus dasturlar bor, men Lifesum ishlataman.

Agar qidirgan ovqatim dasturda topilmasa, Yandexdan qidirib topaman (yandexda Oʻzbek ovqatlari Googledan koʻproq).

Muhimi har bir yegan narsani yozib borish, bir dona hurmo, limon choy, bir boʻlak non, hammasini yozish kerak. Mayda-chuyda ham yigʻilib, kechga ancha kaloriya boʻlib qoladi.

Savollar boʻlsa, marhamat, izohda qoldiring 👇
👍84🤯2🔥1