Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Darvoqe, bu Sardor ogʻa. "PHP dasturchining rasmi" degan edim, shuni chizib berdi 😂.

p.s. "Hamma oʻlsayam, php oʻlmaydi" degan rasm
😁228👍29🔥14👎8😱7👏4🤩1
Pastkash marketing.

O’tgan hafta o’zini 6-7 yillik dasturchi deb tanishtirgan yigit bizning kurslarimiz rejasi sifatsiz ekani va bizdan ko’plab yoshlar norozi ekani haqida shaxsiydan yozdi. Juda hayron qoldim. Odatda biz kurs rejasi ustida 1-2 oy ishlaymiz. Reja tuzish uchun soha ekspertlarini jalb qilamiz. Har bir dars tajribali mutaxassislar tomonidan yoziladi.

Xullas, yozgan odamning gapiga ahamiyat bermadim. Norozilar o’rtakashsiz, to’g’ridan-to’g’ri o’zmiga yozishini aytdim. Keyin bilsam bu yigit bunday xabarlarni mendan boshqa o’quv markazlarga ham yuborgan ekan. “Xo’p akajon, nima desangiz shu” deb gapiga kirmaganlarni esa shantaj qilib boshladi. Birpasda IT firibgarlar deb video ham chiqaribdi.

Meni ham “Tayyor turing, keyingi video siz haqingizda bo’ladi” deb ogohlantirib qo’ydi. Kim ekan bu yigit deb sahifasiga kirsam, 2019-yilda bitta online bootcamp o’qib, o’zidan ekspert yasab olgan, dasturchi bo’lib tayinli hech qayerda ishlamagan yosh bola bo’lib chiqdi. O’zining o’quv markazi ham bor ekan. Hammasi tushunarli, Dekabr, savdo sust. Markazga odam jalb qilish kerak. Pastkash marketing yo’lini tanlabdi. Reklamalarida “O’qiyotgan joyingizdan norozi bo’lsangiz bizga keling” mazmunida matnlar bilan norozilarni yig’ib olib, boshqalarning “aybini” fosh qilish yo’lini tanlabdi.

Mohirdevda 50ming talaba o’qiydi, albatta orasida norozilar topiladi. Mohirdev kamchilikdan xoli emas, lekin biz bu kamchiliklar ustida ishlaymiz. O’quvchilarning fikrini doimiy ravishda o’rganib, platformani rivojlantirib boramiz.

Bizning o’zimizning ekspertlarimiz bor:

- Frontend kurslarini Ulug’bek Samigjonov (EPAM, Veed.io) va Muhammadjavoxir Suratov (Najoit Ta’lim) tuzgan
- Python kursini Jahongir Rahmon (Anaconda, Amazon) va Muhammad Ermatov (Atomlab, Jafton) tuzgan
- .NET kursini Microsoft tomonidan 2022-yilning eng qimmatli dasturchisi deb tan olingan Elbek Normurodov tuzgan
- Android kursini dunyoning 3% dasturchilari safidan joy olgan Zohidjon Akbarov tuzgan (shu hafta chiqadi).
va hokazo.

Endi shunday mutaxassislar turganida, qayoqdagi nomsiz mishiqining gapiga kirmaganimizga bizni kibr va manmanlikda ayblab, ortimizdan ahlat titib, kompromat izlab yurganmish. Yaqinda biz haqimizda videosi ham chiqar ekan.

Alhamdulillah, biz o’zimizga ishonamiz. Darslar sifatiga javob beramiz. Albatta kamchiliklarimiz bor, ayqniqsa platforma yangi ishga tushganida ba’zi xatolarga yo’l qo’yildi. Lekin bu kamchiliklarning ko’pi bartaraf etildi va etilayapti. Talabalarga yanada sifatli kontent berish uchun tunu-kun ishlayapmiz. Darslar ham rejalar ham zamonga mos yangilanayapti.

Talabalarga murojatimiz, agar darslar sifatidan qoniqmasangiz har bir kurs sahifasida kursga baho berish uchun maxsus forma bor, shu forma orqali batafsil ariza yozishingiz mumkin, biz har bir murojaatni o’rganamiz (bechora Muhammadjavoxir uxlamay chiqadi ba’zida). Yoki istalgan payt @mohirdev_jbot orqali muloqotga ochiqmiz (ahmoqona savollardan tashqari 😅).

Pastkash marketologga esa javobim bitta, videoni chiqaravering. Qo’rqadigan joyimiz yo’q. Yuristlarimiz ham ancha zerikib qolishdi, bir ishlashsin. Videodagi har bir tuhmat va ig’voga javob talab qilib olamiz. Yaxshi gapni tushunmaydigan ahmoqlar bilan endi qonuniy kurashamiz.

Hurmat bilan Anvar Narzullaev,
Mohirdev.uz asoschisi
👍524🔥46👏24😁21👎17🎉32🥰2🤩2
Ertaga bir ChatGPT haqida jonli suhbat qilamizmi?
Anonymous Poll
76%
Ha 👍
5%
Yoʻq 👎
19%
Nima u? 🤔
👍71🔥16🤔10👎8😁2
Bugun, 5 Yanvar, 19:00 da jonli efir.

Mavzu: ChatGPT nima?

Link: youtube.com/sariqdev

p.s. darvoqe, video uchun posterni sun’iy intellekt chizib berdi
👍106🔥16😱14👏32👎2🎉1
Jonli efir yoqdimi? Takrorlab turaylikmi?
Anonymous Poll
74%
Ha
5%
Yoʻq
20%
Qanaqa jonli efir?
👍80👏13😁10🔥6👎5
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Anacondada ChatGPT bilan bo’lgan tajriba.

ChatGPT muammo nimadaligini aytib, kodini ham yozib bergan.
👍74🤔10🔥9👎6😁2
Dasturchilariminzi ChatGPT ga interview qildirtirayapmiz.

ChatGPT savollar soʻrab, oxirida dasturchining darajasini ham aytib berayapti.

Xohlasangiz avvaldan "junior frontend" yoki "middle fullstack java developer" deb shart ham qoʻyish mumkin, ChatGPT shunga mos savollar beradi 🤯
🤯140👍45👎12🔥10🤩6😱1
Hazil-hazil bilan, bugun senior dasturchimiz “ChatGPT bilan 2 ta juniorni almashtirsa bo’lar ekan. Juniordan ko’ra tezroq va tozaroq kod yozayapti. Muhimi, bitta narsani qayta-qayta so’ramaydi” deydi.
😁303👎80😢73👍24🤔8👏5🔥3
Sariq Dev
Hazil-hazil bilan, bugun senior dasturchimiz “ChatGPT bilan 2 ta juniorni almashtirsa bo’lar ekan. Juniordan ko’ra tezroq va tozaroq kod yozayapti. Muhimi, bitta narsani qayta-qayta so’ramaydi” deydi.
Aytib qoʻyay, bu gʻalvani boshlaganlar Data Science va Sunʼiy intellekt muhandislari boʻladi 😂.

Safimizga qoʻshiling: https://mohirdev.uz/ds
😁196👍36🔥19👎14🥰1🤔1😢1
Kechagi postdan keyin baʼzilar tushkunlikka ham tushdi. Sababi ular Sunʼiy intellektni yordamchi emas, raqobatchi sifatida koʻrdilar.

Aslida unday emas, agar toʻgʻri foydalansak ChatGPT kabi dasturlar faqatgina bizning oʻsishimizga va ishimizni osonlashishiga sabab boʻladi.

Masalan, Junior dasturchi ChatGPT dan qanday foydalanishi mumkin:

1. Code review. Endi kodingizni koʻrib, baholab, kamchiliklarini topib berishi uchun ustoz yoki katta dasturchini kutib oʻtirish shart emas. ChatGPT sizga kodni hamma kamchiliklarini aytib, oʻrniga toza va sifatli muqobilini ham koʻrsatadi.

2. Xatolar bilan ishlash. Hozir kodingizda xato chiqqanda Stackoverflowda soatlab vaqt sarflashingiz, yoki birorta senior dasturchining vaqtini olishingiz mumkin. SI esa bir zumda toʻgʻri yechimni izohlari bilan beradi.

3. Bilmagan narsangizni oʻrgatadi. Deylik dasturingizni siz shu paytgacha ishlatmagan xizmat bilan API orqali bogʻlash kerak (masalan, Payme toʻlov tizimini ulash kerak). ChatGPT sizga nafaqat kod, balki APIdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha qadam-baqadam qoʻllanmani ham beradi.

4. Shablon kodlar. SI sizga dasturingizning boshlangʻich qismini yozib beradi. Odatda takrorlanuvchi, shablon kodlarni endi vaqt ketkazib, qayta yozmasdan, ChatGPT ga yozdirib olish mumkin.

5. Kodni testlash. Junior dasturchilarning eng katta kamchiligidan biri - kodga unit yoki integration testlar yozishmaydi, yoza olishmaydi. SI esa buni qoyilmaqom qilib bajarayapti. Istalgan funksiyaga bir zumda test yozdirib olish mumkin.

Xullas, bunday misollar koʻp. Muhimi, SIdan koʻr-koʻrona emas, aql bilan foydalaning. Bergan javobini tahlil qiling. Yaxshi tarafi, soʻrasangiz ChatGPT har bir javobini izohlab, tushuntirib ham beradi.

Zamon oʻzgarayapti, siz ham zamonga moslashib boring. Texnologiyadan toʻgʻri foydalansangiz, u sizning raqobatchingiz emas, yordamchingiz boʻladi.

SI odamlarning o’rnini egallaydimi degan savolga mening doimiy javobim: “Ongli odamning o'rnini hech narsa bosmaydi”.

Siz oʻz sohangizda SI dan qanday foydalangan boʻlar edingiz? Javobingizni izohda qoldiring.
👍149🔥16👎64🤔2😁1
Forwarded from Fikrat
#bugun soat 14:00 da | "Fikrat" tahliliy dasturi

Mavzu: Ta'lim sohasida ITdan foydalanishning qulayliklari

Ekspertimiz: Malayziya Sains Islom universiteti Fan va texnologiya fakulteti katta ilmiy xodimi, "Mohirdev" onlayn platformasi bosh direktori Anvar Nazrulloh

Havola 👉 https://youtu.be/FcMO3_N-2BU

©️ AzonTV
👍67🔥9😱3👎1🎉1
Telegramda e'lon yozasiz: “Bugun, 7 Yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da sariqdev youtube kanalida "Dasturlash asoslari" darsimizni boshlaymiz. Darslarimiz mutlaqo bepul”

Pastidan izohlar boshlanadi:
Qaysi kuni ekan?
Soat nechida?
Toshkent vaqti bilanmi?
Ertalab 9 mi kechqurun 9 mi?
Nimadan ekan darslar?
Tekinmi?
Nechi pul o'zi?
Qatta bo'larkan darsla?

Har bir izoh 100 marta takrorlanadi 😅
😁417👍33🤯22🔥11👎3🥰3🎉2🤩1
Masalanda... 😅
😁382🤯25👍18🔥10🤔3🥰2
Yoki... 🤦‍♂
😁391🤯32😱11👍5🤩5😢4🔥3👏32
Ufffff bir narsa tavsiya qilib ham boʻlmaydi, darrov "Reklama narxi qancha".
Ey insonlar, menam odamman, nimalardur yoqsa tavsiya qilaman.

@sariqdev kanalida biror marta pullik kontent chiqmagan, daromadim boshqa joydan, alhamdulillah.
👍441😁58🔥3313👎9😢5🤔4🤯4👏3😱2