Sariq Dev
13.3K subscribers
1.25K photos
381 videos
4 files
845 links
Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.

Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Download Telegram
Forwarded from JR TwitGram 🥂
Savolni to’g’ri so’rash

Sifatsiz savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti”

Sifatli savol: “Menda mana bu narsa ishlamayapti. Quyidagi ishni qilgan edim, quyidagicha xato beryapti. Mana bu yerda yozilgan ishni qilmoqchiman. Windows ishlataman. Aloqador kodni screenshotda ko’rishingiz mumkin”
👍266😁49🔥7🤩54👎4👏1
IT sohasiga kirishning eng oson yo’llaridan biri bu QA tester bo’lish. Testerlarning vazifa dasturrchilar yaratgan ilovalarni sinash, kamchilik va xatolarni topish. Bu sohaga kirish uchun dasturlashni bilish ham talab qilinmaydi.

Hammasidan zo’ri, QA testerlarga talab juda katta, EPAM kabi xalqaro kompaniyalar ham hozir testerlarni qidirib yuribdi.

Bularning hammasini yozishimga sabab, mohirdev.uz saytimizda QA testerlik online kursi sotuvga chiqdi.

Kurs narxi 1.5mln so’m. Davomiyligi 3-4 oy (qancha tez bitirish sizga bog’liq).

Kurs ustozlari Muhammadaziz va Abdufattoh esa tajribali QA testerlar.

Xullas, IT ga qiziqqan, lekin dasturlashdan qo’rqannlar uchun zo’r imkoniyat.

Link: https://praktikum.mohirdev.uz/quality-assurance-sifat-nazorati
👍83👏20😁19👎5🎉32🤔2🤯2🤩2
Интелектуал боқимандалик.

Кўпчиликка эътибор берсак, самарадорлиги кам бўлсада қийналиб доим қилган ишини қилаверади. Ўзгартириш киритиш янгилик киритиш кераклигини қабул қилмайди.

Ал Хоразмий алгоритимидан бошлаб минг йил давомида технология компютер смартфон холига келди. Бутун дунё қўллаяпти. Ўзимизда хам хаетимиз бир бўлагигс айланяпти. Қиммат айфон олиб, ало ало, телеграм, ўта олмайди. 4-программани фаол ишлатса мия осилиб қолса керак.

Телеграм кириб келганига 8 йил бўлди. Халигача геолокация юборишни билмайдиганлар бор. Бир бирини топа олмай тентираб қийналиб юраверишади. Ёки клик тўловларни олайлик, пулини қучоқлаб хаммадан хавотирланиб юраверади. Замонавий мазохистлар бўлса керак. Шуни ўрган деса, йўқ манга керак эмас дейишади. Аслида сан борсанку, фикрлаб нима қиламан дейди. Ўзидан жиннини ёқиб олади. Мияси қабул қила олмайдиган боқиманда бўлади дейсиз, лекин тўй, зиёфатлар, сериал персонажлари, кимни нима қилиб юрипти хар бир фрагментини билади.

Тайёрлаб қўйилган йўлни хохлайди. Стабилност, боғча, мактаб, институт, иш, пенсия. Лекин ойлиги камлигидан нолийди. Тайёр чизилган йўл еқмаса харакат қилиш керак.

Кимдур технологияларни тушунмаяпман деса, тўгирлаб беришга шошилманг, йўлини кўрсатинг, интелектуал боқимандаликни енгиб чиқсин.

© Hojiakbar Rajab
👍222🔥33👏10👎2😁2🎉1
Forwarded from MJ
Biron joyga ishga/amaliyotga topshirmoqchi bo'lsangiz.

"Assalomu alaykum. Falon e'londagi (link) ish bo'yicha yozyapman.

Ismim Falonchi. Yaqinda o'quv kursda A sohasini o'rganib tugatdim. U kursdan tashqari o'zim mustaqil rus va/yoki ingliz tillardagi kurslarni ham o'qib chiqdim.

Kurs davomida va undan tashqari payt mustaqil N ta loyiha tuzib chiqdim. Ulardan eng murakkabi X loyihasi bo'lib, unda B, C va D kabi murakkab imkoniyatlarni tuzib ko'rdim.

Rezyume, GitHub profilim va portfolioga linkni keyingi xabarda yuboryapman.

Kompaniyangiz haqida izlanib ko'proq Z yo'nalishidagi loyihalarning tuzilganini ko'rdim. Men ham shu soha bo'yicha xos loyihalar tuzib chiqqanman.

Yangi texnologiyalarni o'rganishga ochiqman. Jamoadagi tajribali akalar yo'l ko'rsatib yuborishsa, zarur bo'lgan mavzularni tez o'zlashtira olaman.

Oilaliman (masalan). Shunga agar bilim va ko'nikmalarim to'g'ri kelsa, sinov payti kundalik xarajatlarni qoplay oladigan oylik bo'lsa, ancha erkin ishlay olar edim. Agar texnik bilimlarim yetarli bo'lmasa, tez muhlatda ularni to'ldirib olishga harakat qilaman.

Zoom orqali yoki ofisga borib suhbatdan o'tishga tayyorman. Suhbatda o'z bilim va tajribamni yanada ochiqroq ko'rsatib bera olaman, degan umiddaman.

Javob uchun oldindan rahmat."

#no_meta
👍336👏28🔥24👎2
Oʻtgan hafta Mohirdev ofisiga Belorussiyaning Qulix firmasi tashrif buyurdi. Qulix - Oʻzbekistonga kirib kelayotgan eng katta outsource kompaniyalardan boʻlib, dunyo boʻylab minglab kompaniyalarga xizmat koʻrsatar ekan.

Suhbat davomida aytilgan qiziq gaplar:
1. Dunyo miqyosida .NET dasturchilar va QA testerlarga talab katta (mohirdevga kelishiga ham biz yaqinda ochgan .NET kursi sabab boʻlgan).

2. Oʻzbekistonda junior dasturchilarning orzusi osmon, 1-suhbatdayoq 1000$ maosh so'raydi 😅.

3. Qulix kabi firmalar uchun junior dasturchining GitHub sahifasini qanday yuritishi juda muhim. Commitlar soni va tezligiga alohida ahamiyat berishar ekan (bu sizning faolligingizni va oʻz ustingizda ishlashingizni koʻrsatadi).

3. Rus va/yoki Ingliz tilini bilish shart!

Suhbat soʻngida Qulix bilan Mohirpool loyihasi doirasida hamkorlik qilish rejasini koʻzladik.

Birinchi talab aynan .NET dasturchilarga.

.NET kursimizda oʻqiyotgan boʻlsangiz, tezlating. Mohirpool yangi qabuli shu yoʻnalishda ham boʻladi.

Foydali bogʻlamalar:
- www.qulix.com
- mohirdev .NET praktikum
- mohirdev QA tester kursi
- @mohirpool loyihasi
🔥96👍85🥰5😁4👎32
Shunaqa dasturchilarga ham talab bor 🤦‍♂😅
😁292🤯30👍22🤔12🔥8😱7🎉5👎4😢42🥰1
Sariq Dev
Shunaqa dasturchilarga ham talab bor 🤦‍♂😅
Koʻpchilik rasmdagi kanalga link soʻrabdi, marhamat 👉 @UstozShogird

Ish, ustoz yoki shogird qidirayotganlarga doim tavsiya qilib kelganman. Har kuni oʻnlab yangi ish oʻrinlari eʼlon qilib boriladi.
👍64😁19👏9🤔3👎2😢1
Mohirdevni ishga tushirganimizdan beri eng koʻp soʻraladigan savollardan biri bu —
"Onlayn oʻqib ham dasturchi boʻlish mumkinmi?"

Javob esa oddiy, sizu-biz tanigan aksar katta dasturchilar dasturlashni mustaqil, online va kitoblardan o'rgangan. Yaqin vaqtgacha Oʻzbekistonda dasturchilarni tayyorlaydigan oʻquv dargohlar ham markazlar ham boʻlmagan.

Najot taʼlim yoki PDP kabi dasturchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan oʻquv markazlar bu yangi fenomen, 3-4 yil boldi xolos. Universitetlarda dasturchilarni tayyorlash esa avval ham, hozir ham yaxshi yoʻlga qoʻyilmagan. Hatto Inha kabi kuchli universitet talabalari ham koʻp narsalarni mustaqil oʻrganishga majbur.

Men oʻzim ham IT sohasida Koreada oʻqigan boʻlsam ham, Data science yoʻnalishini mustaqil, coursera va edx platformalari orqali oʻrganganman.

Shuning uchun, online ta'limdan koʻnglim toʻq. Ayniqsa hozir, Oʻzbek tilidagi kurslar ham koʻpayib qolgan zamonda bemalol onlayn oʻqib dasturchi boʻlish mumkin.

Anvar Narzullaev @sariqdev
👍293🔥22👏14👎3🎉3🤩32😢1
#vakansiya #ishbor

📣 Mohirdev sotuv bo'limida oyligi $200-$1000 lik ish bor.

Vazifalari:
• Qo'ng'iroqlarni qabul qilish va qayta ishlash
• Kurslarga oid so'rovlarga javob va maslahat berish
• Olingan ma’lumotlarni bazaga kiritish
• Mijozlarga to'lov kvitansiya yuborish
• Ishga mas'uliyat bilan yondoshish

Talablar:
• 20-30 yosh orasidagi ayol-qizlar va yigitlar
• Xushmuomalalik, intizom
• Shaxsiy kompyuterdan foydalanishni bilish
• Shaxsiy rivojlanishga intilish

Ish turi: Offlayn (doimiy)

Imkoniyatlar: Sotuv, marketing va IT sohasida tajriba orttirish

Qulayliklar: Shinam ofis, tajribali jamoa, o'sayotgan startap

Maosh: 2 000 000 - 10 000 000 (KPI)

Manzil: Toshkent, Yunusobod (Turkiston metrosi)

Ishga topshirish uchun ushbu so’rovnomani to’ldiring: https://forms.gle/7y51R1JGs4cgYMfj7

Bog’lanish: @hr_mohirdev
👍132👏11🔥6🤔5👎4
Tasodiflarni yaxshi koʻramanda, bizga Ingliz tili kursini yozib bergan Behzod bilan CSpaceda koʻrishib qoldik.

Oʻz ishini ustasi, juda samimiy yigit. Koʻrishib qolsak mazza qilib dardlashamiz.

Youtubeda LeapEnglish kanali bor, Ingliz tilini zoʻr oʻrgatadi. Hozir oʻzining onlayn English akademiyasini ham boshlab yuboribdi, jamoasi bilan Zoom orqali jonli darslar oʻtishayotgan ekan. Ingliz tilini mukammal o'rganaman deganlarga tavsiya qilaman.

Qiziqqanlar uchun Behzodning Telegram kanali @leapenglish
Sayti LeapEnglish.uz
👍153🤩12👏5🎉32🔥2🤯2
3-4 kun avval sotuv boʻlimi xodimi izlab eʼlon bergan edik, bir qiziq holat boʻldi.

Haliroq video post qilaman, qanday qilib mutlaqo tarjibasi yoʻq talabani 3 million oylikka ishga olganimizni aytib beraman.
😁118👍33🔥12🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
- Nega tajribasiz talabani ishga oldik?
- Ish tajribasi yoʻq odam CVga nima yozadi?
- Project manager nega kerak?
👏170👍58🔥106🎉2
Rossiyada sun’iy intellekt (deep fake) texnologiyasi yordamida ishlangan birinchi serial efirga chiqdi.

ПМЖЕЙСОН deb nomlangan serialda Gollivudning mashhur Keanu Reeves, Jason Statham va Margot Robbie aktyorlarining yuzidan foydalanilgan.

Yana 3-4 yilda nimalar bo’lib ketadi, xudo biladi.
👏151👍57😱35🤯27😁19🔥10🤩7🤔5🎉3🥰2
❗️Diqqat! - Vakansiya 💼

PHP Laravel developer (e-commerce tizimlarini yaratish bo’yicha)

🖥 Kompaniya haqida:
ООО «Wasaf Int Solutions» - IT Outsource, IT Start-up accelerator kompaniya hisoblanadi. Bizning muvaffaqiyatli loyihalarimiz tarkibida Mohirdev, HumoCommerce va boshqa bir qancha loyihalar o’rin olgan.


👨‍💻Nomzodlarga qo’yiladigan talablar:

●E-commerce loyihalar haqida ma’lumotga ega bo’lishi va shu sohada mehnat tajribasi;
●Dasturlash sohasida 1-3 yillik tajribaga ega bo’lishi;
●Ingliz tilini bilish;
●PHP 8+ (SOLID, DRY, KISS, YAGNI);
●Laravel frameworkini a’lo darajada bilish;
●Ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olish (MySQL va boshqalar);
●MVC arxitekturasi bilan ishlay olish va RESTFull API lar tuza olish;
●Begonalar kodini tushuna olish;
●Git Hub va shunga o’xshash tizimlarda ishlay olish;
●JS, HTML va CSS ni bilish;
●Jamoa bilan ishlay olish qobiliyati;
●Zamonaviy JS Frameworklaridan istalgan birida tajribasi bo’lsa yanada qadrlanadi;

🗒Ish talablari:

●Loyihalash va ishlab chiqarish;
●Loyihaga yangi imkoniyatlar va funksiyalar qo’shish;

Sharoitlar:

●Toshkent shahridagi shinam ofis. Metroning “Mirzo Ulug’bek” bekatiga yaqin joyda.
●Oylik 4 000 000 – 20 000 000 so’m.
●O’sib boruvchi oylik va mukofot pullari.
●Masofaviy ishlash imkoniyati.
●To’liq ish rejimi.

Murojaat uchun:
📱 t.iss.one/Abdumalik_Said
📧 [email protected]
👍73🤯8🤔5🔥4👎2😁21🥰1
Singapurlik G'azali Ahmad 53-yoshida taksi haydovchilikdan dasturlashga oʻtib ketibdi.

Falon yoshga kirdim, dasturlashni oʻrganish kech emasmi deydiganlarga yaxshi javob.
👍256🔥34👏20😁12🤩107🎉5🥰3🤔2
Forwarded from ICTWEEK UZBEKISTAN 2025
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mohir Dev vakili Anvar Narzullaev barchani ICTWEEK 2022ga taklif qiladi!

AKT haftaligi doirasida IT-education forumi boʻlib oʻtadi, unda IT-texnologiyalari va ushbu sohadagi taʼlimning ahamiyati mavzusi muhokama qilinadi. Tajribali IT-mutaxassislarning taqdimoti va boy dastur har bir tashrif buyuruvchi va forum ishtirokchisi uchun foydali bo'ladi

_________

Представитель компании Mohir Dev Анвар Нарзуллаев приглашает всех посетителей на ICTWEEK 2022!

В рамках недели ИКТ пройдет форум IT education, где будет раскрыта тема важности IT-технологий и образования в этой сфере. Выступление опытных IT-специалистов и насыщенная программа станет полезным времяпрепровождением для каждого посетителя и участника форума
🔥66👍49👏6🎉4😢1